Umr — inson uchun eng bebaho ne’mat, uni qanday yashash esa har birimiz uchun hayotiy muhim qarordir.
Ko‘plab donishmandlar va yozuvchilar umrning qisqaligi, vaqtning o‘tkinchiligi va har bir onning qadriga yetish haqida chuqur hikmatli fikrlarni qoldirishgan. Ushbu statuslar va hikmatli iboralar insonni umrni mazmunli o‘tkazishga, vaqtni to‘g‘ri baholashga undaydi.
Quyida umr va vaqt haqida eng chuqur ma’noli statuslar va hikmatli iboralarni topishingiz mumkin. Ular sizga ilhom bag‘ishlab, hayotga yangi nazar bilan qarashga yordam beradi.
Umr haqida o’zbek ziyolilaridan ibratli fikrlar va statuslar
🔽
Asqad Muxtor
insonga bir marta beriladigan hayotda u umridan, o‘tgan kunidan qoniqib yashashi kerak. Vijdoniga xilof ish qilmay yashasa — bundan ulug‘ baxt yo‘q.
🔽
Erkin Vohidov
Men «Qil ko‘prik» va boshqa romanlarimni qayta «ko‘rib» chiqquncha umr oxirlab qolishi mumkin ekan. Demak, «Dinozavr» (eng muhim asar)dan ortgan vaqt — o‘sha romanlarniki!
🔽
Shukur Xolmirzayev
Ilmi bo‘lmay turib ulug‘ sanalgan odam qordan yasalgan qasrga o‘xshaydi: uning shuhrati qor umriday qisqa bo‘ladi.
🔽
Tilab Mahmudov
Umr bo‘yi bir mavzuni chaynagan olim yantoqdan bo‘lak o‘t yemaydigan tuyaga o‘xshaydi.
🔽
Tilab Mahmudov
hayotiy asarning umri boqiydir.
🔽
Tilab Mahmudov
Umrim bo‘yi avliyolarni uchratdimmi yoki yo‘qmi – bilmadim, lekin avliyolikka davogarlarni juda ko‘p ko‘rdim
🔽
Mansurxon Toirov
Men o‘zimning kim ekanligimni bilishga butun umrimni bag‘ishladim
🔽
Mansurxon Toirov
Umrim o‘tib borgan sari fikrim navqironlashib borganiga guvohman
🔽
Mansurxon Toirov
Asrimiz suronli. Agar havoda uchayotgan o‘qlar bir daqiqa, bir soat, bir kungina mo‘jiza ro‘y berib to‘xtab qolsa edi, samoda insoniyatning o‘z boshidan o‘zi yog‘dirayotgan qarg‘ishi namoyon bo‘lar, bashariyat umr daftarining son-sanoqsiz qora dog‘lari ko‘rinib qolar edi.
🔽
Qo‘chqor Norqobil
Shunday yozuvchilar bor: umrining birinchi yarmida nom chiqaradi. U nomini boqadi. Umrining ikkinchi yarmida nomi uni boqadi.
🔽
Abdulla Qahhor
Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmapti, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman.
🔽
Abdulla Qahhor
Adabiyotda umr bo‘yi tutab yurgan yozuvchilar hech qachon o‘z mahallasi doirasidan tashqariga chiqmaydi, lekin o‘zini klassik hisoblaydi. Shuning uchun bularni mahalla klassiklari deb atash mumkin.
🔽
Abdulla Qahhor
hayotning har lahzasi go‘zal, Umrning har dami g‘animat.
🔽
Anvar Obidjon
Umr haqida eng yaxshi hikmatlar va dono gaplar to’plami
Donishmand odam umrining oxiriga borib o‘limning faqat chetdan qaraganda, yaqin kishilari uchungina dahshatli ekanini, o‘zi uchun esa hech narsa emasligini, qanday tug‘ilgan bo‘lsa xuddi o‘shanday ketishini tushunadi…
🔽
M.M.PRIShVIN
Umr uzun, o‘lim qisqa, shuning uchun ham undan qo‘rqish kerak emas.
🔽
F. E. DZERJINSKIY
Kishi umri oxirlab qolgan paytda ma’yus tortib, olisdan imlab chaqiruvchi yorqin manzillarni ko‘rish menga ham nasib qilarmikin, deya o‘z-o‘ziga savol beradi. Shunda u o‘z ortidan bardam-baquvvat yoshlar kelayotganini, keksalik bilan yoshlik haqiqatni kashf etish yo‘lidagi uzluksiz mehnatda qorishib ketajagini o‘ylab, tasalli topadi.
🔽
N. Ye. JUKOVSKIY
Umr qisqa, lekin inson o‘z farzandlari timsolida qayta yashay boshlaydi.
🔽
A. FRANS
Kunni yaxshi o‘tkazgan odam tunda tinch uxlaganiday, foydali umr kechirgan odam qiynalmay jon beradi.
🔽
LEONARDO DA VINChI
Asab sistemasini mustahkamlaydigan hamma narsa umrni uzaytiradi, aksincha, uni susaytiruvchi narsalar umrni qisqartiradi.
🔽
P. MANTEGASSO
Umrni qisqartiruvchi omillar orasida qo‘rquv, qayg‘u. umidsizlik, zerikish, tushkunlik, hasad, nafrat yetakchi o‘rinni egallaydi.
🔽
K. GUFELAND
Orani buzishgacha olib boradigan haddan ziyod asabiylik umrni qisqartiradi.
🔽
A. A. BOGOMOLETS
Uzoq yashashning birdan-bir siri umrni qisqartirmaslikda.
🔽
E. FEYXTERSLEVEN
Hissiy lazzatlanish umrni qanchalik qisqartirsa, aqliy lazzatlanish uni shu qadar uzaytiradi.
🔽
P. BUAST
Ko‘pchilik umrining talay qismini hayotining qolgan bo‘lagini raddibalo qilishga sarflaydi.
🔽
J. LABRUER
Bir nafaslik lazzat ko‘pincha bir umrlik azob-uqubatga sabab bo‘ladi.
🔽
K. VILAND
Vshlikda u qadar qadriga yetilmagan sog‘lik balog‘at yillarida chinakam baxtga aylanadi; umrning ko‘pi ketib, ozi qolgan paytda esa odam yashashning mazasini tushuna boshlaydi.
🔽
I. M. KARAMZIN
Umrimiz jahblatimiz tufayli qisqaradi.
🔽
G. SPENSER
Hech kim umri qisqa bo‘lib tugilmaydi, uni o‘zimiz qisqartiramiz; umrimiz tugal, ammo uni biz yelga sovuramiz. Agar oqilona foydalanilsa, umr juda uzoq davom etadi.
🔽
SENEKA
Odamlar uzoq umr xohlashadi-yu, ammo uni ehtiyot qilishmaydi.
🔽
J. LABRUER
Umr bizga uni so‘nggi daqiqalarga qadar mardona himoya qilish sharti bilan berilgan.
🔽
Ch. DIKKENS
Bir umr cho‘tka tegmagan ko‘ylakni tezda tozalab bo‘lmaganidek, odamni ham birdaniga qayta tarbiyalash mumkin emls.
🔽
M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRIN
Umrning butun ma’nosi mavhumlikni to‘xtovsiz zabt etish, tobora va hamisha ko‘proq bilishga intilishdir.
🔽
E. ZOLYa
O‘zgalarni aldash ishni chigallashtiradi va bir qarorga kelishni qiyinlashtiradi, lekin haqiqat deb ro‘kach qilin-gan inson ko‘nglidagi yolg‘on esa odamni umrbod nobud etadi.
🔽
L. N. TOLSTOY
Umrim bo‘yi aqliy va jismoniy mehnatni yaxshi ko‘rib kelganman va yaxshi ko‘raman ham, hatto jismoniy mehnatni ko‘proq yaxshi ko‘raman… Jismoniy mehnat oliy nerv faoliyati buzilgan taqdirda eng katta davo bo‘lib xizmat qiladi.
🔽
I. P. PAVLOV
mehnat yuz yil umr ko‘rish san’atining zaruriy shartlaridan biridir.
🔽
M. ShEVREL
Uzoq umr siri mehnatda.
🔽
S. N. SERGEEV-SENSKIY
Butun umrim davomida mehnatsevar va ishlashni bilgan odamlarnigina chinakam qahramon, deb bilganman.
🔽
M. GORKIY
Umr bo‘yi bizga hamroh bo‘lgan umid hatto o‘lim to‘shagida ham bizni tark etmaydi.
🔽
A. POP
Umrini boshqalarning baxti to‘g‘risida gamxo‘rlik qilish bilan o‘tkazgan kishlar eng ajoyib va ayni vaqtda eng baxtiyor kishilardir.
🔽
V. A. SUXOMLINSKIY
Odam tabiatan qiziq yaratilgan — boyligini yo‘qotsa xafa bo‘ladiyu umri zoye ketayotganiga esa parvo qilmaydi.
🔽
ABUL FAROJ
Sustkash odamning umri omadsizlik bilan olishuvga ketadi.
🔽
GESIOD
Jamiyatning keng manfaatlari va vazifalariga xizmat qilishga bag‘ishlanmagan umrni umr demasa ham bo‘ladi.
🔽
N. S. LESKOG
Umr bag‘oyat qisqa va u mohiyat-e’tibori bilan zo‘r saodatdir.
🔽
S. N. SERGEEV-SENSKIY
Umr o‘tib ketmoqda: kim unga yetolmasa, ikkilanib qoladi.
🔽
M. GORKIY
Har bir daqiqani chuqur mazmun bilan boyita olgan kishi o‘z umrini cheksiz uzaytirgan bo‘ladi.
🔽
I.KURS
Har qanday umrmas, balki yaxshi o‘tkazilgan umr — baxt-saodat hisoblanadi.
🔽
SENEKA
Isonning insonligi shunchaki umr o‘tkazishi emas, balki yashashidadir.
🔽
J.LONDON
Yaxshi o‘tgan har qanday umr uzoq umrdir.
🔽
LEONARDO DA VINChI
Umrni biz bugun-erta deb orqaga suramizu, u o‘tib ketadi.
🔽
SENEKA
Agarda razm solib qaralsa, aksariyat kishilar hayotining ko‘p qismi bo‘lmag‘ur ishlarga, anchaginasi — bekorchilikka, umrning yaxlit o‘zi esa — nokerak narsalarga sarflanadi.
🔽
SENEKA
Chuqur iz qoldirmagan umr qadam sayin o‘chib boraveradi.
🔽
A. I. GERSEN
Tan go‘zalligi haqiqiy oshiqlarni shaydo qilishi mumkin, ularni bir umr maftun etish uchun esa qalb go‘zalligi talab qilinadi.
🔽
K. KOLTON
Umr o‘tkazishning ikkita usuli bor. Birinchisi, go‘yo hech qanday mo‘jiza yo‘qday yashab o‘tish. Ikkinchisi, hayotdagi hamma narsa mo‘jiza ekaniga ishonib yashab o‘tish.
🔽
Albert Eynshteyn
Koinot miqyosida inson umri pashshaning umriday gap. Biroq insonga tafakkur ato qilingan, shu narsa uning umrini uzaytiradi. Lekin aksi ham bo‘ladi – keskin qisqartiradi ham.
🔽
Chingiz Aytmatov
Azob-uqubat ko‘rmagan odam bir umr yosh bola bo‘lib qolaveradi.
🔽
Tomas Mann
Umr haqida eng yaxshi maqollardan namunalar
Totuv turmush — uzoq umr.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umr o‘zar, husn to‘zar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umr qarzga berilmas, Oltinga sotilmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
haqiqatni yo‘qotgan umrini ham yo‘qotadi.
🔽
Gruzin maqoli
Uch narsa umrni uzaytiradi: keng uy, yaxshi ulov, mehribon xotin.
🔽
Arab maqoli
inson umri bir asr, ismi — abadiy.
🔽
Yapon maqoli
inson umri bir qarichdan ham uzun emas, kim ko‘p uxlasa yarim qarichini yo‘qotibdi.
🔽
Vetnam maqoli
Hech qachon “umr tugadi” dema.
🔽
Ingliz maqoli
Umr haqida shu va boshqa barcha maqollarni saytimizning mana bu sahifasida alohida batafsil o’qib chiqishingiz mumkin.