Erkaklar haqida statuslar, aforizmlar, hikmatli so’zlar, mashhur gaplar va iboralar. Erkaklar to’g’risida eng sara hayotiy ma’noli statuslar to’plami.
Erkaklar haqida eng sara statuslar
Butun boyligimni xotinimga vasiyat qilaman. Faqat bir shart bilan: u mendan keyin turmushga chiqishi kerak. Shunda dunyoda bitta bo‘lsa ham mening o‘limimga yig‘laydigan erkak bo‘ladi.
Heynrix Heyne
Erkaklarni seving. Sizning sevgingiz ular uchun juda zarur. Hatto ular buni hech qachon tan olmasalar ham. Har qanday buyuk erkakning ortida unga ishongan va chinakamiga sevgan ayol bor.
Bernard Shou
Ideal erkak o‘z ayolini ideal deb hisoblovchi erkakdir.
Bernard Shou
Erkak yoki ayolning tarbiyalanganlik darajasi janjal paytida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bernard Shou
Erkak va ayolning do‘stligi bu – yo sobiq, yo bo‘lajak xushtorlarning munosabatidir.
Bernard Shou
“Erkakchasiga” degan ibora hozir ko‘p ishlatiladi. “Erkakchasiga gapir”, “erkakchasiga ish tut” — degani hozir shunchaki qo‘pol xatti-harakatni, qo‘pol so‘zlikni anglatadi. Vaholanki, kuchli shaxs erligini muloyim, oddiy so‘zlar va mardlarga xos ish bilan ifodalaydi. U qiziqqon emas, ammo jur’atsiz ham emas.
Filip Chesterfild
Erkaklar tabiati o‘xshash, ularni faqatgina odatlari ajratib turur
Konfutsiy.
Ayollar, barcha erkaklar bir xil, deb o‘ylaydilar va ularning kuchi ham shunda; erkaklarning esa, ayollar har xil ekaniga ishonchlari komil — bu ishonch ularni nobud qiladi.
Ramon Gomes de la Serna
Vujud va ruh o‘rtasidagi uyg‘unlik muhabbatli erkak va ayol munosabatlariga o‘xshaydi.
Xurshid Do‘stmuhammad
«Ey shoir, tashabbus erkakdan bo‘lishi kerak, bulbulning ham erkagi sayraydi-ku!» deydigan odam yo‘q.
Abdulla Qahhor
Kimda-kim o‘n olti yoshida erkaklikka o‘tsa, oltmish yoshida yosh bolaga aylanadi.
T. FULLER
Erkak kishining barcha sa’yi harakati mardlarcha bo‘lishi kerak.
A. KAZBEGI
Xotinchalish erkak inson zoti uchun mudhish dogdir.
V. G. BELINSKIY
Erkak kishining shani xususan shundan iboratki, u tekinxo‘r, haromtomoq bo‘lmasligi kerak.
V. A. SUXOMLINSKIY
Ayol erkak zotining buyuk murabbiysidir.
A. FRANS
Pishirib-kuydirish, tikib-yamash, kir yuvish, bolalarga qarash faqatgina ayollarning ishi, buni qilish erkak kishiga uyat degan g‘alati, ildiz otib ketgan yanglish fikrlar mavjud. Vaholanki, buning aksi uyatliroq: holdan toygan, qachon qarasang nimjon, homilador ayol zo‘r-bazo‘r ovqat tayyorlayotgan, kir yuvayotgan, kasal bolasiga qarayotgan bir paytda, ko‘pincha bekor yurgan, vaqtini bo‘lar-bo‘lmas ishlar bilan yoxud butunlay besamara o‘tkazayotgan erkaklarga uyat.
L. N. TOLSTOY
Nikoh mustaqillik jihatidan teppa-teng bo‘lgan erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlarning ifodasidir, bunda mutelik ham bir xil, majburiyat ham bir xil.
L. ANSPAXER
Erkaklar haqida hayotiy ma’noli chiroyli statuslar
Ayol kishini iztiroblarga qo‘ygan holda erkakni baxtli qilish qiyin.
V.GYuGO
Aksari erkaklar o‘z xotinlaridan qadr-qimmat talab qiladilar, aslida ularning o‘zlari bunga arzishmaydi.
L. N. TOLSTOY
Ayol kishini hurmatlay bilgan erkakkina ayolni tahqirlamagan holda undan ajralisha oladi.
S. MOEM
Erkaklar rashki ularning qon-qoniga singib ketgan shaxsiyatparastligi, vujudini tuyqusdan qoplab olgan izzattalabligi va soxta manmanligining qo‘zishidan paydo bo‘ladi.
O. BALZAK
Qachonki erkak kishi ayolning o‘zi bilan teng huquqligini tan olsa, unga xususiy mulk sifatida qarashdan voz kechadi.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Ma’naviy yaqinlik, bir-birovini tushuna bilish, aqliy jihatdan monandlik erkak va ayol o‘rtasida normal munosabat o‘rnatilishining muhim shartidir.
N. K. KRUPSKAYa
Ruhiy yaqinlik shunga olib keladiki, erkak kishi ayol siymosida va aksincha, ayol o‘rtasida normal munosabat o‘rnatilishining muhim shartidir.
N. K. KRUPSKAYa
To‘g‘rilik va samimiyat erkak-larning ham, ayollarning ham eng yaxshi bezagidir.
O. GENRI
c
Erkak kishi qancha xushro‘y bo‘lsa, uning erligi va otaligi shuncha beqaror.
M. GORKIY
Muhabbat hayot oftobi va poyeziyasidir. Biroq bizning davrimizda o‘z baxti koshonasini birgina muhabbat zaminiga qurish va shu asosda yuragidagi barcha xohish-istaklarini to‘la ro‘yobga chiqarishga umid bog‘lagan kishining holiga voy! Bizning zamonamizda bu o‘zining insoniy qadr-qimmatidan yuz o‘girib, erkaklikdan voz kechish degan gap.
V. G. BELINSKIY
Ayol kishi o‘zidan past tuyulgan erkakni sevolmaydi. Behuzur, zavq-shavqsiz muhabbat — bor-yo‘g‘i do‘stlikdan iboratdir.
J. SAND
Muhabbat haqida dono gapirgan erkak u qadar sevmaydi.
J. SAND
Ko‘pincha, erkak bir holatda-yu, ayol esa suxsurdayligini ko‘ramiz. Demak, biz erkakning ayol qadrlagan yashirin fazilatlarini bilmaymiz: bu kun«Sevaman» degan so‘z sekin va jo‘n aytilgandagina ayol bunga ishonadi.
Ya. GALAN
Ayolning ayolligini o‘sha ayol qanday erkakni sevganida bilsa bo‘ladi.
V. G. BELINSKIY
Erkak kishi tanlagan qayliqqa qarab turib, u odamning kimligi, o‘z qadr-qimmatini biladimi-yo‘qmi, osongina bilsa bo‘ladi.
I. GYoTE
Erkaklar haqida ma’noli gaplar, fikrlar, statuslar
Erkaklar shunchaki, ayollar esa ko‘zda yosh bilan yolg‘on so‘zlaydilar.
Sichqonqopqon emas, erkakqopqon.
Erkak kishi chiroyli bo’lishi shart emas, Erkak kishi ERKAK bo’lishi shart.
Muammosiz hayot yo‘q; Erkakning axmoqliklarini ko‘rmaydigan dono ayol va ayolning ojizaligini kechira oladigan kuchli erkakalar bor. Bir-biringizning qadringizga boringizcha yeting…
XAQIQIY ERKAK 3 TA HOLATDA TIZ CHO’KADI: 1- Do’stini turg’izish uchun, 2- Onasiga tazim qilishda, 3- Sajdada.
AYOL kishining sadoqati, Erining qashshoqligida seziladi. . . Erkak kishining sadoqati, Boyib ketganda bilinadi !
Erkak bo’lib tug’ilding, Ayol bo’lib yashama…!
Erkaklar haqida maqollar, eng sara chiroyli maqollar
Yomon erkak to’y buzar, Yomon xotin — uy.
O’zbek maqoli
Pichoq o‘tmas bo‘lsa ham pichoq, erkak yomon bo‘lsa ham erkak.
Qalmoq maqoli
Oltin olov bilan, ayol oltin bilan, erkak ayol bilan sinaladi.
Shved maqoli
Ayol qaysi ishni o‘ylab topmasin, uni erkak odam bajaradi.
Frantsuz maqoli
Shim kiyib yurganlarning hammasi ham erkak emas.
Fin maqoli
Kulib gapirgan erkakdan, ko‘z yosh bilan so‘zlovchi ayoldan qo‘rq.
Turkman maqoli
Haqiqiy erkak uchun toshbaqa ham qurol.
Turkman maqoli
Erkak o‘z uyida mehmon.
Osetin maqoli
Erkak yig‘layaptimi, demak musibat katta.
Belorus maqoli
Erkaklar uyni barpo qiladi, ayollar o‘choqni.
Ingliz maqoli
Erkaklar haqidagi barcha qiziqarli maqollar to’plamini saytimizning mana bu sahifasida batafsil kuzatishingiz mumkin.
Manga vapshe yoqmadi bular