Ezgulik va yaxshilik inson ruhiyatini boyituvchi va jamiyatda ijobiy o’zgarishlar qiluvchi eng ulug‘ fazilatlardan biridir. Buyuk shaxslar va dono kishilar ezgulik haqida ko‘plab hikmatli so‘zlar va motivatsion fikrlarni qoldirganlar.
Ular har birimizni yaxshilikka, bag‘rikenglikka va boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zishga undaydi. Quyida ezgulik haqida eng ilhomlantiruvchi hikmatli so‘zlar va motivatsion statuslarni topishingiz mumkin. Ushbu fikrlar qalbingizni iliqlik va umid bilan to‘ldiradi.
Ezgulik haqida ayrim o’zbek ziyolilari aytgan dono fikrlar va statuslar
Ezgulik – inson qalbining eng buyuk qudrati, u bilan olamni o‘zgartirish mumkin.
🔽
Abdulla Qodiriy
Ezgulikni anglagan kishi hayotga yangi nigoh bilan qaraydi.
🔽
Abdulla Oripov
Ezgulik – bu hayotga rang, inson ruhiga quvonch olib kiradigan muhim kuchdir.
🔽
O‘tkir Hoshimov
Ezgulik qilgan odam hech qachon zarar ko‘rmaydi, aksincha, ruhiy boylikka erishadi.
🔽
Sharof Rashidov
Ezgulik bilan yurgan kishi har qanday murakkablikda ham yo‘ldan adashmaydi.
🔽
Isajon Sulton
Ezgulikka ergashgan odam o‘zining haqiqiy kuchini topadi.
🔽
Ma’ruf Jalil
Ezgulik insonni buyuklikka yetaklaydi.
🔽
Hamid Olimjon
Ezgulik – bu insoniyatning eng katta boyligi.
🔽
Abduqahhor Shukurov
Ezgulik hayotdagi barcha ranglarni ochib beradi, uni qadrlash hayotni anglashdir.
🔽
Shukur Xolmirzayev
Ezgulik yurakdan chiqib, dunyoni bezaydi, har bir inson uchun bu yo‘l eng go‘zal yo‘ldir.
🔽
Usmon Azim
Ezgulik insonga ichki tinchlik va ruhiy boylik olib keladi, uni asragan baxt topadi.
🔽
Halima Xudoyberdiyeva
Ezgulik qilgan odam haqiqiy dostlik va mehr-muhabbatni topadi.
🔽
Oydin Hojieva
Ezgulik insonning o‘ziga, ruhiga, va kelajakka hurmatidir.
🔽
Isajon Sulton
Ezgulik haqida eng sara hikmatli so’zlar va ibratli fikrlar to’plami
Inson ezgulik va muhabbat yo‘lida o‘limni xayoliga keltirmasligi kerak.
🔽
T. MANN
Fe’l-atvorda mo‘tadillik hamisha ezgulikdir.
🔽
T.PEN
Ahmoqona xatti-harakatlar pastkashlik, xavf-xatarsiz qilingan ezguliklar esa oddiy bir holdir. Hayotini xavf ostida qoldirsa ham ulkan va ulug‘ ishlarni qilgan odamgina yaxshi odamdir.
🔽
PLUTARX
Yaxshi o‘ylasang, fikrlar pishib ezgulikka aylanadi.
🔽
L. N. TOLSTOY
Aql nuri bilan yoritilmagan ezguliklar ham zarar keltirishi mumkin.
🔽
O. BALZAK
Har qanday ezgulik oshirib yuborilgan hamono illatga aylanadi.
🔽
F. KOLLER
Ezgulikda yashashimiz uchun biz doimo o‘z-o‘zimiz bilan kurash olib bormog‘imiz kerak.
🔽
J. J. RUSSO
O‘z mohiyatingni o‘zgartirishing mumkinmas, tarbiyaning buyuk siri va buyuk kuchi ham shundan iboratki,u xarakterdagi har xil moyilliklarni hatto nuqsonlarni ham ezgulikka yo‘naltiradi.
🔽
J. SAND
Tarbiya chinakam tarbiya bo‘lsagina yuksak ezgulikdir, aks holda, u hech nimaga yaramaydi.
🔽
R. KIPLING
Ta’limning inson uchun buyuk ezgulik ekanini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q. Ma’lumotsiz odamlar ham dag‘al, ham qashshoq va ham baxtsizdir.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
Ezgulikni yaxshi ko‘rish uchun bor vujud bilan yomonlikni nafratlash kerak.
🔽
V. VOLF
Ehtiroslar odatiy tusga aylansa, illatga yoki odatga qarshilik ko‘rsatsa — ezgulikka, aylanadi. Ehtiros hayot sururi va bezagidir, lekin qalbda iroda
🔽
bo‘lmasa ehtirosdan ne foyda.
Idealsiz, ya’ni ma’lum darajada qandaydir ezgulikka intilishsiz hech qachon hech qanday yaxshi jamiyat bo‘lishi mumkin emas.
🔽
F.M. DOSTOEVSKIY
Dunyodagi hamma shodlik, hamma ezguliklarning manbai mehnatdir.
🔽
M. GORKIY
Baxtsizlikni yaxshi maktab deydilar, balki shundaydir. Lekin eng yaxshi dorilfunun baxtda mujassam. U ezgulik va go‘zallikka qodir qalb tarbiyatini nihoyasiga yetkazadi.
🔽
A. S. PUShKIN
Ezgulik faqat insonga xos xususiyat, binobarin, birov-birovning baxti va rohati uchun xizmat qilsa, bu yana ham insoniy xususiyatdir.
🔽
TOMAS MOR
Hayot — oliy darajadagi progressiv faoliyatdir va uning taraqqiyotga yo‘l ochajak bosh harakatlantiruvchi prujinalari ezgulikka intiluvchi insonlar, ya’ni naslimizning sog‘lom hamda normal vakillarining tafakkuri va orzu-istaklariga ulangandir.
🔽
D. I. PISAREV
Inson shuni tushunishi kerakki, u dunyoning ijodkori va sohibidir, hayotdagi barcha ezguliklarning shon-shuhrati ham, yerdagi hamma baxtsizliklar ham uning zimmasiga tushadi.
🔽
R. ROLLAN
Nafosat — bu ma’naviy ezgulik ramzidir.
🔽
I. KANT
Ezgulik insonning ma’naviy olamidagi quyoshdir.
🔽
V. GYuGO
Hayotimining abadiy va oliy maqsadi – ezgulikdir. Yaxshilikni biz qanday tushunmaylik, hayotimizning o‘zi yaxshilikka intilishdan boshqa narsa emas.
🔽
L.N.TOLSTOY
Inson tani uchun sihat-salomatlik qanchalik zarur bo‘lsa, qalb uchun ezgulik ham shunchalik muhim: ezguliging bo‘lsa, u har ishda muvaffaqiyat keltirsa, uni sezmaysan ham.
🔽
L. N. TOLSTOY
Men ezgulikdan boshqa biror afzallikni bilmayman.
🔽
L. BETXOVEN
Ezgulikni nafrat yoki, ayniqsa, adovat bilan yuzaga chiqarib bo‘lmaydi. U faqat muhabbatdan tug‘iladi.
🔽
J. RESKIN
Kim chinakam qalb egasi bo‘lmasa, u ezgulik qilishga qodir emas: faqat xushfe’l bo‘la olishi mumkin.
🔽
N. ShAMFOR
Ezgulik — hech eskirmaydigan birdan-bir libosdir.
🔽
G. TORO
Ezgulik — shunday bir lisonki, u orqali soqovlar tilga kirib, karlar eshitishi mumkin.
🔽
K. BOUVI
Yaxshilik qilish har qanday yuksaklik sari tashlangan qadamdir; ezgulik qilmasang, bir kunmas-bir kun tubanlik seni o‘z qa’riga tortadi, yaxshilik o‘rniga yomonlik qilasan.
🔽
J.RESKIN.
Payti kelganda qattiqqo‘l bo‘lishga qurbi yetadigan odamgina ezguligi uchun maqtovga sazovardir: aks holda, irodaning bo‘shligi yoki faolsizligidan kelib chiqadigan muloyimlik ham ezgulik bo‘lib tuyulishi mumkin.
🔽
F. LAROShFUKO
Ezgulik — ilm emas, u faoliyatdir.
🔽
R. ROLLAN
Yasama ezgulikdan yomoni yo‘q. Oshkora yomonlikdan ko‘ra odam yasama ezgulikdan ko‘proq nafratlanadi.
🔽
L. N. TOLSTOY
Inson ezgulikni va ulug‘likni orzu qilishi kerak.
🔽
A. GUMBOLDT
Vatanparvar — o‘z vatani kamoloti yo‘lida, o‘z xalqiga muhabbati tufayli ezguliklari tugul, jonini ham ayamaydigan insondir, xalqqa va vatani ozodligi, farovonligi uchun o‘zini qurbon qiluvchi insondir.
🔽
M. OXUNDOV
Ezgulik salgina chekinsa – bas, uning o‘rniga darhol yovuzlik mustahkamlanib oladi.
🔽
Chingiz Aytmatov
Zulmni murosasiz yomon ko‘radigan kishigina ezgulikni cheksiz sevishi mumkin.
🔽
Fridrix Shiller
San’at insonning ezgulikka, haqiqatga, komillikka g‘ayriixtiyoriy va azaliy intilishining eng go‘zal, eng qat’iy, eng quvonchli va ezgu timsolidir.
🔽
Tomas Mann
Ezgulik haqida ajoyib ma’noli maqollardan namunalar
Ezgulik qil, ezgulik topasan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ezgulik – yaxshilikning kalitidir.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ezgulik qilgan el ichida e’zoz topadi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Agar ezgulikning chegarasi bo‘lsa, u endi yaxshilik emas.
🔽
Yahudiy maqoli
Zulm ko‘rgan ezgulikning qadriga yetadi.
🔽
Ingliz maqoli
Ezgulik bilan yo‘lga chiqqan, yomonlikdan qo‘rqmas.
🔽
Arab maqoli
Ezgulik ko‘rsatayotgan kishi o‘ziga eng katta sovg‘ani beradi.
🔽
Xitoy maqoli
Ezgulik qilgan dushmandan ham izzat topadi.
🔽
Yapon maqoli
Ezgulik haqidagi barcha maqollarni saytimizning mana bu sahifasida batafsil o’qib chiqishingiz mumkin.