Mehnat inson hayotining ajralmas qismi bo’lib, qadimdan xalq og’zaki ijodiyotida katta o’rin egallagan. O’zbek maqollari va jahon xalqlarining hikmatlari bizga mehnatning qadri, insoniy sa’y-harakatlar va mashaqqatlarning natijasini chuqur aks ettiradi.
Ushbu maqolada siz mehnatga bag’ishlangan eng chiroyli va ma’noli maqollar to’plamini topasiz. Har bir maqol hayotiy tajribalarni aks ettirgan, chuqur ibrat va donolikdan iborat bo’lib, bizni yuksalishga, sabr-toqat va mehnatga undaydi.
Mehnat haqida maqollar – o’zbek xalq maqollari
O’zbek xalq maqollari azaldan xalqimizning hayotiy tajribalarini, mehnatga bo’lgan yuksak hurmatini va matonatini aks ettirgan. Mehnatni qadrlash va unga intilish o’zbek xalqining asosiy fazilatlaridan biri hisoblanadi. Quyida o’zbek xalqining eng mashhur va chuqur ma’noli mehnat haqidagi maqollarini taqdim etamiz. Ushbu maqollar nafaqat mehnatning qadrini, balki sabr-toqat, adolat va halollik kabi insoniy qadriyatlarni ham yuksak baholaydi.
Davlat qochar, mehnat quvar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Davlat ham egiz-egiz, Mehnat ham egiz-egiz.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yetmish go‘zallikning bittasi — mehnat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Tekinning minnati ko‘p, Mehnatning — ziynati.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Tekinxo‘r qopib yeydi, Mehnatkash topib yeydi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Halol mehnat yerda qolmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Halol mehnat — mo‘l daromad.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnatingni halol qilsang, Huzurini ko‘rasan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshi dam — mehnatga hamdam.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mardning ishi — mehnatda, Nomardning kuchi — og‘zida.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Bemehnat hikmat yo‘q.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Betashvish bosh qayda, Mehnatsiz osh qayda.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Birni birov beradi, Ko‘pni — mehnat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Birovning bergani — ko‘rgulik, Mehnatning bergani — to‘ygulik.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam, Odam — mehnati bilan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Daraxt — havodan, odam — mehnatdan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Daryo suvini bahor toshirar, Odam qadrini mehnat oshirar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yer boylikning onasi bo‘lsa, Otasi — mehnat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yer — ona, suv — ota, Mehnat — boylik.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yer — xazina, mehnat — kaliti.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yer egasi bo‘lma, mehnat egasi bo‘l.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yomg‘ir bilan yer ko‘karar, Mehnat bilan — el.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ish qolsa — mehnat, Osh qolsa — davlat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Iqbolni mehnat ochar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yigit degan er bo‘lar, Mehnat ko‘rsa, sher bo‘lar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yigit husni — mehnatda.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yigitning baxtini mehnat ochar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kindik qoning to‘kilgan joyda joning bor, Mehnat qilgan yerda moling bor.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kishi bersa — ko‘rimli, Mehnat bersa — to‘yimli.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ko‘klam — mehnat bilan ko‘rkam.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mardning mardi maydonda sinalar, Yigitning yigiti — mehnatda.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mashaqqatsiz baxt kelmas, Mehnatsiz taxt kelmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat baxt keltirar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat bilan yer ko‘karar, Duo bilan — el.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat va o‘qish — og‘a-ini.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat yerda qolmas, Oltin — yo‘lda.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat kishini boqar, Yalqovlik o‘tga yoqar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat, mehnatning tagi — rohat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat — rohatning poydevori.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat tovoq to‘ldirar, Minnat toq kuydirar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat shuhrat keltirar, Yalqovlik — la’nat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat etsang erinmay, To‘yar qorning tilanmay.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat — e’tibor garovi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat qancha og‘ir bo‘lsa, Keti shuncha shirin bo‘lar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat qilgan moy oshar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat qilding, xo‘p qilding, Minnat qilding, yo‘q qilding.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat qilib topganing, Qandu asal totganing.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat qilmay rohat ko‘rmas, Urug‘ sepmay ekin o‘rmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat qilsang, ko‘ksing tog‘, Hurmat qilsang, diling bog‘.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat qilsang, yasharsan, Katta-katta osharsan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat qilsang qaram bo‘lmaysan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat qilsang qirga, Qaram bo‘lmassan qo‘lga.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnatda sinalgan elda aziz.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnatli non — shakar, Mehnatsiz non — zahar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnatli osh osh bo‘lar, Mehnatsiz osh — tosh.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnatning ko‘zini topgan Boylikning o‘zini topar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnatning noni — mazali, O‘g‘rining urari — azali.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnatning noni — shirin, Yalqovning joni — shirin.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnatsiz bilak — o‘rinsiz tilak.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnatsiz ish bitmas, Erinchoqning qo‘li yetmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnatsiz rohat bo‘lmas, Savobsiz — jannat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnatsiz topilgan mol hisobsiz ketar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnatsiz turmush — tuzsiz osh.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnatsiz turmush — o‘g‘irlik.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnatsiz et yemaydi, bit yeydi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Nonni mehnat topgan, Mehnatni non topgan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Obro‘ topaman desang, kamtar bo‘l, Qarimay desang, mehnat qil.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Obro‘ning onasi — mehnat, Otasi — sa’yi harakat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Odamning husni — mehnatda.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Oz yesang, ko‘p yashaysan, Mehnat qilsang, ko‘p oshaysan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Olay desang mo‘l hosil, Mehr qo‘yib mehnat qil.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Oltin o‘tda bilinar, Odam — mehnatda.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ota boyligi yeiga singar, Mehnat boyligi — elga.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Og‘zingni ko‘kka ochma, Halol mehnatdan qochma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Rohatning onasi — mehnat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvdan kechgan ho‘l bo‘lar, Mehnat chekkan zo‘r bo‘lar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Uyqu — g‘aflat, mehnat — rohat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Xazina g‘oyibdan emas, mehnatdan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Er yigit nomi bilan, Mehnatda shoni bilan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yurti boyning o‘zi boy, Mehnat qilganning qo‘li moy.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yutuqning kahti — mehnat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Qush qanoti bilan tirik, Odam — mehnati bilan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Hamma narsaning otasi — mehnat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Harakating — sog‘liging, Mehnating — boyliging.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Himmat — elning tayanchi, Mehnat — rohat quvonchi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan, Mehnat qilsang, davron surasan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Hurmating — savlating, Mehnating — davlating.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Qobil o‘g‘il rohat keltirar, Noqobil o‘g‘il — mehnat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yomon xotin o‘lsa, keng to‘shak qolar, Yaxshi xotin o‘lsa, mehnat-g‘am qolar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Minnat yerda qolsa ham, Mehnat yerda qolmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
G‘arib bo‘lmay, bilmas elning qadrini, Mehnat qilmay, bilmas pulning qadrini.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr bilan mehnat qilgan boy bo‘lar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ter to‘kib mehnat qilsang, yerdan zar unar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Unumli mehnat — katta daromad.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
O‘g‘ri boylik topsa, baxtidan ko‘rar, To‘g‘ri boylik topsa, mehnatdan ko‘rar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ertaga osh qolsa — davlat, Ish qolsa — mehnat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Vatani borning baxti bor, Mehnati borning — taxti.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
«Barakalla»ga qui mehnat qilib o‘lar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat haqida maqollar – jahon maqollari
Dunyo xalqlari ham mehnatning qadrini juda yaxshi biladi. Har bir xalqning og’zaki ijodiyotida mehnatning ahamiyati va uning natijalari haqida chuqur ma’noli maqollar mavjud. Ushbu maqollar insoniyat tarixida mehnatning naqadar muhim ekanligini, har bir insonning o’z mehnati orqali muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini ta’kidlaydi. Quyida turli millatlar tomonidan yaratib kelingan va asrlar davomida xalq og’zida yashab kelayotgan eng mashhur jahon maqollari bilan tanishasiz.
Mehnatsiz ulug‘likka intilgan odam qashshoq bo‘ladi.
🔽
Fors maqoli
Oldingda ulug‘ maqsad turgan bo‘lsa — mehnat senga dam beradi.
🔽
Fors maqoli
Hordiqsiz mehnat yo‘q, ishladingmi, dam olishni ham bil.
🔽
Fors maqoli
Baxt havodan kelmaydi, unga mehnat bilan erishiladi.
🔽
Fors maqoli
Mehnatda vaqt quvnoq o‘tadi.
🔽
Fin maqoli
Supurgisiz ozodalik bo‘lmagani kabi, mehnatsiz ham xayr yo‘q.
🔽
Fin maqoli
Mehnat bilan topilgan taom mazali bo‘ladi.
🔽
Fin maqoli
Mehnat bilan qo‘ling uzilib qolmaydi.
🔽
Udmurt maqoli
Oltin o‘tda, odam mehnatda sinaladi.
🔽
Tojik maqoli
Mehnat bilan inoqlashsang, tan og‘rig‘in ko‘rmassan.
🔽
Tojik maqoli
Inson mehnat uchun yaralgan.
🔽
Osetin maqoli
Mehnatda ayb yo‘q.
🔽
Oltoy maqoli
Dangasaga ming kun kam, mehnatsevar bir kunda bajaradi.
🔽
Oltoy maqoli
Mehnatsiz rohat yo‘q.
🔽
No‘g‘ay maqoli
Mehnat non keltiradi, dangasalik — ochlik.
🔽
Nemis maqoli
Bilim qaytarish bilan tirik, yer — mehnat bilan.
🔽
Nepal maqoli
Mehnatkash sog‘lom bo‘ladi, dangasa — doim kasal.
🔽
Maori maqoli
Ekilgan narsaning unib chiqishi mehnatga bog‘liq.
🔽
Lezgin maqoli
Birov mehnat qiladi, birov uni sidiradi.
🔽
Lezgin maqoli
Mehnat mo‘l bo‘lsa, hosil ham mo‘l bo‘ladi.
🔽
Lezgin maqoli
Dangasaga kun uzoq, mehnatsevarga kun yetmaydi.
🔽
Dog‘iston maqoli
Mehnatdan qolma, qalpoqqa ham ega bo‘lasan.
🔽
Dog‘iston maqoli
Dangasaning og‘zi quruq, mehnatsevarning og‘zi moyli.
🔽
Dog‘iston maqoli
Yer askarlar qoni va mehnatkashlar teriga zor emas.
🔽
Brazil maqoli
Mehnatsiz baxt bo‘lmaydi.
🔽
Belorus maqoli
Sog‘lom odam uchun mehnat eng yaxshi tabib.
🔽
Belorus maqoli
Boshqaning mehnati bilan to‘q bo‘lolmaysan.
🔽
Arman maqoli
Oqil mehnat samarasiga, nodon quruq orzuga ishonadi.
🔽
Arab maqoli
Oq qo‘llar boshqaning mehnatini sevadi.
🔽
Chechen-ingush maqoli
Mehnat qilmay quyonni tutolmaysan.
🔽
Tatar maqoli
Ishsiz yurgandan birovga qaram bo‘lib mehnat qilgan afzal.
🔽
Hind maqoli
Mehnat — piyoda, shodiyona — yugurik.
🔽
Daniya maqoli
Shoir bo‘lib tug‘iladilar, notiq bo‘lish uchun tinmay mehnat qiladilar.
🔽
Daniya maqoli
Shoir bo‘lib tug‘ilish mumkin, lekin notiqlik uchun qattiq mehnat qilish kerak.
🔽
Golland maqoli
Mehnatkash odamga kasallik ham yo‘lamaydi.
🔽
Yapon maqoli
Erning boyligi — xotinning mehnati.
🔽
Vetnam maqoli
Dangasa o‘tirib charchaydi, mehnatsevar ishlab yayraydi.
🔽
Buryat maqoli
Inson mehnatdan yosharadi.
🔽
Buryat maqoli
Mehnat — baxt.
🔽
Buryat maqoli
Mehnatsiz daromad yo‘q.
🔽
Ingliz maqoli
Mehnat haqida eng sara statuslar, dono gaplar to’plami
Mehnat – insonni ulug’laydigan, uning maqsadlariga erishishida asosiy omil bo’lgan kuchdir. Har bir insonning hayotida mehnatning o’rni katta bo’lib, ko’pchilik uchun bu ilhom va motivatsiya manbaidir. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar uchun qisqa, lekin mazmunli statuslar, dono gaplar nafaqat o’z fikrlaringizni ifoda etish, balki atrofdagilarga kuch-g’ayrat ulashishning ham ajoyib usuli hisoblanadi. Quyida mehnatga bag’ishlangan eng sara statuslar va dono gaplarni taqdim etamiz. Ushbu iboralar sizga harakat qilish va hayotingizda muvaffaqiyatga erishishda ilhom beradi.
Bir-kishining aniq maqsad sari yo‘naltirilgan qat’iyatli mehnati, ko‘pchilikning faqat istaklargagina asoslangan urinishidan nafliroqdir.
🔽
Muhammad Toshboltayev
Agar sen halol mehnat qilsang, odamlar seni o‘zlari izlab topadi.
🔽
G‘aybulloh as-Salom
O‘lim dahshati bizni mehnat qilishga undaydi, zero butun hayot mehnatdadir.
🔽
J. RENAR
Xarakter mehnatda toblanadi, kimki o‘z mehnati bilan rizqi ro‘zini topib kelmagan ekan, u ko‘pchilik hollarda umrbod ojiz, lanj, bo‘shang bo‘lib qolaveradi.
🔽
D. I. PISAREV
Mehnat jarayoniga asoslangan bilimdan o‘tkirroq qurol yo‘q.
🔽
M. GORKIY
Odamlar uchun haqiqiy xazina — mehnat qila bilishdir. Kunda mehnat qilib o‘rganganlar nogiron va qari bo‘lsalar ham kuchli va ko‘nikmasi yo‘q o‘spirinlarga qaraganda ishni oson bajaradilar.
🔽
GIPPOKRAT
Mehnat haqidagi shu va boshqa eng yaxshi statuslarni saytimizning ushbu manzilida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
👍