Kitob – insoniyatning eng qadimiy do’sti, bilim va ma’naviyat manbai. Kitoblar bizni yangi dunyolar bilan tanishtiradi, hayotning chuqur haqiqatlarini ochib beradi va bizga o’zimizni anglashda yordam beradi.
O’qish nafaqat bilim orttirishning asosiy vositasi, balki tafakkur qilish va dunyoqarashni kengaytirishning eng samarali yo‘lidir. Quyida kitob haqidagi eng yaxshi statuslar va hikmatli so’zlarni taqdim etamiz. Ushbu fikrlar sizga kitob o’qishga bo’lgan muhabbatni kuchaytiradi va bilimga intilish uchun ilhom beradi.
Kitob haqida o’zbek ziyolilaridan statuslar va hikmatli so’zlar
Kitob — boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani.
🔽
Asqad Muxtor
Ma’qul ko‘rgan kitobingni duch kelgan odamga aytaverma — kimligingni bildirib qo‘yasan.
🔽
Xurshid Do‘stmuhammad
Kitobga rashk (qilish) karamli ishlardan, balki u oilaga rashk qilishning hamshirasi.
🔽
Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Xorazmiy
Yaxshi ko‘rgan kitobni o‘qish qayg‘u zahariga qarshi doridir.
🔽
Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Xorazmiy
Kishiga dunyoni ko‘rmoq uchun ko‘z berilgan, uni eshitmoq va sezmoq uchun quloq va sezgilar berilgan. Olamni bilish uchun esa odamzodning tafakkuri bor. Inson dunyoga kelib dunyoni bilishga intiladi. Ko‘z bilan ko‘rish uchun mashaqqatlar chekib olam kezadi, ohanglarni eshitish, zavqlana bilish uchun musiqa o‘rganadi. O‘tmishu bugunni yorqinroq tasavvur etish, ertani xayol bilan qamrash uchun bolalikdan yillab mehnat qilib savod o‘rganadi, kitob o‘qiydi, Chunki kitob insonga Alloh tomonidan mo‘jizadek hadya etilgan tafakkurni yorituvchi mash’aldir.
🔽
Erkin Vohidov
Hikoya yozganda ham, yozayotganda ham o‘zingni erkin his etasan, nafsilambri, “Kitob o‘zi uchun o‘zi javob beradi”, deganlaridek, hikoyaning o‘zi ham har bir asar kabi o‘ziga xos bir olam, sen – yozuvchi — shu olam ustidan turib, undagi o‘zing bino etgan sarguzashtlarni, Flober aytmish “insonlar taqdirini kuzatuvchi xudo singari kuzatasan”, lekin, albatta, ular ishiga hadeb bosh suqavermaysan.
🔽
Shukur Xolmirzayev
Aqlni ota-onangdan topolmagan bo‘lsang, ko‘chadan qidirma, kitobdan qidir, ustoz-muallimdan qidir. Bulardan ham topolmasang, Qur’oni karimdan qidir, hadisi sharifdan qidir! Demak, sen iymonga muhtojsan!
🔽
Azimjon Qosimov
Ba’zi olti yuz betlik kitobdan ikki qator xalq maqoli afzaldir.
🔽
Tilab Mahmudov
Yaxshi kitob – beg‘araz ustoz
🔽
Mansurxon Toirov
O‘qigan kitobingizdan bir jumla bo‘lsa ham yozib qo‘ying
🔽
Mansurxon Toirov
…shaxsan men kitobxonni bir yoqqa torta bilgan, uning didiga mo‘ljallab – unga asarini nima qilib bo‘lsa ham yoqtirish maqsadida emas, o‘sha didni bir bahya bo‘lsa-da ko‘tarish niyatida ter to‘kkan yozuvchilarni sevaman.
🔽
Shukur Xolmirzayev
Hayot magnit — o‘ziga tortadi, yozuvchi shu magnitni o‘ziga yuqtira olsagina kitobxonni o‘ziga torta oladi.
🔽
Abdulla Qahhor
Semiz kitobning yuragi yaxshi tepmaydi…
🔽
Abdulla Qahhor
Kitob haqida eng mashhur statuslar, hikmatlar va dono gaplar
Ma’lumki, ko‘p hollarda g‘oyaviy suhbat degani shundan iboratki, har xil kitobchalarning sarlavhalari yodaki beriladi.
🔽
G. SENKEVICh
Odamlarning xulq-atvori kitobdagi izohlar singari ularning eng muhim fazilatlarini belgilab beradi.
🔽
D. TOMAS
Kitoblardan olinmaydigan donishmandlikni azob-uqubat va g‘am-g‘ussadan zarralab yig‘ib olish bizning qismatimizdir.
🔽
N. V. GOGOL
Insonni uning shaxsiy ma’naviy faoliyati, boshqacha aytganda, boshqa odamlardan yoki kitoblardan bilganlarini o‘zicha, mustaqil o‘ylashi, boshidan kechirishi, his eta bilishi o‘qi-mnshli qiladi.
🔽
RUBAKIN
Tashqi go‘zallik o‘zining pinhoniy ichki olami bilan yanada qimmatlidir. Kitob muqovasi zarhalli bo‘libgina qolmay, ichidagi mazmuni ham oltinga teng bo‘lsa, u alohida ahamiyat kasb etadi.
🔽
V. ShEKSPIR
Yo‘qlik qa’riga ketgan xalqlar va taraqqiyotdan qolgan yagona meros — ehtimol insonparvarlikdir, bu demak — kitoblar, xalq naqllari, marmar obidalar va me’morchilik yodgorliklaridir.
🔽
L. N. TOLSTOY
Har bir kishi — butun bir kitobdir, hamma gap uni o‘qiy olishda.
🔽
U. ChENNING
Men uchun insondan qimmatliroq biron-bir kitobiy haqiqat yo‘q. Inson demak o‘ziga butun bir olamni olib yuradigan jonu jahondir va u abadul-abad yashasin.
🔽
M. GORKIY
Hikmatli so‘z kitoblari aqlning mustaqil faoliyatiga nafaqat tazyiq o‘tkazadi, aksincha, mustaqil faoliyatga chorlaydi.
🔽
L. N. TOLSTOY
Lo‘nda fikrlarning afzalligi shundaki, ular jiddiy kitobxonni o‘zicha o‘ylashga majbur etadi.
🔽
L. N. TOLSTOY
Maqolga aylanib ketgan yoki alifbe va kitoblarni bezab turuvchi ko‘pgina haqiqatlar agar biz uchun jonsizdek va siyqa gapdek tuyulmaganda edi biz nihoyatda aqlli va juda baxtli odamlar bo‘lardik.
🔽
D. I. PISAREV
Hamma narsani o‘qiyverish yaramaydi, dilda tug‘ilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina o‘qish kerak.
🔽
Lev Tolstoy
Kitob – tirik jon. Begona qo‘l bilan qilingan har qanday jarrohlik amaliyoti, har qanday o‘zgarish uni mayibga aylantiradi. Balki u yaxshilanar, lekin baribir ilgarigi kitob bo‘lmaydi!
🔽
Gyustav Flober
Chinakam o‘quvchi kitobni qo‘liga olgach, o‘zini kashf etadi, o‘zidagi ilohiy iste’dodni – hamdardlik, odamiylik iste’dodini yuzaga chiqaradi. Agar ba’zi-ba’zida shu hol yuz beradigan bo‘lsa, demak, kitob o‘z ishini bajaribdi – boshqalarning fikri, tuyg‘usi, orzusi va xatti-harakatiga aylanibdi. Demak, u o‘quvchilarning intilish va irodasi bilan nimalardir qila oladi – xalq, hayot va dunyoni yaxshi tomonga siljita biladi.
🔽
Chingiz Aytmatov
Tarjimon tug‘ma iste’dod egasi bo‘lishi kerak. U kitobdagi eng muhim va eng yaxshi jihatni ko‘rishi va ko‘rsata bilishi zarur.
🔽
Heynrix Heyne
Kelajakda ham kitobning o‘rnini hech narsa egallay olmaydi, xuddi o‘tmishda egallay olmaganidek.
🔽
Ayzek Azimov
Agar o‘zingizda kitobni ochishga yetgulik kuch topolmayotgan bo‘lsangiz, bemalol og‘ir atletika bilan shug‘ullansangiz bo‘ladi.
🔽
Viktor Tomilov
Kitob javoniga “dafn qilingan” kitobni dunyo yuzini ko‘rdi deb hisoblash mumkinmi?
🔽
Viktor Tomilov
Inson qo‘lidagi turli-tuman qurol-yaroq, asbob-uskunalar orasida eng g‘aroyibi, shubhasiz, kitob sanaladi. Qolganlarini uning jismoniy davomi, deyish mumkin. Mikroskop va teleskop — ko‘zning davomi, telefon — ovozning, omoch va qilich — qo‘lning. Biroq kitob — butunlay boshqa narsa, kitoblar — xotiralar va tasavvurlarning davomidir.
🔽
Shouning “Sezar va Kleopatra”sida Aleksandriya kutubxonasi haqida so‘z boradi va uni insoniyat xotirasi jamlangan koshona, deyishadi. Darhaqiqat, kitob odamzotning xotirasi xazinasidir.
Shouning “Sezar va Kleopatra”sida Aleksandriya kutubxonasi haqida so‘z boradi va uni insoniyat xotirasi jamlangan koshona, deyishadi. Darhaqiqat, kitob odamzotning xotirasi xazinasidir.
🔽
Inson qo‘lidagi turli-tuman qurol-yaroq, asbob-uskunalar orasida eng g‘aroyibi, shubhasiz, kitob sanaladi. Qolganlarini uning jismoniy davomi, deyish mumkin. Mikroskop va teleskop — ko‘zning davomi, telefon — ovozning, omoch va qilich — qo‘lning. Biroq kitob — butunlay boshqa narsa, kitoblar — xotiralar va tasavvurlarning davomidir.
🔽
Xorxe Luis Borxes
Bir gal Bernard Shoudan siz Injilni Muqaddas Ruh yozgan deb hisoblaysizmi, deya so‘rashganda u: “Barcha zamonlarda o‘qiladigan har qanday kitob Ruh tomonidan yaratilgan bo‘ladi”, deb javob bergan ekan. Ya’ni kitob uning muallifidan keyin ham umrini davom ettirishi kerak. Muallifning maqsadi — bu insoniy maqsad, xolos, yozuvchi adashishi mumkin, biroq asarda ulkan umuminsoniy maqsadlar bo‘lishi kerak. Chunonchi, “Don Kixot” — faqat ritsarlik romanlariga kinoya emas. Bu mutlaq mukammal, yaxlit matn, unda tasodiflarga o‘rin qolmagan.
🔽
Xorxe Luis Borxes
Kitob — yolg‘izlik ummonida cho‘kib ketayotgan odam uchun qutqaruv belbog‘i.
🔽
Ramon Gomes de la Serna
Kitobdan emas, kitobsizlikdan qo‘rqing.
🔽
Jemil Merich
Kitob istiqbolga yo‘llangan maktubdir… Bashang kiyingan hayajon, mo‘miyolangan tafakkur…
🔽
Jemil Merich
Majhulga ochilgan eshiklardir, kitoblar: ertaklarga, sirlarga, abadiyatga…
🔽
Jemil Merich
Millionlab kitobxonga ega bo‘lishga umid qilmagan yozuvchi biron satr ham yozmasligi lozim.
🔽
Gyote
Kitobim, sen tantanali qabul marosimlaridagi kishilarga o‘xshama. Senda taomildagi so‘zlar emas, mayli, faqat mening fe’l-atvorimga xos so‘zlar bo‘lsin.
🔽
Rasul Hamzatov
O‘zing bilgan narsalar haqida yoz. Bilmagan narsalaringni boshqa kitoblardan o‘qi.
🔽
Rasul Hamzatov
Kitob o‘qishdan oldin o‘zimizni o‘qishni o‘rganaylik.
🔽
Mavlono Jaloliddin Rumiy
Kitob haqida eng sara maqollar to’plami
Kitobning ko‘p bo‘lsa, dushmaning yo‘q.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kitobga do‘st bo‘lgan odam, aqlga do‘st bo‘ladi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kitobli uy — nurli uy.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Tugatilmagan kitob — oxiriga yetilmagan yo‘l.
🔽
Xitoy maqoli
Yangi kitobni o‘qish — yaxshi do‘st topish, kitobni qayta o‘qish — eski tanishingni uchratish.
🔽
Xitoy maqoli
Ba’zida yomon kitobning ham nomi chiroyli bo‘lishi mumkin.
🔽
Golland maqoli
Kitobsiz uy ko‘zsiz odamga o‘xshaydi.
🔽
Buryat maqoli
Yaxshi kitobdan ortiq haqiqiy do‘st yo‘q.
🔽
Ingliz maqoli
Kitob haqidagi shu va boshqa eng yaxshi maqollar saytimizning ushbu sahifasida batafsil tanishishingiz mumkin.