Aql haqida eng yaxshi o’zbek va jahon xalqlari maqollari

Aql haqida eng yaxshi o'zbek va jahon xalqlari maqollari Barcha maqollar

Aql va donishmandlik — insonning eng ulug‘ fazilatlaridan biri. Har bir xalqning maqollarida aql, bilim va hayot tajribasi haqida chuqur ma’nolar mujassam.

O‘zbek xalq maqollari ham, jahon xalqlari hikmatli so‘zlari ham insonning hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlashida aqlning o‘rni va ahamiyatini ulug‘laydi. Ushbu maqollar insonni to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslikka, hayotda donolik bilan qarorlar qabul qilishga undaydi.
Quyida aql va donishmandlik haqida eng chuqur va hikmatli o‘zbek va jahon xalqlari maqollari bilan tanishishingiz mumkin.

Aql haqida eng yaxshi ajoyib o’zbek xalq maqollari jamlanmasi

O‘zbek xalqining boy madaniy merosida aql va donishmandlik alohida o‘rin tutadi. Xalqimizning maqollari asrlar davomida hayot tajribasi, bilim va aqlning muhimligini ta’kidlab keladi. Ushbu maqollar bizga har bir vaziyatda aql bilan ish tutish, to‘g‘ri yo‘lni tanlash va muammolarni donolik bilan hal qilishni o‘rgatadi.

Yolg‘iz aql o‘zi yaxshi, Ikki bo‘lsa, yana yaxshi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Oy tunda kerak, Aql — kunda.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Achchiq kelsa, aql ketar, Aql kelsa — achchiq.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ko‘ngling bilan eshit, quloq aldaydi, Aqling bilan ko‘r, ko‘z aldaydi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Adashgan aqldan ozar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ayolning husni pardozda emas, aqlida.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Amalga qarama, aqlga qara.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Achchig‘ing oldin yursa, Aqling keynidan oshib kelsin.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Achchig‘ing chiqsa ham, aqling qochmasin.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql aynimas, oltin chirimas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql aqldan quvvat olar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql bilan odob egizak.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql bozorda sotilmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql — boshda, G‘ayrat — yoshda, Asl — toshda.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql boshdan chiqadi, Asl — toshdan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql boshlaydi, Oyoq tashlaydi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql boshlovchi, Tana ishlovchi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql bo‘y bilan o‘lchanmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql bo‘yda emas, o‘yda.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql yoshdan, odob — boshdan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql ozmaydi, Ten to‘zmaydi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql toshi — inson boshi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql-farosat — nisbi karomat.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql o‘lchovi — so‘z, So‘z o‘lchovi — naql.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql o‘rgatguncha, naql o‘rgat, Aql — Hasan, odob — Husan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlga yondosh, Jahldan qoch.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqldan ortiq boylik yo‘q.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqli kalta pand yeydi, Aqli teran — qand.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqli kaltaning till uzun.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqli kamning azobi ko‘p.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqli kirmagan qaridan, Ziyrak tug‘ilgan bola yaxshi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqling borida er tani, Kuching borida yer tani.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqling bo‘lsa, oqilga ergash, Aqling bo‘lmasa — naqlga.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqling ko‘r bo‘lsa, ko‘zdan ne foyda.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqling pesh — ishing besh, Aqling kech — ishing hech.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqllingga aql qo‘sh, Jahlingga — sabr.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqllashsang, aql topasan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli aqlliga yo‘ldosh, Yomon yomonga qo‘ldosh.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli baxt topar, baxt bilan taxt topar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli bolaga mol na kerak.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli boshda soch turmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli desang ahmoqni, Boshga urar to‘qmoqni.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli do‘st — rohat, Aqlsiz do‘st — ofat.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli ish sevar, Aqlsiz — so‘z.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli ish — qanotli qush.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli ishiga ishonar, Aqlsiz — tushiga.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli kengash qilar, Ahmoq — urush.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli naqllab so‘zlar, Aqlsiz laqillab so‘zlar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli otini maqtar, Ahmoq — xotinini.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli pakana ahmoq darozdan yaxshi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli uzoqni ko‘zlar, Ahmoq — yaqinni.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli o‘zini ayblar, Aqlsiz — do‘stini.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli o‘ylanguncha, tentak suvdan o‘tar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli qariya — oqib turgan daryo.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli qizni yig‘latish ham qiyin, Kuldirish ham.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlliga aytdim, angladi-bildi, Aqlsizga aytdim, shaqillab kuldi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlliga aytsang, biladi, Aqlsizga aytsang, kuladi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

AqlMga bir so‘z bas, Aqlsizga ming so‘z oz.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlliga — hurmat, aqlsizga — kaltak.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqllidan el rozi, Ahmoqdan dil norozi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqllining oti ham horimas, To‘ni ham to‘zimas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqllining qadri ahmoqning oldida bilinar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlni beaqldan o‘rgan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlning ko‘zi — uzoqning ko‘zi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlning tagi — naql, Naqlning tagi — aql.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlning o‘lchovi — idrok.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlsiz bosh — nursiz chiroq.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlsiz gap tashir, Oqibatda bosh qashir.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlsiz dushmandan bir saqlan, Aqlsiz do‘stdan ming saqlan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlsiz do‘stga kular, Aqlli do‘stni suyar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlsiz —jahlli, Jahlsiz — aqlli.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlsiz og‘zidagini oldirar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlsiz xotin husnini ko‘z-ko‘z qilar, Aqlli xotin — aqlini.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlsiz qo‘shnidan bitta himmat yaxshi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlsizga og‘a bo‘lgandan, Aqllining olovini yoqqan afzal.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ahmoq aql o‘rgatar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ahmoq boshdan aql chiqmas, Aql chiqsa ham, ma’qul chiqmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ahmoq so‘zlar, aqlli tinglar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ahmoqning aqli tushdan keyin kirar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ahmoqning aqli — to‘pig‘ida.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Belgi bo‘lsa yo‘ldan adashmas, Aql bo‘lsa — so‘zdan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Boshda aql bo‘lmasa, oyoqda tinim yo‘q.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odamga — aql.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bo‘ying tengi bilan yurma, Aqling tengi bilan yur.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Daryoni mehnat to‘sar, Odam aqldan o‘sar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dono aql so‘rab hormas, Nodon nozin qilib bormas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dono aqli dor emas, Nodon aqli yor emas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dono naqli — hayot aqli.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Idrok — aqlning jilovi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

inson — aqli bilan, Dono — naqli bilan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

inson aqli — olmos.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ish aqllini topar, Aqlli — ishni.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yigitning aqli — ko‘zida.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Katta daryo hayqirmas, Aqlli kishi baqirmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Kattada naql bor, Yaxshida — aql.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Kishi aqli bilan boy bo‘lguncha, O‘z aqling bilan gado bo‘l.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Kishi baxti taxtida emas, aqlida.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Kuchiga ishongan — yiqilar, Aqliga ishongan — yiqitar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ko‘p moldan oz aql yaxshi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ko‘r siypab topar, Aqlli — o‘ylab.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Naynovning aqli — to‘pig‘ida.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Naql — ibrat o‘chog‘i, Aql — fikr pichog‘i.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Naql — koni aql.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Naql — tagi aql.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Nodondan aql kutma, Beburddan — nomus.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odamning tizgini — aql.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odamning husniga baho berma, Aqliga baho ber.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Oy nuri tunni yoritar, Odam aqli — hayotni.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi, Onalar so‘zi — baxtning o‘zi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Tan pardozi oltmishgacha, Aql pardozi o‘lguncha.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Tentak o‘ylanguncha, Aqlli suvdan o‘tar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Totli suv toshdan chiqar, Yaxshi aql — boshdan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Tuyaday bo‘y beiguncha, Ninaday aql bersin.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

To‘qqizida bo‘lmagan aql, To‘qsonida ham bo‘lmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Uyga jihoz yarashar, Odamga — aql.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Chinordek bo‘ying bo‘lguncha, Tumordek aqling bo‘lsin.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Husn to‘yda kerak, Aql — kunda.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Husnni ko‘z bilar, Aqlni — ko‘ngil.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

pul topguncha, aql top.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Tentakning aqli tushdan keyin kirar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Terakday bo‘y berguncha, Ninaday aql bersin.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Til — aqlning qilichi, farosat — g‘ilofi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Qulning aqli choshkadan keyin kirar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Achchiq — dushman, aql — do‘st.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Jag‘likka jag‘ bo‘lguncha, Aqllikka qui bo‘l.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aqlli xotin — uy ko‘rki, Chiroyli xotin — ko‘cha ko‘rki.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

El seni aqlli desa, Sen eldan aql o‘rgan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ziyrakning aqli tosh yorar, Nomardning mushti bosh yorar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dangasaga ish buyursang, Senga aql o‘rgatar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Orsizda aql bo‘lmas, Aql bo‘lsa ham naql bo‘lmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Erinchoqqa ish buyursang, Senga aql o‘rgatar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Poklik sog‘liqni, aql sabrni saqlar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

G‘azab — oldinda, aql — keyinda.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Аhmoqda aql boʼlmas, Аqlli baxil boʼlmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bosh toshga tegsa, Aql boshga kelar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Sog‘ tanda — sog‘lom aql.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ko‘pdan ko‘p aql chiqar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bemorga shirin so‘z kerak, Aqlsizga — ko‘z.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Til — aql bezagi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Til — aql tarozusi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Til — aql o‘lchovi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yaxshi naql — tomiri aql.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘z aqling aqldir, Elning aqli naqldir.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

yoshlikning yeli kuchli, Keksalikning — aqli.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Aql haqida jahon xalqlarining eng sara maqollari to’plami

Har bir xalqning madaniy merosida aql va donolik haqida chuqur hikmatlar mujassam topgan. dunyoning turli burchaklarida yaratilgan maqollar insonning hayotda aql bilan harakat qilishini, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishini va bilimga intilishini ulug‘laydi. Ushbu maqollar turli xalqlarning hayotiy tajribalarini aks ettirib, aqlning cheksiz kuchini yoritadi.

dunyoda aqldan ustun hech narsa yo‘q.

🔽
Bambara maqoli

Aql cho‘ntakda emas, boshda.

🔽
Makedon maqoli

Aqlli dushman aqlsiz do‘stdan afzal.

🔽
Makedon maqoli

Aql bilan taxtdasan, orqa bilan kirdasan.

🔽
Qalmoq maqoli

Har aqlsizga hayron bo‘lish bilan boshqa bir aqlsiz maydonga chiqadi.

🔽
Frantsuz maqoli

Aqlsiz do‘stdan aqlli dushman afzal.

🔽
Frantsuz maqoli

Erkakni aqli bilan, ayolni ko‘rki bilan baholaydilar.

🔽
Frantsuz maqoli

Eng aqlli odam sukut qiladi.

🔽
Frantsuz maqoli

Ulug‘lik yoshda emas, aqlda.

🔽
Fors maqoli

Agar aql va xuyorlik seni tez tark etsa, bilgilki, u seniki emas.

🔽
Fors maqoli

Aql bo‘lmasa, hayot — azob-uqubat.

🔽
Fors maqoli

Hamma o‘zini qo‘shnisidan aqlli deb o‘ylaydi.

🔽
Fors maqoli

Aqlli bilganini mustahkamlash uchun so‘raydi, nodon bilgandek sanalish uchun so‘ramaydi.

🔽
Fors maqoli

Aql — insoonning ko‘rki, vazminlik — aqlning hamrohi.

🔽
Fors maqoli

Aqlli odam xatolari uchun o‘zini so‘roq qiladi, nodon — boshqalarni.

🔽
Fors maqoli

Qilich bilan bajarib bo‘lmaydigan ishlarni aql va so‘z bilan bajarsa bo‘ladi.

🔽
Fors maqoli

Dengizda musibat bo‘lganda quruqlikda aqllilar ko‘payadi.

🔽
Fin maqoli

Kambag‘al boyigach, aqlli bo‘ladi, boy kambag‘allashgach ahmoqqa aylanadi.

🔽
Fin maqoli

Ahmoq uzoq tushuntiradi, aqlli uzoq o‘ylaydi.

🔽
Fin maqoli

ona bolaga sut bilan qo‘shib o‘z aqlini bera olmaydi.

🔽
Fin maqoli

Kulfat kelganda aqling ortadi, boyliging emas.

🔽
Fin maqoli

Uzun ko‘ylak bilan oyoq chalinar, uzun gap aqlni chalg‘itar.

🔽
Uyg‘ur maqoli

Birovning aqli bilan uzoq yasholomaysan.

🔽
Udmurt maqoli

Qiyinchilik ko‘rmasdan aqling kirmaydi.

🔽
Udmurt maqoli

Tog‘lar boshi qorsiz, yigit boshi aqlsiz hechdir.

🔽
Turkman maqoli

Hasad oldinda, aql orqada yuradi.

🔽
Turkman maqoli

Aqling bo‘lsa aql bilan, bo‘lmasa maqol bilan ish tut.

🔽
Turkman maqoli

Go‘zallik — ko‘z uchun, aql — qalb uchun.

🔽
Turkman maqoli

Aqlli o‘zini, nodon do‘stini ayblaydi.

🔽
Turkman maqoli

Aqlli o‘rganadi, nodon aql o‘rgatadi.

🔽
Turkman maqoli

Hammaga o‘z aqli — raso, o‘z farzandi — eng go‘zal.

🔽
Tojik maqoli

Aql inson boshining tojidir.

🔽
Tojik maqoli

Dushman qancha aqlli bo‘lsa, u shuncha xavfli.

🔽
Tibet maqoli

Yaxshi so‘zdan ilonning ham aqli kiradi.

🔽
Osetin maqoli

O‘z aqling bilan yasha, birovning oyog‘i bilan o‘ynama.

🔽
Osetin maqoli

Yuzta tilni bilish yuzta aql demakdir.

🔽
Osetin maqoli

Sen aql to‘plashga chiqqaningda men ortga qaytaverdim.

🔽
Osetin maqoli

Aqlliga olov — issiqlik, nodonga — kuyish.

🔽
Osetin maqoli

Aqlli qiyin ishga shoshilmaydi.

🔽
Osetin maqoli

Aqlli o‘z xatosini o‘zi payqaydi.

🔽
Osetin maqoli

Jizzakining aqli kalta.

🔽
Nemis maqoli

O‘z uyida hamma aqlli.

🔽
Nemis maqoli

Ikki janjallashuvchidan aqllirog‘i — aybdor.

🔽
Nemis maqoli

omad kelganda aql ketadi.

🔽
Nemis maqoli

Tutunsiz o‘t bo‘lmas, aqlli kishilar ham adashadilar.

🔽
Nemis maqoli

Jo‘ja tovuqdan aqlli emish.

🔽
Nepal maqoli

Qarining ham, yoshning ham aqli bir xil (moksha).

🔽
Mordva maqoli

Ba’zida axmoqdan ham aqlli gap chiqadi.

🔽
Mordva maqoli

Sochiga qarab aqliga baho berma.

🔽
Mordva maqoli

puling bo‘lsa — aqllisan, bo‘lmasa — nodon.

🔽
Lezgin maqoli

Ayolning aqli tovonida bo‘ladi.

🔽
Lezgin maqoli

Cho‘ntak bo‘sh bo‘lsa, demak, aql puxta emas.

🔽
Latish maqoli

Bir ishni qilayotganingda ikkinchisi aqlingda tursin.

🔽
Latish maqoli

Aqlli boshning kissasi to‘la.

🔽
Latish maqoli

Ko‘p kalla — ko‘p aql.

🔽
Latish maqoli

Buqadek o‘sibdi-yu, buzoqdek aqli yo‘q.

🔽
Lak maqoli

Agar gapirayotgan ahmoq bo‘lsa, eshituvchi aqlli bo‘lmog‘i kerak.

🔽
Lak maqoli

Aroq bilan salomlashib, aql bilan xayrlash.

🔽
Gruzin maqoli

Aql kaltaligi — oyoqqa og‘irlik.

🔽
Gruzin maqoli

O‘smirning o‘qishdan aqli kiradi, temir olovda yumshaydi.

🔽
Gruzin maqoli

Aqlli o‘ylaguncha, nodon tog‘dan oshadi.

🔽
Gruzin maqoli

O‘g‘il meniki, aqli esa o‘ziniki.

🔽
Gruzin maqoli

Johilning aqli boshida emas, ko‘zida.

🔽
Gruzin maqoli

Qo‘shningning aqlini qarzga ololmaysan.

🔽
Gruzin maqoli

Kuchingga emas, aqlingga tayan.

🔽
Boshqird maqoli

Birovning aqli bilan boyigandan o‘z aqling bilan kambag‘al yashaganing afzal.

🔽
Boshqird maqoli

Ahmoq ovozini balandlatadi, aqlli bir kulib qo‘yadi.

🔽
Bengal maqoli

Hatto qarg‘a ham o‘zini eng aqlli deb hisoblaydi.

🔽
Bengal maqoli

baxt boylikda emas, aqlda.

🔽
Bengal maqoli

Agar yaxshi aql bo‘lsa, boshning ham keragi yo‘q.

🔽
Belorus maqoli

Oyoq-qo‘li yo‘q nogiron emas, aqli yo‘q — nogiron.

🔽
Belorus maqoli

Kim boy bo‘lsa, o‘sha aqlli.

🔽
Belorus maqoli

Birovning hamma narsasi yoqadi, o‘zingning aqling yoqadi.

🔽
Afg‘on maqoli

Kuch aqlni ham yengishi mumkin.

🔽
Afg‘on maqoli

Aqlliga aytsang bas, nodonga ko‘rsatib ber.

🔽
Afg‘on maqoli

Aqlli bitta so‘zga tushunadi, nodonga tayoq kerak.

🔽
Afg‘on maqoli

Donoga aql o‘rgatma.

🔽
Afg‘on maqoli

Kambag‘alga hamma aql o‘rgatadi, hech kim non bermaydi.

🔽
Arman maqoli

Ko‘z ko‘r bo‘lsa ham, aql ko‘r bo‘lmasin.

🔽
Arman maqoli

Ikki ahmoqqa bitta aql ham yetadi.

🔽
Arman maqoli

Aqlli yechinguncha nodon daryodan oshadi.

🔽
Arman maqoli

Aqlli o‘ylanguncha nodon o‘g‘lini uylaydi.

🔽
Arman maqoli

Aql soqol bilan birga o‘smaydi.

🔽
Qalpog‘imda changni ko‘rib, meni tegirmonchi deb o‘yladingmi?

🔽
Arman maqoli

Aqlni xudo beradi, uni sotib ololmaysan.

🔽
Arman maqoli

Aqlli bo‘lsang ham ahmoqdan so‘rashdan uyalma.

🔽
Arman maqoli

Ko‘pgina aqliy urushlar ehtiros to‘lqini bilan olovlanadi.

🔽
Arab maqoli

Aql tamom bo‘lganda so‘z topilmay qoladi.

🔽
Arab maqoli

Ayolning aqli — uning go‘zalligida, erkakning go‘zalligi — aqlida.

🔽
Arab maqoli

boylik bilan aql sotib ololmaysan.

🔽
Chechen-ingush maqoli

Ayolning aqli qurbaqaning dumidan qisqa.

🔽
Chechen-ingush maqoli

Aqlda bori so‘zga sakrab chiqadi.

🔽
Chechen-ingush maqoli

Jazodan so‘ng aqlli donolashadi, ahmoq tubanlashadi.

🔽
Italyan maqoli

Kiyimga qarab kutib olib, aqlga qarab kuzatadilar.

🔽
Italyan maqoli

Tinglashdan aql, gapirishdan pushaymonlik tug‘iladi.

🔽
Italyan maqoli

Aql egalari qo‘lidagi g‘iybat — qo‘rqinchli qurol.

🔽
Italyan maqoli

Boshqaning maslahatini eshit, o‘z aqling bilan yasha.

🔽
Tatar maqoli

Ahmoq bilan yashagandan aqlli bilan o‘lgan afzal.

🔽
Xitoy maqoli

Aqlli inson aqlsiz eng so‘ng qilgan ishni avval bajaradi.

🔽
Hind maqoli

Aqlli va fidokor insonlar bilan eshlik et — fazilat qozonasan.

🔽
Hind maqoli

Boshqalarga yaramagan aql sohibiga zarar beradi.

🔽
Hind maqoli

Aql yo‘q bo‘lsa, ko‘z ham yordam bermaydi.

🔽
Tay maqoli

Nodonlik hukm surgan joyda aql berkinib oladi.

🔽
Yapon maqoli

Qiz bola aqlli erni tanlaydi, yigit chiroyli xotin xohlaydi.

🔽
Vetnam maqoli

Ahmoq ayol ham aqlli bola tug‘ishi mumkin.

🔽
Vetnam maqoli

Ahmoq xo‘jayin bo‘lgandan aqlli xizmatkor bo‘lgan afzal.

🔽
Vetnam maqoli

ona tarbiyalasa — bolalar chaqqon, ota tarbiyalasa — bolalar aqlli.

🔽
Vetnam maqoli

Xato qilmasdan aqlli bo‘lolmaysan.

🔽
Vetnam maqoli

Xushbo‘y gulni hech kim yerga tashlamaydi, aqlli odamni hech kim so‘kmaydi.

🔽
Vetnam maqoli

Avlodlar ajdodlardan aqlli emish.

🔽
Vetnam maqoli

Xursandchilik payti aqlli bo‘lish oson.

🔽
Vetnam maqoli

Aqlli qush amaldorning uyiga in quradi.

🔽
Vetnam maqoli

Aqlli it bekorga tishlamaydi, olovsiz tutun chiqmaydi.

🔽
Vetnam maqoli

Aqlli odam tez qariydi.

🔽
Vetnam maqoli

“Shirin, shirin” deganing bilan og‘zing shirin bo‘lib qolmaydi, bolangni “aqlli, aqlli” deganing bilan boshiga aql kirib qolmaydi.

🔽
Buryat maqoli

Aql bilan kirolmagan joyga ko‘z bilan borolmaysan.

🔽
Buryat maqoli

Aql qarilikda emas, ko‘rgan, eshitgan va o‘qilgan ilmda.

🔽
Buryat maqoli

Qayerda shovqin ko‘p bo‘lsa, u yerda aql kam.

🔽
Adigey xalq maqoli

Jim turganda ahmoq ham aqlli.

🔽
Adigey xalq maqoli

Aqli va saxovati kamligidan hali hech kim nolimagan.

🔽
Yahudiy maqoli

Ishni dangasaga topshirsang, senga aql o‘rgatadi.

🔽
Ozarbayjon maqoli

insonning aqliga, daraxtning yoshiga qarab hurmatlaydilar.

🔽
Ozarbayjon maqoli

Axmoq gapirmasdan avval aqlli ko‘rinadi.

🔽
Qadimgi Hind maqoli

Xudo kimni jazolamoqchi bo‘lsa, uni aqldan qisib qo‘yadi.

🔽
Qadimgi Hind maqoli

Aqlli insonlar vaqtini nazm va fan bilan, ahmoqlar g‘iybat, tush va janjal bilan o‘tkazadi.

🔽
Qadimgi Hind maqoli

Aqlli insonlar yo‘qotilgan, o‘lgan va o‘tgan narsalarga achinmaydilar.

🔽
Qadimgi Hind maqoli

Odam qancha bo‘lsa, aql ham shuncha.

🔽
Qadimgi Hind maqoli

Bekorchilikdan aql o‘tmaslashadi.

🔽
Ingliz maqoli

O‘tgan ishga aqllilar ko‘p topiladi.

🔽
Ingliz maqoli

Kam gapirsang aqlli bo‘lasan.

🔽
Ingliz maqoli

Yuzta kuchli qo‘ldan bitta aqlli bosh afzal.

🔽
Ingliz maqoli

Sukutdan ortiq aqlli narsa yo‘q.

🔽
Ingliz maqoli

Aqlsiz boshning jazosini oyoqlar oladi.

🔽
Turk maqoli

Aql haqida eng yaxshi chuqur ma’noli statuslardan bir shingil

Aql haqida eng yaxshi statuslar va aqlli gaplar to'plami
Aql va donolik insonni muvaffaqiyatga yetaklovchi eng muhim fazilatlardan biridir. Chuqur ma’noli statuslar orqali aqlning kuchi, bilimingiz va hayotiy tajribangiz haqida ilhom beruvchi fikrlar bilan tanishing. Ushbu statuslar sizni o‘z hayotingizda to‘g‘ri yo‘lni tanlash va qarorlarni aql bilan qabul qilishga undaydi.

Agar og‘ir ishlar aql-idrok bilan emas, fakat kuch-qudrat yordamida hal qilinganda edi, filning qadri yanada yuksak bo‘lardi.

🔽
Muhammad Toshboltayev

Aqlli ish qilish uchun aqlning o‘zi ojizlik qiladi.

🔽
Xurshid do‘stmuhammad

Aqlsizga aql o‘rgatsang, seni aqlsizga chiqaradi. Xuddi o‘trini to‘g‘ri, desang ertasiga uyingga tushganidek…

🔽
Azimjon Qosimov

O‘z aqlliligidan maqtanmaslik uchun ham zo‘r aql kerak.

🔽
F. LAROShFUKO

Aql o‘rgatish va aqlli bo‘lish mutlaqo boshqa-boshqa narsalardir.

🔽
G. LIXTENBERG

Aqlli odam o‘zgalar aybini ko‘rib, o‘z kamchiligini yo‘qotadi.

🔽
PUBLILIY SIR

inson xarakterida uning aqliga nisbatan ko‘proq nuqson bo‘ladi.

🔽
F. LAROShFUKO

Xatolar aql beradi.

🔽
L. N. TOLSTOY

Dono kishilarning xulq-atvori — aqldan, o‘rtamiyona odamlarniki — tajribadan, o‘ta nodonlarniki — noilojlikdan, jonivorlarniki esa — tabiatdan yuzaga keladi.

🔽
SISERON

Masala bilimning butunligida emas, aqlning butunligida.

🔽
Demokrit

Bugunning chorasini ko‘rib ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.

🔽
Abu Rayhon Beruniy

Aql haqida shu va boshqa eng yaxshi statuslarni alohida qilib mana bu sahifada batafsil tanishishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( 4 assessment, average 3.25 from 5 )
Fikr bildirish

  1. Sirlar

    12345678910
    Ì

    Javob berish
  2. Ruslan

    Zoʻr maqollar ekan 👏👏

    Javob berish