Umr haqida chuqur ma’noli o’zbek va jahon maqollari

Umr haqida chuqur ma'noli o'zbek va jahon maqollari Barcha maqollar

Umr inson hayotining eng muhim va qimmatbaho boyligidir. Har bir millatning madaniyati va tajribasida umr, vaqt va hayotning qadri haqida chuqur hikmatli so‘zlar mavjud.

Bu maqollar hayotning o‘tkinchiligini, har bir onning qadrini bilish va to‘g‘ri yashash haqida chuqur mulohazalar beradi.
O‘zbek xalq maqollarida «Umr – oqayotgan suvdek, to‘xtamaydi» degan chuqur ma’noli so‘zlar umrning o‘tkinchiligini eslatib turadi. Jahon xalqlarida ham umrni qadrlash, hayotning mazmunini tushunishga bag‘ishlangan hikmatli so‘zlar mavjud.

Umr haqida eng ajoyib o’zbek xalq maqollari

O‘zbek xalq maqollari hayotning eng muhim qadriyatlari haqida chuqur ma’nolarni o‘zida mujassam etgan. Umr, vaqt va hayotning o‘tkinchiligi haqidagi hikmatli so‘zlar bizga har bir onning qadriga yetish, vaqtni behuda sarflamaslik haqida eslatadi. Ushbu maqollar xalqimizning hayot falsafasini, umrning bebaho ekanini va uni to‘g‘ri yashash zarurligini ko‘rsatadi.

Totuv turmush — uzoq umr.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Semiz qo‘yning umri kalta.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Tili uzunning umri qisqa.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

HushyorUk — umr posboni.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Tushlik umring bo‘lsa, choshlik harakat qil.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Umrim umr bo‘ldi, Soqolim ko‘mir bo‘ldi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Umr o‘zar, husn to‘zar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Muhabbatsiz umr — o‘t olmas ko‘mir.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Sevging toza — umring toza.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Umr savdosi — qiyin savdo.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Xotin — umr yo‘ldoshi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Xotinning yomoni — umrning egovi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yaxshi xotin — umr boli, Yomon xotin — jon zavoli.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Umr qarzga berilmas, Oltinga sotilmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Umringdan uch kun qolsa ot ol, Bir kun qolsa — xotin.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Pishgan ovqatning umri qisqa.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Sabr — umr xazinasi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Qalbing toza — umring toza.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dard tomirni yer, Hasrat — umrni.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Qayg‘u — umr egovi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Umrim uzun bo‘lsin desang, O‘z ishingni puxta qil.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘tmas umr bo‘lmas, Sinmas — temir.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yolg‘onning umri — qisqa.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Tuhmatning umri — qisqa.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Qing‘irlik — tiriklik go‘ri, Egrilik — umrning sho‘ri.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Sog‘lik — umrning garovi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Gap — ko‘p, umr — oz.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Inson umri — daryo suvi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Umr — ariqdan oqqan suv.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Umr temir bo‘lsa ham, bir kun eriydi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Umr — o‘tkinchi mehmon.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘tgan umr — otilgan o‘q.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bu sizga qiziq bo‘lishi mumkin:  Shifokorlar haqida eng ibratli o‘zbek va jahon maqollari

blockquote>Uzun til — umr zavoli.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yigitlik — umr gulshani.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Umr haqida jahon xalqlari maqollari to’plami

Dunyo xalqlarining uzoq asrlik tajribasi va madaniyati orqali umr va hayotning mohiyati haqidagi ko‘plab hikmatli so‘zlar yaratilgan. Har bir xalqning maqollarida umrning o‘tkinchiligi, hayotning qadri va vaqtning ahamiyati haqida chuqur ma’nolar mujassam. Ushbu maqollar turli xalqlarning hayotga bo‘lgan qarashlarini ochib beradi va umrni mazmunli yashashga undaydi.

O‘zgani bir kun aldaysan, o‘zingni — bir umr.

🔽
Fin maqoli

Dushmaningga o‘lim tilagandan o‘zingga umr tila.

🔽
Turkman maqoli

Vafodor yor bo‘lmasa, na umrda lazzat bor va na turmushda rohat.

🔽
Tojik maqoli

Odam umrining lazzati — farzand.

🔽
Tojik maqoli

Kechki ovqatni qisqatirish umrni uzaytiradi.

🔽
Nemis maqoli

Bir marta yaralangan bir umr dardni biladi.

🔽
Lezgin maqoli

Haqiqatni yo‘qotgan umrini ham yo‘qotadi.

🔽
Gruzin maqoli

Bir daqiqada umrni yo‘qotgandan ko‘ra hayotda bir daqiqani yo‘qotgan afzal.

🔽
Brazil maqoli

Bir umr yasha — bir umr o‘rgan.

🔽
Belorus maqoli

Uzun til umrni qisqartiradi.

🔽
Arman maqoli

Uzun til — umr zavoli.

🔽
Arab maqoli

Ba’zilar uchun to‘y bir oylik rohat va bir umrlik qayg‘udir.

🔽
Arab maqoli

Uch narsa umrni uzaytiradi: keng uy, yaxshi ulov, mehribon xotin.

🔽
Arab maqoli

Yomg‘ir yil bo‘yi yog‘maydi, inson umr bo‘yi kambag‘al bo‘lmaydi.

🔽
Xitoy maqoli

Osmon har soatda o‘zgaradi, odamlar — bir umr.

🔽
Xitoy maqoli

Xotin tanlashda adashsang — umring oxirigacha, uy qurish uchun yanglish joy tanlasang qulaguncha azoblanasan.

🔽
Tay maqoli

Bir umr eshakka mingandan bir yil otga mingan yaxshidir.

🔽
Golland maqoli

Inson umri qisqa, shon-shuhrat va boylik o‘tkinchi.

🔽
Yapon maqoli

Sabr — umrbod xazina.

🔽
Yapon maqoli

Inson umri bir asr, ismi — abadiy.

🔽
Yapon maqoli

Umr qisqa — yaxshilik qilishga shoshil.

🔽
Yapon maqoli

So‘rash — bir daqiqalik uyat, bilmaslik — bir umrlik.

🔽
Yapon maqoli

Inson umri bir qarichdan ham uzun emas, kim ko‘p uxlasa yarim qarichini yo‘qotibdi.

🔽
Vetnam maqoli

Qurigan daraxt suvda ham ko‘karmaydi, inson bir umr kambag‘alligicha qolmaydi.

🔽
Vetnam maqoli

Yaxshi taom uzoq eslanadi, alamli so‘z bir umr esdan chiqmaydi.

🔽
Vetnam maqoli

Sharafni bir umr izlab, bir kunda yo‘qotadilar.

🔽
Buryat maqoli

Qari itning hurishi — ertalabgacha, qariyaning aytgani — bir umrga.

🔽
Buryat maqoli

Butun umr firibgarlik bilan shug‘ullangan odam ro‘stgo‘y bo‘lib o‘lishi gumon.

🔽
Ingliz maqoli

Hech qachon “umr tugadi” dema.

🔽
Ingliz maqoli

Bu sizga qiziq bo‘lishi mumkin:  Kriptovalyuta haqida qiziqarli o‘zbek va jahon maqollari

Umr haqida eng yaxshi statuslar va aqlli fikrlardan namunalar

Umr haqida eng sara statuslar va hikmatli iboralar to'plami
Umr va vaqt haqida chuqur ma’noli statuslar va aqlli fikrlar insonlarga hayotning qisqaligi va har bir onning bebaho ekanini eslatadi. Ushbu statuslar insonni o‘z umrini mazmunli yashashga, vaqtning qadriga yetishga va hayotning har bir lahzasidan bahramand bo‘lishga da’vat etadi. Ular nafaqat ilhom manbai, balki hayotga yangi nazar bilan qarashga yordam beradi.

Men o‘zimning kim ekanligimni bilishga butun umrimni bag‘ishladim

🔽
Mansurxon Toirov

Hayotning har lahzasi go‘zal, Umrning har dami g‘animat.

🔽
Anvar Obidjon

Umr qisqa, lekin inson o‘z farzandlari timsolida qayta yashay boshlaydi.

🔽
A. FRANS

Umrni qisqartiruvchi omillar orasida qo‘rquv, qayg‘u. umidsizlik, zerikish, tushkunlik, hasad, nafrat yetakchi o‘rinni egallaydi.

🔽
K. GUFELAND

Hissiy lazzatlanish umrni qanchalik qisqartirsa, aqliy lazzatlanish uni shu qadar uzaytiradi.

🔽
P. BUAST

Bir nafaslik lazzat ko‘pincha bir umrlik azob-uqubatga sabab bo‘ladi.

🔽
K. VILAND

Hech kim umri qisqa bo‘lib tugilmaydi, uni o‘zimiz qisqartiramiz; umrimiz tugal, ammo uni biz yelga sovuramiz. Agar oqilona foydalanilsa, umr juda uzoq davom etadi.

🔽
SENEKA

Umr bizga uni so‘nggi daqiqalarga qadar mardona himoya qilish sharti bilan berilgan.

🔽
Ch. DIKKENS

Umrning butun ma’nosi mavhumlikni to‘xtovsiz zabt etish, tobora va hamisha ko‘proq bilishga intilishdir.

🔽
E. ZOLYa

Mehnat yuz yil umr ko‘rish san’atining zaruriy shartlaridan biridir.

🔽
M. ShEVREL

Umr bag‘oyat qisqa va u mohiyat-e’tibori bilan zo‘r saodatdir.

🔽
S. N. SERGEEV-SENSKIY

Har bir daqiqani chuqur mazmun bilan boyita olgan kishi o‘z umrini cheksiz uzaytirgan bo‘ladi.

🔽
I.KURS

Chuqur iz qoldirmagan umr qadam sayin o‘chib boraveradi.

🔽
A. I. GERSEN

Umr haqidagi shu va boshqa eng yaxshi statuslarni saytimizning mana bu sahifasida batafsil ko’rib chiqishingiz mumkin.

Bu sizga qiziq bo‘lishi mumkin:  Salomatlik haqida o'zbek va jahon maqollari sara to'plam
Statuslarni baholang
( No ratings yet )
Fikr bildirish