Vaqt haqida maqollar, eng sara chiroyli ma’noli maqollar to’plami

Vaqt haqida eng yaxshi maqollar, sara chiroyli ma'noli maqollar to'plami Barcha maqollar

Vaqt haqida maqollar, vaqt haqida o’zbek maqollari, jahon maqollari, vaqt haqida eng sara chiroyli ma’noli maqollar to’plami.

Vaqt haqida maqollar, o’zbek maqollari

Vaqt haqida maqollar, o'zbek maqollari
Nortuya — tuyalarning nori,
Vaqti kelsa, garmdori ham dori.

Ish bilan vaqt tez o’tar.

Barvaqt qilingan harakat,
Hosilga berar barakat.

Bevaqt qichqirgan xo’rozning
Tojidan qon olinar.

Vaqillagan vaqtni o’tkazar,
Qo’lidan naqdni ketkazar.

Vaqt ketdi — baxt ketdi,
Toji sari taxt ketdi.

Vaqt tog’ni yemirar,
Suv toshni kemirar.

Vaqt o’tgandan keyin
Qilichingni toshga chop.

Vaqt — g’animat,
O’tsa — nadomat.

Vaqt — qozi.

Vaqtdan yutding — baxtdan yutding.

Vaqti yetsa, qush ham bolasiga uya qurar.

Vaqti kelsa, fil sichqondan qo’rqar.

Vaqtim bo’shga ketdi,
Erim go’shtga ketdi.

Vaqting bor — naqding bor.

Vaqting ketdi — naqding ketdi.

Vaqtli harakat — oxiri barakat.

Yoqut bilan vaqt topilmas,
Vaqt bilan yoqut topilar.

Yo’qolgan oltin topilar,
Yo’qolgan vaqt topilmas.

Uch kun barvaqt turgan bir kun yutar.

Ertalabki vaqt — naqdgina baxt.

O’tgan vaqt yo’qolgan oltindan qimmat.

Qurbaqa ham vaqti bilan vaqillar.

Har bir ishning vaqti bor,
Vaqt bilganning baxti yor.

Har meva o’z vaqtida pishar.
Har narsa o’z vaqtida yarashar.

Vaqt haqida jahon maqollari, sara maqollar

Vaqt haqida maqollar, jahon maqollaridan sara namunalar
Buqa qancha kuchli bo‘lmasin, u ham bir vaqtlar buzoq bo‘lgan.
Qalmoq maqoli

Har ishning o‘z vaqti bor.
Shved maqoli

Sevgida jangdagi kabi vaqt qadrli.
Frantsuz maqoli

Vaqt – buyuk usta.
Frantsuz maqoli

Sevgi vaqtni o‘ldiradi, vaqt sevgini.
Frantsuz maqoli

Yugurmasdan vaqtida yo‘lga chiq.
Frantsuz maqoli

Sevgi bilan vaqt o‘tadi, vaqt bilan sevgi ham o‘tadi.
Frantsuz maqoli

Vaqtida kulmagandan yig‘lagan yaxshiroq.
Fors maqoli

Mehnatda vaqt quvnoq o‘tadi.
Fin maqoli

Dangasaning doim vaqti yo‘q.
Uyg‘ur maqoli

Hamma ish o‘z vaqtida bajarilgani yaxshi.
Udmurt maqoli

O‘z vaqtida olxo‘ri ham shirin.
Osetin maqoli

Ovqat vaqtida it ham vovullamaydi.
Osetin maqoli

Vaqt muddat bilmaydi.
Osetin maqoli

Mevalar ham o‘z vaqtida yaxshi.
Osetin maqoli

Vaqt pul turadi.
Nemis maqoli

Vaqt ayiradi, tuzatadi, shoshiladi.
Nemis maqoli

Tartibni sev, vaqt va kuchingni avayla.
Nemis maqoli

O‘z vaqtida aytilgan so‘z oltindan afzal.
Mordva maqoli

Vaqtida yetilgan hosilni shamolga sovurma.
Lezgin maqoli

Ho‘l daraxtni qurimasdan egib ol, bolani o‘z vaqtida o‘qit.
Dog‘iston maqoli

Vaqtida ekkan vaqtida o‘radi.
Gruzin maqoli

Mahorat kuchdan afzal, agar vaqtida ishlatilsa.
Gruzin maqoli

Vaqtlar boshqaradi, shohlar emas.
Gruzin maqoli

Vaqtida aytilgan «yo‘q», shoshilib aytilgan «ha»dan afzal.
Brazil maqoli

Vaqtni qo‘l bilan to‘xtatolmaysan.
Boshqird maqoli

Vaqt o‘taveradi, mish-mish qoladi.
Bengal maqoli

Vaqtni qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi.
Bengal maqoli

Vaqt tulpor emas: yetib olsang ham to‘xtatolmaysan.
Belorus maqoli

Oltin zarrasini topish mumkin, vaqt zarrasini topib bo‘lmaydi.
Belorus maqoli

Har ishning o‘z vaqt-soati bor.
Afg‘on maqoli

Vaqt uni bilgan insonga xazina.
Arman maqoli

Hamma vaqtga qaraydi, vaqt esa hech kimga boqmaydi.
Arman maqoli

Vaqt — eng yaxshi ustoz.
Arab maqoli

Vaqtida kelgan o‘lim ham — ne’mat.
Arab maqoli

Vaqtida yolg‘on yaxshi, har doim rost yaxshi.
Chechen-ingush maqoli

Har ekin o‘z vaqtida ko‘karadi.
Tatar maqoli

Dangasalik odamlarga xos, yer dangasa bo‘lmaydi: vaqtida eksang, kechikmay hosil beradi.
Xitoy maqoli

Otning kuchi uzoq yo‘lda bilinadi, odamning qalbi — uzoq vaqt o‘tishi bilan.
Xitoy maqoli

Qulaylik hech qachon vaqt tanlamaydi.
Daniya maqoli

Vaqt va toshqin hech qachon kutib o‘tirmaydi.
Daniya maqoli

Bir vaqtning o‘zida ikki xo‘jayinga birdek xolis xizmat qilib bo‘lmaydi.
Tay maqoli

Bevaqt qichqirgan xo‘rozning boshini kesadilar.
Golland maqoli

Taqdir va vaqtni kutish kerak.
Yapon maqoli

Vaqtni qaytarib bo‘lmaydi.
Yapon maqoli

Bir vaqtning o‘zida ikki yaxshi narsa bo‘lmaydi.
Yapon maqoli

Vaqt uchun chegara yo‘q.
Yapon maqoli

Ikki ishni bir vaqtda qilinmaydi.
Kongo maqoli

Tut bargi ipakka aylanishi uchun ko‘p vaqt kerak.
Vetnam maqoli

Vaqt har narsadan qimmat.
Buryat maqoli

Vaqt ayol kabidir: ko‘p va’da berib, kam bajaradi.
Kuba maqoli

Bekor o‘tgan vaqt uchun o‘liklar ham yig‘laydi.
Kuba maqoli

Vaqtida aytilmagan dono gap ham ahmoqona qabul qilinadi.
Yahudiy maqoli

Qiyinchilikda vaqt sekin o‘tadi.
Qadimgi Hind maqoli

Aqlli insonlar vaqtini nazm va fan bilan, ahmoqlar g‘iybat, tush va janjal bilan o‘tkazadi.
Qadimgi Hind maqoli

Vaqti kelganda ahmoqqa ham xushomad qiladilar.
Qadimgi Hind maqoli

Vaqtlar o‘tadi, do‘st dushmanga, dushman do‘stga aylanadi.
Qadimgi Hind maqoli

O‘z vaqtida bajarilmagan ish qilinmagan bilan barobar.
Qadimgi Hind maqoli

Vaqtlar o‘zgaradi.
Ingliz maqoli

Vaqt – buyuk tabib.
Ingliz maqoli

Hammasini vaqt davolaydi.
Ingliz maqoli

Vaqt va to‘lqin hech kimni kutmaydi.
Ingliz maqoli

Vaqt va sabr tutni ipakka aylantiradi.
Ingliz maqoli

Vaqt uchadi.
Ingliz maqoli

Do‘stlar sening vaqtingni o‘g‘irlaydi.
Ingliz maqoli

Gapirishning ham, sukut saqlashning ham o‘z vaqti bor.
Ingliz maqoli

Hayot qisqa, vaqt tez.
Ingliz maqoli

Vaqtdan yutqizgan hamma narsadan yutqizadi.
Ingliz maqoli

O‘likning oyoq kiyimini kutgan uzoq vaqt yalangoyoq yuradi.
Ingliz maqoli

Baxt vaqt bilmaydi.
Ingliz maqoli

Kech aytilgan ikkita so‘zdan vaqtida aytilgan bir so‘z afzal.
Ingliz maqoli

O‘z vaqtida maslahatni yaxshi eshitmaydilar.
Ingliz maqoli

Vaqt haqida eng sara qiziqarli statuslar

Vaqt haqida statuslar, eng sara ma'noli chiroyli statuslar to'plami

Vaqtni qo‘lingda tut! Har bir soat, har bir daqiqani asra. Nazorat qilmasang, kaltakesakday sirg‘alib qochib ketadi. Har bir lahzani halol va munosib amallar bilan beza! Vaqtga salmoq, mazmun va nur bag‘ishla.

Tomas Mann

Sabr-toqat va vaqt besabrlikka qaraganda ko‘p narsaga erishtiradi.

J. LAFONTEN

Hayotni sevasanmi? Sevsang, vaqtni boy berma, chunki vaqtdan hayot degan mato yaraladi.

B. FRANKLIN

Vaqt mavjud vositalarning eng qimmatlisidir.

TEOFRAST

Pul aziz, inson hayoti undan ham aziz, vaqt esa hamma narsadan azizdir.

A. V. SUVOROV

Vaqtini boy berayotganida xunob bo‘ladigan odam eng dono odamdir.

DANTE

Vaqt aqlliroq, yaxshiroq, yetukroq va mukammalroq bo‘lib yetishishimiz uchun bizga in’om etilgan qimmatbaho sovg‘adir.

T. MANN

Har bir kunni o‘lcha, sarflagan har bir daqiqangni hisobga ol! Faqat vaqt masalasidagina xasislik qilish mumkin.

T. MANN

Har qanday tejamkorlik oxir-oqibatda vaqtni tejashdan iboratdir.

K. MARKS

Vaqt haqidagi barcha qiziqarli va ma’noli statuslarni saytimizning mana bu sahifasida batafsil kuzatishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( 6 assessment, average 4.33 from 5 )
Fikr bildirish

  1. Shabnam

    Vaqting ketdi
    Naqting ketdi.

    Javob berish