Ota haqida eng yaxshi o’zbek va jahon maqollari to’plami

Ota haqida eng yaxshi o'zbek va jahon maqollari to'plami Barcha maqollar

Ota – oilaning tayanchi, hayotning sabr-matonat va mehr manbai. Har bir xalqda ota mehrini, uning fidoyiligini va kuchini ulug‘lovchi hikmatli maqollar mavjud.

O‘zbek va jahon xalqlarining maqollarida ota qadrining ulug‘ligi, hayotdagi o‘rni chuqur ifodalangan. Quyida ota haqida eng yaxshi va ma’noli maqollar to‘plamini taqdim etamiz. Bu maqollar ota mehrining naqadar beqiyos ekanligini yana bir bor yodga soladi.
Eslatib o’taman, ota-ona haqidagi jamlangan maqollar saytimizning mana bu sahifasida to’liq berildi.

Ota haqida eng yaxshi o’zbek xalq maqollari jamlanmasi

O‘zbek xalq ijodiyotida ota har doim kuch-quvvat, sabr va donishmandlik ramzi sifatida ulug‘langan. Ota mehrining qadr-qimmati o‘zbek xalq maqollarida chuqur aks etgan. Xalqimiz ota obrazida oilaning mustahkamligi va farovonligi, kelajak avlodning tarbiyasi yotganini ta’kidlaydi. Quyida ota haqida eng yaxshi o‘zbek xalq maqollari bilan tanishing:

Otang to‘ng‘iz bo‘lsa, boylab boq.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yo yering serob bo‘lsin, Yo otang mirob bo‘lsin.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otasi urmagan qo‘ng‘izni, Bolasi urar to‘ng‘izni.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Alp — otadan, zot — onadan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Botirdan «botir» chiqsa, otasi bilan olishar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otaga — mol, qizga — jamol.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ich siringni otangga ham aytma.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota dushmani do‘st bo’lmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otang qozi bo‘lsa ham, gunohkor bo‘lma.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Toy ot bo‘lganini sezmas, Yigit ota bo‘lganini sezmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Kurash bilmagan otasini yiqitar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otali o‘g‘il — xo‘jali qul.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otasiz o‘g‘ilning og‘zi katta.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yetimning otasi — yetti.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yetimning otasi ko‘p, Joniga foydasi yo‘q.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Kurash bilmagan otasini yiqitar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Och otasini bilmas, to‘q to‘g‘ralgan etni yemas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Achchig‘lansa otasi yengar, Hazillashsa — bolasi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Birni bersang otangga, Mingni olasan bolangdan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bola o‘nga kirsa, otasi songa kirar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yelka yag‘ri — otaga meros, Ota yag‘ri — o‘g‘ilga meros.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota bezori — xudo bezori.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota bola uchun taxt yasar, Baxt yasata olmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otangga qilganingni bolangdan ko‘rarsan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yaxshi o‘g‘il otadan olti botmon ziyod bo‘lar, Yomon o‘g‘il otadan olti botmon kam bo‘lar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘g‘il otasi mard bo‘lsa, Qiz otasi — bechora.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘g‘il otasiga o‘xshamasa, qoni harom.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota moli — bolaga uyutqi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Oxirini otangga berma.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota o‘lib bola qolsa — murodiga yetgani, Bola o‘lib ota qolsa — armoni ichda ketgani.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otam deb, erni tashlama, So‘ng boshingni qashlama.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otamning o‘larini bilsam, Chaksa kepakka sotib yer edim.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Kurashda otangni ayama.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dangasaga ish buyursang, Otangdan ortiq nasihat qilar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota boyligi yeiga singar, Mehnat boyligi — elga.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Erinchoq, Erinchoqqa otasining soqoli o‘yinchoq.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bola — xizmatda, ota — izzatda.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otangni ko‘rsang, otdan tush.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otasi siylamaganni bolasi siylamas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Och otasini tanimas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ustoz mehri — ota mehri.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otang temirchi bo‘lsa ham, gapni cho‘zma.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bosh bo‘lmagan uyda, Otasi turib o‘g‘li so‘zlar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota bo‘lish oson, odob berish qiyin.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota oldida kek urma, Odobingga chek urma.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota oldidan o‘tma, Odob oldidan ketma.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otang bolasi bo‘lma, Odam bolasi bo‘l.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otang ta’zirini olmay desang, Odam ta’sirini ol.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Payg‘ambar qizi bo‘lma, Otang qizi bo‘l.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otang ishga buyursa, Namozingni buzib ayt.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yaxshi bola — otaga quvvat, Yomon bola — uqubat.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘g‘irlik osh badanga yuqmas, Yomon bola ota-onaga boqmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘zim hisoblasam, qulunli biya, Otam bilan hisoblasam, bo‘tali biya.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota bilan orsiz talashar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bog‘da bitgan gilosim, Otamdan qolgan merosim.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yetim bo‘lmay, ota qadrini bilmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Men — aziz, otam — mendan aziz.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota-bola — bir bog‘, Biri — gul, biri — bog‘bon.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota — xazina, aka-uka — tayanch, Do‘st esa — har ikkovi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otadoshim, otga min, Otasi boshqa, otdan tush.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otangni sog‘insang, tog‘angni ko‘r.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘gay ota o‘kirar, Yuragidan bo‘kirar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Har kim har nima deydi, Qiz otasi bir nima deydi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otang bilan maqtanma, Oting bilan maqtan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otang erdir, Sen ham erdek qiliq qil.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota ko‘rganni bola ko‘rmas, Bola ko‘rganni ota ko‘rmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otang — qui, enang — qui.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otangga ne qilsang, Oldingga shu kelar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yig‘lagisi kelgan bola, Otasining soqolini o‘ynar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ot olsang, otasini surishtir.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Qayrag‘och qattiq boisa, yorib bo‘lmas, Qiz otasi qattiq bo‘lsa, borib bo‘lmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otang mirob bo‘lsa ham, Ariqni tozalab suv ich.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bola ko‘rganini qilar, Ota — bilganini.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota g‘ayrath bo‘lsa, Bola ibratli bo‘lar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Qo‘zi qo‘chqordan nishon, O‘g‘il — otadan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dalaning ko‘kiga ishonguncha, Otangning go‘riga ishon.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Soqoling chiqmay pul topsang, Otang berganday bo‘lar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota mulki bo‘lsa ham, ayab ye.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Choyning oxirini otangga ham berma.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yaxshi o‘g‘il biylar ota molini, Yomon o‘g‘il sochar ota molini.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bel ushlashganda, otangni ayama.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Gap kelganda otangni ayama.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Qofiyasi kelganda, otangni ayama.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yomg‘ir yog‘sa, to‘ning ho‘l bo‘lar, Otang o‘lsa, uying cho‘l bo‘lar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Oldirgan otasining qo‘ynini axtarar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ot o‘rnini toy bosar, Ota o‘rnini — o‘g‘il.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otasi qulon otolmaganning Bolasi quyon otolmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otangni o‘ldirganga yaxshilik qil.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Oltmishga kirgan otadan osh so‘rama.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota haqida jahon xalq maqollari durdonalari

Ota – bu butun dunyo xalqlari uchun kuch, sabr, va donishmandlik timsolidir. Turli madaniyatlar otaning oiladagi o‘rni va ahamiyatini ulug‘lab kelgan. Har bir xalq otaning farovonlik, mehnat va oilaga bo‘lgan fidoyiligini maqollar orqali ifoda etadi. Quyida ota haqida turli xalqlarning eng chuqur va hikmatli maqollari bilan tanishing:

Agar otang ilonga aylanib qolsa ham uni qo‘lingda asrab avayla.

🔽
Bambara maqoli

Otangni hurmat qilsang, o‘g‘lingni ham sev, xo‘jayinni hurmat qilsang, uning itini ham boq.

🔽
Qirg‘iz maqoli

Bir otadan tug‘ilgan farzandlar har xil.

🔽
Qirg‘iz maqoli

Otang hayot bo‘lganda odamlar bilan tanish, oting yoshligida uzoqlarga choptir.

🔽
Qalmoq maqoli

Otalar tabiat yaratgan bankirlardir.

🔽
Frantsuz maqoli

Ota qadrini ota bo‘lganingdan so‘ng bilasan.

🔽
Fors maqoli

Otangga qanday g‘amxo‘rlik qilsang, bolang ham senga shunday g‘amxo‘rlik qiladi.

🔽
Uyg‘ur maqoli

Ota bo‘lmagan, ota qadriga yetmas.

🔽
Turkman maqoli

Ota ko‘rmaganini bola ko‘radi.

🔽
Tuva maqoli

Otangga nima qilsang, ertaga bolang ham senga shuni qaytaradi.

🔽
Osetin maqoli

Asal aroqdan afzal, otaning yeri oltin-kumushli yerdan afzal.

🔽
Oltoy maqoli

Otasi maqtaganni olma, qo‘shnisi maqtagandan qolma.

🔽
No‘g‘ay maqoli

Bir ota o‘n bolani boqadi, o‘n bola bir otani boqolmaydi.

🔽
Nemis maqoli

Otaga qarab bola.

🔽
Mordva maqoli

Yomon bolaga otaning so‘zi ham bir chaqa.

🔽
Mordva maqoli

Boshingga dard tushsa, cho‘chqani ham “otam” deb yuborasan.

🔽
Lezgin maqoli

Otasi yaxshi bo‘lgani bilan bolasi ham yaxshi bo‘lib qolmaydi.

🔽
Lezgin maqoli

Ota o‘g‘liga uzumzorni hadya qildi, o‘g‘il otaga bir shingil ham bermadi.

🔽
Gruzin maqoli

O‘g‘il otasini raqsga o‘rgatdi.

🔽
Gruzin maqoli

Bir ko‘r qariyaning ham bolalari otalariga savat to‘qishni boshlashibdi.

🔽
Gruzin maqoli

Otaning la’natidan qo‘rq.

🔽
Arman maqoli

Yaxshi farzand ota uyini quradi.

🔽
Arman maqoli

Xachirdan so‘radilar: “Sening otang kim?” U javob berdi: “Ot — mening tog‘am”.

🔽
Arab maqoli

Iloji bo‘lganda otaning terisini ham olib qolishardi.

🔽
Chechen-ingush maqoli

Ota yegani bilan bolasi semirmaydi.

🔽
Chechen-ingush maqoli

Yaxshi farzand ota qalbini quvnatadi.

🔽
Chechen-ingush maqoli

Otasi urushqoq bo‘lsa, bolasi ham to‘polonchi bo‘ladi.

🔽
Abazin maqoli

Ota va bola bir bo‘lsa, yer oltinga aylanadi, aka-ukalar birlashsa, tog‘ni marvaridga aylantiradi.

🔽
Xitoy maqoli

Otaning xayoli bolada, bolaning xayoli ko‘chada.

🔽
Qirg‘iz maqoli

Bir otadan bo‘lgan farzandlar fe’li har xil.

🔽
Hind maqoli

Yaxshi xislatlar — o‘zidan, yomon odatlar otasidan yuqqanmish.

🔽
Koreys maqoli

Ota qanday bo‘lsa bola ham shunda bo‘ladi.

🔽
Yapon maqoli

Pul ishida hatto ota va bolalar ham — begona.

🔽
Yapon maqoli

O‘g‘il otaga taqlid qiladi, qiz — onaga.

🔽
Yapon maqoli

Otangni urgan tayog‘ing kun kelib o‘g‘lingga kerak bo‘lib qoladi.

🔽
Digor maqoli

Ota zirk yesa bolalarning tishi qamashadi.

🔽
Avar maqoli

Kichik leopard otasining dog‘idan cho‘chimaydi.

🔽
Kongo maqoli

Otasi arslon bo‘lsa, bolasi sher bo‘ladi.

🔽
Vetnam maqoli

O‘zi geomant bo‘lib ishlaydi-yu, otasining qabrini bilmaydi (geomant — qabristonda yer taqsimlovchi).

🔽
Vetnam maqoli

Baxt boy otadan afzal.

🔽
Vetnam maqoli

Bolalar uchun ota hammadan kuchli.

🔽
Ozarbayjon maqoli

Ota-onalar bolalarda davom etadi.

🔽
Ozarbayjon maqoli

Bolalar bir otadan, lekin fe’li ko‘pchilikdan.

🔽
Qadimgi Hind maqoli

Ota urushqoq bo‘lsa, bolasi ham jangari bo‘ladi.

🔽
Abxaz maqoli

Ota haqida eng sara ma’noli statuslar va ibratli fikrlar

Ota haqida eng yaxshi statuslar va hikmatlar to'plami
Ota – oilaning tayanchi, bolalar uchun sabr, mehnat va fidoyilik timsolidir. Otaning oilaga bo‘lgan mehr-muhabbati va sabr-bardoshi haqida ko‘plab hikmatli so‘zlar va ibratli fikrlar yaratilgan. Quyida ota haqida eng sara ma’noli statuslar va ibratli fikrlar bilan tanishing, ular otaning oiladagi ulug‘vor o‘rnini yana bir bor eslatadi.

Ota qadrdonlarini ziyorat qilish – otaning ziyoratiga teng

🔽
Mansurxon Toirov

Haqiqiy va to‘la insoniy grajdanlik hayoti bilan yashagan onagina bolalarni yaxshi tarbiyalaydi, bu masalada ibrat ko‘rsatadi, mehru muhabbat, hayratu olqish oladi, odamlarda o‘ziga taqlid qilish istagini uyg‘otadi. O‘z burchini bolalarga xizmat qilish bilan chegaralab qo‘ygan ayol esa tarbiyachi ona emas, o‘z bolalarining qulidir.

🔽
A. S. MAKARENKO

Ota bo‘lish otalik qilishdan ancha yengil.

🔽
V. O. KLYuChEVSKIY

Maktablar ko‘pligiga qaramay, yaxshi otalarsiz yaxshi tarbiya bo‘lmaydi.

🔽
N. M. KARAMZIN

Ota bolalarni bino qilish, ularni yedirib-ichirish bilan o‘z zimmasidagi vazifaning uchdan birinigina bajargan bo‘ladi. U bolalarini odamzod qatoriga qo‘shmog‘i, jamiyatga esa — faol kishilarni, davlatga — grajdaninni yetishtirib bermog‘i kerak. Shu uchala qarzini uzishi mumkin bo‘lgani holda bu ishni bajarmagan har qanday kishi aybdordir, bordi-yu, bu qarzning yarminigina uzsa, yana battarroq aybdor bo‘ladi. Kimki zimmasidagi otalik burchini bajarmasa, u ota bo‘lish huquqidan mahrumdir.

🔽
J. J. RUSSO

Ota haqidagi shu va boshqa eng yaxshi statuslar to’plami saytimizning mana bu sahifasiga joylashtirilgan.

Statuslarni baholang
( No ratings yet )
Fikr bildirish