Boylik haqida donolar aytgan hikmatli so’zlar va maqollar har bir xalqning madaniyati va qadriyatlarini aks ettiradi. O’zbek va jahon xalqlari orasida boylikning ahamiyati, uni qanday baholash va hayotga munosabat haqida turli xil maqollar mavjud.
Quyida boylikka oid eng mashhur va chuqur ma’noga ega o’zbek va jahon maqollarini taqdim etamiz.
Boylik haqida eng sara o’zbek xalq maqollari
O’zbek xalqining boylik va farovonlikka oid maqollari inson hayoti, qadriyatlari va omadga bo’lgan qarashlarini yoritib beradi. Ushbu maqollar boylikning nafaqat moddiy, balki ma’naviy jihatlarini ham aks ettiradi. Quyida boylik haqida eng mashhur va chuqur ma’no kasb etuvchi o’zbek xalq maqollarini keltiramiz.
Boylik boylik emas, Ahillik — boylik.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Elga el qo‘shilsa — el boyligi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boylik — bir oylik.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Topganing — boyliging, Boyligingmas, oyhging.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yer boyligi — el boyligi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Uch oylik ko‘kcha — boylik.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
do‘sting — boyliging.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
do‘stlik — barcha boylikdan afzal.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Xalq do‘stligi — yurt boyligi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Aqldan ortiq boylik yo‘q.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning bir to‘ygani — Chala boyigani. Kambag‘alning boyligi — tanining sog‘ligi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boylik o‘zingga dushman.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Bo‘yoqning yaxshisi — bo‘zchining boyligi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yer boylikning onasi bo‘lsa, Otasi — mehnat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
🔽
O‘zbek xalq maqoli
mehnatning ko‘zini topgan Boylikning o‘zini topar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Harakating — sog‘liging, mehnating — boyliging.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Hurmat — bitmas boylik.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
muhabbat boylikka boqmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ro‘zg‘or o‘lchov bilan, Boylik tejov bilan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boylik ketsa ketsin, Or-nomus ketmasin.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Chin boylik — imon boyligi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boylik murod emas, Yo‘qlik uyat emas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Asl boylik — qanoat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Doʼnonning toyligi boʼlmas, Nokasning — boyligi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
o‘limdan achchiq narsa yo‘q, Shodlikdan ortiq boylik yo‘q.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Nokasning boyligi bo‘lmas, Do‘nonning toyligi bo‘lmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boylik ushoqdan yig‘ilar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boylik, boylik tubi o‘g‘irlik.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
O‘g‘ri boylik topsa, baxtidan ko‘rar, To‘g‘ri boylik topsa, mehnatdan ko‘rar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
o‘limdan achchiq narsa yo‘q, Shodlikdan ortiq boylik yo‘q.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boylikning boshi — sog‘liq.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Bola sog‘ligi — ona boyligi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
salomatlik — tuman boylik.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
El sog‘ligi — yurt boyligi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
So‘zning boyligi — odamning chiroyligi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Er boyligi — yo‘lda, So‘z boyligi — tilda.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Bars yili — boylik, Quyon yili — qahatchilik.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boylik haqida turli xalqlardan ajoyib maqollar
Turli xalqlarning boylikka oid maqollari insoniyatning turfa qarashlari va tajribalarini o’zida mujassam etadi. Har bir xalq boylikni turlicha baholaydi, biroq ular orasida hayotiy donolik va chuqur ma’no yashiringan. Quyida turli xalqlar tomonidan aytilgan va boylikning mohiyatini aks ettiruvchi eng ajoyib maqollarni keltiramiz.
Harom boylikdan halol qashshoqlik afzal.
🔽
Makedon maqoli
Boylik ilk bo‘rongacha, pahlavonlik ilk o‘qqacha.
🔽
Qalmoq maqoli
Hunardan ortiq boylik yo‘q.
🔽
Qalmoq maqoli
Oziga shukr qilish — katta boylik.
🔽
Fors maqoli
Boylik mulkda emas, iste’dodda.
🔽
Fors maqoli
Odam boylikni doim topa oladi, boylik odamni topa olmaydi.
🔽
Fors maqoli
Kulfat kelganda aqling ortadi, boyliging emas.
🔽
Fin maqoli
Bolaning boyligi — ota-onasi.
🔽
Tojik maqoli
Xasisning boyligini yuz marta sanash kerak.
🔽
Nepal maqoli
Haromdan kelgan boylik oson sovriladi.
🔽
Lezgin maqoli
Katta boylikdan ko‘ra dononing birgina so‘zi qadrli.
🔽
Lak maqoli
Yaxshi maslahat — boylik.
🔽
Keniya maqoli
Fazilat boylikdan afzal.
🔽
Keniya maqoli
Boylikning ko‘zi ko‘r, u pashshaga o‘xshaydi: goh tezakka qo‘nadi, goh gulga.
🔽
Gruzin maqoli
O‘rganish boylikdan afzal.
🔽
Gruzin maqoli
Boylikning qadrini uni topganda bilasan, do‘stning qadrini — yo‘qotganda.
🔽
Gruzin maqoli
Qalb xotirjamligi barcha boylikdan ustun.
🔽
Bengal maqoli
baxt boylikda emas, aqlda.
🔽
Bengal maqoli
Sog‘likni boylikka sotib olib bo‘lmaydi.
🔽
Belorus maqoli
Boylik qanchalik ko‘p bo‘lmasin, uning oxiri bor.
🔽
Afg‘on maqoli
Oqilning boyligi — ilmida, nodonning boyligi — pulida.
🔽
Arab maqoli
Boylik bilan aql sotib ololmaysan.
🔽
Chechen-ingush maqoli
Boylikni bexuda sarflagandan ko‘ra, boy bo‘lmagan afzal.
🔽
Italyan maqoli
Kambag‘allikni berkitib, boylikni yashirib bo‘lmaydi.
🔽
Xitoy maqoli
Boylik yoningda tursa ham uni noinsof yo‘llar bilan olma, qiyinchilik yaqin bo‘lsa, undan qochma.
🔽
Xitoy maqoli
Birovning boyligi va o‘z aqling doim oshirib gapiriladi.
🔽
Hind maqoli
Mo‘tadillik — katta boylik.
🔽
Hind maqoli
Yaxshi nom barcha boyliklardan afzal.
🔽
Daniya maqoli
Sayoq kezmasa — zerikadi, yotag‘on yotmasa — kasal bo‘lib qoladi, kambag‘al boyligi bilan maqtanmasa — siqilib qoladi.
🔽
Tay maqoli
Yoshlikda boylik orqasidan quvma.
🔽
Tay maqoli
🔽
Yapon maqoli
Ishyoqmasga bir tog‘ boylik ham yetmaydi.
🔽
Yapon maqoli
Tog‘lar balandligi bilan emas, daraxtga boyligi bilan qadrli.
🔽
Yapon maqoli
Katta boylik insonni itga aylantiradi.
🔽
Darg‘in maqoli
Erning boyligi — xotinning mehnati.
🔽
Vetnam maqoli
O‘g‘itsiz dala — boyliksiz odam.
🔽
Vetnam maqoli
Qarilarning sog‘ligi — yoshlarning boyligi.
🔽
Vetnam maqoli
Boylikni odam yaratadi, boylik odamni yaratmaydi.
🔽
Vetnam maqoli
Boy boylikdan, botir kurashdan to‘ymaydi.
🔽
Buryat maqoli
Qarz yo‘qligi — boylik, salomatlik — baxt.
🔽
Buryat maqoli
Ilmdan ortiq boylik yo‘q.
🔽
Buryat maqoli
bebaho boylik – tarbiya.
🔽
Adigey xalq maqoli
Boylik bulutning soyasi kabidir.
🔽
Qadimgi Hind maqoli
Birovning boyligi va o‘zingning aqling doim orttirib ko‘rsatiladi.
🔽
Qadimgi Hind maqoli
Sog‘liksiz boylik hech narsadir.
🔽
Ingliz maqoli
Boylik uchib ketadi, hurmat-ehtirom qoladi.
🔽
Ingliz maqoli
Boylik haqida hikmatli so’zlar va dono fikrlar
Boylik nafaqat moddiy boylik, balki inson qalbi va ongidagi boylik bilan ham o’lchanadi. Ko’plab donishmandlar va faylasuflar boylikning asl mohiyati haqida chuqur fikrlar bildirganlar. Ushbu hikmatli so’zlar boylikka turlicha yondashuvlarni va hayotiy donolikni aks ettiradi. Quyida boylik haqida eng dono fikrlar va hikmatli so’zlarni taqdim etamiz.
🔽
Alisher Navoiy
Boylikni ortidan emas, ilm ortidan quv, chin boylik ilmda.
🔽
Ahmad Yassaviy
Haqiqiy boylik – olgan bilimingdir, qolgan hammasi – o’tkinchidir.
🔽
Beruniy
Yaxshi xarakter butun umrga yetadigan boylikdir.
🔽
U. GEZLITT
Namaiki mehnatsiz, o‘ng‘ay orttirilgan bo‘lsa, u harqalay shubha qilishga arziydigan omonat boylikdir.
🔽
L. M. LEONOV
Odam tabiatan qiziq yaratilgan — boyligini yo‘qotsa xafa bo‘ladiyu umri zoye ketayotganiga esa parvo qilmaydi.
🔽
ABUL FAROJ
Millatning muhim boyligi — xalqning ma’naviy qiyofasidir.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
vaqt, mehnat, halollik, bilim, o‘zni qo‘lga ola bilish, kishining jismoniy, aqliy va axloqiy qudrati — har qanday boylikning sababchisi mana shulardir.
🔽
K. D. UShINSKIY
Xudodan boylik so‘radim. U menga Islomni berdi.
🔽
Muhammad Ali
Haqiqiy boylik – hayotning o‘zi va qizg‘in faoliyatdir
🔽
Jak Iv Kusto
Boylik haqida shu va boshqa eng yaxshi statuslarni saytimizning mana bu sahifasida ko’rib chiqishingiz mumkin.