Vaqt haqida statuslar, aforizmlar, hikmatli so’zlar, mashhur gaplar va iboralar, baxt haqida eng sara chiroyli ma’noli statuslar to’plami.
Vaqt haqida eng sara statuslar
Vaqtni qo‘lingda tut! Har bir soat, har bir daqiqani asra. Nazorat qilmasang, kaltakesakday sirg‘alib qochib ketadi. Har bir lahzani halol va munosib amallar bilan beza! Vaqtga salmoq, mazmun va nur bag‘ishla.
Tomas Mann
Vaqt undan foydalanib aqlliroq, yaxshiroq, pishiqroq va mukammalroq bo‘lishimiz uchun berilgan qimmatbaho sovg‘adir.
Tomas Mann
Hamma vaqt o‘zingning nimani hohlayotganingni aniq bil. Sahro ichkarisiga kirganingdan so‘ng tamom orqaga yo‘l yo‘q, faqat oldinga yurish kerak. Qolgani Ollohning qo‘lida.
Paulo Koeloning “Alkimyogar” romanidan
Vaqti kelib fan xayoldan o‘zib ketadi.
Vern
O‘spirinlik yillari beqiyosdir. Keksalik unga vaqt tuman lari orasidan boqipshi xush ko‘radi. Mo‘ysafid odam shom pallasida tong shafagini orzu qiladi.
J. BAYRON
Koksalikka yaqinlatganda vaqt yana tez o‘ta boshlaydi.
E. SENANKUR
Muayyan maqsad, o‘zni idora qila bilish, samimiyat, mehnat-sevarlik, vaqtni qadrlash — mana shu xislatlarni egalla-shingiz lozim, yigitlar.
N. P. OGAREV
Hammavaqt lazzatlanish — hech qachon lazzat olmaslik demakdir.
F. VOLTER
Men hammavaqt gazabimni bosishga va janjalda yon berishga harakat qilaman, natijada janjalni tinchlatishga erishaman, keyin esa osoyishta holatda hammasi joy-joyiga tushib ketadi. Deyarli hamisha janjal boshidayoq to‘xtatilmaganiga afsuslanishga to‘g‘ri keladi.
L. N. TOLSTOY
Bilganingni hammavaqt ham gapiraverma, ammo gapirayotganingni esa hammavaqt bil.
M. KLAUDIUS
Odamlar hammavaqt ham boshqalar o‘ylaganchalik bo‘lavermaydilar.
G. LESSING
O‘z vaqtida fikr bildirish katta san’at talab qilganidek, o‘z vaqtida sukut saqlash ham hazilakam mahorat emas.
F. LAROShFUKO
Sabr-toqat va vaqt besabrlikka qaraganda ko‘p narsaga erishtiradi.
J. LAFONTEN
Har qancha og‘ir musibatlar ham aqlu idrok va vaqt ta’sirida malham topadi.
F. ROXAS
Vaqt hamma jarohatlarni davolaydi.
MENANDR
Qayg‘u vaqt qanotida uchib ketadi.
J. LAFONTEN
Hayotni sevasanmi? Sevsang, vaqtni boy berma, chunki vaqtdan hayot degan mato yaraladi.
B. FRANKLIN
Tezkor vaqt, qaytib kelmaydigan vaqt insonning eng qimmatbaho boyligidir, binobarin, uni yelga sovurmoq borib turgan talon-torojlikdir.
S.MOEM
Odamzod hayoti tejalgan vaqtga qarab uzayadi.
F. KOLLIER
Vaqt mavjud vositalarning eng qimmatlisidir.
TEOFRAST
Vaqt eng ulug‘vor novatordir.
F. BEKON
Qo‘limizdan keladigan barcha uddaburonliklar chidam va vaqtning aralashmasidan boshqa narsa emas.
O.BALZAK
Pul aziz, inson hayoti undan ham aziz, vaqt esa hamma narsadan azizdir.
A. V. SUVOROV
Modomiki vaqt eng qimmatbaho mulk ekan, unda vaqtni talon-toroj qilish eng og‘ir gunohdir.
B. FRANKLIN
Inson boshiga tushishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir yo‘qotish vaqtni boy berishdir.
TEOFRAST
Zoye ketgan har bir diqiqa boy berilgan ish, boy berilgan foydadir.
F. ChESTERFILD
Eng og‘ir yo‘qotishlardan biri — vaqtni yo‘qotish.
J. BUFFON
Soatlarning har bir daqiqasini ham qadrla.
B. FRANKLIN
Odam tabiatan qiziq yaratilgan — boyligini yo‘qotsa xafa bo‘ladiyu umri zoye ketayotganiga esa parvo qilmaydi.
ABUL FAROJ
O‘z vaqtining loaqal bir soatini behudaga o‘tkazmoqchi bo‘lgan kishini hayotning butun qadr-qimmatini hali tushunib yetish darajasiga bormagan desa bo‘ladi.
Ch. DARVIN
Vaqt haqida ma’noli statuslar
Ayniqsa vaqtni boy berish bilimdon odam uchun qimmatga tushadi.
I. GYoTE
Vaqtini boy berayotganida xunob bo‘ladigan odam eng dono odamdir.
DANTE
Vaqt — aqliy mehnat kishisining sarmoyasi.
O. BALZAK
Vaqt qobiliyatlarni o‘stirish uchun zarur bo‘lgan kenglikdir…
K. MARKS
Vaqt aqlliroq, yaxshiroq, yetukroq va mukammalroq bo‘lib yetishishimiz uchun bizga in’om etilgan qimmatbaho sovg‘adir.
T. MANN
Vaqt — ulug‘ murabbiy.
E. BERK
Vaqtning qadriga yetmagan kishiga shon-sharaf nasib bo‘lmaydi.
L. VOVENARG
Har bir kunni o‘lcha, sarflagan har bir daqiqangni hisobga ol! Faqat vaqt masalasidagina xasislik qilish mumkin.
T. MANN
O’zing va o‘zgalarning vaqtini tejay bilmaslik — o‘taketgan madaniyatsizlikdir.
N. K. KRUPSKAYa
Biz uchun vaqtni tejash besh qo‘lday aniq narsadir.
F. E. DZERJINSKIY
Har qanday tejamkorlik oxir-oqibatda vaqtni tejashdan iboratdir.
K. MARKS
Vaqtni oqilona taqsimlash — ish poydevori.
Ya. KOMENSKIY
O‘z iste’dodlari bilan dong taratgan kishilar vaqtlarini o‘zlari va avlodlariga hurmat keltiradigan qilib sarflashlari kerak. Agar avlodlarga hech narsa qoldirmasak, ular biz haqimizda nima deb o‘ylashlari mumkin.
D. DIDRO
O‘z vaqtini qo‘lida mahkam ushlagan odamgina rasmana buyukdir.
GESIOD
Kimki bo‘sh vaqtini oqilona o‘tkaza olsa, shaxsiy madaniyati oliy darajadagi kishidir.
B. RASSEL
Vaqt orom nimaligini bilmaydigan nihoyasiz harakatdir — uni boshqacha tushunish mumkin emas.
L. N. TOLSTOY
Vaqt va suv toshqini hech qachon kutib turmaydi.
V. SKOTT
O‘rtamiyona odam vaqtni tez o‘tkazish payida bo‘ladi, iste’dod sohibi esa undan foydalanib qolishga urinadi.
A. ShOPENGAUER
Vaqtni boy berish boqiylikka zarar keltirishdan boshqa narsa emas!
G. TORO
Vaqtni boy berish o‘z-o‘zini qatl etish bilan barobar.
J. PEKK
Biror kun ham o‘z niyatingdan og‘ishma, vaqtni uzaytirishning vositasi shudir, boz ustiga, garchand undan foydalanish mushkul bo‘lsa-da, juda to‘g‘ri vosita ham shudir.
G. LIXTENBERG
Har doim vaqtim yo‘q deguvchilar aslida hech narsa qilmaydilar.
G. LIXTENBERG
O‘z vaqtidan oqilona foydalana olmaydigan odam hammadan burun vaqt yetmasligidan noliydi: u kunlarni kiyinishga, ovqatlanishga, uxlashga, oldi-qochdi gaplarga, nima qilish kerak, degan xayollarga, hech nima qilmaslikka sarflaydi.
J. LABRUER
Agar yaxshi tasarruf qilinsa, hamisha yetarlicha vaqt topish mumkin.
I. GYoTE
Ayni vaqtini bilish — vaqtni avaylash demakdir, vaqtida qilinmagan ish esa behuda qilingan ishdir.
F. BEKON
Hech bir ishni ertaga qo‘yma — vaqtning qadriga yetadiganlarning ustunligi ham, siri ham shunda.
E. LABULE
Hech bir ishni orqaga surma, chunki u ish sendan keyin osonlashib qolmaydi.
JAN POL
Bugungi bir soat ertangi ikki soatga aylanadi.
T. FULLER
Bittagina bugun ikkita ertaga arziydi.
B. FRANKLIN
«Ertaga» «bugun»ning zo‘r dushmanidir; «ertaga» bizni bor-budimizdan ayiradi, faolsizlikda ushlab, oxir-oqibat notavon qiladi.
E. LABULE
«Ertaga» so‘zi qat’iyatsiz kishilar va bolalar uchun o‘ylab topilgan.
I. S. TURGENEV
Muddatni cho‘zish vaqtni o‘g‘irlash demakdir.
B. FRANKLIN
Vaqting kam bo‘lishini istasang, hech nima qilma.
A. P. ChEXOV
Vaqtdan oqilona foydalanish uning qimmatini yanada oshiradi.
J.J. RUSSO
Behuda o‘tkazilgan vaqt to‘g‘risida armon qiladigan kishilarga qolgan vaqtdan oqilona foydalanish ham muyassar bo‘lmaydi.
J. LABRUER
Vaqt, mehnat, halollik, bilim, o‘zni qo‘lga ola bilish, kishining jismoniy, aqliy va axloqiy qudrati — har qanday boylikning sababchisi mana shulardir.
K. D. UShINSKIY
Vaqt haqida sara fikrlar statuslar
Vaqt — dunyoda undan uzun, undan qisqa narsa yo‘q.
Vaqt shu qadar qadrsizki, hatto uni o‘g‘irlash jazolanmaydi.
Vaqt ajinlardan tashqari hamma narsani silliqlaydi.
Haq bo‘lishning o‘zi kifoya emas. O‘z vaqtida haq bo‘lish kerak.
Soat zanjirband bo‘lsa-da, vaqt yugurik.
Barvaqt qarib qolish kechikkan yoshlikchalik xavfli emas.
Vaqtida bergan ko‘p beradi.
Vaqt har qanday yaraning malhamidir.
Vaqt g‘amni yemiradi.
Ilmsiz o‘tkazilgan vaqt odamni tiriklay go‘rga tiqadi.
Dam olishga ham vaqtim qolsin desang, vaqtni behuda o‘tkazma.
Vaqt haqida eng yaxshi maqollar
Bevaqt qichqirgan xo’rozning
Tojidan qon olinar.
O’zbek maqoli
Vaqt — g’animat,
O’tsa — nadomat.
O’zbek maqoli
Yoqut bilan vaqt topilmas,
Vaqt bilan yoqut topilar.
O’zbek maqoli
Vaqt – buyuk usta.
Frantsuz maqoli
Dangasaning doim vaqti yo‘q.
Uyg‘ur maqoli
Vaqt ayiradi, tuzatadi, shoshiladi.
Nemis maqoli
Vaqtida ekkan vaqtida o‘radi.
Gruzin maqoli
Hamma vaqtga qaraydi, vaqt esa hech kimga boqmaydi.
Arman maqoli
Vaqtida kelgan o‘lim ham — ne’mat.
Arab maqoli
Vaqt va toshqin hech qachon kutib o‘tirmaydi.
Daniya maqoli
Bevaqt qichqirgan xo‘rozning boshini kesadilar.
Golland maqoli
Vaqt ayol kabidir: ko‘p va’da berib, kam bajaradi.
Kuba maqoli
Vaqtida aytilmagan dono gap ham ahmoqona qabul qilinadi.
Yahudiy maqoli
O‘z vaqtida bajarilmagan ish qilinmagan bilan barobar.
Qadimgi Hind maqoli
Vaqtdan yutqizgan hamma narsadan yutqizadi.
Ingliz maqoli
Vaqt haqidagi barcha qiziqarli va sara maqollarni saytimizning Vaqt haqida maqollar sahifasida batafsil kuzatishingiz mumkin.
O’zbek adiblaridan vaqt haqida statuslar
Vaqt – to‘xtamay yelayotgan shamol. Oldindagi to‘lqinlar – avlodlar, orqadagi to‘lqinlar – ajdodlar. Ularning davomiyligida abadiy hayot yashaydi.
Abay
Olg‘a qadam tashlash uchun doimo sabab bor. Faqat uni o‘z vaqtida topib turish lozim.
Ayzek Azimov
Qadimda bir donishmand aytgan ekan: “Men vaqtning nima ekanini bilaman. Ammo “Vaqt nima?” deb so‘rasalar, aytolmayman”.
Asqad Muxtor
Vaqt o‘tyapti deymiz, aslida biz o‘zimiz o‘tyapmiz…
Asqad Muxtor
Kim jangga kirayotgan vaqtda oqibatini o‘ylasa, botirlik ko‘rsata olmaydi.
Rasul Hamzatov
Siz vaqtni tejamasangiz, vaqt sizni tejaydi.
G‘aybulloh as-Salom
Soatning chirqillab aylanayotgan lahzamiliga qo‘lini tekkizib uni to‘xtatgan bolakay vaqtni mag‘lub etdim, deb o‘yladi. Qaniydi lahzamilga aylanayotgan Yer sharini bog‘lab qo‘yolsak. Yerni to‘xtatib turish evaziga ham biz vaqtning ustidan tantana qilolmaymiz. Samovot harakatini to‘xtatib qololadigan kuch bormikin?
Menimcha bor. Bu — inson idroki. Hamma narsa inson idrokida harakatga keladi, ibtido ham, intiho ham idrok in’ikosidir. Idroksizlik vaqt ustidan g‘alaba qozonishi mumkin — idroksizlik hech qachon vaqt bilan hisoblashmaydi.
Qo‘chqor Norqobil
Ulug’ donishmandlardan vaqt haqida eng kerakli statuslar
Ulug‘ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi.
Abu Rayhon Beruniy
Butun umringiz davomida orzungizga intiling va vaqtingizni behuda sarflamang. Chunki havoga uchgan vaqt sizdagi barcha yaxshi narsalarni tortib oladi.
Aflotun
Arzimagan va befoyda narsalarga keragidan ortiqcha vaqt sarflash dono odam uchun nihoyatda og‘irdir va bu uni mislsiz tashvishga soladi.
AFLOTUN
Vaqt hamma narsaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi; yillarning poyonsiz halqasi nomni ham, qiyofani ham, fe’l-avtorni, hatto taqdirni ham o‘zgartira oladi.
AFLOTUN
… Vaqtni «essiz», «qaniydi», «koshkiydi»lar bilan o‘tkazgan kishining umri eng qisqa umr ekan.
Najmiddin Kubro
Falsafa bilan shug‘ullanishga hali erta yoki buning vaqti o‘tdi deguvchilar xuddi baxtiyorlik onlari hali yetib kelmadi yoki u o‘tib ketdi deguvchilar kabidir. Shu bois falsafa keksalar uchun ham, o‘spirinlar uchun ham birdek zarur. Keksalarga shuning uchun zarurki, falsafa tufayli ular o‘tmishlaridan quvonadilar va ezgulikdan bahramand bo‘lishadi. O‘spirinlar esa falsafa tufayli keksa donishmandlar sifatlariga erishib, kelajakdan cho‘chimaydilar.
Epikur
… Vaqt «hozir»siz mavjud bo‘lolmaydi va butun ma’nosini yo‘qotadi. Zero, «hozir» o‘zida ham ibtidoni, ham intihoni jo etguvchi o‘rtalikdir.
Arastu (Aristotel)
Biz bo‘sh vaqtni qo‘lga kiritish uchun bo‘sh vaqtdan mahrum bo‘lamiz, tinch yashash uchun esa urishamiz.
Arastu (Aristotel)
Ilm egallash asnosidagi eng keraksiz narsa dimog‘dorlik, eng zarur narsa esa vaqtdir.
Kitiylik Zenon
Vaqt soxta fikrlarni yemiradi, tabiat hukmini esa tasdiqlaydi.
Sitseron Mark Tulliy
Vaqt ildamlagani sayin buyumlarning mohiyati ham o‘zgara boradi.
Lukretsiy Tit Kar
Ba’zi amallarning ulug‘vorligi ularning ko‘lami bilan emas, balki o‘z vaqtida bajarilganligi bilan belgilanadi.
Seneka (Kichik Lutsiy Anney)
Aql ojizlik qilgan yerda ko‘pincha vaqt yordam beradi.
Seneka (Kichik Lutsiy Anney)
Uzluksiz vaqt oqimi doimo mangulikning hadsiz navqironligidan xabar beradi.
Mark Avreliy Antonin
Inson umrini belgilovchi vaqt lahzaga teng. Uning mohiyati mangu harakatdir. Sezgi noaniqlik, qalb beqarorlik, taqdir sirlilik demakdir. Shon-shuhrat esa ishonchsiz narsa. Hayot kurash va sargardonlik demakdir.
Mark Avreliy Antonin
Olam yaralmasidan ilgari vaqt ham bo‘lmagan. Uning yaralishi harakatni yuzaga keltirgan. Ana shu harakat onlari va olamdagi o‘zgarishlar — vaqt deb ataladi.
Avgustin Avreliy (Saodatli)
Vaqt faqat bizning ruhimizdagina mavjud. O‘tmish — xotiramizda, kelajak esa orzu-umidlarimizda yashaydi. Kelajakni hozirgi vaqtdagi ba’zi belgilar vositasida ko‘ra olishimiz mumkin. Demak, hozirgi vaqtning mohiyati kuzatish, mushohada yuritishdan iboratdir.
Avgustin Avreliy (Saodatli)
Vaqt va mangulik ayni bir narsa emas.
Akvinolik Foma
Boetsiyning fikricha, vaqt va mangulik o‘rtasidagi farq shundaki, mangulikning har bir lahzasi yaxlit voqelikdan iborat. Vaqt esa bunday sifatdan mahrumdir. Mangulik — mavjudlik mezoni bo‘lsa, vaqt — harakat mezoni.
Akvinolik Foma
Vaqtning cheki yo‘q deydilar. Lekin uning ma’lum bir bo‘lagini olib boshlanish va tugash nuqtasini belgilash mumkin. Masalan, biz kun yoki yilning boshlanishi va oxiri haqida gapiramiz. Ammo mangulik haqida bunday deyolmaymiz. U bunday sifatdan xolidir.
Akvinolik Foma
Odamlar biror yangilik yaratishdan avval vaqtdan o‘rnak olishsa, yaxshi bo‘lardi. Chunki vaqt eng buyuk o‘zgarishlarni ham asta-sekin, sezdirmay amalga oshiradi. Aks holda, har qanday yangilik kutilmagan tasodifga aylanib qoladi. Yana shuni aytish joizki, har qanday yangilik doimo kimgadir baxt, kimgadir kulfat keltiradi.
Frensis Bekon (Lord Verulamskiy)
Hurlik va bo‘sh vaqt… Bu ikki narsaga men shunchalar to‘laqonli egalik qilaman va uni shu darajada qadrlaymanki, bunday imtiyoz va huzurni sotib olishga olamdagi eng badavlat podshohning ham qurbi yetmaydi.
Rene Dekart
Vaqt nima?
Falakiyotchi olim so‘radi:
— Vaqt nimadir, ayo ustoz?
Donishmand javob berdi:
— Siz nihoyasiz va o‘lchab bo‘lmas vaqtni o‘lchashga urinasiz.
Siz soatlarga va yil fasllariga qarab yashashni xohlaysiz va hatto ko‘nglingizni ham vaqtga bo‘ysundirishni xohlaysiz.
Siz vaqtdan jilg‘a, soy yasab, qirg‘og‘ida o‘tirib uni kuzatishni xohlaysiz.
Ammo sizdagi bevaqtlik hayotning bevaqtligini anglaydi va biladiki:
— Kechagi kun bugunning xotirasi, ertangi kun esa — bugunning orzusidir.
Dilingiz kuylayotgan va fikrlayotgan ekan, demak, siz ilk bor yuduzlar osmonga sochilgan ilk lahzalarda yashayotgan bo‘lasiz.
Orangizda mehr-muhabbat o‘lchovsizligini tushunmaydiganlar bormi?
Mehr-muhabbat o‘lchovsiz bo‘lsa ham u vujudingizning hamma tarafida emas, balki mehvarida, qalbingizda yashaydi.
Vaqt ham sevgi kabi, bo‘linmaydi va o‘lchanmaydi.
Jubron Xalil
ajaybb
Rahmat
ajayb zor matn bolbd raxmat yana kutb qalamz
Rahmat, saytimizni doimiy kuzatib boring.