Kambag‘allik — inson hayotidagi eng og‘ir sinovlardan biri bo‘lib, uni yengish uchun bilim, qat’iyat va mehnat zarur.
Kimdir kambag‘allikni vaqtinchalik sinov deb biladi, kimdir esa taqdirga tan berib yashaydi. Quyidagi maqollar va hikmatlar bu mavzuni chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Kambag‘allik haqida eng hikmatli o‘zbek xalq maqollari
O‘zbek xalq maqollarida kambag‘allik sabr, iroda va halol mehnat bilan yengiladigan sinov sifatida tasvirlanadi. Ushbu maqollar kambag‘allikni tushunish va undan chiqish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Kambag‘al kambag‘al bilan quda bo‘lsa, O‘rtada to‘rva yurar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘al qiz qaltiraydi, Peshonasi yaltiraydi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alni ot ustida it qopar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning yolg‘iz qo‘zisiga qashqir tegar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning kasali ohsda bo‘lsa, Tabib ham bormas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning ovi yurmas, Ovi yursa ham dovi yurmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning osh ustida burni qonar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning og‘zi oshga yetganda, Boshi toshga tegar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alnikida intilib yeysan, Boynikida — qimtinib.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
G‘amli uyga shodlik kelar, Kambag‘alga — ozodlik.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Beva xotinning tushiga er kirar, Kambag‘alning tushiga — yer.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boy boy uchun tirishar, Kambag‘al kambag‘alga bo‘lishar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boy kiysa — qulluq bo‘lsin! Kambag‘al kiysa— qayoqdan olding?
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boyning ko‘zi nonda, Kambag‘alniki — imonda.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boy to‘y tuzar, Kambag‘alning to‘ni to‘zar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boyga mehmon bo‘lsang, baqirasan, Kambag‘alga mehmon bo‘lsang, kekirasan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boyga mehmon bo‘lsang, joning chiqar, Kambag‘alga mehmon bo‘lsang, qoming chiqar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boyning bug‘doy nonidan, Kambag‘alning bug‘doy so‘zi yaxshi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boyning jon bergani bilinmas, Kambag‘alning — non bergani.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boyning xotini bo‘lguncha, Kambag‘alning kavushi bo‘l.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boyning xotini o‘lsa, to‘shak yangi bo‘lar, Kambag‘alning xotini o‘lsa, boshi qayg‘uga qolar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boyning o‘g‘li kelsa — to‘rga, Kambag‘alning o‘g‘li — go‘rga.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘al bosh ko‘tarsa, Boy tosh ko‘tarar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘al bo‘lsang, ko‘chib ko‘r, Boy bo‘lsang — o‘lib.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘al non yeydi, Boy — qon.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘al osh topsa, Qo‘ygani idish topmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘al — piyoda, Boy — tuyada.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘al — topganda, Boy — sog‘inganda.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘al tuxum topsa, Ichidan sarig‘ini topmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘al to‘ysa, boy uxlamas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘al o‘lay desa, o‘lolmaydi, Tiriklay go‘rga kirolmaydi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alda lafz yo‘q. Kambag‘allik ayb emas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘allik asar qildi, Zig‘ir yog‘i kasal qildi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alni urma-so‘kma, to‘nini yirt.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning ayroni — o‘ziga totli.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning baxti Boyning taxtini yiqitar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning bir to‘ygani — Chala boyigani. Kambag‘alning boyligi — tanining sog‘ligi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning ko‘ziga kepchak non bo‘lib ko‘rinar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning ming o‘ylovi — Boyning bir mo‘ylovi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kasalga so‘z yoqmas, Kambag‘alga — o‘yin.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ma’qul gapga qoruv yo‘q, Kambag‘al o‘lsa, boruv yo‘q.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yantoqning yog‘i yo‘q, Kambag‘alning — bog‘i.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshi bo‘lsa — boydan, Yomon bo‘lsa — kambag‘aldan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning puli — peshona teri.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boyga kelin bo‘lguncha, Kambag‘alga qiz bo‘l.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
O‘g‘rik ayb, g‘arlik ayb, Kambag‘allikning nesi ayb.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning yuragi boy bo‘lsa, u hech qachon yolg‘iz emas
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘allik – sabr va irodaning sinovidir
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘allikni mehnat bilan yenggan, haqiqiy boylik topadi
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alga do‘st bo‘lgan, obro‘ topadi
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mol boyligi o‘tkinchi, yurak boyligi abadiy
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘al yuragi pok, uning mehri boydan ortiq
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘allikni o‘ziga bahona qilgan, hech qachon o‘sishmaydi
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boylik ortidan quvgan, kambag‘al bo‘lib qoladi
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘allikni yengish, odamning mehnatiga bog‘liq
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Oqil kambag‘al, nodon boydan yaxshiroq
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boylik emas, qalb pokligi insonni ulug‘laydi
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alga ko‘mak bergan, o‘ziga yo‘l ochadi
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘allikni yenggan, hayotning ta’mini biladi
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boylik yel bilan uchib ketadi, bilim esa abadiy qoladi
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning duosi samimiy bo‘ladi
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mehnat qilgan kambag‘al, bir kun albatta yuksaladi
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘al do‘stini unutmagan, haqiqiy boy hisoblanadi
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘alning dilidagi boylik, pul bilan o‘lchanmaydi
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘al sabr qilsa, u ham bir kun shodlanadi
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kambag‘allik haqida eng mazmunli jahon maqollari
Jahon xalqlarining maqollarida kambag‘allik sinov sifatida tasvirlanadi, ammo bilim va mehnat bilan undan qutulish mumkinligi ta’kidlanadi.
Ishsizlik kambag‘allik kaliti.
🔽
Qirg‘iz maqoli
Boyisang hamma qarindosh, kambag‘allikda hamma dushman.
🔽
Qalmoq maqoli
Boyisang qarindoshlaring ko‘payadi, kambag‘allashsang buyruq beruvchilar.
🔽
Qalmoq maqoli
Boyning bazmida kambag‘alga o‘lim keladi.
🔽
Qalmoq maqoli
Boyniki cho‘ntagida, kambag‘alniki yuragida.
🔽
Qalmoq maqoli
Shohning xazinasida topilmagan kambag‘alning xaltasida bor.
🔽
Qalmoq maqoli
Osmondan osh yog‘sa, kambag‘alning qoshig‘i yo‘q.
🔽
Shved maqoli
Ko‘p uxlagan kambag‘allashadi.
🔽
Frantsuz maqoli
Kambag‘alni ranjitganni xudo jazolasin.
🔽
Fors maqoli
Ahmoqning ustidan kul, surbetni ur, ammo kambag‘alning bolasiga tega ko‘rma.
🔽
Fin maqoli
Kambag‘alni oy yuzi, boyni puli uylantiradi.
🔽
Fin maqoli
Kambag‘al boyigach, aqlli bo‘ladi, boy kambag‘allashgach ahmoqqa aylanadi.
🔽
Fin maqoli
Boy kambag‘alning labi nima deb pichirlayotganini qaydanam bilsin?
🔽
Boy puli bilan to‘laydi, kambag‘al — terisi bilan.
Boy puli bilan to‘laydi, kambag‘al — terisi bilan.
🔽
Boy kambag‘alning labi nima deb pichirlayotganini qaydanam bilsin?
🔽
Fin maqoli
Kambag‘alga qo‘lingni tut, uning qo‘li issiq.
🔽
Fin maqoli
Sauna — kambag‘al uchun apteka.
🔽
Fin maqoli
Mehmon qilish bilan kambag‘al bo‘lib qolmaysan.
🔽
Fin maqoli
Yosh kambag‘al bo‘lsa ham — quvnoq, qari boy bo‘lsa ham — tushkun.
🔽
Fin maqoli
Faqat dangasagina kambag‘allashadi.
🔽
Udmurt maqoli
Boy kambag‘aldan so‘ramaydi.
🔽
Tuva maqoli
“Qo‘rqma” — kambag‘alning qo‘rg‘oni.
🔽
Osetin maqoli
Kambag‘alning qo‘li hech qayerga yetmaydi.
🔽
Osetin maqoli
Kambag‘alning qorni bayram kuni og‘riydi.
🔽
Osetin maqoli
Pastkash boy bo‘lgandan halol kambag‘al bo‘lgan afzal.
🔽
Nemis maqoli
Kambag‘alning uyiga kalamush ham mehmonga kirmaydi.
🔽
Nepal maqoli
Kambag‘allik qismati uyat emas.
🔽
Lezgin maqoli
Kambag‘alning ismini hatto do‘stlari ham unutishadi.
🔽
Lezgin maqoli
Kambag‘alga qo‘riqlash navbati yetguncha kecha ham uzun bo‘ladi.
🔽
Lezgin maqoli
Kambag‘alning bolasi ko‘p, boyning — chorvasi.
🔽
Latish maqoli
Boyisang o‘zingdan ketma, kambag‘allashsang kuyinma.
🔽
Lak maqoli
Kambag‘al kuniga o‘n marta o‘ladi.
🔽
Gruzin maqoli
Boylik — xudo oldida gunoh, kambag‘allik — odamlar oldida.
🔽
Gruzin maqoli
Boy o‘lganga yig‘laydi, kambag‘al — harajatga.
🔽
Gruzin maqoli
Dangasalik — kambag‘allik kaliti.
🔽
Gruzin maqoli
Hech qachon kambag‘alga va’da bermang, boydan qarz olmang.
🔽
Brazil maqoli
Kambag‘allik musibat emas.
🔽
Brazil maqoli
Birovning aqli bilan boyigandan o‘z aqling bilan kambag‘al yashaganing afzal.
🔽
Boshqird maqoli
Bexosdan boyib qolgan kambag‘al osmonda kunduzi ham yulduz ko‘rarkan.
🔽
Bengal maqoli
Boy sanaydi, kambag‘al ishlaydi.
🔽
Belorus maqoli
Kambag‘alning taomidan boy yoqa ushlaydi.
🔽
Belorus maqoli
Tosh doim kambag‘alning boshiga tushadi.
🔽
Afg‘on maqoli
Kambag‘alni kambag‘al tushunadi.
🔽
Arman maqoli
Kambag‘al “mushuk jigarni yeb qo‘ydi” desa hech kim ishonmadi, boy “mushuk temirni yeb qo‘ydi” desa ishonishdi.
🔽
Arman maqoli
Kambag‘alga hamma aql o‘rgatadi, hech kim non bermaydi.
🔽
Arman maqoli
Agar ho‘kiz o‘zi ishlaganining hammasini yeganida, dunyo kambag‘allashib qolardi.
🔽
Arman maqoli
Kambag‘al tovuq yeyayotgan bo‘lsa, u kasal, yoki tovuq kasal.
🔽
Arman maqoli
Kambag‘alda o‘tin yo‘qligini qor qayerdan bilsin?
🔽
Qo‘chqor qimmat turishini bo‘ri qayerdan bilsin?
🔽
Birinchi bo‘lak doim laziz.
Kambag‘alga buloq ham suv bermaydi.
🔽
Arman maqoli
Kambag‘allikda yashash uyat emas, iflos joyda yashash uyat.
🔽
Arman maqoli
Boy ilonni yesa, “dori” deyishdi, kambag‘al yesa, “och ekan” deyishdi.
🔽
Arman maqoli
Janjal ko‘rmoqchi bo‘lsangiz kambag‘alning uyiga boring.
🔽
Arman maqoli
O‘zing kambag‘al bo‘lmasang-da, kambag‘al qo‘shning bor-ku.
🔽
Arman maqoli
Qancha kambag‘allashsang, shuncha yaxshi kiyin.
🔽
Arman maqoli
Xasis boy qo‘li ochiq kambag‘aldan faqirroq.
🔽
Arab maqoli
Kambag‘allikda yashash oson, boy bo‘lib yashash qiyin.
🔽
Chechen-ingush maqoli
Kambag‘allikni berkitib, boylikni yashirib bo‘lmaydi.
🔽
Xitoy maqoli
Boy kambag‘alning qiynalganini, to‘q ochning iztirobini bilmaydi.
🔽
Xitoy maqoli
Boyning bir martalik bazmi — kambag‘alning yarim yillik taomi.
🔽
Xitoy maqoli
Yomg‘ir yil bo‘yi yog‘maydi, inson umr bo‘yi kambag‘al bo‘lmaydi.
🔽
Xitoy maqoli
Qarilikdagi kambag‘allikdan yoshlikdagi qiyinchilik afzal.
🔽
Xitoy maqoli
Zulmdan qo‘rqma, kambag‘allikdan qo‘rq.
🔽
Xitoy maqoli
Kishi kambag‘allashsa — san’atini bozorga soladi, yo‘lbars ochiqsa — odamni yeydi.
🔽
Xitoy maqoli
Boyvachcha bolakay kambag‘al onaning tizzasida o‘tiradi (ya’ni, ona farzandiga hamma narsasini beradi).
🔽
Daniya maqoli
Sayoq kezmasa — zerikadi, yotag‘on yotmasa — kasal bo‘lib qoladi, kambag‘al boyligi bilan maqtanmasa — siqilib qoladi.
🔽
Tay maqoli
Kambag‘al xotirjam uxlaydi.
🔽
Yapon maqoli
Mol-dunyo va mashhurlik begonani ham jalb etadi, kambag‘allik yaqinlarni ham uzoqlashtiradi.
🔽
Yapon maqoli
Kambag‘alning davlati — bolalar.
🔽
Yapon maqoli
Bugun tunda boy, ertaga tushlikda — kambag‘al.
🔽
Vetnam maqoli
Qurigan daraxt suvda ham ko‘karmaydi, inson bir umr kambag‘alligicha qolmaydi.
🔽
Vetnam maqoli
Boy o‘rmonda yashasa ham mehmoni ko‘p, kambag‘al bozorda yashasa ham hech kimning ishi yo‘q.
🔽
Vetnam maqoli
Begona qishloqdagi boyga tekkandan o‘z qishlog‘ingdagi kambag‘alga xotin bo‘lgan afzal.
🔽
Vetnam maqoli
Kambag‘alning ustidan kulma, boydan najot kutma.
🔽
Vetnam maqoli
Yaxshi farzand ota-onasini kambag‘alligi uchun koyimaydi, yaxshi it egasini tashlab ketmaydi.
🔽
Vetnam maqoli
O‘g‘ri kambag‘alni ayab o‘tirmaydi.
🔽
Vetnam maqoli
Kambag‘al doim yordam beradi, yetim doim dalda bo‘ladi.
🔽
Buryat maqoli
Kambag‘alning qopi to‘lmaydi.
🔽
Kuba maqoli
Kambag‘alning terisi qalin.
🔽
Adigey xalq maqoli
Kambag‘alning noni bo‘lganda tuzi bo‘lmaydi, tuzi bo‘lganda noni.
🔽
Shumer maqoli
Agar osmondan tosh yog‘ilsa, u albatta kambag‘alning boshiga tushadi.
🔽
Yahudiy maqoli
Xunuklik va kambag‘allikni qofiya bilan ham, kiyim bilan ham, to‘sib bo‘lmaydi.
🔽
Ozarbayjon maqoli
Kambag‘allik janjallar ildizi.
🔽
Qadimgi Hind maqoli
Boyga yashash maza, kambag‘alga nafas olish ham qiyin.
🔽
Qadimgi Hind maqoli
Moli kam odam kambag‘al emas, ko‘p mol istovchi odam kambag‘al.
🔽
Ingliz maqoli
Do‘stlari yo‘q odam eng kambag‘aldir.
🔽
Ingliz maqoli
Kambag‘allik uyat emas, nochorlikdan uyalish uyat.
🔽
Ingliz maqoli
Kambag‘allik gunoh emas.
🔽
Ingliz maqoli
Kambag‘al tanlab o‘tirmaydi.
🔽
Ingliz maqoli
Bolalar kambag‘allarning boyligidir.
🔽
Ingliz maqoli
Boylar uchun bir qonun, kambag‘allar uchun boshqa qonun.
🔽
Ingliz maqoli
Qarz kambag‘allikning eng yomon ko‘rinishi.
🔽
Ingliz maqoli
Agar xohishlar tulpor bo‘lganida kambag‘allar hammadan tepada yurardilar.
🔽
Ingliz maqoli
Uyga kambag‘allik kirganda sevgi oynadan chiqib ketadi.
🔽
Ingliz maqoli
Dangasa kambag‘alning akasi.
🔽
Ingliz maqoli
Umid kambag‘alning noni.
🔽
Ingliz maqoli
Bir qonun boylar uchun, boshqasi kambag‘allar uchun.
🔽
Ingliz maqoli
Moli kam kambag‘al emas, ko‘p xohlaydigan kambag‘al.
🔽
Ingliz maqoli
Kambag‘allik sabr bilan yengiladi, dangasalik esa abadiy qoladi
🔽
Norvegiya maqoli
Boylik vaqtinchalik, bilim esa abadiy
🔽
Yaponiya maqoli
Kambag‘allikni sabr bilan yenggan, baxt topadi
🔽
Hindiston maqoli
Boylikning qadri faqat kambag‘allikni ko‘rgan odamga ayon
🔽
Fransiya maqoli
Kambag‘al sabr bilan yashaydi, boy pul bilan
🔽
Ispaniya maqoli
Eng katta kambag‘allik – insonning ruhiy qashshoqligidir
🔽
Xitoy maqoli
Qashshoqlik mehnat bilan yengiladi, dangasalik esa yo‘q
🔽
Braziliya maqoli
Kambag‘allik og‘ir sinov, lekin kuchli odam undan qutuladi
🔽
Turkiya maqoli
Haqiqiy boylik – odamning aqlida
🔽
Germaniya maqoli
Mehnat qilgan, och qolmaydi
🔽
Gretsiya maqoli
Kambag‘al odamning yuragi ochiq, lekin qo‘li bog‘liq
🔽
Argentina maqoli
Kambag‘allikdan chiqish – ilm olish bilan boshlanadi
🔽
Janubiy Koreya maqoli
Dangasa kambag‘al bo‘lishga mahkum
🔽
Meksika maqoli
Haqiqiy kambag‘allik – umidsizlik
🔽
Malayziya maqoli
Kimdir mehnat bilan boy bo‘ladi, kimdir esa aldov bilan
🔽
Vyetnam maqoli
Kambag‘allik – hayotning eng og‘ir saboqlaridan biri
🔽
Chexiya maqoli
Qashshoqlik hayotning o‘rgatuvchi darsidir
🔽
Serbiya maqoli
Boylik vaqtinchalik, or-nomus esa abadiy
🔽
Finlandiya maqoli
Kambag‘allik bilan faxrlanish mumkin, lekin dangasalik bilan emas
🔽
Shvetsiya maqoli
Kambag‘allik haqida eng to‘g‘ri aytilgan hikmatli so‘zlar
Ushbu hikmatli so‘zlar kambag‘allikning sabablari, uni yengish yo‘llari va inson irodasining ahamiyatini ta’kidlaydi.
Kambag‘allik insonning bardoshini sinaydi, ammo mehnat uni yengadi
🔽
G‘ayrat Shukurov
Kambag‘allikdan qochishning eng yaxshi yo‘li – ilm olishdir
🔽
Umidaxon To‘laganova
Haqiqiy boylik – yurakdagi ezgulik va saxovatdir
🔽
Shahboz Rahmonov
Kambag‘allik emas, dangasalik insonni qashshoq qiladi
🔽
Andrew Carnegie
Ba’zi odamlar kambag‘allikdan noliydi, ba’zilari esa undan chiqish yo‘lini topadi
🔽
Oprah Winfrey
Kambag‘al emas, umidsiz odam eng qashshoq hisoblanadi
🔽
Helen Keller
Boylik ortidan quvgan emas, maqsadga intilgan odam muvaffaqiyatga erishadi
🔽
Henry Ford
Kambag‘allik – eng og‘ir sinov, lekin undan chiqish yo‘li har doim bor
🔽
Mahatma Gandi
Moddiy boylik qo‘ldan ketishi mumkin, lekin bilim senga abadiy xizmat qiladi
🔽
Warren Buffett
Kambag‘allik ba’zan eng yaxshi motivatsiya bo‘lishi mumkin
🔽
Elon Musk
Kambag‘allik haqida eng hikmatli statuslarni va chuqur ma’noli iqtiboslarni shu sahifada topishingiz mumkin!