Mehmondo’stlik – bu xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. O‘zbek madaniyatida mehmonni hurmat qilish, uni izzat-ikrom bilan kutib olish katta e’tibor va qadriyatga ega. Har bir xalqning og‘zaki ijodida mehmonning qadri haqida ko‘plab hikmatli maqollar aytilgan.
Mehmonni ulug‘lash va mehmondo‘stlikni yuksak baholash, bu qadriyatni asrab-avaylash jahon xalqlari orasida ham chuqur qadimiy ildizlarga ega. Quyida mehmon haqida eng sara o‘zbek va jahon xalq maqollari bilan tanishing.
Mehmon haqida eng yaxshi o’zbek xalq maqollari
O‘zbek xalqida mehmonni hurmat qilish, izzat-ikrom ko‘rsatish an’analari chuqur ildiz otgan. Mehmonni yuksak baholash va uni hurmat qilish o‘zbek madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Xalqimizning hikmatli maqollarida mehmondo’stlikning qadri, mehmonning ahamiyati chuqur tasvirlangan. Quyida mehmon haqida o‘zbek xalqining eng yaxshi maqollari bilan tanishing:
Do‘stlik oltinga sotilmas, Mehmon — pulga.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Nojinsning sirli mehmonxonasidan, Do‘stingning somonxonasi yaxshi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Aytmas yerda og‘zingni tiy, Mehmonga borganda — nafsingni.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boyga mehmon bo‘lsang, baqirasan, Kambag‘alga mehmon bo‘lsang, kekirasan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boyga mehmon bo‘lsang, joning chiqar, Kambag‘alga mehmon bo‘lsang, qoming chiqar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Betamiz mehmon mezbonni qistar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Birinchi kun mehmon — oltin mehmon, Ikkinchi kun — kumush, Uchinchi kun — mis, Uchdan o‘tsa — pes.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yo‘lli kishining mehmoni bir kelar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yo‘qcha guruch osh bo‘ladi, Mehmon ko‘ngli shod bo‘ladi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kelguncha mehmon uyalar, Kelgandan so‘ng mezbon uyalar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kelish mehmondan, ketish mezbondan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mezbon borini qo‘ysa, Mehmon ozga sanamas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon — aziz, mezbon — laziz.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon — atoyi xudo.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon joyi ko‘z ustida.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon izzatda, Mezbon xizmatda.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon kelar eshikdan, Rizqi kelar teshikdan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon kelgan uy — barakali.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon kelgan uyning chirog‘i ravshan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon kelsa, pastga tush, Palov bermoq ahdga tush.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon kelsa uchtakkina, Uchib ketsa qushdakkina.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon kelsa choptirar, Bor-yo‘g‘ingni toptirar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon kelsa, et pishar, Et bo‘lmasa, bet pishar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon ko‘rki — dasturxon.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon mezbonga aziz, Mezbon — mehmonga.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon mehmonni sevmas, Mezbon hammasini sevmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon nosi uch kundan keyin sasir.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon oz o‘tirar, ko‘p ko‘rar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon oz o‘tirsa ham, ko‘p sinar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon — otangday ulug‘.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon so‘rab yemas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon — uy egasining buzog‘i.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon — uyning ziynati.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmonga osh qo‘y, Ikki qo‘lini bo‘sh qo‘y.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmonga shirin so‘z ber.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmonni siylagan itiga suyak tashlar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmonning itini tur dema.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmonning ketishini so‘rama, Kelishini so‘ra.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmonning oldida mushugingni pisht dema.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmonning otini asl derlar, Uch kundan so‘ng sasir derlar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmonning o‘zi ham mehmon, So‘zi ham mehmon.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmonxonang tor bo‘lsa ham, Mehri-diling keng bo‘lsin.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Osh — mehmon bilan aziz.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Supurilmagan uyga mehmon kelar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suhbat sevmagan tegirmon qurdirar, Mehmon sevmagan bolasini urar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Chaqirilmagan mehmon — Sariq itdan yomon.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
O‘zi kelgan mehmon — atoyi xudo, Chaqirib kelgan mehmon — gadoyi xudo.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Bir uy to‘la jonsan, Bir-biringga mehmonsan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Izzatga arzimagan mehmon to‘shak bulg‘ar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kelining qayerlik bo‘lsa, Mehmoning shu yerlik.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Xotinning yaxshi-yomoni mehmon kelganda bilinar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Itli mehmon ovulga sig‘mas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
RizqU mehmon osh ustidan chiqar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Baxil ehsondan qochar, Xasis mehmondan qochar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ziqnanikiga mehmon kelmas, Kelsa ham ovqat yemas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umr — o‘tkinchi mehmon.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshi rahbar yurtga rohat keltirar, Nodon rahbar yurtga «mehmon» keltirar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehmon haqida jahon xalq maqollari durdonalari
Mehmondo’stlik qadriyati dunyo xalqlarida ham chuqur ildiz otgan. Har bir xalq mehmonni izzat-ikrom qilish, uni hurmat bilan kutib olishni yuksak baholaydi. Jahon xalqlari mehmondo‘stlik va insoniy munosabatlar haqida o‘z hikmatlarini maqollarda aks ettirgan. Quyida mehmon haqida eng sara jahon xalq maqollari durdonalari bilan tanishing:
Mehmon bilan suhbat asaldek shirin.
🔽
Fors maqoli
Mehmon va baliq uchun qonun bitta: uch kundan so‘ng ayniydi, barcha undan jirkanadi.
🔽
Fin maqoli
Mehmonga navbat bilan boradilar.
🔽
Fin maqoli
Mehmon qilish bilan kambag‘al bo‘lib qolmaysan.
🔽
Fin maqoli
Moy bo‘lsa mehmon, pivo bo‘lsa do‘st topiladi.
🔽
Fin maqoli
Yo‘ldoshingga uxlashi uchun, mehmonga dam olishi uchun imkon ber.
🔽
Fin maqoli
Mehmon kelsa kelsin, qazo kelmasin.
🔽
Turkman maqoli
Mehmon oz o‘tirar, lekin ko‘p ko‘rar.
🔽
Turkman maqoli
Mehmonning hurmati uch kun.
🔽
Tojik maqoli
Mehmonni ertak bilan boqmaydilar.
🔽
Osetin maqoli
Uyalgan mehmon och qoladi.
🔽
Osetin maqoli
Erkak o‘z uyida mehmon.
🔽
Osetin maqoli
Mehmon oldida itingni urma.
🔽
Osetin maqoli
Mehmonning ko‘zi katta.
🔽
Osetin maqoli
Quvnoq mehmonning og‘irligi yo‘q.
🔽
Nemis maqoli
Mehmon baliq kabi, ko‘proq qolib ketsa — sasiydi.
🔽
Nemis maqoli
Bir kunlik mehmon — haqiqiy mehmon, ikkinchi kun — mezbonga og‘irligi tushadi, uchinchi kun — undan badbo‘y hid taraladi.
🔽
Nemis maqoli
Yomon vijdon va yomon mehmon bilan rohat ham yo‘q, xotirjamlik ham.
🔽
Nemis maqoli
Kambag‘alning uyiga kalamush ham mehmonga kirmaydi.
🔽
Nepal maqoli
Mehmonda yaxshi, uyda undan yaxshi (erzya).
🔽
Mordva maqoli
Qo‘shningnikiga mehmonga chiq, lekin har hafta emas.
🔽
Ispan maqoli
Mehmonxonaga kirish — mehmonning iznida, chiqish — mezbonning.
🔽
Gruzin maqoli
Mehmon mehmonni chaqirdi, mezbon ikkisini ham haydadi.
🔽
Gruzin maqoli
Mezbonning uyidagi mehmon eshakka o‘xshaydi: uni qayerga bog‘lamoqchi bo‘lishsa, rozi bo‘lishi kerak.
🔽
Gruzin maqoli
Mezbon xursand bo‘lmasa, mehmonga ham zerikarli.
🔽
Gruzin maqoli
Bitta chaqaloqlidan ko‘ra, o‘n beshta otliqni mehmon qilgan oson.
🔽
Gruzin maqoli
Chaqirilmagan mehmon — vabodan yomon.
🔽
Gruzin maqoli
Bo‘ri seni mehmonga chaqirsa — bor, faqat iting bilan birga bor.
🔽
Gruzin maqoli
Mehmonga borish yaxshi, lekin o‘z uyingdan qo‘ymasin.
🔽
Belorus maqoli
Mehmon mehmonni ko‘rolmaydi, mezbon — ikkisini.
🔽
Belorus maqoli
Mehmonga nimani berishsa, o‘shani yeydi.
🔽
Afg‘on maqoli
Chaqirilgan yuzta mehmonga joy topiladi, chaqirilmagan bittasiga topilmaydi.
🔽
Afg‘on maqoli
Mehmon kelmaydigan uyga la’nat bo‘lsin; kechqurun kelib ertalab ketmagan mehmonga ham la’nat bo‘lsin.
🔽
Arman maqoli
Mehmon nonga emas, mezbonning ko‘ziga boqadi.
🔽
Arman maqoli
Agar mehmon kutib tursa, mezbon ovqat olib keladi.
🔽
Arman maqoli
Kutilmagan mehmon o‘z cho‘ntagidan yeydi.
🔽
Arman maqoli
Chaqirilmagan mehmon tikan ustida o‘tiradi.
🔽
Arman maqoli
Mehmonxonani bitta qil, lekin do‘stlarni ko‘paytir.
🔽
Arman maqoli
Nodon odam mehmonga kelsa ham, uni yaxshilab boq.
🔽
Chechen-ingush maqoli
Mehmon nazar qilmagan joyga xayr ham nazar qilmaydi.
🔽
Chechen-ingush maqoli
Quruq gap bilan mehmonni boqolmaysan.
🔽
Chechen-ingush maqoli
Mehmonni o‘n chaqirimgacha kuuzatib qo‘yganing bilan baribir xayr-ma’zur qilasan.
🔽
Xitoy maqoli
Yalqov — o‘z uyida o‘zi mehmon.
🔽
Qirg‘iz maqoli
Chaqirilmagan mehmon iltifotga qaramaydi.
🔽
Hind maqoli
Xo‘jayin ko‘p joyda mehmon och qoladi.
🔽
Koreys maqoli
Ilk kelgan mehmonga birinchi bo‘lib xizmat qiladilar.
🔽
Daniya maqoli
Eng aziz mehmon ham uch kundan so‘ng zeriktiradi.
🔽
Yapon maqoli
Kech kelgan mehmon suyak g‘ajir.
🔽
Gagauz maqoli
Boy o‘rmonda yashasa ham mehmoni ko‘p, kambag‘al bozorda yashasa ham hech kimning ishi yo‘q.
🔽
Vetnam maqoli
Mehmondo‘st oilada odam yig‘iladi, suvo‘tlariga boy daryoda — baliq.
🔽
Buryat maqoli
Agar seni qo‘y so‘yib kutib olishgan bo‘lsa, sen ularni ho‘kiz so‘yib mehmon qil.
🔽
Buryat maqoli
Yoqqan yomg‘ir tinadi, kelgan mehmon ketadi.
🔽
Buryat maqoli
Mehmon tayyor, mezbon doim tayyor bo‘lavermaydi.
🔽
Adigey xalq maqoli
Mehmon qo‘ydan ham sipo.
🔽
Adigey xalq maqoli
Mehmoni ko‘pning bolalari och qolmaydi.
🔽
Adigey xalq maqoli
Mehmonga aytilsang rad etma, taklif etilmagan joyga burun suqma.
🔽
Ozarbayjon maqoli
Chaqirilgan mehmon burchakda o‘tirmaydi.
🔽
Ozarbayjon maqoli
Mehmon mehmonni ko‘rolmadi, mezbon ikkalasini.
🔽
Abxaz maqoli
Mehmonda bo‘lmagan mehmondorchilikni bilmaydi.
🔽
Abxaz maqoli
Aytilmagan mehmon o‘zi bilan kursisini olib kelsin.
🔽
Ingliz maqoli
Mehmon haqida eng sara statuslar va ma’noli gaplar
Mehmondo’stlik insoniyatning eng qadimiy va yuksak qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Mehmonni hurmat qilish, unga izzat-ikrom ko‘rsatish har bir madaniyatda alohida o‘rin egallaydi. Mehmon haqida aytilgan ma’noli gaplar va statuslar bu qadriyatning qadrini yana bir bor eslatadi. Quyida mehmon haqida eng sara statuslar va hikmatli gaplar bilan tanishing.
Har bir mehmon — hayotning yangi hikoyasidir. Uni quchoq ochib kutib olish bilan o‘zingizga yangi imkoniyat eshigini ochasiz.
🔽
Khalil Jibran
Mehmon — uyingizga kirgan baxt, unga ko‘rsatgan hurmatingiz esa, sizning darajangizni belgilaydi.
🔽
Mahatma Gandi
Mehmonlarga ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik sizning qalbingizdagi mehr va hurmatning aksidir.
🔽
Albert Eynshteyn
Mehmon uyingizda, hurmat esa qalbingizda bo‘lsin.
🔽
Konfutsiy
Mehmondo’stlik – dunyoning har bir burchagida birday qadrlanadigan yuksak fazilatdir.
🔽
Mahatma Gandi
Mehmondo’stlik – bu o‘zga qalbni hurmat qilishning eng yuksak ko‘rinishidir.
🔽
Khalil Jibran
Har bir mehmon ketganda uy egasining yuragida iliq xotira qoldirishi kerak, ortiqcha yuk emas.
🔽
Lev Tolstoy
Mehmon haqidagi shu va boshqa eng yaxshi statuslarni alohida sahifaga jamlaganmiz, mana bu sahifaga o’tib batafsil tanishishingiz mumkin.