Odob haqida eng sara o’zbek va jahon maqollari to’plami

Odob haqida eng sara o'zbek va jahon maqollari to'plami Barcha maqollar

Odob – insonni yuksak darajaga ko’taradigan eng muhim fazilatlardan biridir. Har bir xalq o’z madaniyati va an’analari orqali odob va yaxshi xulqni yuksak qadrlagan. Xushmuomalalik, hurmat va sabr-toqat odobning eng muhim ko’rinishlari bo’lib, ular orqali inson jamiyatda o’z o’rnini topadi va hurmat qozonadi. Quyida odob haqida eng sara va chuqur ma’noli o’zbek va jahon xalq maqollari to’plamini taqdim etamiz.

Odob haqida eng yaxshi o’zbek xalq maqollari

O‘zbek xalq ijodiyotida odob va xulq-atvorning ahamiyati har doim alohida o‘rinda bo‘lgan. Xalqimizning hikmatli so‘zlari odobning inson hayotidagi o‘rni va uning jamiyatdagi hurmatini belgilab berishini chuqur tasvirlaydi. Quyida odob va yaxshi xulq haqida eng ma’noli va hikmatli o‘zbek xalq maqollari bilan tanishing:

Aql bilan odob egizak.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql yoshdan, Odob — boshdan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql o‘rgatguncha, naql o‘rgat, Aql — Hasan, odob — Husan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bola — aziz, odobi undan aziz.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Inson — odobi bilan, Osmon — oftobi bilan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odob bozorda sotilmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odob — Irishining zeb-u ziynati.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odob — oltindan qimmat.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odob — peshada, Gunoh — teshada.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odobli bola elga manzur.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odobli kelinning supurgisi xashak ostida turar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odobli o‘g‘il — ko‘kdagi yulduz, Odobli qiz — yoqadagi qunduz.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odoblilik belgisi — Eshilib salom bergani.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odobni beodobdan o‘rgan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odobning — boshi til.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odobsiz betga chopar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Oltin olmay, odob ol, Odob oltin emasmi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota bo‘hsh oson, odob berish qiyin.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota oldida kek urma, Odobingga chek urma.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota oldidan o‘tma, Odob oldidan ketma.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

So‘z kishining — o‘zagi, Odob kishining — bezagi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Husn husn emas, odob husn.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odob bilan baxt topilar, Sabr bilan — taxt.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odob haqida jahon xalq maqollari durdonalari

Har bir xalqning donishmandligi odob va yaxshi xulqning muhimligini qadrlaydi. Jahon xalqlarida odob va axloqning yuksak ahamiyati turli maqollarda o‘z ifodasini topgan. Ushbu maqollarda odobning jamiyatdagi o‘rni va inson munosabatlaridagi ahamiyati yorqin aks etgan. Quyida odob haqida jahon xalqlarining eng chuqur ma’noli maqollarini taqdim etamiz:

Qizning ko‘rki ko‘ylak emas, qizning ko‘rki — odobi.

🔽
Frantsuz maqoli

Yaxshi odob oltindan qimmat.

🔽
Arab maqoli

Odob – tilni tishlashni bilishdir.

🔽
Ispan maqoli

Hurmatli odam – odobli odamdir.

🔽
Xitoy maqoli

Odob – doimo ochiq eshikdir.

🔽
Fransuz maqoli

Odobning ildizi achchiq, mevasi esa shirin.

🔽
Nemis maqoli

Odobli insonning yuzi nurli bo‘ladi.

🔽
Malay maqoli

Yaxshi odob hech qanday boylik bilan o‘lchanmaydi.

🔽
Turkiy maqol

Odob har qanday eshikni ochadi.

🔽
Ingliz maqoli

Odob – kuchsizlar uchun qurol, kuchlilar uchun quvvatdir.

🔽
Amerika maqoli

Odob – qimmatbaho tosh kabi, uni topish qiyin, yo‘qotish esa oson.

🔽
Arman maqoli

Odob – insonning ichki go‘zalligidir.

🔽
Gruzin maqoli

Odob va sabr har doim eng yaxshi javobdir.

🔽
Portugaliya maqoli

Odob – bu insonning o‘z-o‘ziga bo‘lgan hurmatining aksidir, boshqalarga ko‘rsatilgan hurmat esa, uning qalbini ko‘rsatadi.

🔽
Yapon maqoli

Yaxshi odob – bu yurakda yotgan sof niyatlar, u so‘zlarda ifodalanib, harakatlarda o‘z aksini topadi.

🔽
Arab maqoli

Odob – bu hech qachon ko‘zga tashlanmaydigan, ammo yo‘qligi darrov seziladigan boylikdir.

🔽
Fransuz maqoli

Inson odobi bilan yuksaladi, bilim bilan donishmand bo‘ladi, sabr bilan esa buyuklikka erishadi.

🔽
Xitoy maqoli

Odob insonni tashqi ko‘rinishi bilan emas, ichki olami bilan bezatadi. Uni boylik emas, yaxshi xulq atvor yuksaltiradi.

🔽
Yunon maqoli

Odob haqida eng sara statuslar va dono gaplar

Odob haqida eng sara va eng yaxshi statuslar to'plami
Odob – insonning jamiyatdagi mavqeini belgilab beradigan eng muhim fazilatdir. Yaxshi odob va xushmuomalalik nafaqat jamiyatda hurmat qozonish, balki hayotda muvaffaqiyatli bo‘lishning kalitidir. Quyida odob haqida eng sara statuslar va dono gaplar bilan tanishing. Ushbu fikrlar sizga yaxshi xulq va odobning ahamiyatini chuqurroq anglashda yordam beradi.

Odamga eng yarashiqli libos — odob libosidir

🔽
Mansurxon Toirov

Odob — jamiyat qonunlari ichida eng ahamiyatlisi va eng hurmatga sazovoridir.

🔽
F. LAROShFUKO

Aqlli hamda ayni paytda odobli odam o‘z vijdoni oldida halol bo‘lishi bilan birga, o‘ziga hurmat nuqtai nazaridai, bo‘htonning oldini olish va bartaraf qilish ma’nosida yapa ziyrak ham bo‘lmog‘i kerak.

🔽
N. ShAMFOR

Davlatning gullab-yashnashn, xalqning farog‘ati beshak olijanob xulq-odobga bog‘liq, olijanob xulq-odob esa tarbiya tufaylidir.

🔽
N. I. NOVIKOV

O‘zingni odob qoidalariga rioya qilishdan xoli tutishing nuqsonlaringni erkin namoyon etishing uchun vosita izlayotganing bo‘lmasin tag‘in?

🔽
Sh. MONTESKE

Odob haqidagi shu va boshqa statuslar saytimizning Odob haqida statuslar sahifasida alohida berilgan.

O‘xshash maqolalar: Dehqonchilik haqida eng yaxshi o‘zbek va jahon maqollari Psixologlar haqida haqqoniy o‘zbek va jahon maqollari Mashina haqida eng yoqimli o‘zbek va jahon maqollari Dars haqida eng sara ma’noli o‘zbek va jahon maqollari Abituriyentlar haqida eng sara o‘zbek va jahon maqollari Ro‘zg‘or haqida eng kerakli o‘zbek va jahon maqollari
Statuslarni baholang
( 3 assessment, average 5 from 5 )
Post haqida fikringizni bildiring, sizningcha bu mavzu qanchalik dolzarb?

  1. Asal

    Juda zòr maqollar ekan

    Javob berish
    1. Sayt admini author

      Rahmat, iliq fikrlar bizga ko‘proq ilhom bag‘ishlaydi.

      Javob berish
  2. Anonim

    Juda yaxshi maqollar ekan katta rahmat

    Javob berish
    1. Sayt admini author

      Sizga ham katta rahmat, iliq fikrlar bizga yanada ilhom bag’ishlaydi

      Javob berish
  3. Anonim

    Zur maqol ekan

    Javob berish
    1. Sayt admini author

      Rahmat, sizga yoqqanidan juda xursandman

      Javob berish
  4. Nozima

    Zo‘r ekan statuslar ham maqollar ham

    Javob berish
    1. Sayt admini author

      Rahmat sizga, shunday fikrlar bizga ilhom bag‘ishlaydi

      Javob berish
  5. Erkin

    Odob haqida berilgan va xalqchil qilib yaratilgan hikmatli gap va maqollar inson ma’naviyatini oshirishga xizmat qiladigan ajoyib manba bo’libdi. Albatta o’qiganga, o’qib unga amal qilganga. Hamma o’qib amal qilishini so’rardim.

    Javob berish
    1. Sayt admini author

      Rahmat sizga, bunday iliq fikrlar yosh ukalarimiz uchun motivatsiya bo‘lishi mumkin.

      Javob berish
  6. Nigina

    Manga yoqdi👍🏻👍🏻👍🏻

    Javob berish
    1. Sayt admini author

      Rahmat, yana qanday mavzularda maqollar bo‘lishini istar edingiz, buni ham yozib ketsangiz bor bo‘lsa havolasinni tashlayman, yo‘q bo‘lsa yozishga harakat qilaman.

      Javob berish
  7. ROBIYA

    Men bundanam qiziqrog’ini kutudim menga yoqmadi

    Javob berish
    1. Sayt admini author

      Fikringiz uchun rahmat, saytimizni kuzatib boring, bundanda qiziqroq maqollarni topib havola etishga harakat qilamiz

      Javob berish