Tarbiya haqida hikmatli so’zlar va mashhur iqtiboslar

Tarbiya haqida hikmatli so'zlar va mashhur iqtiboslar Barcha statuslar

Tarbiya — jamiyatning kelajagini shakllantiruvchi eng muhim omillardan biri. U insoniy qadriyatlarni rivojlantirish, axloq-odobni shakllantirish va kelajak avlodlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Buyuk shaxslar va donishmandlar tarbiya haqida chuqur hikmatli so‘zlar va mashhur iqtiboslar qoldirgan. Ushbu postda tarbiya va axloqiy qadriyatlarning mohiyatini yorituvchi eng yaxshi hikmatlar va mashhur iqtiboslar bilan tanishishingiz mumkin.

Tarbiya haqida o’zbek ziyolilaridan hikmatli so’zlar va dono fikrlar

Yaxshi tarbiya – qalbni yorituvchi eng yorqin chiroqdir.

🔽
Abdulla Qodiriy

farzandni tarbiyalash – bu nafaqat burch, balki kelajakni yaratish san’atidir.

🔽
Abdulla Avloniy

Tarbiya – jamiyatning o‘ziga bo‘lgan ishonchini shakllantiradi.

🔽
Hamid Olimjon

farzandga tarbiya berish – bu kelajakka yorug‘ yo‘l ochishdir.

🔽
Zulfiya

odob tarbiyaning ildizi, tarbiya esa jamiyatning ruhidir.

🔽
Erkin Vohidov

Tarbiya yoshga qarab emas, yurakka singdirish bilan amalga oshadi.

🔽
Shukur Xolmirzayev

farzand tarbiyasiga e’tibor – millatning kelajagiga g‘amxo‘rlikdir.

🔽
Abdurauf Fitrat

Tarbiya – bu insonning o‘zini tanishi va boshqalarga foyda keltirish yo‘lidagi harakati.

🔽
Ibrohim G‘afurov

odob va tarbiya insonni chinakam odam qiladi.

🔽
Said Ahmad

Yaxshi tarbiya ko‘rgan farzandota-onaning dunyodagi eng buyuk yutug‘idir.

🔽
Muhammad Yusuf

Tarbiya – bu insonni hayotda adashmasdan yurishga o‘rgatuvchi yo‘l ko‘rsatkichdir.

🔽
Tohir Malik

Tarbiya berish – bu faqat qoidalarni o‘rgatish emas, balki yurakni poklashdir.

🔽
Asqad Muxtor

farzandga yaxshi tarbiya berish – bu o‘z mevasini asrab-avaylashdir.

🔽
Cho‘lpon

Tarbiya – inson hayotining har bir sohasida ustuvorlik qiladigan fazilatdir.

🔽
Ulug‘bek Hamdam

Yaxshi tarbiya – boylik emas, lekin hayotning eng qimmatli boyligidir.

🔽
Ozod Sharafiddinov

Tarbiya ko‘rgan odamni jamiyat har doim qadrlaydi.

🔽
Zulfiya

Tarbiya – jamiyatning yuksak ma’naviyligini ifodalaydigan kuchdir.

🔽
Erkin Vohidov

odob – bu tarbiyaning gullab-yashnagan mevasidir.

🔽
Shayx Najmiddin Kubro

Yaxshi tarbiya – insonning yuragida doimiy iz qoldiruvchi nurdir.

🔽
Ahmad Yassaviy

farzand tarbiyasi bilan millatning kelajagi quriladi.

🔽
Shukur Xolmirzayev

Bolalaringiz tarbiyasidan ko‘ra nabiralar tarbiyasiga vaqtingiz ko‘proq bo‘ladi

🔽
Mansurxon Toirov

Tarbiya haqida mashhur iqtiboslar va ma’noli statuslar

Yangi oilaning bosh vazifasi — inson va grajdanni tarbiyalash vazifasi bo‘lmog‘i kerak.

🔽
A. GRAMShI

oila hayotining bosh muddao va maqsadi bolalar tarbiyasidir. Bolalar tarbiyasining bosh maktabi esa eru xotin, ota-onaning o‘zaro munosabatidir.

🔽
V. A. SUXOMLINSKIY

Ayni o‘sha o‘z farzandlarini yomon tarbiyalaydigan ota-onalar, umuman, pedagogikaning me’yorini mutlaqo bilmaydigan kishilargina pedagogik suhbatlar ahamiyatini haddan tashqari bo‘rttirib yuboradilar.

🔽
A. S. MAKARENKO

Tarbiya san’atining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u deyarli hammaga tanish va tushunarli, ba’zi birovlarga — hatto osondek tuyuladi, kishi tarbiya san’ati bilan nazariy yoki amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo‘lsa, unga bu shu qadar tushunarli va osondek bo‘lib ko‘rinaveradi.

🔽
K. D. UShINSKIY

oilaviy tarbiya ota-onalar uchun avvalo o‘z-o‘zini tarbiyalash demakdir.

🔽
N. K. KRUPSKAYa

insonni hamma: odamlar, buyum va narsalar, voqea-hodisalar, ammo eng avvalo va aksari hollarda odamlar tarbiyalaydi. Bular orasida esa ota-onalar bilan o‘qituvchilar birinchi o‘rinda turadilar.

🔽
A. S. MAKARENKO

Bolangizni u bilan gaplashayotgan, biror narsa o‘rgatayotgan yoxud unga biror ish buyurayotganingizdagina tarbiyalayapman, deya o‘ylamang. Siz uni hayotingizning har bir soniyasida tarbiyalab borasiz. So‘zingiz ohangidagi zig‘irdek o‘zgarishni ham bola sezib yoki his etib turadi, fikringizdagi ozgina burilish ham ko‘rinmas yo‘llar bilan bolangizga yetib turadiki, buni o‘zingiz sezmay qolasiz.

🔽
A. S. MAKARENKO

Bolalarni o‘stirish va tarbiyalash ulkan, jiddiy va haddan tashqari mas’uliyatli ishdir.

🔽
A. S. MAKARENKO

X.ozirgi ota onalar farzandlarga tarbiya bera turib. vatanimizning istiqbol tarixini, demakki, jahon tarixini tarbiyalaydilar.

🔽
A. S. MAKARENKO

Xalqning baxt-saodati bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashga bog‘liq.

🔽
J. LOKK

Bolalarimiz — bizning kek-saligimiz. Yaxshi tarbiya — bizning baxtli keksaligimiz, yomon tarbiya — bo‘lg‘usi g‘am-alamlarimiz, ko‘z yoshlarimiz, boshqa odamlar oldidagi, butun mamlakat oldidagi aybimiz demak.

🔽
A. S. MAKARENKO

Tarbiya… nihoyatda mashaqqatli ish. Mana endi hammasi joyida bo‘ladi, deb o‘ylaysan! Qarasang, ishlar boshqacha: hammasi endi boshlanayotgan bo‘ladi.

🔽
M. Yu. LERMONTOV

Bola tarbiyasi uchun davlatni boshqarishdan ko‘ra ham teranroq mushohada, undan ham chuqurroq donishmandlik kerak.

🔽
U. ChENNING

Bolasini suyishni tovuq ham biladi. Ularni tarbiyalay olmoq esa — qobiliyat va keng hayotiy bilimlarni talab etuvchi davlat miqiyosidagi buyuk ishdir.

🔽
M. GORKIY

Tarbiya masalasida mayda narsa yo‘q.

🔽
N. I. PIROGOV

ota-onalar ko‘pincha «tarbiya» so‘zi bilan «ma’lumot» so‘zini chalkashtirib qo‘yadilar va bolaga ma’lum darslarni o‘qitib o‘rgatish bilan unga tarbiya berdik, deya o‘ylaydilar. Yillar o‘tgach, ota-onalarning hafsalalari pir bo‘lishining sababi ham mana shunda.

🔽
A. G. RUBINShTEYN

Mening fikrimcha, barcha mutafakkirlar tarbiyani yo‘rgakdan boshlash kerak, degan xulosaga kelganlar.

🔽
N. I. PIROGOV

inson tarbiyasi u tugilishi hamono boshlanadi; chaqaloq hali gapirmaydi, so‘zga quloq solmaydi, ammo o‘rgana boshlaydi. Bilish tarbiyadan kelib chiqadi.

🔽
J. J. RUSSO

Yoshlikda yuqqan odat va rusum nihoyatda mustahkam bo‘ ladi; biz buni tarbiya deb ataymizu, lekin bu tub mohiyati bilan erta shakllangan odat-ko‘nikmalardan boshqa narsa emas.

🔽
F. BEKON

Bolalarda o‘z-o‘zini emas, odamlarni sevish tuyg‘usini tarbiyalamoq kerak. Buning uchun ota-onaning o‘zi odamlarni sevishi lozim.

🔽
F. E. DZERJINSKIY

Odamzodning birinchi tarbiyachilari onalardir.

🔽
O. GOLDSMIT

Bolaga munosabat masalasida o‘zi axloqan toza bo‘lishi uchun ham ona zarur bilimlarga ega bo‘lmog‘i kerak. Nodon ona esa mehru muhabbati qanchalik kuchliligidan qat’i nazar, yomon tarbiyachi bo‘lib qolaveradi.

🔽
N. I. MECHNIKOV

Haqiqiy va to‘la insoniy grajdanlik hayoti bilan yashagan onagina bolalarni yaxshi tarbiyalaydi, bu masalada ibrat ko‘rsatadi, mehru muhabbat, hayratu olqish oladi, odamlarda o‘ziga taqlid qilish istagini uyg‘otadi. O‘z burchini bolalarga xizmat qilish bilan chegaralab qo‘ygan ayol esa tarbiyachi ona emas, o‘z bolalarining qulidir.

🔽
A. S. MAKARENKO

ota-onalar o‘z bolalarini sertashvish va saxovatli qalb bilan sevadilarki, bu hol bola tarbiyasiga zarar yetkazadi.illat bo‘lmaydi. Yomonlik yo‘q qilib tashlansa-yu, o‘rni yaxshilik bilan to‘ldirilmasa, buning samarasi bo‘lmaydi: bu narsa bo‘shliqni vujudga keltiradi, bu bo‘shliq esa to‘xtovsiz ravishda boshqa bo‘shliq bilan to‘lib boradi; birini quvsangiz, ikkinchisi paydo bo‘ladi.

🔽
V.G.BELINSKIY

Tarbiyaning ilk bosqichida bolalar siymosida amaldorni ham, shoirni ham, hunarmandni ham emas, insonni ko‘rmoq zarur, keyin u inson bo‘lgani holda oxir-oqibat u yoki bu kasbni egallaydi.

🔽
V. G. BELINSKIY

Yahshi tarbiya sifati haqida ko‘p mulohaza yuritadilar. Tarbiya deganlari garchi yaxshi xislatlarni o‘z ichiga olsa-da, men undan, eng avvalo, sotqin odamni tarbiyalamaslikni talab etardim.

🔽
J. J. RUSSO

Ilk tarbiya hamma narsadan ham muhim bo‘lib, u shubhasiz ayollar zimmasidadir.

🔽
J. J. RUSSO

Dastlabki paytlarda bola uchun ona tarbiyasi hamma narsadan muhimroqdir, binobarin ahloq bolaga tuyg‘u sifatida singidirib yuborilmog‘i kerak.

🔽
G.GEGEL

Boshqacha bir ziyrak osoyishta muhabbat ham borki, u bolalarni vijdonli qilib tarbiyalaydi. Haqiqiy otalik muhabbati xuddi shunday bo‘ladi.

🔽
D. DIDRO

maktablar ko‘pligiga qaramay, yaxshi otalarsiz yaxshi tarbiya bo‘lmaydi.

🔽
N. M. KARAMZIN

Bolani tarbiyalash jarayonida kelgusidagi uning oldida turgan keksalikni ham o‘ylamoq kerak.

🔽
J. JUBER

Haqqoniylik hamma joyda, ayniqsa, tarbiya masalasida eng muhim omildir.

🔽
L. N. TOLSTOY

O‘z bolaligini unutgan tarbiyachi yomon tarbiyachidir.

🔽
M. EBNER-EShENBAX

Tarbiya sohasidagi eng og‘ir nuqson haddan tashqari shoshqaloqlikdir.

🔽
J. J. RUSSO

Qo‘rqitish billn bolada faqat tubanlikni, buzuqlikni, ikkiyuzlamachilikni, razil qo‘rqoqlikni tarbiyalash mumkin.

🔽
F. E. DZERJINSKIY

Men or-nomus va erkinlikni hurmat qilish ruhida o‘stirilayotgan yosh qalbni tarbiyalashdagi har qanday zo‘rlikni qoralayman. Qattiqqo‘llik va majburiylikda qandaydir tobelik belgilari bor, men aql, ehtiyotkorlik va mahorat bilan erishib bo‘lmagan maqsadga kuch bilan aslo erishib bo‘lmaydi, deb hisoblayman.

🔽
M. MONTEN

Bola o‘zini sevgan odamni yaxshi ko‘radi, uni faqat sevib tarbiyalash mumkin.

🔽
F. E. DZERJINSKIY

Har bir odam ikki xil tarbiya oladi: biriichi tarbiyani o‘z hayot tajribalarini singdirish yo‘li bilan ota-ona beradi, ikkinchisi, yanada muhimrog‘ini esa unga hayotning o‘zi o‘rgatadi.

🔽
E. TELMAN

O‘z hayot tajribasini har tomonlama boyitmagan odamning tarbiyasi — behuda.

🔽
E. TELMAN

Tarbiya ishida o‘z-o‘zini takomilllashtirish jarayoniga katta o‘rin berilmog‘i lozim. insoniyat faqat mustaqil o‘rganish tufayligina taraqqiy etgan.

🔽
SPENSER

O‘qish — tarbiya deb ataluvchi gulning faqat birgina gulbargi xolos.

🔽
V. A. SUXOMLINSKIY

Tarbiyada butun ish tarbiyachiniig kim ekanligiga bog‘lpq.

🔽
D. I. PISAREV

Tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarini qanday ko‘rishni istasa, avvalo uning o‘zi o‘shanday bo‘lmog‘i lozim.

🔽
V. I. DAL

Tarbiyasi birovni hayotga tayyorlamog‘i uchun avvalo o‘zi hayotni chuqur bilmog‘i lozim.

🔽
L. N. TOLSTOY

Tarbiyalovchining o‘zi zehnli, nihotda bosiq, xushfe’l, yuksak axloqiy xislatlarga ega bo‘lmog‘i kerak.

🔽
M. I. DRAGOMANOV

…Tarbiyachining o‘zi tarbiyalangan bo‘lmog‘i zarur.

🔽
K. MARKS

Pedagogika faoliyat uchun, birinchidan, tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchisini har jihatdan bilishi, ikkinchidan, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi orasida to‘la ishonch bo‘lmog‘i zarur,

🔽
D. I. PISAREV

muvaffaqiyatli tarbiyannng siri — o‘quvchiga hurmatda.

🔽
R. EMERSON

Tarbiyachi hamisha, tarbiya kuchi shu qadar beqiyoski, undan hech qachon butun borligicha foydalana olmasligiga ishongan bo‘lishi kerak.

🔽
K. D. UShINSKIY

Tarbiyachi mansabdor to‘ra emas; agar u mansabdor to‘ra bo‘lsa, demak tarbiyachi emas.

🔽
K. D. UShINSKIY

Tarbiyachining ma’navyy da-rajasi qanchalik tuban, axloqiy qiyofasi bemaza bo‘lsa va u faqat o‘z tinchi va oromini o‘ylasa, go‘yo bolalarning tashvishi taqozo etgan har xil buyruq va taqiqlarni shu qadar ko‘i chiqaraveradi.

🔽
Ya. KORChAK

Tarbiyadagi eng katta xato, o‘ta shoshqaloqlikdir.

🔽
J. Sh. RUSSO

Yomon tarbiya ko‘rgan odamni qayta tarbiyalashdan og‘irroq narsa yo‘q.

🔽
Ya. KOMENSKIY

Bir umr cho‘tka tegmagan ko‘ylakni tezda tozalab bo‘lmaganidek, odamni ham birdaniga qayta tarbiyalash mumkin emls.

🔽
M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRIN

Hech bir murabbiy o‘zining asosiy vazifasi o‘z tarbiyalanuvchilarini aqliy mehnatga o‘rgatishdan iboratligini va bu vazifa dars o‘qitishdan ham ko‘ra muhimroq ekanligini unutmasligi lozim.

🔽
K. D. UShINSKIY

Istak uyg‘otmaydigan tarbiya qalbni xarob etuvchi tarbiyadir. Tarbiyachi istashga ham o‘rgatmog‘i zarur.

🔽
A. FRANS

maktabning maqsadi, tarbiya va faqat tarbiyadir.

🔽
I. PESTOLOSSI

Tarbiya ta’limdan ustun turadi. insonni tarbiya voyaga yetkazadi.

🔽
A. SENT-EKZYuPERI

Ma’rifatning maqsadi xarakterni tarbiyalashdan iboratdar.

🔽
G. SPENSER

Tarbiyaning eng muhim qismi fe’l-atvorni shakllantirishdir.

🔽
UShINSKIY

insonga yaxshi tarbiya-berishning eng muhim asosi uning xarakterini shakllantirishdan iboratdir.

🔽
E. TELMAN

inson tarbiyasining bosh yo‘li ishonchdir.

🔽
K. D. UShINSKIY

Tarbiyachi o‘zining qaysidir ehtirosiga erk berar ekan, uning ehtiroslarni jilovlash haqidagi gaplari foydasiz; o‘zi yo‘l qo‘yadigan illat yoki nomunosib odatlarni shogirdlarida tugatishga urinishi ham samarasiz bo‘lib chiqadi.

🔽
J. LOKK

Haqiqiy tarbiya qoidalarda emas, mashqlardadir.

🔽
J. J. RUSSO

Yaxshi tarbiya har qanday nodon kishini ham odam qatoriga qo‘shadi.

🔽
V. G. VELINSKIY

Zehni o‘tkir va har narsaga qiziquvchan, lekin odamovi va o‘jar bolalar bo‘ladi. maktabda odatda bundaylarni ko‘rgani ko‘zlari yo‘q, doimo ularga ishonchsizlik bilan qaraydi-lar; vaholanki, yaxshi tarbiya berilsa, ulardan buyuk odamlar chiqadi.

🔽
Ya. KOMENSKIY

Agar yaxshilab tarbiya berilsa, yaxshilab sovitilsa, eng hurkak toylardan eng uchqur bedovlar chiqadi.

🔽
PLUTARX

Tarbiya — vijdon ishi; ta’lim esa fanning vazifasi. Keyinchalik, inson voyag‘a yetgach, bilimning bu ikki turi biri birini to‘ldiradi.

🔽
V. GYuGO

Tarbiyaga jamiyat a’zolari o‘rtasida qaror topgan munosabatlarni saqlab turish uchun juda zarur bo‘lgan bilimlarni uzluksiz egallash, deb qarash mumkin.

🔽
A. SEN-SIMON

Tarbiya ishida har bir kishining individual qobiliyatini rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik qilish bilap ayni chog‘da, ularda atrofdagilarga nisbatan mas’uliyat hissini tarbiyalashga ham e’tibor bermoq zarur.

🔽
A. EYNShTEYN

Tarbiya asoson bizning dilimizga individ va jamiyat uchun foydali bo‘lgan fazilat urug‘larini sochmog‘i lozim.

🔽
K. GELVESIY

Tarbiya — faqat insonzehni-ni o‘stirish va unga ma’lum hajmdagi bilimni singdirishgina emas, balki u insonda mehnatga tom ma’nodagi chanqoqlik hissini uyg‘otmog‘i lozim, busiz odam hayotda na e’tiborli va na baxtiyor bo‘la oladi.

🔽
K. D. UShINSKIY

Tarbiya, bu nisbatan keksaroq avlodning o‘z tajribasi, o‘z ehtirosi, o‘z e’tiqodini yosh avlodga topshirishi demakdir.

🔽
A. S. MAKARENKO

Tarbiyaning bosh vazifasi odamni yaxshi qadam bosishga majbur etishgina emas, balki shu yaxshi ishlardan huzurla-nishga ham o‘rgatishdir; faqat ishlabgina qolmay, ishni sevish ham kerak.

🔽
J. RESKIN

Tarbiya bizni yo‘ldan ozdirmay turishining o‘zi kifoya emas, u tobora bizni yaxshilab bormog‘i lozim.

🔽
M. MONTEN

Nazarimizda bolalarning a’zoyi-badani va ruhiyatini tabiat qanday yaratgan bo‘lsa, shundayligicha qoldiraverishdan qoniqmaymiz,— biz ularning tarbiyasi va o‘qishi haqida gamxo‘rlik qilamiz, toki yaxshi yanada yaxshilanishi, yomon esa o‘zgarib, yaxshi bo‘lishi kerak.

🔽
LUKIAN

Tarbiya odamda mehnatga ko‘nikma va mehrni kuchaytirmog‘i lozim, u insonga hayotda o‘ziga loyiq ish topa biliat imkoniyatini bermog‘i zarur.

🔽
K. D. UShINSKIY

Har bir mamlakatda insonni voyaga yetkazish san’ati idora etish uslubi bilan shu qadar chambarchas bog‘lanib ketganki, ijtimoiy tarbiyaga doir u yoki bu muhim o‘zgarishni davlat tuzumining o‘ziga o‘zgartish kiritmasdan turib amalga oshi-rish mumkin emas.

🔽
K. GELVESIY

Tarbiya chinakam tarbiya bo‘lsagina yuksak ezgulikdir, aks holda, u hech nimaga yaramaydi.

🔽
R. KIPLING

Tarbiya — buyuk ish: tarbiya bilan inson qismati hal etiladi.

🔽
V. G. VELINSKIY

Barcha kashfiyotlar ichida eng go‘zali yaxshi tarbiya olgan insondir.

🔽
EPIKTET

Tarbiya ikki negizga — axloq va oqillikka tayanmog‘i lozim: birinchisi — yaxshi fazilatni o‘stirsa, ikkinchisi — o‘zgalar illatidan himoya qiladi. Agar faqat axloqqagina tayanilsa, unda siz g‘irt befahmlar yoki dodvoychi dardisarlarni, faqat oqillikka tayanilsa — xudbin shaxsiyatparastlarni tarbiyalab yetishtirishingiz mumkin.

🔽
N. ShAMFOR

Muzika — tafakkurning qudratli manbai. Musiqiy tarbiyasiz tom ma’nodagi aqliy kamolot bo‘lishi mumkin emas.

🔽
V. A. SUXOMLINSKIY

Yomon tarbiya ko‘rgan odamning dadilligi qo‘pollikka o‘xshaydi; donishligi o‘taketgan rasmiyatchilikka; gapga chechanligi — maynabozchilikka, oddiyligi — dag‘allikka, ko‘ngilchanligi — tilyog‘lamalikka aylanib ketadi.

🔽
J. LOKK

Tarbiyali kishilar inson shaxsini hurmat qiladilar, shuning uchun ham ular marhamatli, oqko‘ngil, xushmuomalali va ko‘ngilchandirlar.

🔽
A. P. ChEXOV

O‘z-o‘zini tarbiyalamoq uchun avvalo kishi o‘zini beshafqat, xolis sudga chaqirmog‘i kerak, o‘z nuqsonlari, kamchiliklarini aniq va ochiq-oydin, g‘ururini ayab o‘tirmay, tushunib olishi va ular bilan kelisha olamanmi yoki yo‘qmi, ularni ortiqcha yuk qilib bo‘ynimga ilib yuramanmi yoki chetga uloqtirib tash-lashim zarurmi, degan masalani uzil-kesil hal etib olmog‘i kerak.

🔽
N. A. OSTROVSKIY

Kollektivning tarbiyaviy kuchi haqida g‘amxo‘rlik qilish — bu kollektivdagi har bir kishining ma’naviy boyligi va kamoloti haqida, o‘zaro munosabatlarning boyishi haqida qayg‘urishdan boshqa narsa emas.

🔽
V. A. SUXOMLINSKIY

Jamiyat boyligi uni tashkil etgan shaxslarning rango-rangligidan tarkib topadi, chunki tarbiyaning oliy maqsadi — insonning o‘zi.

🔽
V. A. SUXOMLINSKIY

Taraqqiyotning chinakam belgisi — boylik yoki ta’lim darajasi emas, shaharning kattaligi emas, hosilning mo‘l-ko‘lligi ham emas, balki shu o‘lka bag‘rida tarbiya topgan inson qiyofasidir.

🔽
R. EMERSON

vatanparvarlikning tarbiyaviy ahamiyati juda katta, bu kishini bashariyat haqidagi g‘oyalar bilagt ulg‘aytiradigan maktabdir.

🔽
M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRIN

Turli-tuman tarbiyaviy hikoyatlar va hikmatli so‘zlarni to‘plash tengsiz davlatdir.

🔽
I. GYoTE

Faqat milliy, xalqona ta’lim-tarbiya bilan ma’naviyat, ichki madaniyat payvand qilinsagina odamlarni har qanday pastkashlikdan, tubanlikdan asrab qolish mumkin.

🔽
Chingiz Aytmatov

Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash uchun ota-onalar farzandlariga aslidagiday ko‘rinishi kerak.

🔽
Bernard Shou

Erkak yoki ayolning tarbiyalanganlik darajasi janjal paytida yaqqol namoyon bo‘ladi.

🔽
Bernard Shou

Odam mamlakat va insoniyat uchun qilishi mumkin bo‘lgan eng katta xizmat – bolalarini tarbiyalashidir.

🔽
Bernard Shou

Yaxshi tarbiya mahsuli — bu kishi o‘z qadr-qimmatiga yarasha o‘zini tuta bilishidir. Shunday fazilatli kishini har qanaqa takabbur odam ham izzat qilishga majbur bo‘ladi.

🔽
Filip Chesterfild

Bolalarning ruhiy tarbiyasi ularning jismoniy va aqliy tarbiyasiga qaraganda ancha qiyin ish… Ruhni rivojlantirish – fe’l-atvorini shakllantirish demakdir.

🔽
Moxandas Karamchand Gandi

Hamisha haq bo‘lishga intilish — aqlning tarbiya topmaganligi belgisidir.

🔽
Alber Kamyu

Bu sizga qiziq bo‘lishi mumkin:  Bahor fasli haqida eng yaxshi motivatsion statuslar

Tarbiya haqida chiroyli va chuqur ma’noli maqollar

Tarbiya haqida ajoyib o'zbek va jahon xalqlari maqollari

Yaxshi tarbiya – yaxshilikning kaliti.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Tarbiya ota-onadan boshlanadi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

suv bilan ekin o‘sar, Tarbiya bilan — odam.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bir bolani tarbiyalagandan butun boshli o‘rmon o‘stirgan osonroq.

🔽
Latish maqoli

Tarbiyasiz ustozini yomon ko‘radi.

🔽
Gruzin maqoli

Katta farzandni o‘qit, tarbiyala, kichigi o‘zi o‘rganadi.

🔽
Arab maqoli

Eshakni tarbiyalaganing bilan ot bo‘lib qolmaydi.

🔽
Chechen-ingush maqoli

Kelinni uyga tushishi bilan tarbiyala.

🔽
Yapon maqoli

Kattalar tarbiyali bo‘lsa, kichiklar ham tarbiyali bo‘ladi.

🔽
Digor maqoli

Yaxshi tarbiya — yaxshi meros.

🔽
Ozarbayjon maqoli

Tarbiya haqida shu va boshqa eng yaxshi ajoyib maqollarni saytimizning mana bu sahifasiga o’tib ko’rib chiqishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( No ratings yet )
Fikr bildirish