Ota-ona haqida eng yaxshi, ta’sirli va ma’noli maqollar

Ota-ona haqida eng yaxshi, ta'sirli va ma'noli maqollar Barcha maqollar

Ota-ona – hayotimizning eng muqaddas va ulug‘ insonlari. Ular farzandlari uchun o‘zini ayamay mehnat qiladi, sabr-toqat bilan tarbiyalaydi va farzandlarining baxtini o‘ylaydi.

O‘zbek va jahon xalqlari ota-onaning o‘rnini, mehrini va qadr-qimmatini chuqur ifodalagan maqollar yaratgan. Quyida ota-ona haqida eng sara va ma’noli maqollarni taqdim etamiz. Bu maqollar ota-onaga bo‘lgan hurmat va ehtiromning nechog‘lik muhimligini yana bir bor eslatadi.

Ota-ona haqida eng yaxshi saralangan o’zbek xalq maqollari to’plami

O‘zbek xalq ijodiyotida ota-onaning o‘rni doimo yuksak qadrlangan. Ota-ona mehrining ulug‘vorligi, sabri va fidoyiligi xalqimizning hikmatli maqollarida aks etgan. Ota-ona farzand uchun hayot yo‘lida eng muhim ustunlar bo‘lib, ularning hurmati va qadri doimo yodda bo‘lishi kerak. Quyida ota-ona haqida eng yaxshi o‘zbek xalq maqollari bilan tanishing:

Otang — tarozi, onang — tarozi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota bilan qolgan — shum yetim, Ona bilan qolgan — gul yetim.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otangning chorvog‘ida qolguncha, Onangning o‘ymog‘ida qol.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Alp — otadan, zot — onadan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Onangni otangga yomonlama, Do‘stingni — dushmanga.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi, Onalar so‘zi — baxtning o‘zi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Davlating — ota-onang, Savlating — o‘g‘il-qizing.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ona — mehribon, ota — g‘amg‘uzor.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Onaga o‘xshab qiz tug‘ilmas, Otaga o‘xshab — o‘g‘il.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Onali yetim — gul yetim, Otali yetim — shum yetim.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Onang o‘gay bo‘lsa, otang o‘zingniki emas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Onangni quyosh bilsang, Otangni oy bil.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Onasi yalamaganga otasi qaramas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Farzand baxti — ona taxti, Farzand kamoli — ota jamoli.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘g‘il-qiz yaxshi bo‘lsa, Ota-ona xursand.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota-ona duosi, O‘tga, suvga botirmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otadan oltov bo‘lguncha, Onadan ikkov bo‘l.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otang qarisa, qui olma, Onang qarisa — cho‘ri.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otaning ochgan yo‘li bor, Onaning bichgan to‘ni bor.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otasini og‘ritgan El ichida xor bo‘lar, Onasini og‘ritgan Parcha nonga zor bo‘lar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Onangni otangga bepardoz ko‘rsatma.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otasi o‘lgan olti kun yig‘lar, Onasi o‘lgan — oltmish yil.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Onangga boshingni xam qil, Otangga gapingni kam qil.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otasi tentakning biri — tentak, Onasi tentakning bari — tentak.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘g‘irlik osh badanga yuqmas, Yomon bola ota-onaga boqmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bir qizga yetti qo‘shni — ota-ona.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Onalik uyning ori bor, Otalik uyning — zari.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Onang o‘ldi — otang o‘ldi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota — aql, ona — idrok.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota — bilak, ona — yurak.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otali yetim — orsiz yetim, Onali yetim — orli yetim.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Baxmal bilan banotning ko‘hnaligi bo‘lmas, Ota bilan onaning — qariligi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota bo‘lmay, ota qadrini bilmas, Ona bo‘lmay, ona qadrini bilmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota-ona — davlating, Farzandlaring — savlating.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otangning mol-dunyosi bilan qolguncha, Onangning pilta-savati bilan qol.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota qarg‘ishi — o‘q, Ona qarg‘ishi — do‘q.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ona aqli — qiz aqli, Ota so‘zi — aql ko‘zi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otamning unumi bor, Onamning — tinimi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota-onaning dog‘i — oz-moz, Farzand dog‘i tinch qo‘ymas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ona kulfatin ona bilar, Ota kulfatin ota bilar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Puldorning ota-onasi yo‘q.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Daraxtiga ko‘ra — mevasi, Ota-onasiga ko‘ra — bolasi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Onadan ko‘rgan to‘n bichar, Otadan ko‘rgan o‘q yo‘nar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otadan — o‘g‘il, onadan — qiz.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otasi buzuqning biri — buzuq, Onasi buzuqning bari — buzuq.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otasi tentakning birisi — tentak, Onasi tentakning barisi — tentak.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otasini so‘rasang — Ahmadi forig‘, Onasini so‘rasang — tovoni yoriq.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Qiz bersang, otasiga qarab ber, Qiz olsang, onasiga qarab ol.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Qizni onasi tiysin, O‘g‘ilni — otasi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yomon farzand ota-onani yerga qaratar, Yaxshi farzand ota-onani elga oralatar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota-onasini tanimagan tangrisini tanimas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otangni o‘ldirganga onangni ber.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ota-ona haqida jahon xalq maqollari durdonalari

Dunyo xalqlari ota-onaning mehr-muhabbati va fidoyiligini ulug‘laydigan ko‘plab hikmatli maqollar yaratgan. Har bir xalq ota-ona qadrini, ularning farzand hayotidagi beqiyos o‘rnini chuqur anglagan. Quyida ota-ona haqida jahon xalqlarining eng yaxshi va hikmatli maqollari bilan tanishing:

Otasi yo‘q — yetim, onasi yo‘q — qul.

🔽
Turkman maqoli

Ota bilan ona ko‘ngli o‘g‘il bilan qizdadir, o‘g‘il bilan qizning ko‘ngli dala bilan tuzdadir.

🔽
Turkman maqoli

Ota ko‘rgan pichoq tutar, ona ko‘rgan supurgi tutar.

🔽
Turkman maqoli

Bolaning boyligi — ota-onasi.

🔽
Tojik maqoli

Otasiz o‘g‘il nobop, onasi qiz nobop.

🔽
Oltoy maqoli

Doim ham og‘il otasiga, qiz onasiga o‘xshayvermaydi.

🔽
No‘g‘ay maqoli

Agar bola otasiga o‘xshamasa, u onasini eslatadi.

🔽
Keniya maqoli

Boy savdogar bo‘lib, ota-onamni unutdim.

🔽
Ispan maqoli

Ota-onalar qanday bo‘lsa, bolalar ham shunday.

🔽
Dog‘iston maqoli

Ota la’natlasa — soqoli tasdiqlaydi, ona la’natlasa — ko‘kragi qaytaradi.

🔽
Gruzin maqoli

Ota-ona — bola uchun, bolalar — o‘zi uchun.

🔽
Gruzin maqoli

Uyda ota-onagga suyan, tashqarida — do‘stlaringga.

🔽
Xitoy maqoli

Ota-onani tirikligida boq, o‘lgandan so‘ng so‘ygan moling foydasiz.

🔽
Xitoy maqoli

Ota-onasi yo‘q — itoatkor bolasini maqtaydi, qizi yo‘q — uyining tozaligini.

🔽
Xitoy maqoli

Ota-onasiga o‘xshamaydigan bola yo‘q.

🔽
Yapon maqoli

Ota-onasinikiga borgan xotin uch kunda zerikadi.

🔽
Yapon maqoli

Tuqqan ota-ona emas, tarbiyalagan — ota-ona.

🔽
Yapon maqoli

Bolalar uchun ochlik yo‘q (ota-ona o‘zi yemasa ham bolasiga beradi).

🔽
Yapon maqoli

Bolani tashlab ketish mumkin, ota-onani tashlab bo‘lmaydi.

🔽
Yapon maqoli

Ota-onalar ishlaydilar, bolalar yallo qiladilar, nabiralar — qashshoq.

🔽
Yapon maqoli

O‘g‘il otaga taqlid qiladi, qiz — onaga.

🔽
Yapon maqoli

Farzandi bo‘lmagan ota-ona sevgisini bilmaydi.

🔽
Yapon maqoli

Otasiz qolgan yetim emas, onasiz qolgan — yetim.

🔽
Gagauz maqoli

Otaning bitta do‘qida onaning yuz marta shapatilagani afzal.

🔽
Vetnam maqoli

Ona tarbiyalasa — bolalar chaqqon, ota tarbiyalasa — bolalar aqlli.

🔽
Vetnam maqoli

Ota o‘lsa — tog‘a qoladi, ona o‘lsa xola emizadi.

🔽
Vetnam maqoli

Yaxshi farzand ota-onasini kambag‘alligi uchun koyimaydi, yaxshi it egasini tashlab ketmaydi.

🔽
Vetnam maqoli

Ota-onasiz odam — torsiz ud.

🔽
Vetnam maqoli

Ota-onalar bolalarda davom etadi.

🔽
Ozarbayjon maqoli

Ota-ona haqidagi eng yaxshi statuslar va hikmatli iboralar

Ota-ona haqida eng yaxshi statuslar va ta'sirli gaplar
Ota-ona – farzandlari uchun hayotning eng buyuk tayanchi va mehr manbai. Ularning sevgisi va sabr-toqati farzandlarni himoya qilib, hayot yo‘lida yo‘lboshchilik qiladi. Quyida ota-ona haqida eng yaxshi hikmatli iboralar va statuslar bilan tanishing. Ushbu so‘zlar sizni ota-onaning qadrini yanada chuqurroq anglashga undaydi.

Ota va ona! Bu muqaddas nomlar oldida barcha madhiyalar hech narsa emas, barcha balandparvoz maqtovlar o‘g‘illik muhabbati va minnatdorchiligi oldida puch va arzimasdir.

🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY

Ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi munosabat ham sevishganlar o‘rtasidagi munosabat singari mashaqqatli va shu qadar hayajonlidir.

🔽
A. MORUA

Bolalar o‘z ota-onalarida o‘tmishni, ota-onalar o‘z farzandlarida kelajakni ko‘radilar; ota-onalarda bolalariga nisbatan farzandlarning ota-onalarga muhabbatiga qaraganda ko‘proq mehr uchratar ekanmiz, bu qayg‘uli, ayni paytda tabiiy holdir. Xotirotlaridan ko‘ra orzu-umidlarini ko‘proq yaxshi ko‘rmaydigan odam bormi?

🔽
I.ETVES

Oilaviy tarbiya ota-onalar uchun avvalo o‘z-o‘zini tarbiyalash demakdir.

🔽
N. K. KRUPSKAYa

Bolalarning murg‘ak qalbiga hech bir narsa ibratdek kuchli ta’sir etmaydi va barcha ibratlar ichida esa ota-ona ibratidan ko‘ra chuqurroq va mustahkamroq o‘rin oladigan ibrat yo‘q.

🔽
N. I. NOVIKOV

Ota-onalar ko‘pincha «tarbiya» so‘zi bilan «ma’lumot» so‘zini chalkashtirib qo‘yadilar va bolaga ma’lum darslarni o‘qitib o‘rgatish bilan unga tarbiya berdik, deya o‘ylaydilar. Yillar o‘tgach, ota-onalarning hafsalalari pir bo‘lishining sababi ham mana shunda.

🔽
A. G. RUBINShTEYN

Ota-onalar o‘z bolalarini sertashvish va saxovatli qalb bilan sevadilarki, bu hol bola tarbiyasiga zarar yetkazadi.illat bo‘lmaydi. Yomonlik yo‘q qilib tashlansa-yu, o‘rni yaxshilik bilan to‘ldirilmasa, buning samarasi bo‘lmaydi: bu narsa bo‘shliqni vujudga keltiradi, bu bo‘shliq esa to‘xtovsiz ravishda boshqa bo‘shliq bilan to‘lib boradi; birini quvsangiz, ikkinchisi paydo bo‘ladi.

🔽
V.G.BELINSKIY

Ota-ona muhabbatining faqat bolaga qaratilishi dahshatli adashuvdir.

🔽
A. S. MAKARENKO

Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash uchun ota-onalar farzandlariga aslidagiday ko‘rinishi kerak.

🔽
Bernard Shou

Ota-onaga muhabbat — barcha yaxshi fazilatlarning asosi.

🔽
SISERON

Ota-ona haqidagi shu va boshqa eng yaxshi statuslarni alohida Ota-ona haqida statuslar sahifasida batafsil o’qishingiz mumkin.

O‘xshash maqolalar: Dehqonchilik haqida eng yaxshi o‘zbek va jahon maqollari Ona tili haqida juda chiroyli o‘zbek va jahon maqollari Dars haqida eng sara ma’noli o‘zbek va jahon maqollari Ro‘zg‘or haqida eng kerakli o‘zbek va jahon maqollari Mashina haqida eng yoqimli o‘zbek va jahon maqollari Ustalar haqida juda samimiy o‘zbek va jahon maqollari
Statuslarni baholang
( 2 assessment, average 4.5 from 5 )
Post haqida fikringizni bildiring, sizningcha bu mavzu qanchalik dolzarb?