Haqiqat — insoniyatning eng ulug‘ qadriyatlaridan biri bo‘lib, uni anglash va ulug‘lash har bir madaniyatda chuqur ildiz otgan. Buyuk shaxslar, faylasuflar va donishmandlar haqiqatning mohiyatini ochib beruvchi hikmatli so‘zlar va ilhomlantiruvchi iqtiboslar qoldirganlar.
Ushbu postda haqiqat haqida eng mashhur hikmatlar, statuslar va iqtiboslarni taqdim etamiz. Ushbu fikrlar orqali haqiqatning hayotingizdagi ahamiyatini yanada chuqurroq his qilishingiz mumkin.
Haqiqat haqida o’zbek ziyolilari tomonidan aytilgan dono fikrlar va hikmatlar
Haqiqatni yashirish – insonlikning eng katta dushmanidir.
🔽
Abdulla Qodiriy
Haqiqatning kuchi insonni har qanday botqoqdan chiqaradi.
🔽
Abdurauf Fitrat
Haqiqiy rostgo‘ylik – bu inson qalbining pokligi bilan bog‘liq.
🔽
Hamid Olimjon
Haqiqat yolg‘onni yutadi, ammo bunga sabr kerak.
🔽
Abdulla Avloniy
Haqiqiy go‘zallik – haqiqatni anglab yashashdir.
🔽
Zulfiya
Haq yo‘li tor, ammo barakali.
🔽
Erkin Vohidov
Haqiqat – bu faqat rost gap emas, bu adolatning ramzidir.
🔽
Shavkat Rahmon
🔽
Xurshid Davron
Haqiqatning nuri har qanday zulmatni yengadi.
🔽
Ozod Sharafiddinov
Haqiqatni anglash – insonning ichki dunyosidagi eng katta boylikdir.
🔽
Abdulla Oripov
Haq yo‘lida yurgan insonning qadamlaridan nur yog‘ilar.
🔽
Abdulla Sher
Haqiqatni yashirish – insonni o‘zidan yiroqlashtiradi.
🔽
Shukur Xolmirzayev
Haqiqat bilan yashash – yurakni poklashdir.
🔽
Ulug‘bek Hamdam
Haqiqatni bilish, uni aytishdan qo‘rqmaslik – bu haqiqiy kuchdir.
🔽
Asqad Muxtor
Haqiqatni yo‘qotgan odam – o‘zini yo‘qotadi.
🔽
Said Ahmad
Haqiqatni anglashga intilgan qalb doim sokin bo‘ladi.
🔽
Muhammad Yusuf
Haqiqat yo‘liga sodiq bo‘lgan odamning izidan el yuradi.
🔽
Tohir Malik
Yozuvchi yolg‘onni to‘qiydi-yu, haqiqatni yozadi.
🔽
Asqad Muxtor
Haqiqat — Xudodir: uni hamma biladi-yu, o‘zini hech kim ko‘rmagan.
🔽
Asqad Muxtor
Kishilarga ma’lum bo‘lmasa ham, haqiqat haqiqatdir, ko‘r ko‘rmasa ham, kunduzi kunduzidir.
🔽
Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Xorazmiy
Menga baxt-saodatga yetaklaydigan haqiqatnigina bering
🔽
Mansurxon Toirov
Haqiqat kimga yumshoq, kimga qattiq
🔽
Mansurxon Toirov
Keraksiz haqiqatlar ham bo‘ladi. Ularni bilish faqat baxtsizlik keltiradi
🔽
Mansurxon Toirov
Ko‘pchilik birlashsa, qudratli kuchga aylanadi, albatta, lekin bu hali haqiqat degani emas
🔽
Mansurxon Toirov
Ba’zi odamlar buzuq taroziga o‘xshaydi. Nimani bo‘lsa ham, o‘lchab, baholab tashlayveradi, lekin biror marta haqiqatga yaqin kelolmaydi
🔽
Mansurxon Toirov
Haqiqat mavzusida buyuk shaxslar nima deydi? Eng sara aforizmlar
O‘z tilini idora qilolmagan odamda haqiqat bo‘lmaydi.
🔽
M. GANDI
Nafrat va xushomad — haqiqat kushandalari.
🔽
F. LAROShFUKO
Agar yolg‘on ham haqiqat singari bir xil bo‘lganda-ku, ahvolimiz ancha yengillashardi. U holda biz yolg‘on so‘zlayotgan odamning gapini teskari tushunib qo‘ya qolardik. Lekin haqiqatning aksi bo‘lgan yolgonniig minglab qiyofasi bor va uning had-chegarasi yo‘q.
🔽
M. MONTEN
To‘la haqiqatgina maqtovg‘a loyiq, chala haqiqat hech narsaga arzimaydi.
🔽
S. SVEYG
Chala haqiqat yolg‘ondan xavfli; chala haqiqatga qaraganda yolg‘onni ajratish oson, chala haqiqat esa sezdirmaslik uchun ikki hissa pishiqroq niqob kiyib oladi.
🔽
T. GIPPEL
Chala haqiqatni fogn etish g‘irt yolg‘onni fosh etishdan ko‘ra ikki bora qiyin.
🔽
O.OMELLI
Birov soxtalashtirilgan haqiqat — eng xavfli yolg‘ondir.
🔽
G. LIXTENBERG
Haqiqatlar ichiga kirib qolgan birgina yolg‘on hamma haqiqatni shubhaga qo‘yadi.
🔽
P. BUAST
Yolg‘on kuchga kirgan vaqtda ham baribir hech vaqt haqiqatga aylanmaydi.
🔽
R. TAGOR
Haqiqatni o‘zgalar tilidan to‘la bilib, to‘ti singari yodlab olgandan ko‘ra, o‘z hara-kating bilan chalaroq bilganing afzal.
🔽
R. ROLLAN
Shunday hayot haqiqatlari mavjudki, ularni siyosiy, huquqlar singari ma’lum yoshdan keyingina o‘rgatish mumkin.
🔽
A. I. GERSEN
Noqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi.
🔽
V.O. DISTERVEG
Narsalar qanday bo‘lmog‘i lozimligini bilish aqlli odamga xosdir; narsalarning haqiqatda qandayligini bilish tajribali odamga xos; narsalarni yanada takomillashtirishni bi-lish buyuk odamga xos.
🔽
D. DIDRO
O‘zgalarni aldash ishni chigallashtiradi va bir qarorga kelishni qiyinlashtiradi, lekin haqiqat deb ro‘kach qilin-gan inson ko‘nglidagi yolg‘on esa odamni umrbod nobud etadi.
🔽
L. N. TOLSTOY
Yolg‘on gapirish boshqa, gapda adashish va qasddan emas, adashish oqibatida haqiqatdan chekinish boshqa gap.
🔽
P. ABELYaR
G‘irt yolg‘on narsalarni, haqiqatni bo‘yab ko‘rsatishlarni rad etmoq darkor.
🔽
A. BARBYuS
Tanqid yangilishishlikning, garchi inqilobiy bo‘lsa ham quruq gapning dushmanidir, ammo u haqiqatning eng muhim tayanchi. U haqiqatning onaizori va doyasidir; u haqiqatning rizq beruvchi do‘stidir. Haqiqat tanqid bilan tirik.
🔽
G. V. PLEXANOV
Bo‘yalmagan achchiq haqiqatning yuziga tik qaramoq uchun mard bo‘lmoq kerak.
🔽
V. I. LENIN
…Agar biz hatto achchiq va og‘ir haqiqatni ham to‘ppa-to‘g‘ri aytishdan qo‘rqmasak, biz hamma narsani va harqanday qiyinchiliklarni yengishni o‘rganib olamiz, albatta va so‘zsiz o‘rganib olamiz.
🔽
V. I. LENIN
Haqiqat rahmdillikdan baland turadi.
🔽
M. GORKIY
Haqiqatni gapirish — har kimga ham nasib etavermaydi!
🔽
M. GORKIY
Tanqid qilish huquqiga ega bo‘lish uchun biror-bir haqiqatga ishonish kerak.
🔽
M. GORKIY
O‘rnida aytilmagan haqiqat yolg‘ondan yomon, vaqtida ko‘tarilmagan masala faqat chalg‘itadi-yu, xalaqit beradi.
🔽
I. S. TURGENEV
Odamlarga haqiqatni aytishga o‘rganish uchun kishi o‘ziga haqiqatni aytishni o‘rganishi kerak.
🔽
L. N. TOLSTOY
Haqiqat ba’zan nafrat tug‘diradi.
🔽
TERENSIY
Haqiqatni yomon ko‘radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko‘radilar.
🔽
FELENON
O‘zlari haqidagi bor haqiqatni chin yurakdan egaitadigan odamlar kamdan-kam uchraydi.
🔽
F. LAROShFUKO
Yaramaslar, zulmkorlar, talonchilar hokimiyati uchun haqiqat hamisha xavflidir. Shuning uchun haqiqatni bostiradilar.
🔽
Yu. DEBS
Qabihlikni keltirib chiqaradigan sharoitlarga tegmay turib, haqiqat talab qilish, yomg‘ir yog‘ayotganda tosh yotqizilmagan ko‘chada loy bo‘lmasligini talab qilish bilan baravardir.
🔽
D. I. PISAREV
yaxshilik yomonlik bilan, haqiqat yolg‘on bilan, taraqqiyot tanazzul bilan hech qachon kelishmagan va kelishishi mumkin emas.
🔽
J. MADZINI
Men uchun insondan qimmatliroq biron-bir kitobiy haqiqat yo‘q. inson demak o‘ziga butun bir olamni olib yuradigan jonu jahondir va u abadul-abad yashasin.
🔽
M. GORKIY
Maqolga aylanib ketgan yoki alifbe va kitoblarni bezab turuvchi ko‘pgina haqiqatlar agar biz uchun jonsizdek va siyqa gapdek tuyulmaganda edi biz nihoyatda aqlli va juda baxtli odamlar bo‘lardik.
🔽
D. I. PISAREV
Yoshlik fikr va o‘yda xolisdir, shu sababli haqiqatni chuqurroq anglaydi va his etadi.
🔽
Heynrix Heyne
Agar sen barcha ishtibohlarga eshigingni berkitsang, haqiqat ham tashqarida qoladi.
🔽
Rabindranat Tagor
Hamma haqiqatni aytishga chog‘lanmagan paytingda samimiy bo‘lish oson.
🔽
Rabindranat Tagor
San’at insonning ezgulikka, haqiqatga, komillikka g‘ayriixtiyoriy va azaliy intilishining eng go‘zal, eng qat’iy, eng quvonchli va ezgu timsolidir.
🔽
Tomas Mann
Kichik ishlarda haqiqatdan ko‘z yumadigan kishiga muhim ishlarni topshirib bo‘lmaydi
🔽
Albert Eynshteyn
Ilmiy haqiqat qonuniy yoki noqonuniy kabi tushunchalardan tashqaridadir.
🔽
Ayzek Azimov
Agar sen faqat nur orqali zohir bo‘lgan narsanigina ko‘rib, ovozlar orqali yetib kelgan narsanigina eshitayotgan bo‘lsang, haqiqatda ko‘rmas va eshitmas ekansan
🔽
Jubron Xalil Jubron
San’at faqatgina hayotni qalamga olish emas, shuningdek, borliqning birligini aytish ham… O‘z davrining e’tiborga loyiq yozuvchisi noma’lum, betakror, yagona tirik hayot haqiqatini tasvirga olishga qodir kashfiyotchidir.
🔽
Boris Pasternak
“insonni izlagan” Diogen boshqa haqiqat izlovchilardan donoroqdir. Negaki faqat insonni topibgina haqiqatga erishish mumkin.
🔽
Bernar Dade
O‘z haqiqatini o‘z so‘zlari bilan anglatmoq har bir nomusli qalamkashning vijdoniy burchidir.
🔽
Jemil Merich
Haqiqatni doimo takrorlab turish zarur, chunki bizga adashishni ham doimo eslatib turishadi.
🔽
Gyote
Agar kimdir yangilikdan so‘z ochsa, odamlar bor kuchi bilan unga qarshilik qiladi. Ular o‘zlarini bamisoli kar-soqovdek tutishadi, yangicha qarashga nafrat bilan munosabatda bo‘lishadi, shu tarzda yangi haqiqat o‘ziga yo‘l topishiga uzoq vaqt zarur bo‘ladi.
🔽
Gyote
Foydali xatodan zararli haqiqatni afzal bilaman: haqiqat, balkim, o‘zi keltirib chiqargan og‘riqni da’volaydi.
🔽
Kimki ko‘p narsani talab qilsa va murakkablikdan huzur qilsa, bunday odam adashishlarga boshqalardan ko‘ra ko‘proq moyildir.
🔽
Gyote
Qarama-qarshi fikrlar o‘rtasida haqiqat yotadi deydilar. Bo‘lmagan gap! Ular o‘rtasida muammo yotadi.
🔽
Gyote
Yolg‘on har doim yolg‘on, haqiqat har doim haqiqat. Ular hech qachon arzimas va ulkanga ajratilmaydi.
🔽
Rasul Hamzatov
Haqiqat yo‘lida, tabiiyki, g‘azab, xudbinlik, nafrat kabi narsalar g‘oyib bo‘ladi. Aks holda unga erishishning iloji bo‘lmaydi.
🔽
Moxandas Karamchand Gandi
Haqiqatni yomon ko‘radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko‘radilar.
🔽
Felenon
Haqiqatdan qo‘rqmaydigan odamning yolg‘ondan qo‘rqishiga asos yo‘q.
🔽
Jeferson
Ko‘pgina buyuk haqiqatlar avvaliga masxaralangan.
🔽
Shou
Haqiqat haqida chuqur ma’noli chiroyli maqollar
Haqiqat o‘tda ham kuymas, suvda ham cho‘kmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Chiroyli maqtovdan Xunuk haqiqat yaxshi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Haqiqat kechiksa ham, yolg‘onni yengadi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Hamma haqiqatni ham aytaverma — yoqtirishmaydi.
🔽
Bambara maqoli
Yolg‘onning yarmi haqiqat.
🔽
Fin maqoli
Haqiqat ortidagi zarardan yolg‘on ortidagi foyda afzal.
🔽
Uyg‘ur maqoli
Qiyshiq tuzaladi, haqiqat yuzaga chiqadi.
🔽
Turkman maqoli
Sergaplikda haqiqat bo‘lmaydi, maqolda yolg‘on bo‘lmaydi.
🔽
Oltoy maqoli
Haqiqatni ko‘ziga qarab aytsang, qarindoshingga ham yoqmaydi.
🔽
No‘g‘ay maqoli
Hammasi o‘tadi, haqiqat qoladi.
🔽
Nemis maqoli
Agar yerni kavlab haqiqatni tormoqchi bo‘lsang, chuqurroq qazi.
🔽
Nemis maqoli
Haqiqat mavzusida shu va boshqa eng yaxshi maqollarni saytimizning mana bu sahifasida batafsil ko’rib chiqishingiz mumkin.