Pul haqida statuslar, eng sara statuslar to’plami

Pul haqida statuslar, eng sara va ma'noli statuslar to'plami Barcha statuslar

Pulga e’tiborsiz insonni uchratish juda qiyin. Ayrim insonlar uni sevadi, boshqalari esa undan nafratlanadi va barcha muammolarda pulni ayblaydi. Biz quyida sizlarga pul haqida eng yaxshi statuslar, qiziqarli aforizmlar va hikmatlardan namunalar havola etmoqdamiz.

Pul haqida eng sara statuslar to’plami

Pul haqida eng sara statuslar to'plami

Pulning jozibasi – juda kuchli. Lekin, hayotga jiddiy qaragan odam uchun pulning o‘zi yetarli emas.

Ayzek Azimov<

Pulni narigi dunyoga olib ketib bo‘lmaydi, ammo pul bilan orttirilgan shuhratni olib ketish mumkin.

Viktor Tomilov.

Pul tanqisligida aql ishga tushadi.

Xurshid Do‘stmuhammad

Pulni yo‘qotish – katta yo‘qotish emas. Yana pul ishlashga shoshil. Or-nomusni yo‘qotish – katta yo‘qotish. Shon-shuhrat qozonsang, odamlar o‘z fikrini o‘zgartiradi. Mardlikni yo‘qotish – barcha narsani yo‘qotish. U holda bu dunyoga kelmaganing yaxshiroq bo‘lar edi.

Gyote

Pulni harom deyayotganlarning ko‘pchiligi uni boshining tagiga qo‘yib yotadi.

Mansurxon Toirov

Osh-ovqatdan o‘zini va bola-chaqasini sirgan odam pulini yig‘ib-yig‘ib dori-darmonga sarf qiladi yoki tabibga olib borib beradi.

Mansurxon Toirov

Dunyo ishlamay pul topishni istaydigan bekorchilar, boyimasdan ishlashga tayyor nodonlarga to‘lib yotibdi.

Bernard Shou

Barcha masalalarda har qanday odamning va’dasiga ishonsa bo‘ladi, ammo pul masalasi bundan mus­tasno.

Moxandas Karamchand Gandi

Pul ajalingni bir lahzaga ham kechiktira olmaydi.

Paulo Koeloning “Alkimyogar” romanidan

Sizdan nuqul pul so‘ragan odamga hech qachon maslahat bermang.

P. KALDERON

Odam pulsiz, uysiz, yer-mulksiz qolsa sadqayi sar — bularning hammasi unga tegigali emas. Insonning o‘z haqiqiy mulki — insoniy qadr-qimmatini yo‘qotishi achinarlidir.

EPIKTET

Har bir kulfatning nimadir davosi ham bor. Puling oz bo‘lsa — tashvishing kam. Omading uncha yurishmasa — hasad qiluvchilar ham kam. Hatto yuragimizga qil sig‘maydigan paytlarda xam biz ko‘ngilsizlikning o‘zidan emas, balki tasavvurimizdagi ko‘ngilsizlikdan ezilamiz.

SENEKA

Baxt besabr odamlarga ko‘p narsalarni pullab qoladi-yu, sabrlilarga ularni tekinga beradi.

F. BEKON

Pul aziz, inson hayoti undan ham aziz, vaqt esa hamma narsadan azizdir.

A. V. SUVOROV

Pul haqida maqollar

Pul haqida maqollar

Adolat qolmagan yerda pul hukmronlik qiladi.

Shved maqoli

Boy puli bilan to‘laydi, kambag‘al — terisi bilan.

Fin maqoli

Pul bor uyda faqat bitta kassir bo‘lishi lozim.

Portugal maqoli

Yo katta puling bo‘lsin, yo shirin so‘zing.

Lezgin maqoli

Pul insonga baxt va’da qilmaydi.

Brazil maqoli

Pul yo‘q deb qayg‘urma, ish yo‘q deb qayg‘ur.

Boshqird maqoli

Pul suv kabi: bo‘lmasa ham musibat, ko‘p bo‘lsa ham musibat.

Belorus maqoli

Agar hamma xotinlar tejamkor bo‘lganida uyning devorlari puldan bo‘lardi.

Arman maqoli

Pul — yaxshi xizmatkor, ammo yomon xo‘jayin.

Arab maqoli

Puli bo‘la turib, yordam bermaslik xazinalar g‘origa kirib quruq qo‘l bilan chiqqan bilan barobar.

Xitoy maqoli

Bir qop pul ikki qop haqiqatdan ham og‘ir keladi.

Daniya maqoli

Erishmagan pulingni ishlatishga shoshilma.

Ingliz maqoli

Puli borning og’zi o’ynar, Puli yo’qning ko’zi o’ynar.

O’zbek maqoli

Pul ketsa-ketsin, obro’ ketmasin.

O’zbek maqoli

Pul haqidagi barcha sara maqollarni saytimizning mana bu sahifasida kuzatishingiz mumkin.

Donishmandlardan pul haqida eng yaxshi statuslar

Donishmandlardan pul haqida eng yaxshi statuslar

Pul ezgulikni tug‘dirmaydi, aksincha, ezgulik tufayli odamlar shaxsiy hayotda ham, jamiyatda ham pul va boshqa boyliklarga ega bo‘ladilar.

Suqrot

Johil bo‘lib yashagandan qashshoqlikda kun kechirgan a’loroqdir. Chunki qashshoqlar puldan, nodonlar esa odamgarchilikdan mahrumdirlar.

Kirenalik Aristipp

Hech kim bor pulini o‘zgalarga ulashib bermaydi. Lekin har bir odam vaqti va hayotini atrofidagilarga bo‘lishib beradi.
Biz shu qadar isrof qiladigan, biroq xasislik qilsak shunchalar foydali va maqtovga munosib bo‘lgan boshqa hech narsa yo‘q.
Yo‘llarning mingtasi maqsaddan uzoqlashtiradi, faqat bittasi maqsadga yetkazadi.

Monten (Mishel Eykem)

Ezgulik qilishdan cho‘chiydiganlarni axloqiy go‘zal odamlar toifasiga qo‘shib bo‘lmaydi. Hamma yaxshi narsalarni yaxshi deb bilgan, boylik va amal ham buza olmaydigan odamlar eng olijanob insonlardir.

Arastu (Aristotel)

Donishmand boylik qurshab olganda qashshoqlik haqida har vaqtdagidan ko‘proq o‘ylaydi.

Seneka (Kichik Lutsiy Anney)

Statuslarni baholang
( 3 assessment, average 3 from 5 )
Fikr bildirish