Inson hayoti davomida ko‘plab sinovlar va tajribalar orqali shakllanadi. Donishmandlar, yozuvchilar va tarixiy shaxslar tomonidan aytilgan hikmatli so‘zlar va statuslar bizga insonning hayotdagi o‘rnini, uning qadr-qimmatini va maqsadlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Bu so‘zlar nafaqat bizni ilhomlantiradi, balki hayotning qiyinchiliklariga bardosh berishda, yaxshilik qilishda va o‘zimizga ishonishda muhim rol o‘ynaydi.
Quyida insonning go‘zalligi, aqli va qalbining buyukligini ulug‘laydigan eng yaxshi statuslar va hikmatli so‘zlar jamlangan. Ularni ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rishingiz yoki shaxsiy ilhom manbai sifatida foydalanishingiz mumkin.
Inson haqida ayrim o’zbek ziyolilari tomonidan aytilgan ibratli fikrlar
Xudo insonni bir umr baxt izlash azobi bilan jazolagan.
🔽
Asqad Muxtor
“Vaqt o‘tyapti!” deymiz sal hazinlik bilan. Bu gapni inson o‘zini ovutish uchun o‘ylab topgan. Aslida biz o‘zimiz o‘tyapmiz…
🔽
Asqad Muxtor
Suqrotning “Respublika”si, Forobiyning “Madinat ul-fozila”si, Tomas Moorning “Utopiya”si, Kampanellaning “Quyosh shahri”, Bekonning “Yangi Atlantida”si, Kabekning “Ikariyaga sayohati”… Dunyoda shunday o‘nlab asarlar bor. Bular — ijtimoiy utopiyalardir. Diniy-axloqiy, fanniy-texnikaviy va sevgi-muhabbat utopiyalarini aytmaysizmi! Bular — inson orzu-xayolining ezgu parvozlari. Bizning “utopiya” — “xayolparastlik” degan atamalarimiz ularni yerga uradi. Aslida, bular odamzodning ideal izlanishidir. Ideal esa har qanday taraqqiyotning garovi.
🔽
Asqad Muxtor
Eng yomon narsa insonga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi: mengami, sengami yoki ungami — farqi yo‘q.
🔽
Muhammad Toshboltayev
Inson yaralganidan ilgari to‘tiqushlar qaysi tilda gapirgan?..
🔽
Xurshid Do‘stmuhammad
Insonning eski choponda yurgani birovning yangi to‘nini kiyib yurganidan yaxshiroq
🔽
Muhammad Hamid Tirmiziy
Inson ehsoni bilan, ehson sultoni bilan, sulton zamoni bilan, zamon imkoni bilan, imkon esa makonini belgilab berishi bilan.
🔽
Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Xorazmiy
Insonning kelib chiqishi taqozo qilgan narsaga qanday qilib u qarshilik qila oladi, tuprog‘i yomon bo‘lgandan keyin (qanday qilib) hosil yaxshi bo‘la oladi?
🔽
Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Xorazmiy
Inson yuragi ham bir olam. Uning ham bahor va kuzlari, tong va tunlari, orom va zilzilalari bor.
🔽
Erkin Vohidov
Bu olamda yo‘qotishlar ichidagi eng og‘ir yo‘qotish insonning o‘zligini yo‘qotishidir.
🔽
Erkin Vohidov
Kishiga dunyoni ko‘rmoq uchun ko‘z berilgan, uni eshitmoq va sezmoq uchun quloq va sezgilar berilgan. Olamni bilish uchun esa odamzodning tafakkuri bor. Inson dunyoga kelib dunyoni bilishga intiladi.
🔽
Erkin Vohidov
Insonga bir marta beriladigan hayotda u umridan, o‘tgan kunidan qoniqib yashashi kerak. Vijdoniga xilof ish qilmay yashasa — bundan ulug‘ baxt yo‘q.
🔽
Erkin Vohidov
Xudbin odamniyu xudbinlikni kechirmaslik kerak. Inson qusurlarining jamisi shunda.
🔽
Shukur Xolmirzayev
Inson zoti shunaqa: aqli yetgan narsada o‘zi bilur, aqli yetmagan narsada Xudo bilur.
🔽
Azimjon Qosimov
Inson bolasi yaxshi tarbiya topib, oqil va odil ta’lim olib, go‘zallikni ilg‘ay biladigan, noziklikni payqay oladigan, sof va pokiza hayotni his qilishga odatlangan holatda voyaga yetmog‘i lozim. Shunda u yomon va xunuk illatlardan, kir va iflos qilmishlardan jirkanadigan inson bo‘lib yetishadi. Jirkanish odamning insonlik mezoni!
🔽
Azimjon Qosimov
Shunaqa insonlar bo‘ladi: odamlar uning qanaqa odamligini tirikligida bilmaydi, hecham bilmaydi. Vafotidan keyin bilib qoladi…
🔽
Azimjon Qosimov
Insonni g‘aflat uyqusidan faqat haq so‘z uyg‘ota oladi.
🔽
Tilab Mahmudov
Teatr sahnasi – inson hayotining tasviriy maketi.
🔽
Tilab Mahmudov
Insonni hayvondan til emas, nomus va vijdon farqlaydi
🔽
Mansurxon Toirov
Insoniyat qachonlardir o‘zini albatta anglaydi
🔽
Mansurxon Toirov
Insonni inson qilgan mehnat emas, muhabbatdir
🔽
Mansurxon Toirov
Insonni cheksiz ilm ummoni o‘rab turadi. Uni ko‘ra bilish kera, buning uchun uni bilimga aylantirish kerak
🔽
Mansurxon Toirov
Ro‘parangizda inson turganini hech qachon unutmang
🔽
Mansurxon Toirov
Go‘zallikni sezgan kuningizdan boshlab insonlikki qadam qo‘ygan bo‘lasiz
🔽
Mansurxon Toirov
Insoniyatni mardlik va go‘zallik taraqqiyot tomon boshlaydi
🔽
Mansurxon Toirov
* Hayvonlar ham insoniy munosabatga muhtoj.
🔽
G‘aybulloh as-Salom
Odam bolasini, murg‘ak qalbni badbinlik va nafrat bilan faqat o‘ldirish va nogiron qilib qo‘yish mumkin. Uni inson qilib tarbiyalash uchun esa faqat muhabbat va nekbinlik kerak.
🔽
G‘aybulloh as-Salom
O‘z millatini, uning ma’naviy shavkatini, salohiyatini va qadriyatlarini oyoq osti qilgan, uning dardiga malham bo‘la olmaydigan kishi qanday mavjudot bo‘lsa bordir, ammo inson emas.
🔽
G‘aybulloh as-Salom
O‘z ojizliklarimu barcha qusurlarim bilan o‘zimdan domangir bo‘lsam, yaxshi insoniy sifatlarim bilan (agar ular menda bo‘lsa?..) ota-onam, oilam, maktabim, ustozlarim va do‘stlarimga burchdorman.
🔽
G‘aybulloh as-Salom
…shaxs inson sifatida kamol topishni istar ekan, va ayni chog‘da o‘ziga xos jihatlarniyam qo‘ldan chiqazmas ekan, demak… u shaxsning navbatdagi asarlari ham uning o‘zi bilan birga shakllanib boraveradi. Va oqibat shaxs qanday Inson bo‘lsa, uning asarlariyam shunday San’at bo‘ladi.
🔽
Shukur Xolmirzayev
Inson haqida eng ajoyib statuslar va hikmatli so’zlar
Inson qalbiga xudbinlik qancha chuqur ildiz otgani sayin unda o‘lim dahshati shuncha mustahkam o‘rnasha boshlaydi.
🔽
V. G. PLEXANOV
Insonning baxt-saodati yaxshi o‘lish emas, balki yaxshi yashamoqdan iborat.
🔽
M. MONTEN
Inson ezgulik va muhabbat yo‘lida o‘limni xayoliga keltirmasligi kerak.
🔽
T. MANN
Inson o‘limdan keyin faqat yerda yashashi mumkin.
🔽
A. BARBYuS
Inson o‘ladi, barhayot bo‘lib qolishning birdan bir imkoniyati o‘zidan keyin o‘lmaydigan nimadir qoldirishdir.
🔽
U. FOLKNER
Inson jisman o‘lsa-da, ruhan yo‘q bo‘lmaydi, u o‘z xulq-atvori, qilgan ishlari va ijodi bilan tevarak-atrofdagilar hamda jamoat orasiga singib ketadi. Agar u hayotda murdaga o‘xshab yashamagan bo‘lsa, tirik qolganlar ongida yashashda davom etaveradi. Jonli kollektiv o‘liklarni tiriltiradi.
🔽
N.Ya. MARR
Insoniyat deganimizda, tiriklardan ko‘ra ko‘proq marhumlarni nazarda tutamiz.
🔽
K. A. TIMIRYaZEV
Inson o‘ladi, ammo xalq barhayotdir.
🔽
M. GORKIY
Odamlar insoniyat yashamog‘i uchun o‘ladilar.
🔽
V. G. BELINSKIY
Umr qisqa, lekin inson o‘z farzandlari timsolida qayta yashay boshlaydi.
🔽
A. FRANS
Insonning so‘nayotganini ko‘rishdan dahshatli manzara yo‘q.
🔽
A. I. GERSEN
Inson o‘z dardi haqida gapi-rishni yaxshi ko‘radi, ammo bu uning hayotidagi eng noxush damlardir.
🔽
A. P . ChEXOV
Agar inson bolaligi va o‘smirligidan boshlab tizginini asablariga berib qo‘ymagan bo‘lsa, uning asablari muloyim va itoatkor bo‘ladi.
🔽
K.D.UShINSKIY
Inson hayotining butun asosi — tabiat har bir kishiga in’om etgan ritmdan, nafas olishdan iborat.
🔽
K. S. STANISLAVSKIY
Inson — tabiatning yer yuzidagi oliy mahsulidir. Biroq tabiat yaratgan mo‘jizalardan bahra olmoq uchun inson sog‘lom, baquvvat hamda zukko bo‘lmog‘i zarur.
🔽
I. I. PAVLOV
Biz insonning har tomonlama kamol toptirmoqni istaymiz, toki u bemalol yuguradigan, suzadigan, tez va chiroyli odimlay oladigan bo‘lsin,uning to‘rt muchasi sog‘ bo‘lsin, qisqasi, u mehnat va mudofaaga hamisha hozir turishi uchun jismonan hamda aqliy qobiliyati bab-baravar rivoj topgan rosmana, sog‘lom odam bo‘lsin.
🔽
M. I. KALININ
Insonning nazdida salomatlikning bahosi yo‘q, chunki salomatlik bo‘lmasa, na farog‘at va na xashamat tatiydi.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
Inson 1OO yil yashashi mumkin. Lekin biz o‘zimizning tiyiqsizligimiz, palapartishligimiz, o‘z organizmimizga nisbatan shafqatsizligimiz tufayli bu muddatni ko‘p yillarga qisqartirib yuboramiz.
🔽
I. P. PAVLOV
Inson haqida uning xulqi, voqea va hodisalar haqida ko‘ngling nima desa, o‘shani gapir. Sendan kimdir nimadir kutayotgan taqdirda ham xushomad qilma. Bu seni munofiq, laganbardor va oxiri borib razil muttahamga aylantirish uchun qilingan harakatdir.
🔽
V. A. SUXOMLINSKIY
Yolg‘onchi — inson deb atalishga loyiq emas.
🔽
F. FENELON
Yolg‘onchilik inson qalbi va jismiga hadsiz uqubat yuklaydi.
🔽
Sh. RUSTAVELI
O‘z vijdonini aldash — insonning hayotidan ezilishining eng keng tarqalgan va eng qabih ko‘rinishidir.
🔽
L. P. ANDREEV
Past odamlarning g‘ururi shundan iboratki, ular doimo o‘zlari haqida gapiradilar, chinakam insonlarning g‘ururi esa o‘zi haqida mutlaqo gapirmaslikdir.
🔽
F. VOLTER
Insonparvar kishining yurish-turishidan ko‘rinib turuvchi axloqiy odob mavjudki, bunday odob tajang odamda bo‘lmaydi.
🔽
D. DIDRO
Insonlik bahsda va safarda bilinadi.
🔽
J. GERBERT
Tokim birorta so‘z deguncha inson, Aybila hunari barchadan pinhon.
🔽
SA’DIY
Kishilar o‘zgalarning insoniy qadr-qimmatini hurmat qilmasalar, insonparvarlik tuyg‘usi haqoratlanadi, odam o‘z qadriga yetmasa, insonparvarlik tuyg‘usi yana battarroq haqoratlanadi va aziyat chekadi.
🔽
V. G. BELINSKIY
Qadr-qimmat insonni eng yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, butun intilishlariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
🔽
K. MARKS
Insonning fazilati favqulodda jasoratlar bilan emas, balki uning kundalik ishlari bilan o‘lchanadi.
🔽
B. PASKAL
Insonning haqiqiy qadr-qimmati shundaki, hatto uni hasadchilar ham maqtashga majbur bo‘ladilar.
🔽
F. LAROShFUKO
Insonning qadr-qimmati to‘g‘risida uning yaxshi fazilatlariga qarab emas, balki uning shu fazilatlaridan qanday foydalanishiga qarab fikr yuritish lozim.
🔽
F. LAROShFUKO
Inson o‘z ishlarining in’ikosidir.
🔽
F. ShILLER
Inson o‘zining qator xulq-atvoridan boshqa narsa emas.
🔽
G. GEGEL
Inson — xulq-atvor jarayonidir.
🔽
A. GRAMShI
Faqat san’atdagina emas, insonning barcha ishlarida ham nafosat talab etiladi.
🔽
ERAZM ROTTERDAMSKIY
Inson farishta ham, hayvon ham emas, uning baxtsizligi shundaki, u farishta bo‘lishga qancha ko‘p urinsa, shuncha ko‘p hayvonga aylana boradi.
🔽
B. PASKAL
Inson o‘z himmatini haddan tashqari oshirib yuborsa ham uni nuqsonlar qurshab ola boshlaydi.
🔽
B. PASKAL
Insondagi nuqsonlar xuddi uning afzalliklari davomiga o‘xshaydi. Ammo agar fazilatlar keragidan ortiq davom etsa, keraksiz vaqtda va keraksiz joyda ko‘zga tashlansa ular nuqsondir.
🔽
V. I. LENIN
Insonning tushunmay va o‘zini tuta bilmay qolgan payti uning eng yomon holatidir.
🔽
M. MONTEN
Insonning haqiqiy kuchi uning shiddatida emas, balki sobit osoyishtaligidadir.
🔽
L. N. TOLSTOY
Insonning imkoni boricha vaziyatni o‘zi ko‘proq baholab, iloji boricha vaziyatga o‘zi tobe bo‘lmasligi, so‘zsiz, uning eng buyuk xizmati bo‘lib qolaveradi.
🔽
I. GYoTE
Musibat inson hayotining qayrog‘idir.
🔽
L. N. TOLSTOY
Eng shafqatsiz to‘siqlarni yengib o‘tishga jon-jahdi bilan intilish insonni inson qilib turuvchi oliy fazilatdir.
🔽
L. BETXOVEN
Inson o‘zi haqida qanchalik kam o‘ylasa, u shunchalik baxtliroqdir.
🔽
L. BERNE
Baxtsizlik insonni boyitmasa ham unga donolik bag‘ishlaydi.
🔽
J. REY
Insonning hayot tarzi uning xarakteri.
🔽
I. GYoTE
Xarakter — inson qobiliyatlarining bulogi.
🔽
K. FIShER
Gul uchun hid qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, inson uchun xarakter ham shunday ahamiyatga molikdir.
🔽
Ch. ShVAB
Inson xarakteri uning hal qiluvchi daqiqalardagi harakatlari orqali yaxshi bilinadi.
🔽
S. SVEYG
Eng jiddiy damlarda inson har qachongidan ham sezilarliroq o‘sadi.
🔽
T. DRAYZER
Inson xarakteri atrofidagi vaziyatga qarab o‘zgarib turadi.
🔽
G. PLEXANOV
Inson xarakteri eng muhim vazifalarni vijdonan bajarish tufayli vujudga keladi.
🔽
S. SMAYLS
Inson xarakterida uning aqliga nisbatan ko‘proq nuqson bo‘ladi.
🔽
F. LAROShFUKO
Inson xarakterini to‘g‘ri topishga intilish — dunyodagi eng og‘ir ish. Har bir ayrim shaxs, ayniqsa, iste’dodli shaxs qarama-qarshiliklar tugunidir.
🔽
T. DRAYZER
Inson boshida uchta kulfat bor: o‘lim, qarilik va yomon farzandlar. Qarilik va o‘limga hech kim o‘z eshigini yopolmaydi, biroq yomon farzandlardan uyni farzandlarning o‘zlari asrashi mumkin.
🔽
V. A. SUXOMLINSKIY
Inson tabiatiga bolalikda singdirilgan fazilatlargina mustahkam va ishonchli bo‘ladi.
🔽
Ya. KOMENSKIY
Insonni hamma: odamlar, buyum va narsalar, voqea-hodisalar, ammo eng avvalo va aksari hollarda odamlar tarbiyalaydi. Bular orasida esa ota-onalar bilan o‘qituvchilar birinchi o‘rinda turadilar.
🔽
A. S. MAKARENKO
Inson tarbiyasi u tugilishi hamono boshlanadi; chaqaloq hali gapirmaydi, so‘zga quloq solmaydi, ammo o‘rgana boshlaydi. Bilish tarbiyadan kelib chiqadi.
🔽
J. J. RUSSO
Inson his-tuyg‘ulari ko‘pincha so‘zga nisbatan ibratdan kuch oladi yoki susayadi.
🔽
P. ABELYaR
Namuna ko‘rsatgan holdagina inson eng yuksak natijaga erishadi.
🔽
S. SVEYG
Insonni sevish nima o‘zi?Bu, insonga nima yaxshi bo‘lsa, shundan quvonish, uning farog‘ati uchun nimaiki zarur bo‘lsa, hammasini bajo qilish, o‘zining bu himmatidan lazzat topish, rohatlanish demakdir.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
Insonni sevish, uning hayotiga xalal bermaslik, inson tirikchiligini keraksiz tashvishlar va ortiqcha g‘amxo‘rliklar bilan zaharlamaslik shunday bir afsundirki, bunga har kimning ham qurbi yetavermaydi.
🔽
D. I. PISAREV
Inson yirtqich ham, farishta ham emas; u hayvonona, darvishona emas, balki insonchasiga sevmog‘i lozim.
🔽
V.G. BELINSKIY
Chinakam insoniy muhabbat biror hissiy qaysarlik yoki yurakning biror injiqligigagina emas, balki faqat o‘zaro insoniy qadr-qimmat, hurmat- izzatga asoslangan bo‘lmog‘i kerak.
🔽
V. G. BELINSKIY
Inson — istagan suyuqlik bilan to‘ldirib qo‘yish mumkin bo‘lgan bo‘sh idish emas.
🔽
D. I. PISAREV
Fikr! Buyuk narsa! Insonning ulug‘vorligi ham fikrdan bo‘lmay nimadan?
🔽
A. S. PUShKIN
Inson qanchalik ko‘p bilsa, u shu qadar kuchli.
🔽
M. GORKIY
Bilim, faqat bilimgina insonni ozod va ulug‘vor qiladi.
🔽
D. I. PISAREV
Inson tushunib bo‘lmaydigan narsalarni ham tushunish mumkinligiga inonmog‘i lozim: aks holda, u bular haqida fikr yuritmay qo‘ygan bo‘lur edi.
🔽
I. GYoTE
Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydn.
🔽
I. GYoTE
Inson bilimga intiladi va qachonki unda bilimga tashnalik so‘nsa, u insoniylikdan mahrum bo‘ladi.
🔽
F. NANSEN
Inson o‘zini boshqacha qilib bo‘yab ko‘rsatmagan bo‘lsagina o‘z kuchiga ishonadi.
🔽
P. A. PAVLENKO
Insonning barcha istaklarini qondiringu, lekin undan yashash maqsadini olib qo‘yingchi, qarabsizki, u naqadar baxtsiz va ojiz kimsaga aylanib qoladi.
🔽
K. D. UShINSKIY
Inson musibatlarini tobora kamaytirib, inson rohat-farog‘atini tobora oshirish. Dono va sofdil odamlarning butun kuch-g‘ayrati doimo ongli yoki ongsiz ravishda, bevosita yoki bilvosita mana shu maqsadga qaratilgan edi.
🔽
D. I. PISAREV
Insonning mohiyati uning xohishlarida aks etadi.
🔽
B. SPINOZA
Inson uchun eng go‘zal, eng qadrli narsa uning o‘z hayotidir. Hayot esa har tomonlama, muttasil mehnat bilan barqarordir. Inson mehnati to‘xtasa bormi — uning hayoti ham to‘xtaydi.
🔽
G. M. KRJIJANOVSKIY
Inson faoliyat uchun yaratilgan. Faoliyatsizlik esa yo‘qlik degan so‘z.
🔽
F. VOLTER
Insonning insonligi, fikrlari qanchalik olijanob bo‘lmasin, fikrlaridan emas, balki qilgan ishlaridan bilinadi.
🔽
T. KARLEYL
Inson mushohada bilan emas, balki harakatda o‘z-o‘zini anglaydi. Qilinishi lozim bo‘lgan ishga kuch-g‘ayrat sarflagandagina u o‘zining kimligini biladi.
🔽
I. GYoTE
Insonning haqiqiy fazilati kerak bo‘lgan chog‘ida, uni ish bilan ko‘rsatib, ishda isbotlagan taqdirdagina namoyon bo‘ladi.
🔽
L. FEYERBAX
Insonni o‘z majburiyatlariga bog‘lab turgan burch hissi,— mayda manfaatlar ustidan g‘olib chiquvchi yuksak manfaatlarni anglab yetganidan boshqa narsa emas.
🔽
N. BENTAM
Inson tabiatida chuqur ildiz otgan ehtiyojlardan biri — ko‘ngil istagan ishni tanlash va uni rang-barang qilishga intilishdir.
🔽
A. BEBEL
Inson mohiyati hammadan ko‘ra yaxshiroq, hammadan olijanobroq va mukammalroq tarzda uning faoliyati, uning mehnati va ijodida namoyon bo‘ladi.
🔽
A. FADEEV
Inson mehnat yordamida kamol topadi.
🔽
T. KARLEYL
Inson mehnat qilayotgan vaqtdagina tom ma’noda insonga aylanadi.
🔽
J. GYuYO
Insoniyat farovonligi yo‘lida mehnat qilish qanchalar buyuk ishdir!
🔽
A. SEN-SIMON
Inson hayotida eng ko‘p foyda beradigan narsa — umid.
🔽
A. F. VELTMAN
Inson tirik ekan, hech qachon umidsizlanmasligi kerak.
🔽
SENEKA
Inson doim quvnoq yashashi kerak. Agar quvonching tugasa,nimada yanglishganingni axtar.
🔽
L. N. TOLSTOY
Inson uchun g‘amdan yomoni yo‘q.
🔽
MENANDR
Inson hech qachon o‘ziga tuyulganchalik baxtli yoki baxtsiz bo‘lolmaydi.
🔽
F. LAROShFUKO
Qush parvoz uchun, inson baxt uchun yaralgan.
🔽
V. G. KOROLENKO
Inson o‘zini muhofaza etishga hamda baxtiyor bo‘lishga intiluvchi ta’sirchan, sezgir, aqlli va fikr yurituvchi mavjudotdir.
🔽
P. GOLBAX
Insonni chinakam baxtiyor qila oladigan ikki xil xohish bor,— odamlarga naf keltirish va sof vijdonli bo‘lish.
🔽
L. N. TOLSTOY
Inson xarakteri hammadan ham ko‘proq unga qay tarzda dam olish ma’qul va o‘ng‘ay ekanligi bilan belgilanadi.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
Inson uchun eng qadrli narsa nima? Hayot, chunki bizning barcha quvonchlarimiz, bizning butun baxtimiz, bizning jamiki umidlarimiz faqat hayot bilan bog‘liqdir.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
Inson hayotining ma’nosi tinib-tinchimaslik va doimiy tashvishdan iboratligini tushungan odam kaltafahmlikdan qutulgan bo‘ladi.
🔽
A. BLOK
Inson tabiatining mohiyati — harakatda. Tek turmoqlik o‘lim demakdir.
🔽
P. PASKAL
Inson shuni tushunishi kerakki, u dunyoning ijodkori va sohibidir, hayotdagi barcha ezguliklarning shon-shuhrati ham, yerdagi hamma baxtsizliklar ham uning zimmasiga tushadi.
🔽
R. ROLLAN
Haqiqiy insonparvarlik eng avvalo adolatdir.
🔽
V. A. SUXOMLINSKIY
Insonni bilish uchun uni sevish kerak.
🔽
L.FEYERBAX
Boshqaning insonligini his etgan taqdiringdagina inson bo‘la olasan.
🔽
A. N. RADIShEV
Kimki insonlikni o‘zida sinab ko‘rmagan ekan, u hech qachon odamlarni chuqur bilmaydi.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
Butun hayot davomida insonga yengiltaklik va loqaydlik bilan qarash mumkin hisoblangan biron soniya ham bo‘lmasligi kerak.
🔽
D. I. PISAREV
O‘zingda ham, boshqalarda ham insoniy shaxsiyatni e’zozla.
🔽
D. I. PISAREV
Tarbiyali kishilar inson shaxsini hurmat qiladilar, shuning uchun ham ular marhamatli, oqko‘ngil, xushmuomalali va ko‘ngilchandirlar.
🔽
A. P. ChEXOV
Inson qadr-qimmatini oyoq osti qilish, o‘zini juda baland olib, boshqalarni nazarga ilmaslik katta nuqsondir.
🔽
V. A. SUXOMLINSKIY
Men uchun insondan qimmatliroq biron-bir kitobiy haqiqat yo‘q. Inson demak o‘ziga butun bir olamni olib yuradigan jonu jahondir va u abadul-abad yashasin.
🔽
M. GORKIY
Inson — butun bir olam, faqat undagi asosiy tuyg‘u olijanoblik bo‘lsa bas.
🔽
F. M. DOSTOEVSKIY
Inson qanchalar ajoyib, agar u chinakam inson bo‘lsa.
🔽
MENANDR
Olim, shoir, jangchi-yu, qonunshunos va hokazo bo‘lish yaxshi, lekin shular barobarida inson bo‘lmaslik yomon.
🔽
V. G. BELINSKIY
Kishining haqiqiy inson bo‘lmoqlikdan boshqa maqsadi bo‘lishi mumkin emas.
🔽
L. ShEFER
Hamisha qahramon bo‘lish mumkin emasdir, lekin hamisha inson bo‘lib qolish mumkin.
🔽
I. GYoTE
Birdan tushunib yetish va his qilish mumkin, lekin birdan inson bo‘lib qolinmaydi, balki inson sifatida shakllanmoq kerak.
🔽
F. M. DOSTOEVSKIY
Eng mushkul kasbu kor inson bo‘lishdir.
🔽
XOSE MARTI
Inson bo‘lish — bu san’atdir.
🔽
NOVALIS
Inson dono, odmi, odil, jasur va saxovatli bo‘lishi kerak. Shundagina u Inson degan yuksak unvonga loyiqdir.
🔽
K. G. PAUSTOVSKIY
Inson insonga har jihatdan zarur.
🔽
T. G. ShEVChENKO
Inson qanday bo‘lishi haqida qachongacha jar solish mumkin, inson bo‘lish vaqti ham kelgandir.
🔽
MARK AVRELIY
Insonning ma’naviy qiyofasi haqida hukm chiqarganda uning ayrim jonbozliklarini emas, kundalik hayotini hisobga olish darkor.
🔽
B. PASKAL
Inson tabiati shunday yaratilganki, u tez-tez xato qilib turadi: o‘tkinchi hoyu havasni ko‘pincha haqiqiy Muhabbat deb o‘ylaydi. Asl muhabbat og‘riq bilan keladi.
🔽
Chingiz Aytmatov
Inson goh-goh duch keladigan har bir muvaffaqiyatsizlikni baxtsizlik deb hisoblamasligi lozim. Kim biladi deysiz, balki haqiqiy baxt kichik muvaffaqiyatsizlikdan boshlanar?!
🔽
Chingiz Aytmatov
Faqat mehnatgina insonning qiyofasini o‘zgartira oladi.
🔽
Lui Aragon
Inson o‘z kuchidan foydalanmaguncha, nimaga qodirligini bilmaydi.
🔽
Gyote
Inson haqida buyuk mutafakkirlarning dono gaplari
Insonning vazifasi oqilona faoliyatdir.
🔽
ARASTU
Tabiat inson qo‘liga qurol — intellektual axloqiy kuch-qudratni berdi, lekin u bu qurolni aks tomonga xizmat qildirishi ham mumkin, binobarin, axloqiy e’tiqodi, jinsiy va did instinktlari pastkash bo‘lgan odam eng nopok va vahshiy kimsaga aylanib qoladi.
🔽
ARASTU
Olijanoblik qanday bo‘lishini bilish uchun emas, balki yaxshi inson bo‘lish maqsadida fikr yuritishimiz lozim.
🔽
ARASTU
Inson o‘ziga-o‘zi bo‘ysunishni va o‘z qarorlariga itoat qilishni o‘rganmog‘i kerak.
🔽
SISERON
Faylasuflar emas, balki lo‘ttibozlargina inson o‘z istagicha yashasa baxtlidir, deya gap sotadilar: bu g‘irt yolgon. Jinoiy istaklar eng manfur badbaxtlikdir. Jinoiy istakdan ko‘ra istaganingga yeta olmasliging ancha durustdir.
🔽
SISERON
Inson uchun xizmat qilmagan tafakkur nihoyatda dahshatlidir.
🔽
SOFOKL
Agar bolalar mehnat qilishga undalmaganlarida na savodxonlikka, na muzika, na gimnastikaga, hattoki insonda ezgulikni mustahkamlovchi nomusga ham o‘rganmagan bo‘lur edilar. Odatda nomus ana shu mashg‘ulotlarning yetarligidan dunyoga keladi.
🔽
DEMOKRIT
Sizga uzatilgan hamma qo‘lni tutavermang, chunki inson niqobidagi necha shaytonlar bordir.
🔽
Jaloliddin Rumiy
Hayot uyqudir, o‘limla uyg‘onur inson. Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on.
🔽
Jaloliddin Rumiy
Gulning go‘zalligi urug‘idan; insonning husni esa qalbidandir.
🔽
Mavlono Jaloliddin Rumiy
Inson tabassumi bilan tarbiyasini, nimaga kulgani bilan saviyasini namoyon qiladi.
🔽
Mavlono Jaloliddin Rumiy
Dili va tili bir bo‘lmagan inson yuz tilni bilsa ham tilsiz sanalgay.
🔽
Mavlono Jaloliddin Rumiy
Hayot uyqudir, o‘limla uyg‘onur inson. Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on.
🔽
Mavlono Jaloliddin Rumiy
Har bir insonning qadr-qimmati o‘z ishini qoyil qilib bajarishida.
🔽
Abu Rayhon Beruniy
Ezgulik uchun yaralgan yoxud ezgulikdan mutlaqo mosuvo insonni ko‘rmadim. Kimki ezgulikka intilar ekan, hamisha hurmatda bo‘lur
🔽
Konfutsiy.
Ehtiyotkor inson ham ba’zan adashadi
🔽
Konfutsiy.
Bilimsizlik – insoniyat uchun eng qorong‘u tundir
🔽
Konfutsiy.
Agar inson yo‘lga maqsadsiz chiqsa, qadam bosar-bosmasdanoq falokatga yo‘liqur
🔽
Konfutsiy.
Haqiqatparvar insonning birinchi qadami – no‘noq, ammo manzili – porloq bo‘lg‘usi
🔽
Konfutsiy.
Biz tabiatimizga zid insonlarga ro‘para kelganimizda, ularni o‘zimizga moslashtirmoqqa emas, o‘z-o‘zimizga xolis baho bermoqqa o‘rganmog‘imiz lozim
🔽
Konfutsiy.
Ezgulik hech vaqt yolg‘iz qolmagan. Uni sinab ko‘rgan inson o‘zini yaxshilikka qo‘shni, deb hisoblayversin
🔽
Konfutsiy.
Ezgulik uzoq-uzoqlarda, olisdami? Men oqko‘ngil, yaxshilik ulashguvchi inson bo‘lmoqchiman. Bas, yaxshilik o‘z qo‘lingda!
🔽
Konfutsiy.
Inson toki o‘zini mayda gap, o‘chakish, janjal, shikoyat, norozilik, ohu vohlardan ozod qilolmas ekan, u iflos va pastlik tabiatidan xalos bo‘lolmaydi.
🔽
Abu Ali ibn Sino
Sabr deb, inson boshiga tushgan alam va chidab bo‘lmaydigan og‘riqni to yengunga qadar ushlab turishga aytiladi.
🔽
Abu Ali ibn Sino
Insonlarni doimiy tobe bo‘lib yashashlari, boshqalar tomoni-dan o‘z nafsini masxara qilinishga chidash, jabr-zulmga toqat qilish, yetishmovchilik kabilar kishini qiziqqon bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
🔽
Abu Ali ibn Sino
Ulug‘lik insonga eng yomon hodisalarni yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaydigan bir matonatni jamlovchi kuchdir.
🔽
Abu Ali ibn Sino
Ilm — narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishidir.
🔽
Abu Ali ibn Sino
Bilim deb, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo‘ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo‘ladigan narsadir. Bordiyu bu dalillar ochiq-oydin bo‘lsayu, isbotlar chinakamiga bo‘lsa, u holda bunga hikmat — donishmandlik deyiladi.
🔽
Abu Ali ibn Sino
Insondagi sir saqlay bilish xislati oshkor qilish xavfi tug‘ilganda uni ushlab tura biluvchi kuchdir.
🔽
Abu Ali ibn Sino
Xijolat va tortinchoqlik qayg‘u va yomonlik tufayli tinchlikning buzilishidir. Bundan inson o‘zining o‘tmishi, hozirgi payti va kelajakdagi mavqei qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zini o‘zi koyiydi.
🔽
Abu Ali ibn Sino
Bu hayotda har kim bo‘lishing mumkin, ammo eng muhimi INSON bo‘lmog‘ingdir.
🔽
Shamsi Tabriziy
Sevmaganga chumoli ham yuk, sevganga fillar ham chumolidek gap. Agar inson oshiq bo‘lsa va ishonsa tog‘ni ham yelkasida tashiy oladi.
🔽
Shamsi Tabriziy
O‘z va’dasida turmagan, turli-tuman vaj-karsonlar ko‘rsatuvchi kimsa hech qachon mard va hnmmatli inson bo‘lolmaydi.
🔽
Mahmud az-Zamahshariy
Inson haqida eng sara chiroyli maqollardan namunalar
Inson — aqli bilan, Dono — naqli bilan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Inson sevgi bilan tirik.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Insonning dumi bo‘lmasa, uni qayeridan tutish mumkin? — Og‘zidan chiqqan so‘zdan.
🔽
Bambara maqoli
Xatosiz inson bo‘lmaydi.
🔽
Shved maqoli
Inson o‘zi xohlaganini eshitadi.
🔽
Shved maqoli
Inson ikki marta o‘lmaydi.
🔽
Fors maqoli
Insonning la’nati Tangrining la’natidan yomon.
🔽
Osetin maqoli
Po‘lat olovda toblanadi, inson — kurash va qiyinchilikda.
🔽
Osetin maqoli
Inson — o‘z baxtining me’mori.
🔽
Nemis maqoli
Inson uchun eng qiyin narsa — o‘zini bilish.
🔽
Gruzin maqoli
Yigit urushda, do‘st dardda, komil inson g‘azabi kelganda ma’lum bo‘ladi.
🔽
Arab maqoli
Insonning qandayligi yo‘lda va o‘yinda bilinadi.
🔽
Italyan maqoli
Insonning xohishlari osmondan yuqori: imperator bo‘lganidan keyin abadiy yashashni orzu qiladi.
🔽
Xitoy maqoli
Inson haqida shu va boshqa eng yaxshi maqollarni barchasini jamlangan mana bu sahifaga o’tib tanishib chiqishingiz mumkin.