Sevgi haqida statuslar, eng sara ma’noli statuslar to’plami

Sevgi haqida eng sara chiroyli statuslar to'plami Barcha statuslar

Sevgi haqida statuslar, aforizmlar, hikmatli so’zlar, mashhur gaplar va iboralar, sevgi haqida eng sara chiroyli ma’noli statuslar to’plami.

Sevgi haqida eng yaxshi statuslar

Iroda, matonat yo‘q joyda sevgi-muhabbat to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas. Gohida muhabbat menga qandaydir kompyuter qurilmasiga o‘xshab ko‘rinadi. Agar ko‘zga ko‘rinmas birorta murvat ishdan chiqsa – bas, butun boshli murakkab buyum sariq chaqaga qimmat bo‘lib qoladi.

Chingiz Aytmatov

Real hayotda sevgi-muhabbat munosabatlari yo‘q bo‘lishi mumkin. Ammo uning fantaziyamizda, tasavvurimizda borligi katta ahamiyatga ega. Albatta, bu ijod uchun ham katta turtki beradi.

Chingiz Aytmatov

Erkaklarni seving. Sizning sevgingiz ular uchun juda zarur. Hatto ular buni hech qachon tan olmasalar ham. Har qanday buyuk erkakning ortida unga ishongan va chinakamiga sevgan ayol bor.

Bernard Shou

Oilada sevgi qancha kuchli bo‘lsa, sog‘lom bola tug‘ilish ehtimoli shuncha ko‘p.

Rasul Hamzatov

Nafsini tiya olmaydiganlar, taom, sharob va sevgi lazzati-ni totishda me’yorni bilmaydiganlarning huzur-halovati ko‘pga bormaydi, ular faqat yeyish yoki ichish paytidagina rohat qiladilar, ammo tiyila bilmaslik oqibatida tortadigan azoblari behisob va beadad bo‘ladi.

DEMOKRIT

Biz farzandlarimiz bilap sevgi to‘g‘risida qanchalik donolik va kamsuqumlik bilan gaplashsak, bolalarimizning kelajakdagi sevgisi ham shunchalik go‘zal bo‘ladi, biroq bu sipolik bizning bola xulqiga doimiy va muntazam ko‘rsatadigan e’tiborimiz bilan omuxta bo‘lmog‘i lozim.

A. S. MAKARENKO

Sevgida ikki xil vafodorlik bor: o‘zimiz sevgan odamdan hammavaqt muhabbatimizga loyiq yangi fazilatlarni topganligimiz uchun yoki sevgida vafodorlik — vijdon burchi, deb hisoblaganimiz uchun shunday qilamiz.

F. LAROShFUKO

Muhabbatdan to‘la-to‘kis qoniqib bo‘lmaydi, sevgidan to‘la qoniqish yo‘lini topolgan kishi esa ayanchli bo‘lur edi: bundan kelib chiqadigan yagona xulosa shuki, hech qanday bitta narsa insonning ko‘p istak va matlablarini qondira olmaydi.

V. G. BELINSKIY

Ayol muhabbatidan judo bo‘lgan odam bu sevgini saqlab qololmagani uchun faqat o‘zinp ayblashi lozim.

N. A. DOBROLYuBOV

O‘tni yallig‘lantirib turish uchun yoqilgi zarur bo‘lganidek,sevgiga ham teran mazmun kerak.

V. G. BELINSKIY

Muhabbatga hayotning shiddatli sinovlari ham, sevgi qanday boshlanganligi xususidagi jonli xotirotlar ham bab-baravar zarurdir.

A. A. FADEEV

Izzat-hurmatsiz sevgi uzoqqa bormaydi, yuksaklikka ham ko‘tarila olmaydi: u bir qanotli farishtadek gap.

A. DYuMA (o‘g‘li)

Sevgidagi vafodorlik — bu o‘zimiz ko‘ngil bog‘lagan odam-dagi barcha fazilatlarga birma-bir qiziqish uyg‘otadygan, uning goh u qirrasi, goh bu qirrasini afzal qilib ko‘rsatadigan abadiy beqarorlikdir; shu tariqa vafodorlik beqarorlikka aylanadi, ammo u bir kishiga qaratilgan bo‘ladi.

F. LAROShFUKO

Sevgi bitta, soxta sevgilar esa minglab.

F. LAROShFUKO

Soxta sevgi nafratdan ham battar.

PLINIY

Sevgi yoki do‘stlik bobidagi qo‘rqoqlik bema’nilik va buning ustiga shaxsiyatparastlikdan iborat bo‘lur edi, eng avvalo o‘zimizdagi, qolaversa, sevganimiz insondagi barcha tuyg‘ularni mahv etgan bo‘lur edi.

J. SAND

Sevgi nigohi shundayki, unga mis — oltin bo‘lib, qashshoqlik — boylik bo‘lib, yilt etgan uchqun — dur bo‘lib ko‘rinadi.

M. SERVANTES

Sevgi hamisha unga bo‘lgan ishonchdan ko‘ra ustun turadi. Har kuni takrorlanadigan. «Seni qanday sevishimni bilsang edi!»— degan so‘zlarga naqadar teran va cheksiz-chegarasiz haqiqat jamlangan.

V. GUMBOLDT

Sevgi yo‘lidagi har qanday g‘ov uni faqat kuchaytiradi.

V. ShEKSPIR

Qarshilikdan qo‘rqqan sevgi — sevgi emas.

J. GOLSUORSI

Sevgi haqida qiziqarli statuslar

Sevgi haqida qiziqarli statuslar

    Insoniyatni istaganingcha sevaver, ammo javob sevgisini kutma.

    Sevgi qoidasi: muqaddima qancha uzun bo‘lsa, ishqiy sarguzasht shuncha qisqa bo‘ladi.

    Sevgida uchta tinish belgisi bo‘ladi: undov, ko‘p nuqta va nuqta.

    Sevgi abadiy bo‘lishi uchun sovuqqonlik ikki tomondan bo‘lishi lozim.

    Sevgida va kinoda u faqat qisqa metrajlisini tan olardi.

    Ideal sevgi ma’budasi emas, u goho suygan kishingdan voz kechishni talab qilishi mumkin.

Romantik sevgi haqida statuslar

Romantik sevgi haqida statuslar

…Odamlar har xil tillarda gaplashadilar. Biroq, faqat bitta tilda – yurak deb atalmish zabonda sevgi izhor qiladilar, quvonadilar, sog‘inadilar.

Chingiz Aytmatov

Sevgi g‘alati bir olov. So‘nmasin desang, bor budingni unga tashlashing kerak: vaqtingni, g‘ururingni, shuuringni…

Jemil Merich

Sevishni qalb buyurdimi yoki yolg‘izlik? Rosti, sevgi deganlari nima o‘zi? Bir shamni tutatmoqmi yoxud yonayotgan otashga teginmoqmi?

Shamsi Tabriziy

Sevgi — shaxs hayotini bezovchi va nihoyasiga yetkazuvchi serhasham, nafis guldir: lekin u boshqa hamma gullarga o‘xshab bir tomoni bilan, bepoyon os-monga o‘zining eng yaxshi ko‘rinib turgan tomoni bilan ochilmog‘i zarur.

A. I. GERSEN

Sevgi erkinlik yo‘lida qurbon bo‘lishga ham tayyor.

F. ShILLER

O‘z sevgilisining kamchiliklarini ham ardoqlamagan odam o‘zini chinakam oshiq deyolmaydi.

P. KALDERON

Olamda sevgilingning siymosidan zeboroq chehra, uning ovozidan ham yoqimliroq musiqa yo‘q.

J. LABRUER

Sevgi haqida antiqa statuslar

Sevgi haqida antiqa statuslar

Jinsiy sevgi o‘z tabiatiga ko‘ra nikohni talab qiladi… Jinsiy sevgiga asoslantan nikoh o‘z tabiatiga ko‘ra individual nikohdir.

F. ENGELS

Agar faqat sevgi tufayligina vujudga kelgan nikoh axloqiy bo‘lsa, unda sevgisi davom etayotgan nikohgina axloqiydir.

F. ENGELS

Jazavali sevgidan xuddi nafratdan qo‘rqqanday qo‘rqish kerak. Muhabbatki mustahkammi, u hamisha beg‘ubor va osoyishtadir.

G. TORO

Do‘stlik, o‘rtoqlik, intilish-larning hamohangligidan mahrum bo‘lgan sevgi bachkana sevgidir.

N. A. OSTROVSKIY

Sevgini qimmatbaho buyumday avaylang. Unga bir yomonlik qildingizmi, tamom, keyingisidan ham sira yolchimaysiz.

K. G. PAUSTOVSKIY

Muhabbat sarguzashtlarida sevgining o‘zidan boshqa hamma narsa bor.

F. LAROShFUKO

Sevgidagi soxtagarchilik ijtimoiy ofatlardan biridir.

E. SENANKUR

Agar sevgini o‘lchab bo‘lsa, u qashshoq sevgidir.

V. ShEKSPIR

Sevgi haqida maqollar

Sevgi haqida maqollar

Sevgisiz yoshlik, donoliksiz qarish — yo‘qotilgan hayotdir.

Shved maqoli

Sevgi bor joyda hujum ham bor.

Frantsuz maqoli

Sevgi — olov: yonmasa — har yer qorong‘i, yonsa — kuydiradi.

Fors maqoli

Sevgisiz qiz yo‘q, o‘g‘risiz — bozor.

Nemis maqoli

Sevgi, olov va yo‘talni yashirib bo‘lmaydi.

Gruzin maqoli

Sevgi uchun arman ham turk ham barobar, qalb uchun qiz va o‘g‘il barobar, aql uchun bilimli va omi.

Arman maqoli

Qo‘rquv va sevgi bir yurakka joylasholmaydi.

Hind maqoli

Nikohning birinchi kechasi ko‘pincha sevgining so‘nggi tuni bo‘ladi.

Golland maqoli

Pul tugasa sevgi ham tugaydi.

Yapon maqoli

Gul — hayot bezagi, Sevgi — inson bezagi.

O‘zbek maqoli

Ikki pichoq bir qinga sig’mas, Ikki sevgi — bir ko’ngilga.

O‘zbek maqoli

Sevgi haqidagi barcha qiziqarli va sara maqollarni saytimizning mana bu sahifasida kuzatishingiz mumkin.

Donishmandlardan sevgi haqida statuslar

Donishmandlardan sevgi haqida statuslar

Aflotun muhabbat haqida shunday degandi: «Menimcha, odamlar muhabbatning asl qudratini anglab yetmaganlar. Agar ular buni tushunganlarida edi, sevgiga atab ulug‘vor ibodatxonalar va mehroblar qurib, qurbonlik keltirgan bo‘lardilar. Lekin birinchi galda bajarilishi lozim bo‘lgan bu vazifalarni hozirgacha hech kim ado etmadi. Axir, Eros — eng insonparvar ma’buda. U odamlarga yordam beradi, shuningdek, insoniyatni dardu alamlardan forig‘ etib, buyuk saodatga noyil etadi».

Aflotun (Platon)

Sevgiga aniq ta’rif berib bo‘lmaydi. Sevgi qalb uchun hokimlik qilish istagi, aql uchun ichki o‘xshashlikka intilish istagi, tana uchun esa egalikka intiluvchi nozik va pinhoniy istakdir.

Fransua de Laroshfuko

Sevgi hech qachon qarimaydi. Kiprik to’kilishi, soch oqarishi, yonoqlardan nur ketib, ajin tushishi mumkin, ammo sevgan qalb hech qachon qishning ayozli kunlarini his qilmaydi. Unda hamon yozning tafti ufurib turgan bo’ladi.

Leonardo da Vinchi©.

Statuslarni baholang
( 11 assessment, average 3.45 from 5 )
Fikr bildirish

  1. Farzona Rustamova

    Rahmat manga juda ham yoqdi

    Javob berish
  2. gulmiratursunova011@gmail.com

    Sevgini yurakda saqlash kerak,
    Boshqalarning oʻzida emas.

    Javob berish