Sevgi haqida maqollar, eng sara chiroyli maqollar to’plami

Sevgi haqida maqollar, eng sara chiroyli maqollar to'plami Barcha maqollar

Sevgi haqida maqollar, sevgi haqida eng sara chiroyli ma’noli o’zbek va jahon maqollari, saralangan maqollar to’plami.

Sevgi haqida maqollar, O’zbek maqollari

Sevgi haqida maqollar, O'zbek maqollari

Mard yigitga sevgi sinov.

Gul — hayot bezagi,
Sevgi — inson bezagi.

Ikki pichoq bir qinga sig’mas,
Ikki sevgi — bir ko’ngilga.

Inson sevgi bilan tirik.

Ko’ngil gulini sevgi suvi sug’orar.

Po’lat olovda, sevgi hijronda sinalar.

Sevgi — bir, makon — ikki.

Sevgi degan ikki ko’zda.

Sevging oz — umring oz,
Sevging soz — umring soz.

Sevgining aslini bulbuldan so’ra,
GuLzor qadrini — guldan.

Sevgining bahori bilan shodlanma,
Yoz-u qishi ham bordir.

Sinalgan sevgi bukilmas,
Bukilsa ham so’kilmas.

Chin sevgining till bo’lmas.

Ko’cha sevgisi uyni barbod etar.

Sevgi haqida maqollar, jahon maqollari

Sevgi haqida maqollar, jahon maqollari

Sevgi sevgini keltiradi.
Qirg‘iz maqoli

Sevgi tugagan joyda nafrat boshlanadi.
Shved maqoli

Eski sevgi zanglamaydi.
Shved maqoli

Urush va sevgida barcha vositalar ishga solinadi.
Shved maqoli

Sevgisiz yoshlik, donoliksiz qarish — yo‘qotilgan hayotdir.
Shved maqoli

Sevgidan ko‘pchilik qahramonga aylanadi, ko‘pchilik — telbaga.
Shved maqoli

Sevgining ko‘zi ko‘r, yangi uylanganlar — shapko‘r.
Shved maqoli

Sevgisiz hayot yozsiz yilga o‘xshaydi.
Shved maqoli

Toblangan temirdan va sevgidan kuyish oson.
Shved maqoli

Sevgi va mumni o‘tga yaqin olib borma.
Shved maqoli

O‘lim sevgini qo‘rqitmaydi.
Frantsuz maqoli

Sevgi bor joyda hujum ham bor.
Frantsuz maqoli

Sevgida aldagan odam nafratga ham arzimaydi.
Frantsuz maqoli

Sevgida jangdagi kabi vaqt qadrli.
Frantsuz maqoli

Ochlik eshikda, sevgi oynada.
Frantsuz maqoli

Qimorda omadi borning sevgida omadi bo‘lmaydi.
Frantsuz maqoli

Sevgi – undan qutulish xohlanmaydigan yagona kasallikdir.
Frantsuz maqoli

Sevgi eshakni ham raqsga o‘rgatadi.
Frantsuz maqoli

Sevgi vaqtni o‘ldiradi, vaqt sevgini.
Frantsuz maqoli

Sevgi tufayli xuddi kasallik kabi ishtaha va tush yo‘qotiladi.
Frantsuz maqoli

Sevgi bilan hazillashib bo‘lmaydi.
Frantsuz maqoli

Kechikib kelgan sevgi ehtirosli bo‘ladi.
Frantsuz maqoli

Sevgi — olov: yonmasa — har yer qorong‘i, yonsa — kuydiradi.
Fors maqoli

Sevgisiz hayot — bahorsiz yil.
Turkman maqoli

Qalbida sevgi bo‘lmaganning dardi ham bo‘lmaydi.
Tojik maqoli

Sevgisiz qiz yo‘q, o‘g‘risiz — bozor.
Nemis maqoli

Sevging sabab dunyoning u chetiga ham borasan.
Mordva maqoli

Sevgilingning uyi uzoq tuyulmaydi.
Keniya maqoli

Sevgi kasallik kabidir, qancha qarisa, shuncha kuchayadi.
Ispan maqoli

Katta sevgi ko‘p narsani kechiradi.
Ispan maqoli

Sevgi, olov va yo‘talni yashirib bo‘lmaydi.
Gruzin maqoli

Sevgi gulni qidiradi, rashk — tikanni.
Gruzin maqoli

Sevgi uyat bilmaydi.
Gruzin maqoli

Sevgi uchun arman ham turk ham barobar, qalb uchun qiz va o‘g‘il barobar, aql uchun.
bilimli va omi.
Arman maqoli

Sevgi — ko‘rlikning dugonasi.
Arab maqoli

Qo‘rquv va sevgi bir yurakka joylasholmaydi.
Hind maqoli

Sevgi — ittifoqqa, yolg‘on halokatga olib boradi.
Tay maqoli

Sevgi urush kabidir — boshlanishi oson, tugashi qiyin.
Golland maqoli

Nikohning birinchi kechasi ko‘pincha sevgining so‘nggi tuni bo‘ladi.
Golland maqoli

Sevgi bilan qorning to‘ymaydi.
Yapon maqoli

Sevgi va nafrat orasi bir qadam.
Yapon maqoli

Pul tugasa sevgi ham tugaydi.
Yapon maqoli

Rashk — sevgining yuragi.
Yapon maqoli

Katta sevgining iztirobi ham katta.
Vetnam maqoli

Sevgining ko‘zi yo‘q.
Buryat maqoli

Sevgisiz qalb — gulsiz bog‘.
Kuba maqoli

Ko‘zlar sevgini so‘zlab beradi.
Ozarbayjon maqoli

Qaynoq sevgi tez yonib, tez so‘nadi.
Ingliz maqoli

Qo‘pollik sevgini o‘ldiradi.
Ingliz maqoli

Uyga kambag‘allik kirganda sevgi oynadan chiqib ketadi.
Ingliz maqoli

Sevgi va yo‘talni yashirib bo‘lmaydi.
Ingliz maqoli

Sevgini hech qanday giyoh bilan davolab bo‘lmaydi.
Ingliz maqoli

Sevgi qafasda ham, saroyda ham yashaydi.
Ingliz maqoli

Sevgi yosh tanlamaydi.
Ingliz maqoli

Sevgi yurakni yumshatadi.
Ingliz maqoli

Ona o‘z sevgisi bilan ba’zida bolani buzishi mumkin.
Ingliz maqoli

Sevgi haqida eng chiroyli ma’noli statuslar

Sevgi haqida eng sara chiroyli statuslar to'plami

Iroda, matonat yo‘q joyda sevgi-muhabbat to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas. Gohida muhabbat menga qandaydir kompyuter qurilmasiga o‘xshab ko‘rinadi. Agar ko‘zga ko‘rinmas birorta murvat ishdan chiqsa – bas, butun boshli murakkab buyum sariq chaqaga qimmat bo‘lib qoladi.

Chingiz Aytmatov

Izzat-hurmatsiz sevgi uzoqqa bormaydi, yuksaklikka ham ko‘tarila olmaydi: u bir qanotli farishtadek gap.

A. DYuMA (o‘g‘li)

…Odamlar har xil tillarda gaplashadilar. Biroq, faqat bitta tilda – yurak deb atalmish zabonda sevgi izhor qiladilar, quvonadilar, sog‘inadilar.

Chingiz Aytmatov

Sevgi g‘alati bir olov. So‘nmasin desang, bor budingni unga tashlashing kerak: vaqtingni, g‘ururingni, shuuringni…

Jemil Merich

Sevgi — shaxs hayotini bezovchi va nihoyasiga yetkazuvchi serhasham, nafis guldir: lekin u boshqa hamma gullarga o‘xshab bir tomoni bilan, bepoyon os-monga o‘zining eng yaxshi ko‘rinib turgan tomoni bilan ochilmog‘i zarur.

A. I. GERSEN

Agar sevgini o‘lchab bo‘lsa, u qashshoq sevgidir.

V. ShEKSPIR

Sevgi haqidagi barcha qiziqarli sara statuslarni saytimizning mana bu sahifasida kuzatishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( 3 assessment, average 2 from 5 )
Fikr bildirish