Baxt haqida statuslar, aforizmlar, hikmatli so’zlar, mashhur gaplar va iboralar, baxt haqida eng sara chiroyli ma’noli statuslar to’plami.
- Baxt haqida eng yaxshi statuslar
- Muhabbat baxt xazinasidir: qancha ko‘p taqdim etgan sari o‘zi ham shuncha boyib boradi
- Baxt xohlagan ishingni xohlagan paytingda qilaverishing emas, balki qilayotgan ishingni hamisha xohlab turishingdadir
- Baxtli kunlarni kutish ba’zan o‘sha kunlarning o‘zidan ancha yaxshiroq bo‘ladi
- Kishi o‘z baxtini boshqalarga keltirgan baxtiga qarab o‘lchaydi
- Hayotda faqat birgina chinakam baxt bor, u ham bo‘lsa boshqalar uchun yashamoqlikdir
- Baxt boshqalar bilan baham ko‘rilgandagina barqaror bo‘ladi
- Tashvishsiz va g‘amsiz hayot -baxt emas, baxt — ko‘ngilning besaranjomligi
- Odamning baxt haqida tasavvuri qanday bo‘lsa, o‘zi ham shunday
- Erimaydigan muz bo‘lmagani kabi abadiy baxt ham yo‘q
- Har qanday umrmas, balki yaxshi o‘tkazilgan umr — baxt-saodat hisoblanadi
- Kishi o‘zgalarning baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi
- Baxtli bo’lish, baxtga erishish haqida statuslar
- Baxt va muvaffaqiyat – o‘zimizda, ichimizdadir
- O‘zligicha qola bilgan odam baxtlidir
- Hayot qiyinchiliklarida toblangan odam baxtli va uch karra baxtlidir
- O‘z uyida baxtli bo‘lgan kishigina baxtlidir
- Baxtga intilish bo‘lmagan joyda umuman intilish ham yo‘q. Baxtga intilish intilishlarning intilishidir
- Baxtiyorlik haqida eng sara statuslar
- Iloji boricha ko‘proq odamlarga baxt hadya qilgan kishi eng baxtiyor kishidir
- Baxtli bo‘lmoq uchun baxtli bo‘lish mumkinligiga ishonmoq kerak
- Baxt haqida eng sara maqollar
- Baxt haqida faylasuflar hikmatlari
Baxt haqida eng yaxshi statuslar
-
O‘qishda, mehnatda, fanda, xalqqa astoydil xizmat qilishda o‘z baxtingni topasan.
– N. D. ZELINSKIY
-
Iste’mol qiling, lekin suistemolga aylanmasin — donolarning taomili shu. Ortiqcha tiyinish ham, oshirib yuborish ham baxt keltirmaydi.
– F. VOLTER
-
Baxt, eng avvalo soglik demakdir.
– G. KURTIS
-
Agar shuhratnarastlik kimnidir baxtga yetkazgan bo‘lsa, hoynahoy o‘sha odam tentak bo‘lsa kerak.
– J. J. RUSSO
-
Shaxsiy baxtga erishish uchun ish bilan birga so‘zga e’tibor bering katta ahamiyatga ega.
– N. V. ShELGUNOV
-
Biz baxt deb ataydigan narsaga ham, baxtsizlik deb ataydigan narsaga ham, ularning har ikkalasiga sinov deb qaraydigan bo‘lsak, biz uchun foydalidir.
– L. N. TOLSTOY
-
Inson o‘z onasini ruhiy jihatdan ham o‘ziga qadrdon deb bilishi noyob baxtdir.
– M. GORKIY
-
Jahonning butun g‘ururi onalardan. Quyoshsiz gullar ochilmaydi, sevgisiz baxt yo‘q, ayolsiz muhabbat yo‘q, onasiz shoir ham, qahramon ham bo‘lmaydi.
– M. GORKIY
-
O‘z farzandlarini baxtli qilishga intiluvchi mehribon ona ko‘p hollarda o‘zining tor qarashlari, kaltabin mo‘ljallari, keraksiz g‘amxo‘rlik va mehribonliklari bilan ularning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab qo‘yadi.
– D. D. PISAREV
-
Muttahamni uydan quvish oila uchun katta baxtdir.
– P. BOMARShE
-
Xalqning baxt-saodati bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashga bog‘liq.
– J. LOKK
-
Bolani baxtli qilaman deb, uni go‘daklikdan erkalatib taltaytirish aqldan emas.
– V. GYuGO
-
Baxti uchun sevikli kishisi oldida burchdorligini tan olmaslik kechirilmas mag‘rurlikdir.
– G. LESSING
-
Bolalar baxtni daf’atan va beixtiyor hazm qilib olaveradilar, negaki, ularning o‘zi shodlik va baxtdan iboratdirlar.
– V. GYuGO
-
Agar hayotimizning barcha maqsad-mazmuni shaxsiy baxti-mizdan iborat bo‘lganda, shaxsiy baxtimiz esa birgina muhabbatda o‘z ifodasini topganda edi, unda hayot deganlari chindan ham zudmat sahro bo‘lib qolar edi… Ammo abadiy tafakkurga, ma’rifatchilik kasbiga shonu sharaflar! Inson uchun yurakning ma’naviy olamidan tashqari hayotning yana boshqa buyuk olami ham — tarixan mulohaza-mushohada yuritish va ijtimoiy faollik olami ham bor.
– V. G. BELINSKIY
-
Sevmoq — boshqa bir odamning baxtida o‘z baxtingni topmog‘ingdir.
– G. LEYBNIS
-
Biz uchun ayol baxti xususidagi ma’naviy mas’uliyatni zimmaga olganimiz holda uning qalbiga hattoki bilmay turib ozor berib qo‘yishdan ham ortiqroq baxtsizlik bo‘lmaydi.
– V. G. BELINSKIY
-
Bizning ishimiz — o‘qish va o‘qish, imkoni boricha ko‘proq bilimga ega bo‘lish uchun intilishdir, chunki jiddiy ijtimoiy yo‘nalishlar — bilim bor yerda, insoniyatning istiqbol baxti ham faqat bilimdadir.
– A. P. ChEXOV
-
Hayotdagi maqsad inson qadr-qimmati va baxtning asosidir.
– K. D. UShINSKIY
-
Odamzod baxti uchun hamma narsadan voz kechishga o‘rgatadigan ajib g‘oyalarni kishilarga singdirish buyuk san’atdir.
– STENDAL
-
Mehnat baxt padaridir.
– B. FRANKLIN
-
Kishini tang qoldiradigan gumrohliklardan biri — inson baxti uning hech narsa qilmasligida, deb tushunilishidadir.
– L. N. TOLSTOY
-
Baxtning eng zarur sharti — mehnat: birinchidan, sevimli va ozod mehnatdir; ikkinchidan, ishtaha ochadigan va qattiq, tiniqtirib uxlatadigan jismoniy mehnatdir.
– L. N. TOLSTOY
-
Baxt mehnatni takomillashtirib borishdadir.
– Ya. RAYNIS
-
Agar siz ishni o‘rinli tanlay bilsangiz va unga o‘zingizni, butun qalbingizni baxsh etsangiz, baxtning o‘zi sizni qidirib topadi.
– K. D. UShINSKIY
-
Har doim o‘z sevgan ishi bilan mashg‘ul bo‘lish insonning nodir baxtidir.
– V. I. NEMIROVICh-DANChENKO
-
Har bir odamga muayyan bir faoliyat turi hamroh bo‘ladi, bu faoliyat uni jamiyat uchun foydali kishiga aylantiradi va ayni paytda unga baxt keltiradi.
– M. BARRES
-
Burch va nomus yo‘lini hech vaqt tark etmang, bu bizni baxtga erishtiradigan yagona yo‘ldir.
– J. BUFFON
-
Inson kim bo‘lishidan qat’iy nazar, mehnat qilishi, terga botib ishlashi kerak, uning yashashdan maqsadi, baxti va hayajonlari ham ayni shu mehnatda mujassamlashgan.
– A. P. ChEXOV
-
Qayg‘u — bu yo‘qotilgan, ammo hali ancha rohatini surish mumkin bo‘lgan baxt haqida o‘ylash oqibatidagi ruhiy bezovtalikdir yoki hozirgi daqiqada cheki-layotgan alamdan iztirobga tushishdir.
– G. LEYBNIS
-
Insonga baxt kerak, uning bunga haqqi bor, nechog‘li qiyin bo‘lmasin, inson baxtga erishishi darkor.
– N. A. DOBROLYuBOV
-
Qush parvoz uchun, inson baxt uchun yaralgan.
– V. G. KOROLENKO
-
Baxt bizga to‘la-to‘kis nasib bo‘luvchi yuksak darajadagi huzur-halovat, baxtsizlik esa yuksak darajadagi musibatdir.
– J. LOKK
-
Faylasuflar emas, balki lo‘ttibozlargina inson o‘z istagicha yashasa baxtlidir, deya gap sotadilar: bu g‘irt yolgon. Jinoiy istaklar eng manfur badbaxtlikdir. Jinoiy istakdan ko‘ra istaganingga yeta olmasliging ancha durustdir.
– SISERON
-
O‘z shaxsiy baxtini yaratishni istagan har bir kishi barcha ishchi va dehqonlar baxtining toblovchisi, bunyodkori bo‘lmog‘i kerak, qachonki u barchani baxtiyor qilsa, o‘z shaxsiy baxtini ham toblagan bo‘ladi.
– M. I. KALININ
-
Hamma uchun baxt — hammaning ahil mehnati bilan yaratiladi.
– G. IBSEN
-
Kishi boshqalarga qancha shodlik va baxt ulashsa, u faqat o‘shancha shodlik va baxtga da’vogar bo‘lishi mumkin.
– E. FEYXTERSLEBEN
-
Ezgulik faqat insonga xos xususiyat, binobarin, birov-birovning baxti va rohati uchun xizmat qilsa, bu yana ham insoniy xususiyatdir.
– TOMAS MOR
-
Eng yuksak shaxsiy baxt shaxsiy manfaatlardan ham ahamiyatliroq maqsadlar uchun kurashmoqlikdir.
– V. A. SUXOMLINSKIY
-
Umum farovonligi yo‘lida xizmat qilish ishtiyoqi qalb ehtiyoji va shaxsiy baxt garovi bo‘lmog‘i lozim.
– A. P. ChEXOV
-
Boshqalarning baxtisiz shaxsiy baxt ham bo‘lmaydi.
– N. G. ChERNIShEVSKIY
-
Boylik yaratmay turib undan foydalanishga haqqimiz bo‘lmaganidek, baxt keltirmay turib uni baham ko‘rishga ham haqimiz yo‘q.
– B. ShOU
-
Shaxsiy farog‘at to‘g‘risida o‘ylash tabiiydir, buni e’tiborga olish kerak. Lekin el-yurt baxt-saodati va butun insoniyat jamiyati muhofazasidan ko‘z yumib, faqat shaxsiy farog‘at haqida o‘ylansa, hayot chirkinlashadi, maydalashadi, ochig‘ini aytganda — tuban bir holga tushadi.
– R. ROLLAN
-
Baxtga — bu masalada har bir odamga alohida-alohida yondashish zarurligidan qat’iy nazar,— odamning eng zarur moddiy ehtiyojlarini qondirgandagina yetishish mumkin.
– N. A. DOBROLYuBOV
-
Baxt saxovatli odamning qo‘lidan tayyor holda olinmaydi, u kurash orqali qo‘lga kiritiladi va shakllanadi.
– D. I. PISAREV
-
Baxt havoda esmaydi, mehnatdan keladi.
– RUDAKIY
-
Har bir kishi — o‘z baxt-saodatining ijodkori.
– R. STIL
-
…Baxt sotilmas va kimki agar
Ter to‘kishga bo‘lolsa molik,—
Shunda tole bo‘lur jilvagar,
Shurda shodlik qilur oshnolik.– MIRZA ShAFIY
-
Na bo‘ysunishga, na o‘zining nimaga qodirligini ko‘rsatish uchun buyruq berishga ehtiyoji yo‘q kishigina chinakam baxtiyor va ulug‘vordir.
– I. GYoTE
-
Siz agar baxt orqasidan quvib qachondir unga yetishsangiz, ko‘zoynagini axtargan kampir singari, baxt doim burningiz ostida yurganini sezib qolasiz.
– B. ShOU
-
Baxt har doim mard odam tomonida.
– P. I. BAGRATION
-
Baxt sog‘liqqa o‘xshaydi: u bor bo‘lsa, payqamaysan.
– I. S. TURGENEV
-
Bizning his etish qobiliyatimiz hududiga ham sig‘maydigan kuchli baxt va qayg‘ular bo‘ladi.
– F. LAROShFUKO
-
Baxt yoki alamdan g‘ofil kishi dushman bilan duch kelmagan soldat singari dunyodan o‘tadi.
– F. KLINGER
-
Baxt baxtsizlikni nafratlashdan, kishini tasqara qilib, uni buzadigan jamiki narsalarga fiziologik jirkanch bilan qarashdan, tarix bo‘roni tufayli yanada vayron bo‘layotgan soxta farovonlik xususida oh urgan, ingragan, noligan notavonlardan chinakamiga voz kechishdan boshlanadi.
– M. GORKIY
-
Quvonch va umidga moyillik chinakam baxtdir; hadiksirash va ruhiy tushkunlikka berilish —haqiqiy baxtsizlik.
– D. YuM
-
Baxt qushi boshga qo‘nganda undan foydalana bilmagan odam u qo‘lidan ketganda nolimasligi kerak.
– M. SERVANTES
-
Hayotdagi qariyb hamma baxtsizliklar ishimizning yurishmayotgani xususidagi soxta tasavvurlarimizdan kelib chiqadi. Binobarin, odamlarni yaxshi bilish va voqealar haqida sog‘lom fikr yuritish bizni baxtga yetaklaydi.
– STENDAL
-
Baxt besabr odamlarga ko‘p narsalarni pullab qoladi-yu, sabrlilarga ularni tekinga beradi.
– F. BEKON
-
Bir qadar aziyat qo‘shilmagan sof baxt bo‘lmaydi.
– V. ShEKSPIR
-
Illatsiz baxt bo‘lmaydi.
– GORASIY
-
Bizning baxtimiz hech nar-ani orzu qilmaydigan holga tushib,butun istaklarning to‘la qondirilishidan iborat emas va bunday bo‘lmasligi kerak, chunki bu aqlimizning o‘tmaslashuviga olib kelgan bo‘lur edi. Yangi-yangi rohat-farog‘atlarga va yangidan-yangi mukammallik-arga beto‘xtov intilish — baxt shudir.
– G. LEYBNIS
-
Istagan huzur-halovat hambaxt emas, u huzur-halovatlar halol va pok bo‘lmog‘i kerak.
– TOMAS MOR
-
Baxt pushaymonsiz huzur qilish demakdir.
– L. N. TOLSTOY
-
Baxtning zarur tarkibiy qismi — bu to‘g‘ri yashayotganingga, ortingda xudbinlik, qallob-lik, makkorlik, zararkunanda-lik va yana shunga o‘xshash boshqa bir razilliklar yo‘qligiga qat’iy ishonishingdir.
– A. S. MAKARENKO
-
Inson uchun eng qadrli narsa nima? Hayot, chunki bizning barcha quvonchlarimiz, bizning butun baxtimiz, bizning jamiki umidlarimiz faqat hayot bilan bog‘liqdir.
– N. G. ChERNIShEVSKIY
-
Faqat bashariyat baxti uchun qilingan mehnatgina chinakam va boqiy shuhrat keltirishi mumkin.
– Ch. SEMNER
-
O‘zingdan keyingilarga avvalgidan ko‘proq bilim va baxt qoldirishga intil, bizga meros qolgan narsalarni takomillashtirish va ko‘paytirish, tinmay mehnat qilmog‘imiz zarur bo‘lgan soha mana shudir.
– D. DIDRO
-
Kim sayqal berolsa xushbaxtdir o‘sha.
– A. K. TOLSTOY
-
Go‘zallik — haqiqiy baxt-saodat va rasmana qahramonlik bo‘lib, u balandparvoz so‘zlarga muhtoj emas.
– V. RAABE
-
Yerdan sug‘urib olinib, qumli sahroga tashlang‘an giyoh halok bo‘lganidek, shaxs baxti ham jamiyatdan tashqarida bo‘lmaydi.
– A. N. TOLSTOY
-
Boshqa odamlardan o‘zini ayirgan odam o‘z baxtiga zomin bo‘ladi, chunki o‘zini qanchalik ayirsa, hayoti shunchalik yomonlashadi.
– L. N. TOLSTOY
-
Boshqalarga yorqin nur bo‘lish, o‘zingga ham nur taratishing — inson erishishi mumkin bo‘lgan oliy baxt shudir. Shundagina inson azobdan ham, og‘riqdan ham, g‘amdan ham, muhtojlikdan ham qo‘rqmaydi. Shundagina u hayotni chinakamiga sevishni endigina o‘rgangan bo‘lishiga qaramay, o‘limdan ham qo‘rqmaydi.
– F. E. DZERJINSKIY
-
Baxtimiz mukammal bo‘lishi uchun atrofimizdagi odamlarning xayrixohligi va yordamiga muhtojmiz, atrofimizdagi odamlar esa biz ularning baxti yo‘lida ter to‘kishga qay darajada tayyor tursak, ular ham shu darajada bizni sevish va hurmat qilish, rejalarimizda yordamlashish, bizning baxtimiz yo‘lida ter to‘kishga rozi bo‘ladilar, bu zaruriy aloqani ma’naviy burch, ma’naviy vazifa deb ataydilar.
– P. GOLBAX
-
Vatandan tashqarida baxt yo‘q, har kim jonajon yerida ildiz otsin.
– I. S. TURGENEV
-
Kishi o‘zgalarning baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
– Iogann Gyote
-
Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalq baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak bo‘lsa, biz o‘limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz!
– Mahmudxo‘ja Behbudiy
-
Inson goh-goh duch keladigan har bir muvaffaqiyatsizlikni baxtsizlik deb hisoblamasligi lozim. Kim biladi deysiz, balki haqiqiy baxt kichik muvaffaqiyatsizlikdan boshlanar?!
– Chingiz Aytmatov
-
Baxt degani dillarning uyg‘unlashib ketishi degan so‘z.
– Chingiz Aytmatov
-
Muhabbat baxt berishi kerak. Baxt yo‘qmi, demak, adashibsan.
– Gyustav Flober
-
Bekorchi odam to‘kis baxtni his qila olmaydi, uning yuzida hamisha norozilik va hafsalasizlik alomatlarini ko‘rasiz.
– Heynrix Heyne
-
Baxt o‘zini tiya oladigan odamlarga nasib etadi. Orzularing amalga oshishini istasang, ularni tiyib tura bil.
– Rabindranat Tagor
-
Baxt ortidan quvib, uni topgan odam burni ustida turgan ko‘zoynagini qidirib, so‘ng topib sevingan kampirga o‘xshaydi.
– Bernard Shou
-
Baxtni ishlab chiqarmay turib iste’mol qilishga haqqimiz yo‘q.
– Bernard Shou
-
G‘azabga mingan har daqiqangizda baxtning oltmish soniyasini boy berasiz.
– Bernard Shou
-
Men amaldorlarning ko‘pini ko‘rdim, ammo ularning orasida baxtlilarini uchratmadim. Amal – polga qoqib qo‘yilgan kursi emas. Shuning uchun, amaldor doimo kursini kimdir siljitmasligidan ogoh bo‘lib, hamisha xavotirda ishlaydi.
– Ayzek Azimov
-
Xudo insonni bir umr baxt izlash azobi bilan jazolagan.
– Asqad Muxtor
-
Ovidiy “yolg‘izlik baxti”ni maqtagan. Buyuk shoir kechirsin, men uchun yolg‘izlikda ko‘rgan huzur-halovatning alami og‘ir.
– Asqad Muxtor
-
Ayollar oyog‘i poyafzal do‘konida o‘zini baxtli his etadi.
– Ramon Gomes de la Serna
-
Kimki baxt-iqbolli, solih kishilarning etagiga yopishsa, u albatta murodu maqsadiga erishib, xayru baraka topar.
– Mahmud az-Zamahshariy
-
Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo‘qligida orzu qiladi. Baxtli odam «men baxtliman» deb olamga jar solmaydi. Inson hech qachon baxtga to‘ygan, baxtim yetarli, degan emas.
– Aslida, hayotda biror maqsad bilan yashashning o‘zi — baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko‘rgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin! Kishida maqsad bo‘lsa, unga erishish yo‘lida kurashish, mashaqqat chekish, ta’na-dashnomlar eshitib kuyib-yonib yurish ham — baxt. – Erkin Vohidov
-
Insonga bir marta beriladigan hayotda u umridan, o‘tgan kunidan qoniqib yashashi kerak. Vijdoniga xilof ish qilmay yashasa — bundan ulug‘ baxt yo‘q. Har bir aytgan so‘zing, ishing o‘zingning xohishingga muvofiq bo‘lsa — eng katta baxt shu. Aksincha, insonning o‘z ichki intilishlari, qalbi, e’tiqodi, so‘zi bilan ishi o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lsa, vijdoni buyurganini qilolmasa, bu — inson uchun juda katta baxtsizlikdir.
– Erkin Vohidov
-
Ko‘p farzandli bo‘lish asl baxt ekanini o‘z vaqtida bilganimda edi…
– Mansurxon Toirov
-
Menga baxt-saodatga yetaklaydigan haqiqatnigina bering.
– Mansurxon Toirov
-
Yasama soddalik—o‘ta nozik munofiqlikdir. Odamning baxti va baxtsizligi taqdirga qanchalik bog‘liq bo‘lsa, uning xulqiga ham shunchalik bog‘liqdir.
– Laroshfuko
-
Biror narsani qattiq xohlab qolishdan avval shu istagan narsangizga hozir egalik qilayotgan odam baxtlimi yo‘qmi ekanini surishtirib ko‘rmoq kerak.
– Laroshfuko
-
Harakatsizlikda baxt yo‘q.
– Fedor Dostoyevskiy
Baxtli bo’lish, baxtga erishish haqida statuslar
-
Bironta ham yovuz odam baxtli bo‘lolmagan.
– YuVENAL
-
O‘zini hurmat qilmagan hech bir kishi baxtli bo‘la olmaydi.
– J. J. RUSSO
-
Baxtsizga nasihat berish baxtli odam uchun oson.
– ESXIL
-
Yoshlikda u qadar qadriga yetilmagan sog‘lik balog‘at yillarida chinakam baxtga aylanadi; umrning ko‘pi ketib, ozi qolgan paytda esa odam yashashning mazasini tushuna boshlaydi.
– I. M. KARAMZIN
-
Baxtimizning o‘ndan to‘qqiz ulushi sog‘ligimizga bog‘liq.
– A. ShOPENGAUER
-
Istaging baxtingni shunda toparsan.
– SA’DIY
-
Baxtli daqiqada haddan tashqari katta ketmaslik, falokatda esa ishonchni yo‘qotmaslik lozim.
– KLEOVUL
-
Inson o‘zi haqida qanchalik kam o‘ylasa, u shunchalik baxtliroqdir.
– L. BERNE
-
Ajdodlar hurmatini chin qalbdan bajo keltiruvchi kishi baxtlidir.
– I. GYoTE
-
Bolalarimiz — bizning kek-saligimiz. Yaxshi tarbiya — bizning baxtli keksaligimiz, yomon tarbiya — bo‘lg‘usi g‘am-alamlarimiz, ko‘z yoshlarimiz, boshqa odamlar oldidagi, butun mamlakat oldidagi aybimiz demak.
– A. S. MAKARENKO
-
Hayotdan to‘la zavqlanish, ya’ni baxtga erishmoq uchun — bolalarda «buyuk muhabbat» uyg‘otish — vatanga, millatga, insoniyatga, tafakkur qudratiga ishonishga, inson qalbining go‘zalliklari oldida hayratlanishga o‘rgatmoqqa qodir bo‘lgan narsa faqatgina insonga, shaxsga nisbatan jonli va hayotbaxsh hurmat hislarini tugdira bilishdir.
– M. GORKIY
-
Bolalik boshdan-oxir bayramdan iborat bo‘lib qolmasligi kerak. Bolalarning kuchiga yarasha mehnat shijoati bo‘lmasa, u holda bola mehnat — baxtligini tushunib yetmaydi.
– V. A. SUXOMLINSKIY
-
Oilaviy hayot o‘zaro muhabbat bilan bog‘langan bo‘lsa, katta baxt keltirishi mumkin.
– N. K. KRUPSKAYa
-
Agar faqat o‘zim bo‘lay desang, yaxshisi oila qurma. Baxtli muhabbatning asl mazmuni o‘zini bag‘ishlovdir. O‘zini o‘ylagan kimsa hech narsa hadya etolmaydi, faqat o‘ziga olishni biladi va shu tariqa muhabbat deb atalgan tuyg‘uning barcha fazilatlarini zaharlaydi. Shaxsiyatparastlik bu o‘rinda xuddi jismoniy illatdek xalaqit beradi.
– V. A. SUXOMLINSKIY
-
Muhabbat oilaviy mashmashalarni shu qadar yoqtirmaydiki, chinakamiga baxt-saodatli bo‘lmoq uchun bir-birovingda eng olijanob fazilatlarni topa bilmog‘ing kerak.
– O. BALZAK
-
Muhabbat — o‘z yo‘liga, ammo birga hayot kechirmoq uchun orzu intilishlar bir bo‘lmog‘i kerak. Busiz haqiqiy baxtli oila qurib bo‘lmaydi.
– N. K. KRUPSKAYa
-
Ayol kishini iztiroblarga qo‘ygan holda erkakni baxtli qilish qiyin.
– V.GYuGO
-
Ma’naviy munosabatlarda to‘la samimiyat qaror topgan sharoitdagina ayol kishi bilan baxtli bo‘lish mumkin.
– M. GORKIY
-
Hayotiy kurash belgilangan maqsad sari ongli intilishga aylangan paytdan boshlab kishi o‘zini baxtli hisoblashi mumkin.
– D. I. PISAREV
-
Maqsad baxtga erishishdan iborat bo‘lmog‘i lozim, aks holda, gulxan yetarli darajada gurillab yonmaydi, harakatlantiruvchi kuch yetarli darajada qudratli bo‘lmaydi — binobarin, muvaffaqiyatga ham to‘la erishilmaydi.
– T. DRAYZER
-
Mening nazarimda, o‘z oldiga maqsad qo‘ygan va shu maqsadi uchun bor kuchini fido etgan kishigina baxtli bo‘lmog‘i mumkin.
– M. I. KALININ
-
Dunyoni ko‘pdan beri ummonli okean deyishadi, lekin unda kompas bilan suzgan odam baxtlidir.
– N. M. KARAMZIN
-
Ishdan bir daqiqa ham bo‘shamagan soatlaringda o‘zingni g‘oyat baxtli sezasan.
– J. FABR
-
Kishi mutlaqo jiddiyat bilan mehnat qilmasa, ya’ni o‘zi yeydigan bir burda nonini o‘z mehnati bilan ishlab topmasa — u baxtli bo‘lolmaydi.
– D. I. PISAREV
-
Baxtga mehnat to‘g‘ri yo‘l solgay, Boshqa yo‘l baxt sari bormagay.
– A. ShUKUR
-
Inson hech qachon o‘ziga tuyulganchalik baxtli yoki baxtsiz bo‘lolmaydi.
– F. LAROShFUKO
-
Har bir kishi baxtli bo‘lgisi keladi, u baxtli bo‘lishi kerak va baxtli bo‘lishga huquqlidir.
– N. V. ShELGUNOV
-
Baxtli bo‘lish huquqi inson huquqining ajralmas tarkibiy qismidir.
– K. D. UShINSKIY
-
Kishi dunyoda boy bo‘lish uchun emas, balki baxtli bo‘lish uchun yashaydi.
– STENDAL
-
Hayotda baxtli bo‘lishning birdan-bir yo‘li: jahonga va ayniqsa o‘z Vataniga foydali bo‘lishdir.
– N. M. KARAMZIN
-
Kishi o‘zicha shug‘ullanganda u juda kam hollarda va shunda ham o‘zi va boshqalar uchun foyda keltirmay o‘zining baxt sari intilishini qondirishi mumkin. U o‘z ehtiyojlarini qondirish vositalari bo‘lgan tashqi dunyodagi: oziq-ovqat, boshqa jins individi, kitoblar, dam olish, munozaralar, faoliyat, iste’mol va mehnat buyumlari bilan muomalada bo‘lishi kerak.
– F. ENGELS
-
Inson baxtli bo‘lishi kerak. Agar u baxtsiz ekan, uning o‘zi aybdor. Binobarin, u shu noqulaylik yoki nohaqlikni bartaraf etmaguncha o‘zi uchun kuyib-pishib harakat qilmog‘i lozim.
– L. N. TOLSTOY
-
Baxtli bo‘lish uchun doimo shu baxtga intilmoq va uni anglamoq zarur. Baxt vaziyatga emas, kishining o‘ziga bog‘liq.
– L. N. TOLSTOY
-
Odamni baxtli bo‘lishga o‘rgatishning iloji yo‘q, lekin uni baxtiyor bo‘la oladigan darajada tarbiyalash mumkin.
– A. S. MAKARENKO
-
Besaranjom odam chinakam baxtli bo‘lolmaydi; chinakam baxt osoyishta, yoz faslidagi dengiz singari vazmin bo‘ladi.
– A. I. GERSEN
-
Ish bilan mashg‘ul bo‘lmagan odam hech qachon to‘laqonli baxtli bo‘lolmaydi, ishyoqmas kishining yuzida hamisha norozilik va hafsalasizlik alomatlarini ko‘rasiz.
– Henrix Heyne
-
O‘zini baxtli deb biladigan odam baxtlidir.
– G. FILDING
-
Agar siz o‘zingizni baxtli deb bilsangiz, baxtingizni tekshirmang: bu — nafis kapalakning go‘zalligini yaxshiroq ko‘rish niyatida uni burdalab tashlash bilan barobar.
– P. MANTEGASSO
-
Ba’zilar o‘zlari bilmaganlari holda baxtli yashaydilar.
– L. VOVENARG
-
Agar faqat baxtli bo‘lishgina maqsad qilib qo‘yilsa, bunga tezda erishish mumkin. Lekin odamlar ko‘pincha boshqalardan ko‘ra baxtliroq bo‘lishni istay-dilarki, buning deyarli iloji yo‘q, chunki aslida bizga o‘zgalarning baxti hamisha ko‘proq bo‘lib ko‘rinadi.
– Sh. MONTESKE
-
Yer yuzida loaqal birgina bo‘lsa ham baxtsiz kishi yashayotganini ko‘rib turib, xotirjam yashash va baxtli bo‘lish mumkin emas. Yashashdan maqsad, butun insoniyat farovonligini va baxtini ko‘zlashdir.
– Ya. BOLVAY
-
Maqolga aylanib ketgan yoki alifbe va kitoblarni bezab turuvchi ko‘pgina haqiqatlar agar biz uchun jonsizdek va siyqa gapdek tuyulmaganda edi biz nihoyatda aqlli va juda baxtli odamlar bo‘lardik.
– D. I. PISAREV
-
Xotirjam bo‘lish – hazilakam gap emas, bu – deyarli baxtli bo‘lish demakdir.
– Gyustav Flober
-
Kimgadir baxtli ko‘ringan emas, balki o‘zini baxtli sezgan odam baxtlidir.
– PUBLILIY SIR
-
Bilim bilan saodat yo’li ochiladi, shunga ko’ra, Ilmli bo’l, baxt yo’lini izla.
– Ahmad Yugnakiy
-
Eng baxtli inson – boshqalarning baxtiyorligidan o’ziga ulush chiqargan odam.
– Gyote
-
Inson, hayotida qilgan yaxshiliklari qadar baxtli bo’ladi.
– Shahobiddin Ahmad
-
Shunday yillarni ko‘rdikki, baxtli bo‘lish uyat edi.
– Asqad Muxtor
-
Baxtli, saodatli hayot sharoitiga erishganda hatto daho ijodkorning ham faoliyati susayadi, deyishadi. Yo‘q, yaratilgan ko‘plab go‘zal asarlar farovonlik samaralaridir. Masalan, Rable faqat istirohat chog‘larida ijod qilgan bo‘lsa, Rafael Rim xazinasidan bahramand bo‘lgan. Monteske, Byuffon, Volter boy-badavlat edi. Faylasuf Bekon davlatda yuqori lavozimda o‘tirgan.
– Onore de Balzak
-
Bolalar orasida bo‘lganimda o‘zimni dunyodagi eng baxtli odam deb bilaman.
– Moxandas Karamchand Gandi
Baxtiyorlik haqida eng sara statuslar
-
Bolalaringizga yaxshilikni singdirib o‘stiring, unga baxtni faqatgina shu beradi.
– L. BETXOVEN
-
Do‘stlik va muhabbatda biz o‘zimiz bilgan narsalardan ko‘ra bilmagan narsalarimizdan ko‘proq baxtiyorlikka erishamiz.
– F. LAROShFUKO
-
O‘z nuqsonini bartaraf etishda o‘zi to‘grisidagi yomon gapdan foydalana bilgan kishigina baxtiyordir.
– V. ShEKSPIR
-
Faqat mehnatgina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o‘z-o‘zidan qanoat tuyg‘usini olib kirib, uni baxtiyor qiladi.
– V. G. BELINSKIY
-
Mehnat, mehnat! Mehnat qilayotganimda o‘zimni qanchalar baxtiyor his etaman.
– D. N. TOLSTOY
-
Mehnat qilgan va sabr qilgan — Kishiga oshnodir chin baxtiyorlik.
– I. GYoTE
-
Agar hayot senga beqiyos baxtiyorlik bo‘lib tuyulmasa, bu faqat aqlning adashganidan dalolat.
– L. N. TOLSTOY
-
Inson o‘zini muhofaza etishga hamda baxtiyor bo‘lishga intiluvchi ta’sirchan, sezgir, aqlli va fikr yurituvchi mavjudotdir.
– P. GOLBAX
-
Iloji boricha ko‘proq odamlarga baxt keltirgan kishini tajriba eng baxtiyor kishi sifatida ta’riflaydi.
– K. MARKS
-
Umrini boshqalarning baxti to‘g‘risida gamxo‘rlik qilish bilan o‘tkazgan kishlar eng ajoyib va ayni vaqtda eng baxtiyor kishilardir.
– V. A. SUXOMLINSKIY
-
Boylik — shunday narsaki, usiz ham baxtli yashash mumkin. Ammo farovonlik — baxtiyor yashash uchun zarur shart.
– N. G. ChERNIShEVSKIY
-
Yashamoq va baxtiyor bo‘lmoq huquqiga qurbi yetmaydigai odam shunchaki bir sharpadir.
– N. G. ChERNIShEVSKIY
-
O‘z ehtirosiga monand yashaydigan kishi baxtiyordir, lekin o‘z ehtirosini har qanday og‘ir sharoitga ham moslashtira biladigan kishi undan ham baxtlidir.
– D. YuM
-
Baxtiyor bo‘lishimizga shaxsiy xislatlarimizdan eng ko‘proq foyda beradigani quvnoqligimizdir.
– A. I. ShOPENGAUER
-
Kim doimo quvnoq bo‘lsa u baxtiyordir, kim baxtiyor ekan, u yaxshi insondir.
– V. G. BELINSKIY
-
Yoshlik shu narsa bilan baxtiyorki, uning kelajagi bor.
– N.V.GOGOL
-
Soglik hayotning shunday ne’matidirki, chindan ham betob podshodan sog‘lom gado ming karra baxtiyordir.
– A. ShOPENGAUER
-
Modomiki bir-ikki og‘iz shirin so‘z odamni baxtiyor etsa, shuni qizg‘angan odam ablahdir.
– T.PEN
-
Faqat ichki, ma’naviy, orom-baxsh mehnat kuchigina inson qadr-qimmatining, shu bilan birga axloqiy poklik va baxtiyorlikning manbai bo‘lib xizmat qiladi.
– K. D. UShINSKIY
-
…Ko‘plar o‘z hayotlarini arzimagan narsalar bilan hech qan-day asossiz buzayotganlarini ko‘rganimda men o‘zimni baxtiyor his etaman, negaki men ruhimning bukilmas tetikligini saqlab qolganman va har qanday bo‘lmag‘ur narsalar ustidan kulaman.
– F. ENGELS
-
Insonni chinakam baxtiyor qila oladigan ikki xil xohish bor,— odamlarga naf keltirish va sof vijdonli bo‘lish.
– L. N. TOLSTOY
-
Baxtli onlarimizda biz hamisha saxovatlimiz, lekin yaxshilik qilganimizda hamisha ham baxtiyor bo‘lavermaymiz.
– O. UAYLD
-
Agar birgina so‘z bilan odamni baxtiyor qilish mumkin bo‘lsa, bu so‘zni aytmaslik uchun qanchalar razil bo‘lish kerak!
– Romen Rollan
-
Mast o‘zini qanchalik baxtiyor his etmasin, u haqiqiy baxtdan juda uzoq. Chunki uning bu baxti boshqalar uchun ko‘rgilik; bugungi baxti ertangi baxtsizligidir.
– Rabindranat Tagor
-
Jismoniy mehnat ruhiy iztiroblarni unutishga yordam beradi, shuning uchun qashshoqlar baxtiyor odamlardir.
– Laroshfuko
-
Bo‘lishilgan baxt — ikki karra baxt, bo‘lishilgan dard — yarim dard.
– Nemis maqoli
-
Baxtsizlar musibati — baxtlilar uchun dars.
– Nepal maqoli
-
Ikki kunlik baxtga yuz kunda erishiladi.
– Ispan maqoli
-
Birovning baxtiga hasad qilgan o‘z baxtini ko‘rmaydi.
– Gruzin maqoli
-
Baxt uch marta eshik qoqadi, agar ochmasang boshqasiga ketadi.
– Gruzin maqoli
-
Bemor oltin ustida yotsa ham baxtiyor emas.
– Belorus maqoli
-
Kimdan baxt yuz o‘girsa, uning oti ham eshakka aylanib qoladi.
– Arman maqoli
-
Kimdir yoshligida baxtli bo‘ladi, kimdir qarilikda baxtga erishadi.
– Tatar maqoli
-
Beg‘araz — hamisha xushbaxt.
– Hind maqoli
-
Baxtliga hamma baxtlidek ko‘rinadi.
– Hind maqoli
-
Raqsga tushayotgan hamma ham baxtli emas.
– Ingliz maqoli
-
Baxt — sandiqda, kaliti — osmonda.
– O’zbek maqoli
-
Yer ochganning baxti ochilar.
– O’zbek maqoli
-
Otalar so’zi — aqlning ko’zi, Onalar so’zi — baxtning o’zi.
– O’zbek maqoli
-
Boshqalarning baxtini o‘ylab, o‘z baxtimizni ham topamiz.
– AFLOTUN
-
Baxt ko‘p mehnat qilganga nasib bo‘ladi.
– LEONARDO DA VINChI
-
Yuraksizlarga baxt yor bo‘lmaydi.
– SOFOKL
-
Jinoiy xohishlar — bu badbaxtlikdir. Nopoklik bilan nimanidir qo‘lga kiritganingdan ko‘ra, istaganingga yetisholmaganing ham tuzuk.
– SITSERON
-
Agar baxtli hayotga erishmoqchi bo‘lsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bog‘langan bo‘lishingiz kerak.
– Albert Eynshteyn
-
«Qanday odamni baxtli sanamoq mumkin?» — degan savolga Suqrot shunday javob berdi:
— O‘tkir aql va teran, halol fikrlar egasi baxtiyordir.– Suqrot
-
Baxt yaxshi kayfiyat, farovonlik, uyg‘unlik, mutanosiblik va vazminlikdir.
– Demokrit
-
Aql-farosatdan mahrum holda baxtli yashagandan, aql-farosat bilan badbaxt bo‘lgan a’loroqdir.
– Epikur
-
Navqironlarni emas, balki hayotini yaxshi yashab o‘tgan keksa odamlarni baxtli sanamoq lozim.
– Epikur
-
Oliy baxt tuyg‘ularda emas, aql-idrokda yashirin. Shuning uchun ham insondagi eng oliy sifat — aql-idrok. U aql kuchi bilan hayvonotdan ustun turadi va ilohlarga tenglashadi.
– Seneka (Kichik Lutsiy Anney)
-
Baxt insonni o‘zga odamlarga muhtojlik sezilmaydigan darajadagi yuksaklikka hech qachon olib chiqolmaydi.
– Seneka (Kichik Lutsiy Anney)
-
Tilini tiysa kim bezgaklikda ham, Baxt unga tez kunda bo‘lg‘usi hamdam.
– Al-Maarriy Abul Ala
-
Zamon va axloqiy mezonlar o‘zgaruvchandir. Shuning uchun zamonga peshvoz chiqqan kimsaning hamma orzusi ushaladi va u baxtiyor bo‘ladi. Zamondan va vaziyatdan yuz o‘girgan odam baxtsizlikka mahkum.
– Nikkolo Di Bernardo Makiavelli
-
Baxtdan lazzatlanish – buyuk saodat. Baxtni o‘zgalarga tuhfa etish esa undan ham buyukroq ezgulikdir.
– Frensis Bekon (Lord Verulamskiy)
Muhabbat baxt xazinasidir: qancha ko‘p taqdim etgan sari o‘zi ham shuncha boyib boradi
Baxt xohlagan ishingni xohlagan paytingda qilaverishing emas, balki qilayotgan ishingni hamisha xohlab turishingdadir
Baxtli kunlarni kutish ba’zan o‘sha kunlarning o‘zidan ancha yaxshiroq bo‘ladi
Kishi o‘z baxtini boshqalarga keltirgan baxtiga qarab o‘lchaydi
Hayotda faqat birgina chinakam baxt bor, u ham bo‘lsa boshqalar uchun yashamoqlikdir
Baxt boshqalar bilan baham ko‘rilgandagina barqaror bo‘ladi
Tashvishsiz va g‘amsiz hayot -baxt emas, baxt — ko‘ngilning besaranjomligi
Odamning baxt haqida tasavvuri qanday bo‘lsa, o‘zi ham shunday
Erimaydigan muz bo‘lmagani kabi abadiy baxt ham yo‘q
Har qanday umrmas, balki yaxshi o‘tkazilgan umr — baxt-saodat hisoblanadi
Kishi o‘zgalarning baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi
Baxt va muvaffaqiyat – o‘zimizda, ichimizdadir
O‘zligicha qola bilgan odam baxtlidir
Hayot qiyinchiliklarida toblangan odam baxtli va uch karra baxtlidir
O‘z uyida baxtli bo‘lgan kishigina baxtlidir
Baxtga intilish bo‘lmagan joyda umuman intilish ham yo‘q. Baxtga intilish intilishlarning intilishidir
Iloji boricha ko‘proq odamlarga baxt hadya qilgan kishi eng baxtiyor kishidir
Baxtli bo‘lmoq uchun baxtli bo‘lish mumkinligiga ishonmoq kerak
Baxt haqida eng sara maqollar
Baxt haqidagi barcha sara maqollarni Baxt haqida maqollar sahifada o’qishingiz mumkin.