Boylik va muvaffaqiyat insoniyat tarixida har doim muhim mavzular bo’lib kelgan. Turli madaniyatlar, donishmandlar va shoirlar boylikning asl mohiyatini anglash va uni to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirish uchun hikmatli so’zlar qoldirishgan.
Ushbu postda boylik haqida eng hikmatli va ruhlantiruvchi fikrlar bilan tanishishingiz mumkin. Ushbu so’zlar hayotga va boylikka bo’lgan qarashingizni yangilashga, o‘z ichki dunyongizni boyitishga ilhom beradi.
Boylik haqida o’zbek ziyolilaridan eng hikmatli iboralar
🔽
Alisher Navoiy
Chin boylik – bu sog’lik va aql boyligidir, mol-mulk esa vaqtinchalikdir.
🔽
Abu Ali ibn Sino
Boylik – qo’lga kelganida qadri yo’q, qo’ldan chiqqanda esa bir umr afsusga aylanar.
🔽
Bobur
Boylikni ortidan emas, ilm ortidan quv, chin boylik ilmda.
🔽
Ahmad Yassaviy
Boylik – iymon va aqlning qadrini bilgan kishiniki.
🔽
Abdurauf Fitrat
insonning haqiqiy boyligi – uning ilm va ma’naviyatidadir.
🔽
Forobiy
Haqiqiy boylik – olgan bilimingdir, qolgan hammasi – o’tkinchidir.
🔽
Beruniy
inson o’zini boy his qilishi uchun qo’rqmasligi kerak. Qo’rquv – haqiqiy boylikni o’ldiradi.
🔽
Mirzo Bedil
Boylik yomon kimsada bo’lsa, u o’sha insonni yana tubanroq qiladi.
🔽
Ogahiy
Boylik to‘plaganning amalini to‘g‘ri yo‘lga sarflash – bu ham savob.
🔽
Cho‘lpon
Boylik shunday narsa – u insonni balandlarga olib chiqishi yoki tubanlikka tushirishi mumkin.
🔽
Fitrat
Mol-dunyoni inson boshqarishi lozim, aks holda, boylik o’zi insonni boshqaradi.
🔽
Fuzuliy
Boylik ahmoq kishiga kelganda, ko’proq zarar yetkazadi.
🔽
Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” asaridan
Boylikka hirs qo‘ygan odam hech qachon haqiqiy baxtni topolmaydi.
🔽
Behbudiy
insonning haqiqiy boyligi – o’zining farzandlariga qoldiradigan ilm va tarbiyadir.
🔽
Said Ahmad
insonning boyligi ko’nglining pokligiga bog’liqdir.
🔽
odobiy
Boylik bir umr baxt keltiradi, deb o’ylama; haqiqiy boylik – odamgarchilikdir.
🔽
Hamid Olimjon
Yuragingdagi poklik – chin boylikdir, mol-dunyo esa – bu yolg’ondir.
🔽
Shayx Najmiddin Kubro
Boylik faqat mol-mulk emas, balki bilim va yaxshi amaldir.
🔽
Said Nursiy
insonning chin boyligi – bu yaxshi nom qoldirish va xalqqa xizmat qilishdir.
🔽
Shukur Xolmirzayev
kitob — boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani.
🔽
Asqad Muxtor
Kambag‘alning boyligi — sabr.
🔽
Xurshid do‘stmuhammad
Boylik haqida jahonga mashur kishilarning hikmatli so’zlari va dono fikrlari
Sog‘lik — boylikdan a’lo.
🔽
J. REY
O‘z qadr-qimmatini bilmasdan turib, ma’naviy boylikka yetishishni tasavvur qilish qiyin.
🔽
V. A. SUXOMLINSKIY
Yaxshi xarakter butun umrga yetadigan boylikdir.
🔽
U. GEZLITT
Mazmunidan qat’i nazar, xarakterning kuchliligi hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan qimmatbaho boylikdir. Xarakter kuchi faqat qalbning tabiiy manbalaridan olinadi, tarbiya butun insoniy fazilatlar manbai bo‘lgan ana shu kuchni hamma narsadan ham ko‘proq asramog‘i lozim.
🔽
K. D. UShINSKIY
sevgi nigohi shundayki, unga mis — oltin bo‘lib, qashshoqlik — boylik bo‘lib, yilt etgan uchqun — dur bo‘lib ko‘rinadi.
🔽
M. SERVANTES
bilim — biz yashayotgan dunyoning mutlaq qimmatli boyligi. O‘qimoq zarur, bilmoq zarur. Bilib bo‘lmaydigan narsa yo‘q, biz bilib olinmagan narsalar xususidagina gap yuritishimiz mumkin.
🔽
M. GORKIY
E’tiqod o‘z tabiatiga ko‘ra faolsiz ma’naviy boylik bo‘lolmaydi.
🔽
V. A. SUXOMLINSKIY
Ma’naviy boyligingiz qanchalik mustahkam bo‘lsa, fikringiz, so‘zingiz, ishingiz ham o‘zaro shunchalik chambarchas bog‘lanib ketgan bo‘ladi.
🔽
N. I. PIROGOV
Jamiyatning butun boyligi beistisno o‘sha jamiyat mehnati bilan belgilanadi.
🔽
D. I. PISAREV
Namaiki mehnatsiz, o‘ng‘ay orttirilgan bo‘lsa, u harqalay shubha qilishga arziydigan omonat boylikdir.
🔽
L. M. LEONOV
🔽
L. VOVENARG
Boylik yaratmay turib undan foydalanishga haqqimiz bo‘lmaganidek, baxt keltirmay turib uni baham ko‘rishga ham haqimiz yo‘q.
🔽
B. ShOU
Boylik — shunday narsaki, usiz ham baxtli yashash mumkin. Ammo farovonlik — baxtiyor yashash uchun zarur shart.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
Tezkor vaqt, qaytib kelmaydigan vaqt insonning eng qimmatbaho boyligidir, binobarin, uni yelga sovurmoq borib turgan talon-torojlikdir.
🔽
S.MOEM
Odam tabiatan qiziq yaratilgan — boyligini yo‘qotsa xafa bo‘ladiyu umri zoye ketayotganiga esa parvo qilmaydi.
🔽
ABUL FAROJ
Bizning boyligimiz sihat-salomatlik, oddiy turmush tarzi, erkinlik, tan va ruhning mustahkamligi, yaxshillika mehr… qo‘shnilar bilan ahillik, do‘stlarga bog‘liqlik… omadi kelganda mag‘rurlanmaslik, osoyishtalik, muloyimlik, baxtsizlikdan hayiqmaslik, xushomadgo‘ylikka nafratdir.
🔽
F. FENELON
Kollektivning tarbiyaviy kuchi haqida g‘amxo‘rlik qilish — bu kollektivdagi har bir kishining ma’naviy boyligi va kamoloti haqida, o‘zaro munosabatlarning boyishi haqida qayg‘urishdan boshqa narsa emas.
🔽
V. A. SUXOMLINSKIY
Jamiyat boyligi uni tashkil etgan shaxslarning rango-rangligidan tarkib topadi, chunki tarbiyaning oliy maqsadi — insonning o‘zi.
🔽
V. A. SUXOMLINSKIY
Millatning muhim boyligi — xalqning ma’naviy qiyofasidir.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
Taraqqiyotning chinakam belgisi — boylik yoki ta’lim darajasi emas, shaharning kattaligi emas, hosilning mo‘l-ko‘lligi ham emas, balki shu o‘lka bag‘rida tarbiya topgan inson qiyofasidir.
🔽
R. EMERSON
vaqt, mehnat, halollik, bilim, o‘zni qo‘lga ola bilish, kishining jismoniy, aqliy va axloqiy qudrati — har qanday boylikning sababchisi mana shulardir.
🔽
K. D. UShINSKIY
Olg‘a intilgan har bir kishi o‘tmish va o‘z davri boyliklaridan foydalanishi turgan gap.
🔽
A. DISTERVEG
Xudodan boylik so‘radim. U menga Islomni berdi.
🔽
Muhammad Ali
…Zamindan mahrum qilish mumkin, boylikdan mahrum qilish mumkin, hayotdan ham mahrum qilish mumkin. Lekin inson xotirasiga tajovuz qilish… chidab bo‘lmas fojiadir.
🔽
Chingiz Aytmatov
Har bir yangi egallangan til har qanday odamning bebaho boyligidir.
🔽
Chingiz Aytmatov
Olmon tili aslida boy, lekin so‘zlashuv tilida ana shu boylikning o‘ndan biridangina foydalanamiz. Frantsuz tili esa aslida kambag‘al, lekin frantsuzlar og‘zaki nutqda uning bor imkoniyatidan foydalana oladi, shu bois ham amalda so‘zamollar.
🔽
Heynrix Heyne
Butun boyligimni xotinimga vasiyat qilaman. Faqat bir shart bilan: u mendan keyin turmushga chiqishi kerak. Shunda dunyoda bitta bo‘lsa ham mening o‘limimga yig‘laydigan erkak bo‘ladi.
🔽
Heynrix Heyne
Cheksiz umid va ishtiyoq yoshlikning asosiy boyligidir.
🔽
Rabindranat Tagor
Haqiqiy boylik – hayotning o‘zi va qizg‘in faoliyatdir
🔽
Jak Iv Kusto
suvda yoki quruqlikda bajarayotgan amallarimizning qadr-qiymati boylikka intilish bilan emas, insonga hurmat ko‘rsatish bilan baholanishi kerak. Dengiz ustida ham, tubida ham asosiy tashvishimiz insoniyatning kelajagi bo‘lishi zarur
🔽
Jak Iv Kusto
Men hali ham faqir faqirligidan uyalmaydigan, balki boy boyligi bilan faxrlanishdan uyaladigan jamiyatni orzu qilaman
🔽
Jubron Xalil Jubron
Boylik haqida saralangan chiroyli maqollardan namunalar
Boylik — bir oylik.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
mehnatning ko‘zini topgan Boylikning o‘zini topar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boylik ushoqdan yig‘ilar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Harom boylikdan halol qashshoqlik afzal.
🔽
Makedon maqoli
Boylik mulkda emas, iste’dodda.
🔽
Fors maqoli
Katta boylikdan ko‘ra dononing birgina so‘zi qadrli.
🔽
Lak maqoli
Boylikning ko‘zi ko‘r, u pashshaga o‘xshaydi: goh tezakka qo‘nadi, goh gulga.
🔽
Gruzin maqoli
Boylik qanchalik ko‘p bo‘lmasin, uning oxiri bor.
🔽
Afg‘on maqoli
Boylikni bexuda sarflagandan ko‘ra, boy bo‘lmagan afzal.
🔽
Italyan maqoli
Kambag‘allikni berkitib, boylikni yashirib bo‘lmaydi.
🔽
Xitoy maqoli
Boylik haqida shu va boshqa eng yaxshi maqollarni barchasini saytimizning mana bu sahifasida batafsil ko’rib chiqishingiz mumkin.