Pul haqida maqollar, eng sara chiroyli maqollar to’plami

Pul haqida maqollar, eng sara chiroyli ma'noli maqollar to'plami Barcha maqollar

Pul haqida maqollar, pul haqida o’zbek maqollari, jahon maqollari, pul haqidagi eng sara chiroyli ma’noli maqollar to’plami.

Pul haqida maqollar, jahon xalqlari maqollari

Pul haqida  maqollar, jahon xalqlari maqollari

Puling bo‘lsa, narhini bilmaysan, narhini bilganingda izlaganingni topolmaysan.
Qrim-tatar maqoli

Adolat qolmagan yerda pul hukmronlik qiladi.

Shved maqoli

Pul daraxtda o‘smaydi.

Shved maqoli

Sabrlilar bepul erishadigan narsani sabrsizlar doim qimmatga olishadi.

Fransuz maqoli

Do‘stingga qarz berib, do‘stingdan ham, pulingdan ham ayrilasan.

Fransuz maqoli

Pulning qadrini bilmoqchi bo‘lsang qarz ol.
Fransuz maqoli

Pul har narsa qila olishi mumkin, lekin uning kuchi bilan qahramon jangchi, dono muallim, iste’dodli hofiz va mohir usta yetishtirib bo‘lmaydi.

Fors maqoli

Kambag‘alni oy yuzi, boyni puli uylantiradi.

Fin maqoli

Boy puli bilan to‘laydi, kambag‘al — terisi bilan.

Fin maqoli

Ba’zida pul jarohatga malham bo‘ladi.

Fin maqoli

Boyning uyida yong‘in bo‘lsa, uning puliga o‘t tushadi.

Fin maqoli

Bilim — puldan qimmat.

Turkman maqoli

Mukofotlashga puling bo‘lmasa, siylab qo‘yishga qo‘ling bo‘lsin.

Turkman maqoli

Pul bersang — ozayadi, ilm bersang — ko‘payadi.
Tojik maqoli

Pul bor uyda faqat bitta kassir bo‘lishi lozim.

Portugal maqoli

Yaxshi so‘zga pul to‘lamaydilar.

Osetin maqoli

Vaqt pul turadi.

Nemis maqoli

Pulni yo‘qotsang — hech narsani yo‘qotmaysan, mardlikni yo‘qotsang hamma narsani yo‘qotasan.

Nemis maqoli

Yaxshi so‘z puldan qimmat.

Mordva maqoli

Pul toshni ham eritadi.

Lezgin maqoli

Puling bo‘lsa — aqllisan, bo‘lmasa — nodon.
Lezgin maqoli

Pul oz bo‘lsa — sarfing oz, puling ko‘paysa — harjing ko‘p.

Lezgin maqoli

Yo katta puling bo‘lsin, yo shirin so‘zing.

Lezgin maqoli

Kimning puli oz bo‘lsa, dardi ham oz.

Lezgin maqoli

Saxiyning cho‘ntagida doim pul bo‘ladi.

Lezgin maqoli

Pul gapirgan joyda haqiqat jim turadi.

Latish maqoli

Puli ko‘pning gapi to‘g‘ri.

Latish maqoli

Pulni ko‘rsa alvasti ham o‘yinga tushib beradi.

Latish maqoli

Pul sasimaydi.

Latish maqoli

Pul yo‘qligi — eng katta dard.

Ispan maqoli

Ilm puldan qimmat, o‘tkir qilich to‘pdan kuchli.

Gruzin maqoli

Nasihat puldan qimmat.

Gruzin maqoli

Baxt hech kimga pul keltirmaydi.
Brazil maqoli

Pul insonga baxt va’da qilmaydi.

Brazil maqoli

Pul yo‘q deb qayg‘urma, ish yo‘q deb qayg‘ur.

Boshqird maqoli

Sharaf puldan qimmat.

Belorus maqoli

Pul toshni yemiradi.

Belorus maqoli

Pul suv kabi: bo‘lmasa ham musibat, ko‘p bo‘lsa ham musibat.

Belorus maqoli

Pulsiz odam xotirjam yashaydi.

Belorus maqoli

Pul kichik, lekin katta ishlarni qilishga qodir.

Afg‘on maqoli

Puldan tog‘lar ham qo‘rqadi.
Arman maqoli

Agar hamma xotinlar tejamkor bo‘lganida uyning devorlari puldan bo‘lardi.

Arman maqoli

Ota puli bilan uylangan kishi, xotin qadrini bilmas.

Arman maqoli

Pul — yaxshi xizmatkor, ammo yomon xo‘jayin.

Arab maqoli

Oqilning boyligi — ilmida, nodonning boyligi — pulida.

Arab maqoli

Ko‘p pul odamni ko‘r qiladi.

Arab maqoli

Cho‘ntakda pul bilan qorli tog‘dan tarvuz olasan.

Chechen-ingush maqoli

Pul pulni keltiradi.
Italyan maqoli

Notanish joyda yaxshi pul ishlanadi, tanish joyda bayram yaxshi nishonlanadi.

Xitoy maqoli

Savdoda eng muhimi — pulni sanash, dehqonchilikda — erta turish.

Xitoy maqoli

Pul osmondan tushmaydi, oltin yerda sochilib yotmaydi, bas, yaxshi eksang — yaxshi hosil olasan.

Xitoy maqoli

Pulga hayot sotib olib bo‘lmaydi.

Xitoy maqoli

Puli bo‘la turib, yordam bermaslik xazinalar g‘origa kirib quruq qo‘l bilan chiqqan bilan barobar.

Xitoy maqoli

Amaldor pulni sevmasligi kerak, qo‘mondon o‘limdan qo‘rqmasligi lozim.

Xitoy maqoli

Pul bilan hatto it ham “janob Vov-vov”ga aylanadi.
Koreys maqoli

Hadeb pul yig‘avermasdan bolangning savodi bilan shug‘ullan.

Koreys maqoli

Bir qop pul ikki qop haqiqatdan ham og‘ir keladi.

Daniya maqoli

Puling yo‘q — shveytsar ham yo‘q.

Daniya maqoli

Puli ko‘pligidan sanamaydigan ham, bilimni faqatgina kitobdan oladigan ham boy emas.

Tay maqoli

Yaxshi nomni qurbon qilishdan pulni qurbon qilgan afzal.

Tay maqoli

Sevgi pul qoplab qo‘yilgan uylarda bo‘ladi.

Golland maqoli

Yaxshi nom pul turadi.
Golland maqoli

Pulsiz odam — o‘lik kabi.

Golland maqoli

Puli bor odamga barcha eshiklar ochiq.

Golland maqoli

Pulning yuzi issiq.

Golland maqoli

Pul pulni chaqiradi.

Golland maqoli

Puling ketdimi deb so‘ramaydilar, ishing bitdimi deb so‘raydilar.
Golland maqoli

Pul bir joyda turmaydi.

Yapon maqoli

Pul — dushman.

Yapon maqoli

Hatto Buddaning yuzi ham puldan yorishadi.

Yapon maqoli

Pul ishida hatto ota va bolalar ham — begona.

Yapon maqoli

Pul insonni begonalashtiradi.

Yapon maqoli

Pul butun dunyo bo‘ylab kezadi.

Yapon maqoli

Pul pulni tug‘adi.

Yapon maqoli

Puling borida pul kerak bo‘ladigan kunlarni o‘yla.
Yapon maqoli

Pul tugasa sevgi ham tugaydi.

Yapon maqoli

Pul — axlat, adolat — oltin.

Vetnam maqoli

So‘zni pulga sotmaydilar, bas, yaxshi so‘zni ayama.

Vetnam maqoli

Hatto ruhoniylar ham pulni sevadi.

Vetnam maqoli

Shuhratni sotib olish — o‘ttiz ming, uni sotish — uch dong (dong — Vetnam pul birligi).

Vetnam maqoli

Qo‘shnisidan umid qilgan ovqatsiz qoladi, boshqalardan umid qilgan — pulsiz.

Buryat maqoli

Pul va xotin bilan hazil qilma.
Kuba maqoli

Pul og‘riqni to‘xtatolmaydi, pulsizlik umuman to‘xtatmaydi.

Yahudiy maqoli

Pul va xotin doim o‘zingga qaytadi.

Yahudiy maqoli

Hatto pul ham kimgadir ortiqcha dahmaza bo‘lishi mumkin; pulni topish qiyin, saqlash undan-da qiyin.

Yahudiy maqoli

Pulga Xudoga sajda qilgandan ko‘p egiladilar.

Qadimgi hind maqoli

Asalarisiz asal ololmaysan, ishlamasdan pul ololmaysan.

Ingliz maqoli

Qayerda ifloslik bo‘lsa, shu yerda pul yotadi.
Ingliz maqoli

Pul va kir birga yuradi.

Ingliz maqoli

Ta’lim uchun sarflangan pul hech qachon behudaga ketmaydi.

Ingliz maqoli

Ahmoq o‘z pullari bilan tez boyib ketmoqchi bo‘ladi.

Ingliz maqoli

Erishmagan pulingni ishlatishga shoshilma.

Ingliz maqoli

Pul haqida o’zbek maqollaridan sara namunalar

Pul haqida maqollar, o'zbek maqollari

Kimning moli, puli bo’lsa,
Avliyoning o’g’li shul.

    Qoziga borsang, qozi pulini tugib bor.

    Bir pul berib yig’latdim,
    Ming pul berib yupatdim.

    Puli ko’pning ko’zi ko’r.

Qizning puli — qorning suvi.

    Yuz so’m puling bo’lguncha,
    Yuzta do’sting bo’lsin.

    Pul otang kim, onang kim demaydi.

    Pulni pul topar,
    Ketmonni ahmoq chopar.

    Elanmasang, el qayda,
    Yalinmasang, pul qayda.

Bozorda bari bor,
Puling bo’lmasa, nari bor.

    Bu dunyoning xo’rligi —
    Kissangda pulning yo’qligi.

    Pul topadigan bo’lguncha,
    Pulni tutishni o’rgan.

    Pul — qo’lning kiri.

    Pulni bersang pulliga ber, puling kuymas.

    Chamanda — gul, otasi — pul.

    Kambag’alning puli — peshona teri.

Pul bo’lsa, changalda sho’rva.

    Puli borlar — yo’rg’a-yo’rg’a,
    Pul yo’qlar — zo’rg’a-zo’rg’a.

    Puli borning yo’li o’ng.

    Puli borning og’zi o’ynar,
    Puli yo’qning ko’zi o’ynar.

    Puling bo’lsa, hamma quling,
    Tog’-u tosh ham berar yo’ling.

Pullik bitar, pulsiz yitar.

    Pullik — botir, pulsiz — yotir.

    Pullikka — kabob, bepulga — dardi kabob.

    Pulning bir uchi bilakda,
    Bir uchi — yurakda.

    Yerni suv buzar,
    Odamni — pul.

    Yonida bir puli yo’q,
    Tuyaning tishini ko’rar.

    Puli kuygan qalampir chaynar.

Kissasida puli yo’q,
Kisavurdan g’ami yo’q.

    Charx yigirsam pul bo’lar,
    Boshim dasta gul bo’lar.

    Siylagani puling bo’lmasa,
    Siypagani tiling bor.

    Sevgi pulga sotilmas,
    Ko’ngil pulga topilmas.

    Naqd pul qarchig’ay.

Lafz — puldan qimmat.

    Pul ketsa-ketsin, obro’ ketmasin.

    Pulning ko’zi yo’q,
    Baxshining — yuzi.

    Pulni odam topar,
    Odamni pul emas.

    Tulkining o’zi emas, terisi pul.

    G’arib bo’lmay, bilmas elning qadrini,
    Mehnat qilmay, bilmas pulning qadrini.

Pul — belga quvvat, boshga — toj.

    Pul zamburning nishini qaytarar.

    Patirdan qil chiqmas,
    Baxildan pul chiqmas.

    Xasisning pulidan yulduz yaqin.

    Qamish suvga to?ymas,
    Xasis — pulga.

    Birov gul deydi,
    Birov — pul.

    Puldorning ota-onasi yo’q.

Ekilmagan ekinning ustidan pul olma.

    Soqoling chiqmay pul topsang,
    Otang berganday bo’lar.

    Pul bo’ldi – kul bo’ldi.

    Pulning onasi — tiyin.

    Qora pulni qora kunga saqla.

    Mol ketsin, pul ketsin,
    Eson-sog’likka ne yetsin.

    Puli yo’q hamyon tikar.

Pul haqida chiroyli ma’noli statuslar

Pul haqida statuslar, eng sara va ma'noli statuslar to'plami

Pulning jozibasi – juda kuchli. Lekin, hayotga jiddiy qaragan odam uchun pulning o‘zi yetarli emas.

Ayzek Azimov<

Pul tanqisligida aql ishga tushadi.

Xurshid Do‘stmuhammad

Barcha masalalarda har qanday odamning va’dasiga ishonsa bo‘ladi, ammo pul masalasi bundan mus­tasno.

Moxandas Karamchand Gandi

Sizdan nuqul pul so‘ragan odamga hech qachon maslahat bermang.

P. KALDERON

Pul aziz, inson hayoti undan ham aziz, vaqt esa hamma narsadan azizdir.

A. V. SUVOROV

Pulni harom deyayotganlarning ko‘pchiligi uni boshining tagiga qo‘yib yotadi.

Mansurxon Toirov

Pul ajalingni bir lahzaga ham kechiktira olmaydi.

Paulo Koeloning “Alkimyogar” romanidan

Pul haqidagi barcha qiziqarli sara statuslarni saytimizning mana bu sahifasida kuzatishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( 7 assessment, average 4.29 from 5 )
Fikr bildirish