Ota-ona – har bir inson hayotidagi eng yuksak va mehribon insonlardir. Ularning sevgisi va sabr-toqati farzandlar uchun eng buyuk boylikdir.
Ota-ona mehrining ulug‘vorligini ta’kidlovchi ta’sirli gaplar va hikmatlar har doim inson qalbiga chuqur ta’sir qiladi. Quyida ota-ona haqida eng yaxshi va ma’noli statuslar va ta’sirli gaplar bilan tanishing. Ushbu so‘zlar sizni ota-onaning qadrini yanada chuqurroq anglashga undaydi.
👨👩👧👦 Ota-ona haqida mashhur o‘zbek ziyolilaridan eng sara va ibratli fikrlar
Ota-ona inson hayotining eng ulug‘ va bebaho ne’matidir. O‘zbek ziyolilari ota-onani hurmat qilish, ularning duosini olish va mehrini qadrlash haqida ko‘plab dono fikrlar bildirganlar. Quyida ota-ona haqida mashhur o‘zbek ziyolilarining eng sara va ibratli fikrlari jamlanmasi keltirilgan:
Ota-onang borligidan shod bo‘l, ularning duosi hayotingga yorug‘lik olib keladi.
🔽
Abdulla Avloniy
Ota-onaning roziligi – farzandning eng katta baxtidir.
🔽
Alisher Navoiy
Dunyodagi eng ulug‘ mehr – bu ota-onaning mehridir.
🔽
Erkin Vohidov
Ota-onasini hurmat qilgan insonning o‘zi ham hurmat topadi.
🔽
Is’hoqxon Ibrat
Ota-onaning haqqi yeru osmondan ham yuksakdir.
🔽
Muhammad Yusuf
Ona mehri quyosh nuridek, hamma joyga birdek taraladi.
🔽
Shavkat Rahmon
Ota-onaga qilgan yaxshiliging, albatta, o‘zingga qaytadi.
🔽
G‘afur G‘ulom
Ota-ona seni bir umr suyadi, sen ham ularni umrining oxirigacha suy.
🔽
Oybek
Ota-onaning ko‘zidagi quvonch – farzandning eng katta mukofotidir.
🔽
Abdulla Qahhor
Ota-onasiga xizmat qilgan odam eng baxtli insondir.
🔽
Hamid Olimjon
Ona – doimiy duodir, ota – umr yo‘lidagi tayanch.
🔽
Zulfiya
Ota-ona – bu farzand hayotidagi eng buyuk boylik.
🔽
Mirtemir
Ota-onaning mehri – bu hech qachon tugamaydigan boylik.
🔽
Usmon Nosir
Ona mehri – bolani hayotga tayyorlovchi eng katta maktabdir.
🔽
Uyg‘un
Ota-onani e’zozlash – insonning eng oliy burchidir.
🔽
Abdurauf Fitrat
Ota-ona seni doimo asraydi, sen ham ularning duolarini asra.
🔽
Said Ahmad
Ona mehri shunday mo‘’jiza-ki, uni so‘z bilan ifodalash qiyin.
🔽
Maqsud Shayxzoda
Ota-onaning yuragi – farzandining uyidir.
🔽
O‘lmas Umarbekov
Ona farzandini mehr bilan o‘stiradi, ota esa unga hayotni o‘rgatadi.
🔽
Shuhrat
Ota-onangning duosiga sazovor bo‘lish – eng katta omad.
🔽
Erkin Samandar
Ota-ona haqida eng yaxshi statuslar, hikmatli so’zlar va dono gaplar
Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi; birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli.
🔽
Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Xorazmiy
Do‘stni sen tanlaysan, qondoshlikni Xudo tanlaydi, ota-ona bino qiladi. Xudoning tanlovidan, ota-ona binosidan voz kechib bo‘lmaydi.
🔽
Azimjon Qosimov
Izzat-hurmat ota va onani, shuningdek, bolalarni ham qo‘riqlab turuvchi posbondir; u ota-onani kulfat va g‘amdan, bolalarni esa vijdon azobidan qutqaradi.
🔽
O. BALZAK
Ota-onaga nisbatan hurmat va muhabbat, hech shubhasiz, muqaddas tuyg‘udir.
🔽
V. G. BELINSKIY
Ota va ona! Bu muqaddas nomlar oldida barcha madhiyalar hech narsa emas, barcha balandparvoz maqtovlar o‘g‘illik muhabbati va minnatdorchiligi oldida puch va arzimasdir.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
…Ota-ona qalbi, bu eng olijanob hakam, eng yaxshi do‘st, bu alangasi intilishlarimizning muqaddas majmuasini isitadigan muhabbat quyoshi!
🔽
K. MARKS
Ota-onang bilan munosabatda rostgo‘y bo‘l. Ular ma’qullaydigan ishga ulardan ruxsat va ijozat so‘ra. Intizomli farzand bo‘lish qiz va o‘g‘ilning haqiqiy erkinligidir.
🔽
V. A. SUXOMLINSKIY
Ota-onasini, o‘rtoqlari, do‘stlarini sevmagan yigit qaylig‘i va xotinini ham hech qachon sevmaydi. Shahvatsiz muhabbat ko‘lami naqadar keng bo‘lsa, jinsiy muhabbat ham shu qadar olijanob bo‘ladi.
🔽
A. S. MAKARENKO
Bolalaring senga qanday munosabatda bo‘lishini istasang, ota-onangga ham shunday munosabatda bo‘l.
🔽
ISOKRAT
Siz ota-onangiz bilan qanday muomalada bo‘lsangiz, bolalaringiz ham sizbilan shunday muomala qilishini yodda tuting.
🔽
FALES
Ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi munosabat ham sevishganlar o‘rtasidagi munosabat singari mashaqqatli va shu qadar hayajonlidir.
🔽
A. MORUA
Bolalar yigirma besh yoshgacha ota-onalarini sevadilar; yigirma besh yoshda ularni qoralaydilar, so‘ngra ularni kechiradilar.
🔽
I. TEN
Eng razil, ayni paytda eng oddiy va azaliy ko‘rnamaklik — bu farzandlarning ota-onani qadrlamasligidir.
🔽
L. VOVENARG
Ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasida butunlay sir bo‘lmasligi dunyoda eng kam uchraydigan hodisadir.
🔽
R. ROLLAN
Bolalar o‘z ota-onalarida o‘tmishni, ota-onalar o‘z farzandlarida kelajakni ko‘radilar; ota-onalarda bolalariga nisbatan farzandlarning ota-onalarga muhabbatiga qaraganda ko‘proq mehr uchratar ekanmiz, bu qayg‘uli, ayni paytda tabiiy holdir. Xotirotlaridan ko‘ra orzu-umidlarini ko‘proq yaxshi ko‘rmaydigan odam bormi?
🔽
I.ETVES
Hayotning muhim vaziyatlarida ota-onaning suyanchig‘i bo‘lish ajoyib ish, biroq ularning ko‘p ikir-chikir va bema’ni talablari jonli, erkin, dadil iste’dodni bo‘g‘adi.
🔽
A.S. GRIBOEDOV
Oila hayotining bosh muddao va maqsadi bolalar tarbiyasidir. Bolalar tarbiyasining bosh maktabi esa eru xotin, ota-onaning o‘zaro munosabatidir.
🔽
V. A. SUXOMLINSKIY
Ayni o‘sha o‘z farzandlarini yomon tarbiyalaydigan ota-onalar, umuman, pedagogikaning me’yorini mutlaqo bilmaydigan kishilargina pedagogik suhbatlar ahamiyatini haddan tashqari bo‘rttirib yuboradilar.
🔽
A. S. MAKARENKO
Oilaviy tarbiya ota-onalar uchun avvalo o‘z-o‘zini tarbiyalash demakdir.
🔽
N. K. KRUPSKAYa
Insonni hamma: odamlar, buyum va narsalar, voqea-hodisalar, ammo eng avvalo va aksari hollarda odamlar tarbiyalaydi. Bular orasida esa ota-onalar bilan o‘qituvchilar birinchi o‘rinda turadilar.
🔽
A. S. MAKARENKO
Bolalarning murg‘ak qalbiga hech bir narsa ibratdek kuchli ta’sir etmaydi va barcha ibratlar ichida esa ota-ona ibratidan ko‘ra chuqurroq va mustahkamroq o‘rin oladigan ibrat yo‘q.
🔽
N. I. NOVIKOV
Ota-ona izzat-obro‘sining poydevori faqat ularning yurish-turishi-yu, ishlari, fuqorolik qiyofalari va xulq-atvorlaridir.
🔽
A. S. MAKARENKO
Bolalarning gunohi ham, xizmatlari ham ko‘p jihatdan ota-ona gardaniga tushadi va ularning vijdoniga havola etiladi.
🔽
F. E. DZERJINSKIY
Hozirgi ota onalar farzandlarga tarbiya bera turib. Vatanimizning istiqbol tarixini, demakki, jahon tarixini tarbiyalaydilar.
🔽
A. S. MAKARENKO
Ota-onalar ko‘pincha «tarbiya» so‘zi bilan «ma’lumot» so‘zini chalkashtirib qo‘yadilar va bolaga ma’lum darslarni o‘qitib o‘rgatish bilan unga tarbiya berdik, deya o‘ylaydilar. Yillar o‘tgach, ota-onalarning hafsalalari pir bo‘lishining sababi ham mana shunda.
🔽
A. G. RUBINShTEYN
Bolalarda o‘z-o‘zini emas, odamlarni sevish tuyg‘usini tarbiyalamoq kerak. Buning uchun ota-onaning o‘zi odamlarni sevishi lozim.
🔽
F. E. DZERJINSKIY
Ota-onalar o‘z bolalarini sertashvish va saxovatli qalb bilan sevadilarki, bu hol bola tarbiyasiga zarar yetkazadi.illat bo‘lmaydi. Yomonlik yo‘q qilib tashlansa-yu, o‘rni yaxshilik bilan to‘ldirilmasa, buning samarasi bo‘lmaydi: bu narsa bo‘shliqni vujudga keltiradi, bu bo‘shliq esa to‘xtovsiz ravishda boshqa bo‘shliq bilan to‘lib boradi; birini quvsangiz, ikkinchisi paydo bo‘ladi.
🔽
V.G.BELINSKIY
Yomon bolalar uchun ota-onani jazolamoq kerak.
🔽
M. GORKIY
Ota-onaning farzandga muhabbati ko‘r-ko‘rona bo‘lmasligi kerak. Bolaning hamma talabini bajaraverish, uni ham-mavaqt ham konfet va shunga o‘xshash narsalar bilan siylayverish uning qalbini majruh qilib qo‘yishdan boshqa narsa emas.
🔽
F. E. DZERJINSKIY
Ota-onalar tomonidan barcha injiqliklariga quloq solib, erka-tantiq qilib o‘stirilgan bolalar xudbin va irodasiz kishilar bo‘lib yetishadilar.
🔽
D. E. DZERJINSKIY
Ota-ona muhabbatining faqat bolaga qaratilishi dahshatli adashuvdir.
🔽
A. S. MAKARENKO
Ota-onalar o‘z huquqlaridan foydalanib, bolalariga e’tiqod va dunyoqarashlarini zo‘rlab singdirishga o‘rinish bilan ularga qanchalik ziyon yetkazishlarini bilmaydilar.
🔽
F. E. DZERJINSKIY
Ota-onalar ayni o‘zlari singdirgan nuqsonlari uchun farzandlarini kamdan-kam kechira oladilar.
🔽
F. ShILLER
Har bir odam ikki xil tarbiya oladi: biriichi tarbiyani o‘z hayot tajribalarini singdirish yo‘li bilan ota-ona beradi, ikkinchisi, yanada muhimrog‘ini esa unga hayotning o‘zi o‘rgatadi.
🔽
E. TELMAN
Ota-onalar o‘zlarining nuqsonlarini bolalarida ko‘rganlarida ko‘proq jahllanadilar.
🔽
Fridrix Shiller
Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash uchun ota-onalar farzandlariga aslidagiday ko‘rinishi kerak.
🔽
Bernard Shou
Ota-onaga muhabbat — barcha yaxshi fazilatlarning asosi.
🔽
SISERON
Ota-ona haqida eng sara ta’sirli maqollardan namunalar
Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi, Onalar so‘zi — baxtning o‘zi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Otasini og‘ritgan El ichida xor bo‘lar, Onasini og‘ritgan Parcha nonga zor bo‘lar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Otasi o‘lgan olti kun yig‘lar, Onasi o‘lgan — oltmish yil.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ota — bilak, ona — yurak.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boy savdogar bo‘lib, ota-onamni unutdim.
🔽
Ispan maqoli
Ota-ona — bola uchun, bolalar — o‘zi uchun.
🔽
Gruzin maqoli
Ota-onalar bolalarda davom etadi.
🔽
Ozarbayjon maqoli
Ota-ona haqidagi shu va boshqa eng yaxshi maqollarni saytimizning Ota-ona haqida maqollar sahifasida alohida ko’rib chiqishingiz mumkin.
O‘xshash maqolalar: Ona tili haqida oltinga teng hikmatlar va statuslar Ro‘zg‘or haqida eng sara foydali hikmatlar va statuslar Sevgi, ehtiros, sog‘inch, yurak, nafrat haqida statuslar Ta‘lim, bilim, dars va fanlar haqida status va hikmatlar Ismlar haqida turfa xil hikmatlar va statuslar to‘plami Texnologiya, sun’iy intelekt haqida status va hikmatlar








