Erkaklar haqida maqollar,eng sara ma’noli chiroyli maqollar to’plami

Erkaklar haqida maqollar,eng sara ma'noli chiroyli maqollar to'plami Barcha maqollar

Erkaklar haqida maqollar, erkaklar haqidagi eng sara hayotiy maqollar, chiroyli ma’noli o’zbek va jahon maqollaridan namunalar to’plami.

Erkaklar haqida sara maqollar

Erkaklar haqida sara maqollar

Ayol so’m qilar, erkak — chaqa.

O’zbek maqoli

Yomon erkak to’y buzar, Yomon xotin — uy.

O’zbek maqoli

Erkaklar ko‘p joyda o‘tin, xotinlar ko‘p joyda suv tanqis bo‘ladi.

Qirg‘iz maqoli

Erkakdan ish arimas, tog‘dan bulut.

Qalmoq maqoli

Pichoq o‘tmas bo‘lsa ham pichoq, erkak yomon bo‘lsa ham erkak.

Qalmoq maqoli

Erkak aqli bilan sevadi, ayol qalbi bilan o‘ylaydi.

Shved maqoli

Kar ayol va gung erkak kam so‘kinadilar.

Shved maqoli

Oltin olov bilan, ayol oltin bilan, erkak ayol bilan sinaladi.

Shved maqoli

Ayol qaysi ishni o‘ylab topmasin, uni erkak odam bajaradi.

Frantsuz maqoli

Erkakni aqli bilan, ayolni ko‘rki bilan baholaydilar.

Frantsuz maqoli

Shim kiyib yurganlarning hammasi ham erkak emas.

Fin maqoli

Erkakning sochi tushadi, ayolniki oqaradi.

Fin maqoli

Ob-havoni kech kirganda, erkakni soqoli chiqqanda maqta.

Fin maqoli

Farosatsizga go‘zal xotin uchraydi, go‘zal erkakka farosatsiz.

Udmurt maqoli

Erkak echkidan jun ham yo‘q, sut ham yo‘q.

Udmurt maqoli

Erkaklar haqida hayotiy ma’noli maqollar

Erkaklar haqida hayotiy ma'noli maqollar

Kulib gapirgan erkakdan, ko‘z yosh bilan so‘zlovchi ayoldan qo‘rq.

Turkman maqoli

Haqiqiy erkak uchun toshbaqa ham qurol.

Turkman maqoli

Ayol — bo‘yin, erkak — bosh.

Turkman maqoli

Dengizga cho‘kib o‘lgan erkaklardan ko‘ra, qadahga cho‘kkanlari ko‘p.

Portugal maqoli

Erkak o‘z uyida mehmon.

Osetin maqoli

Erkakni ayollar va yer halok qiladi (ya’ni, ayollar va yer sabab urushlar kelib chiqadi).

Maori maqoli

Erkak izza bo‘lgandan ko‘r bo‘lgani yaxshiroq.

Lezgin maqoli

Haqiqiy erkakka qilich tig‘idan so‘z tig‘i o‘tkirroq.

Lezgin maqoli

Chopon kiygan hamma ham erkak emas.

Lezgin maqoli

Erkak va’da beradi, erkak bajaradi.

Latish maqoli

Kemaga langar qanchalik kerak bo‘lsa, erkakka ham ayol shunchalik zarur.

Latish maqoli

Chopon va qiyiq kiygan har erkak qahramon bo‘lavermaydi.

Lak maqoli

Erkak uyning boshi bo‘lsa, xotin — yuragi.

Keniya maqoli

Erkaklar haqida chiroyli ta’sirli maqollar

Erkaklar haqida chiroyli ta'sirli maqollar

Ayol aytarkan: “Mening erimdan qo‘rqmagan — haqiqiy erkak”.

Gruzin maqoli

Erkak uy qurdi — ayol buzdi, ayol qurdi — uni shayton ham buza olmadi.

Gruzin maqoli

Qush adashsa tuzoqqa tushadi, erkak adashsa erkini yo‘qotadi.

Boshqird maqoli

Haqiqiy erkak maqsadiga erishadi.

Boshqird maqoli

Erkak yig‘layaptimi, demak musibat katta.

Belorus maqoli

Erkak yozda ishlamasa, sigir qishda o‘ladi.

Arman maqoli

Ayolning aqli — uning go‘zalligida, erkakning go‘zalligi — aqlida.

Arab maqoli

Oyning o‘n besh kundan so‘ng yorug‘i kamayadi, erkakning o‘ttiz yoshdan so‘ng yoshligi qolmaydi.

Xitoy maqoli

Erkak — qarag‘ay, ayol — pechakgul (pechakgul qarag‘ay atrofida o‘sadi).

Yapon maqoli

Erkakning boshi bor, ayolning — yuragi.

Yapon maqoli

Toychoq ot bo‘ladi, yigit erkak.

Digor maqoli

Erkak har yerda erkak.

Digor maqoli

Erkaksiz uy yetim, ayolsiz — oshxona.

Vetnam maqoli

Agar bir erkak seni uch marta aldasa sen ahmoqsan, agar bir chuqurga uch marta qulasang sen ko‘rsan.

Adigey xalq maqoli

Erkak erkakligicha o‘ladi.

Adigey xalq maqoli

Agar mening xolam erkak bo‘lganida, u mening tog‘am bo‘lardi.

Ingliz maqoli

Erkakning yoshi o‘zi his qilganicha, ayolning yoshi ko‘rinishida.

Ingliz maqoli

Erkaklar uyni barpo qiladi, ayollar o‘choqni.

Ingliz maqoli

Erkaklar haqida statuslar, eng mashhur hikmatli gaplar va iboralar

Erkaklar haqida statuslar, eng sara aforizmlar, ma'noli gaplar to'plami

Ideal erkak o‘z ayolini ideal deb hisoblovchi erkakdir.

Bernard Shou

“Erkakchasiga” degan ibora hozir ko‘p ishlatiladi. “Erkakchasiga gapir”, “erkakchasiga ish tut” — degani hozir shunchaki qo‘pol xatti-harakatni, qo‘pol so‘zlikni anglatadi. Vaholanki, kuchli shaxs erligini muloyim, oddiy so‘zlar va mardlarga xos ish bilan ifodalaydi. U qiziqqon emas, ammo jur’atsiz ham emas.

Filip Chesterfild

Xotinchalish erkak inson zoti uchun mudhish dogdir.

V. G. BELINSKIY

Ayol erkak zotining buyuk murabbiysidir.

A. FRANS

Ayol kishini iztiroblarga qo‘ygan holda erkakni baxtli qilish qiyin.

V.GYuGO

Ayol kishini iztiroblarga qo‘ygan holda erkakni baxtli qilish qiyin.

V.GYuGO

Erkaklar haqidagi barcha qiziqarli statuslarni saytimizning mana bu sahifasida batafsil kuzatishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( 2 assessment, average 4.5 from 5 )
Fikr bildirish

  1. Foydalanuvchi

    Juda ham zo’r maqollar.

    Javob berish