Baxt haqida maqollar, chiroyli va ma’noli maqollar to’plami

Baxt haqida maqollar, chiroyli va ma'noli maqollar to'plami Barcha maqollar

Baxt haqida maqollar, baxt haqida o’zbek maqollari, jahon maqollari, baxt haqida juda chiroyli sara ma’noli maqollar to’plami.

Baxt haqida jahon maqollari

Baxt haqida maqollar, jahon maqollari

Agar bir ayolni baxtli deyishsa, bilki, uning eri — jasoratli.
Bambara maqoli

Mehnat qilmay, qiyinchilik ko‘rmay baxtga erishmaysan.
Qirg‘iz maqoli

Yaxshi xotin — yarim baxt.
Qirg‘iz maqoli

Baxt asosi — birlikdir.
Qirg‘iz maqoli

Pahlavon bilan ovqat uchun talashma, boy bilan.
baxt uchun.
Qalmoq maqoli

Beparvolik baxtu omadni halok etishi mumkin.
Fors maqoli

Baxtsizlik ko‘rmasdan baxtga erishib bo‘lmaydi.
Fors maqoli

Baxt havodan kelmaydi, unga mehnat bilan erishiladi.
Fors maqoli

Erta turish baxtga yetaklaydi.
Udmurt maqoli

Baxt va iztirob ko‘rmagan inson qayg‘u va xursandlikni bilmaydi.
Tibet maqoli

Donolik — baxtga payvand.
Osetin maqoli

Og‘rimasdan va qizg‘onmasdan yashagan — baxtli.
Osetin maqoli

Bemor bo‘lmasdan va ichqoralik qilmasdan yashovchi kishi baxtiyordir.
Osetin maqoli

Ter to‘kmasdan baxtga erishib bo‘lmaydi.
Nemis maqoli

Bo‘lishilgan baxt — ikki karra baxt, bo‘lishilgan dard — yarim dard.
Nemis maqoli

Inson — o‘z baxtining me’mori.
Nemis maqoli

Baxtsizlar musibati — baxtlilar uchun dars.
Nepal maqoli

G‘am ko‘rmasdan baxtning qadrini bilmaysan.
Nepal maqoli

Qo‘li qadoq yigitga turmushga chiqsang, baxt topasan.
Maori maqoli

Inson o‘z baxtini o‘zi belgilaydi.
Maori maqoli

Arpa cho‘qiyotgan payt ko‘r tovuq ham baxtiyor.
Latish maqoli

Baxtni qilich bilan sindirib bo‘lmaydi, kuchni tanbeh bilan.
Lak maqoli

Ikki kunlik baxtga yuz kunda erishiladi.
Ispan maqoli

Birovning baxtiga hasad qilgan o‘z baxtini ko‘rmaydi.
Gruzin maqoli

Baxt uch marta eshik qoqadi, agar ochmasang boshqasiga ketadi.
Gruzin maqoli

O‘rganish — bilimning urug‘i, bilim — baxtning urug‘i.
Gruzin maqoli

Baxt hech kimga pul keltirmaydi.
Brazil maqoli

Bir kishining baxti boshqasi uchun qayg‘u.
Brazil maqoli

Pul insonga baxt va’da qilmaydi.
Brazil maqoli

Chaqqonlik – baxtning yarmi.
Boshqird maqoli

Baxt boylikda emas, aqlda.
Bengal maqoli

Mehnatsiz baxt bo‘lmaydi.
Belorus maqoli

Bemor oltin ustida yotsa ham baxtiyor emas.
Belorus maqoli

Baxtingga va davlatingga ishonib qolma.
Arman maqoli

Kimdan baxt yuz o‘girsa, uning oti ham eshakka aylanib qoladi.
Arman maqoli

Kulfat ko‘rmay baxtga erishmaysan.
Arman maqoli

Baxt yomonga yaxshilik beradi, yaxshiga yomonlik.
Arman maqoli

Birovlarning xatosidan xulosa chiqargan — baxtli.
Arab maqoli

Hunarini tashlagan baxtini yo‘qotadi.
Arab maqoli

Harakat – o‘smirning baxti, halovat – qizning baxti.
Chechen-ingush maqoli

Kimdir yoshligida baxtli bo‘ladi, kimdir qarilikda baxtga erishadi.
Tatar maqoli

Oliyjanob odam ezgu ishlari bilan baxtiga baxt qo‘shadi, nodon kuch ishlatib odamlarni aldaydi.
Xitoy maqoli

Ishlamay osmondan baxt kutsang, kuppa-kunduzi chuqurga qulaysan.
Xitoy maqoli

Qayg‘u ortidan baxt keladi, mag‘lubiyat ketidan mukofot ham kutadi.
Xitoy maqoli

Baxt qo‘shqo‘llab kelmaydi, kulfat bir o‘zi yurmaydi.
Xitoy maqoli

Keyingi asrning baxti shu asrda quriladi.
Xitoy maqoli

Farzandi borning har ishi baxt.
Xitoy maqoli

Ahmoqning baxti ham ahmoqona.
Xitoy maqoli

Olamning ming kuni baxtli o‘tmaydi, gul — yuz kun so‘limay turmaydi.
Xitoy maqoli

Yaxshi so‘z — yarim baxt.
Qirg‘iz maqoli

Oilada hamjihatlik bo‘lmasa, uni baxt tashlab ketar.
Qirg‘iz maqoli

O‘z tanu joningga jabr qilmasdan turib, osonlik bilan baxtli bo‘lish mumkin emas.
Hind maqoli

Beg‘araz — hamisha xushbaxt.
Hind maqoli

Baxtni kim ham inkor eta olardi? Shoshmashosharlik — aqlsizlik.
Hind maqoli

Baxtliga hamma baxtlidek ko‘rinadi.
Hind maqoli

Baxt o‘tkinchi, hayot o‘tkinchi, kishining tani va yoshligi ham o‘tkinchi; ammo oliyhimmatlik va shuhrat abadiydir.
Hind maqoli

Baxt chuqur mulohazani talab qiladi.
Hind maqoli

Baxt egiz yurmaydi, dard bir o‘zi kelmaydi.
Koreys maqoli

Kar er bilan ko‘r xotin baxtli juft bo‘ladi.
Daniya maqoli

Xasislik bir eshikdan kirsa, baxt ikkinchisidan chiqib ketadi.
Tay maqoli

Go‘zallik baxt bilan birga yurmaydi.
Yapon maqoli

Baxt bor joyda qayg‘u ham bo‘ladi.
Yapon maqoli

G‘urur mag‘lubiyatga yetaklaydi, kamtarlik baxt keltiradi.
Yapon maqoli

Baxt kulgi bor uyga kiradi.
Yapon maqoli

Qayg‘u baxt bilan o‘rin almashadi.
Yapon maqoli

Baxt uni kutmagan payt kulib boqadi.
Yapon maqoli

Yer ostida yashab, hech narsani ko‘rmaydigan ko‘rsichqon — eng baxtiyor.
Zulu maqoli

Katta baxt katta baxtsizlarni ham keltiradi.
Digor maqoli

Dard ortidan baxt keladi.
Kongo maqoli

G‘am ketsa baxt keladi.
Vetnam maqoli

Baxt va qayg‘u senga qachon yo‘liqishini oldindan bilolmaysan.
Vetnam maqoli

Baxt boy otadan afzal.
Vetnam maqoli

Yuqoriga ketgan yo‘l, pastga ham tushadi; musibat ortidan baxt ham keladi.
Buryat maqoli

Musibat va kulfat olti kunda, baxt va xursandlik yuz kundan so‘ng keladi.
Buryat maqoli

Kech qolsang ko‘p narsani yo‘qotasan, oshiqsang baxtli bo‘lasan.
Buryat maqoli

Musibat chekmagan baxt qadrini bilmaydi.
Buryat maqoli

Qarz yo‘qligi — boylik, salomatlik — baxt.
Buryat maqoli

Mehnat — baxt.
Buryat maqoli

Baxt yuguradi, tog‘ uchadi.
Kuba maqoli

Bolasiz uyda baxt bo‘lmaydi.
Adigey xalq maqoli

Baxil — baxtsiz bo‘lur.
Adigey xalq maqoli

Baxt topiladi, yomonlik unutiladi.
Shumer maqoli

Qiyinchiliksiz baxtga erishib bo‘lmaydi.
Qadimgi Hind maqoli

Baxt vaqt bilmaydi.
Ingliz maqoli

Baxt topish oson, uni saqlab qolish qiyin.
Ingliz maqoli

Raqsga tushayotgan hamma ham baxtli emas.
Ingliz maqoli

Baxt haqida o’zbek maqollari

Baxt haqida maqollar, o'zbek maqollari

Ahil oila — baxtli,
Noahil oila — vaqtli.

Totuvlik — baxt,
Totuvsizlik — qulagan taxt.

Ahdi borning baxti bor.

Avvalgi baxtim — gul baxtim,
Keyingi baxtim — suvga oqdim.

Baxt kulgu bor uyga kirar.

Baxt — sandiqda, kaliti — osmonda.

Baxtli ovchiga cho’loq kiyik yo’liqar.

Bozorga bor, baxtingdan ko’r.

Kal qizning baxtini ko’r,
O’tirgan taxtini ko’r.

Ot bozori — baxt bozori.

Tavakkalni toshga ur,
Baxtingdan ko’r.

Taxting kulguncha, baxting kulsin.

Xaridning saxtini tilaguncha, baxtini tila.

Xon taxtidan qo’rqar,
Qiz — baxtidan,

Xotin baxti erda bo’lar,
Yetim — baxti yerda.

Eshikdan baxt kirsa,
Falokat teshikdan qochar.

Qizga oltindan taxt emas,
Barmoqday baxt tila.

Qizning baxti — erning davlati.

Har narsaning vaqti bor,
Har bir qizning baxti bor.

Husning bo’lguncha, baxting bo’lsin.

Yer ochganning baxti ochilar.

Aqlli baxt topar,
Baxt bilan taxt topar.

Kishi baxti taxtida emas, aqlida.

Otalar so’zi — aqlning ko’zi,
Onalar so’zi — baxtning o’zi.

Qizingga erk bersang, baxtini topar,
O’g’lingga erk bersang — taxtini.

Kambag’alning baxti
Boyning taxtini yiqitar.

Oti borning qanoti bor,
Moli borning — baxti.

Ota bola uchun taxt yasar,
Baxt yasata olmas.

Farzand baxti — ona taxti,
Farzand kamoli — ota jamoli.

Qiz — meniki, baxti — o’zganiki.

Qizi borning baxti bor,
O’g’li borning taxti bor.

Yaxshi husn — yarim baxt.

Husn goh baxt keltirar,
Goh — kulfat.

Ahd qilgan baxt topar.

Baxt yalqovga begona.

Baxtingga ishonma, barmog’ingga ishon.

Yigitning baxtini mehnat ochar.

Mashaqqatsiz baxt kelmas,
Mehnatsiz taxt kelmas.

Tirishgan tog’dan oshar,
Ter to’kkan baxtli yashar.

Yo’qolgan bisot topilar,
Yo’qolgan baxt topilmas.

Odob bilan baxt topilar,
Sabr bilan — taxt.

Baxtli bilan bahslashma,
Tomlik bilan tenglashma.

Rostgo’ylik — baxt,
Yolg’onchi — badbaxt.

O’g’ri boylik topsa, baxtidan ko’rar,
To’g’ri boylik topsa, mehnatdan ko’rar.

Tinchlik — baxt, sogʼlik — taxt.

Vaqt ketdi — baxt ketdi,
Toji sari taxt ketdi.

Vaqtdan yutding — baxtdan yutding.

Vaqting ketdi — baxting ketdi.

Ertalabki vaqt — naqdgina baxt.

Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti.

Elning baxti — erning baxti.

El boqsa, baxting kular,
El boqmasa, taxting qular.

Baxtiyor bo’lsa zamon,
Noshukur bo’lma — yomon.

Omon yursang, oting o’zar,
Yomon yursang, baxting to’zar.

Er tug’ilsa — elning baxti,
Yomg’ir yog’sa — yerning baxti.

Baxt haqida sara statuslar, hikmatli so’zlar

Baxt haqida eng sara chiroyli statuslar to'plami

  • Baxt, eng avvalo soglik demakdir.

    – G. KURTIS

  • Biz baxt deb ataydigan narsaga ham, baxtsizlik deb ataydigan narsaga ham, ularning har ikkalasiga sinov deb qaraydigan bo‘lsak, biz uchun foydalidir.

    – L. N. TOLSTOY

  • Bolalar baxtni daf’atan va beixtiyor hazm qilib olaveradilar, negaki, ularning o‘zi shodlik va baxtdan iboratdirlar.

    – V. GYuGO

  • Sevmoq — boshqa bir odamning baxtida o‘z baxtingni topmog‘ingdir.

    – G. LEYBNIS

  • Qush parvoz uchun, inson baxt uchun yaralgan.

    – V. G. KOROLENKO

  • O‘z shaxsiy baxtini yaratishni istagan har bir kishi barcha ishchi va dehqonlar baxtining toblovchisi, bunyodkori bo‘lmog‘i kerak, qachonki u barchani baxtiyor qilsa, o‘z shaxsiy baxtini ham toblagan bo‘ladi.

    – M. I. KALININ

  • Har bir kishi — o‘z baxt-saodatining ijodkori.

    – R. STIL

Baxt haqidagi boshqa barcha statuslarni mana bu sahifada kuzatishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( 3 assessment, average 3.33 from 5 )
Fikr bildirish