Kasb-hunar – inson hayotidagi eng muhim boyliklardan biridir. Har bir kasb insonni maqsadga eltuvchi yo‘ldir, mehnat orqali inson o‘z orzulariga erishadi. O‘z hayotida muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan har bir kishi kasb-hunarga qiziqishi, unga e’tibor qaratishi lozim.
Quyida kasb-hunar haqida eng sara statuslar va hikmatli so‘zlar bilan tanishing. Ushbu statuslar sizni mehnatning qadriyatini anglashga va kasbga bo‘lgan sevgingizni kuchaytirishga ilhomlantiradi.
Kasb-hunar haqida ayrim o’zbek ziyolilaridan statuslar
Daholar o‘z kasblari doirasidan chiqib ketadilar. Falonchi — shoir, falonchi — olim, ammo Navoiy — Navoiydir, Eynshteyn — Eynshteyn.
🔽
Asqad Muxtor
Aqling yetmas kasbga qarab yugurma,
Teshik jomga suv to‘ldiray, deb yurma.
🔽
Tilab Mahmudov
Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi.
🔽
Abdulla Qahhor
Ko‘pgina hunarmandlar qariganda suygan hunaridan mahrum bo‘ladi: uloqchi ot chopolmaydi, surnaychi yaxshi puflolmaydi, o‘yinchi oyog‘ini ko‘tarolmay qoladi. Yozuvchi dutor yoki vinoga o‘xshaydi — eskirgan sayin ochiladi, quvvati oshadi.
🔽
Abdulla Qahhor
Yozuvchilikning boshqa hunarlardan farqi — yozuvchi o‘zini o‘zi operatsiya qiladi: yozganini qisqartirib tashlay oladi.
🔽
Abdulla Qahhor
Kasb-hunar haqida mashhur kishilar tomonidan aytilgan hikmatli soz’lar va dono fikrlar
Vrachlik kasbi — jasorat, bu kasb fidoyilikni, qalb va fikr sofligini talab qiladi.
🔽
A. P. ChEXOV
O‘z bemorini davolashga ki-rishgan shifokor bu ishni nazokat va ochiq chehra bilan bemorga xush keladigan tarzda amalga oshirishi kerak. Badqovoq shifokor o‘z kasbida hech qachon baraka topmaydi.
🔽
M. MONTEN
Tarbiyaning ilk bosqichida bolalar siymosida amaldorni ham, shoirni ham, hunarmandni ham emas, insonni ko‘rmoq zarur, keyin u inson bo‘lgani holda oxir-oqibat u yoki bu kasbni egallaydi.
🔽
V. G. BELINSKIY
Ishq-muhabbat kasb qilib olinganda u ma’naviy gunohga aylanadi. Bunday vaziyatda u aqlni susaytiradi va yurakni miskinlashtiradi.
🔽
K. GELVESIY
Mehnatsevar qalb doimo o‘z kasbi bilan mashg‘ul bo‘lmog‘i lozim, binobarin, tanaga badantarbiya zarur bo‘lganidek, unga ham surunkali mashq hayotbaxsh ta’sir ko‘rsatadi.
🔽
A. V. SUVOROV
Eng mushkul kasbu kor inson bo‘lishdir.
🔽
XOSE MARTI
Muvaffaqiyatga erishish uchun emas, hayoting ma’no kasb etishi uchun intil. Odamning hayoti boshqalar hayotini qay darajada go‘zal va mazmunli etganiga qarab ahamiyatlidir
🔽
Albert Eynshteyn
Kimda-kim biror-bir san’at, fan va hunar sirini egallamagai ekapn, u hech qachon nimadir bir yirikroq narsani yaratishga layoqatli bo‘lolmaydi.
🔽
MICHURIN
Kasb egasi bo‘lgan odam hech qachon yo‘qolmaydi, u o‘z yo‘lini doimo topadi.
🔽
Konfutsiy
Mehnat insonni baxtga, kasb esa muvaffaqiyatga yetaklaydi.
🔽
Benjamin Franklin
Har qanday hunar va kasbning ustasi bo‘lish – bu hayotdagi eng katta yutuqlardan biridir.
🔽
Albert Eynshteyn
Kasbingizni sevib bajaring, shunda hech qachon ish bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lmaysiz.
🔽
Stiv Jobs
Har bir hunar – insonning mehnati va aqlini namoyon qiluvchi san’atdir.
🔽
Leonardo da Vinchi
Kasb – insonni ulug‘laydi, mehnat esa uning hayotini mazmunli qiladi.
🔽
Mahatma Gandi
Muvaffaqiyatning kaliti – o‘z kasbingizni topish va uni sevishdir.
🔽
Oprah Uinfri
Har qanday hunar insonni kamolot sari yetaklaydi, faqat mehnatni hurmat qilish kerak.
🔽
Aristotel
Mehnat – kasbning kaliti, unga bo‘lgan sevgi esa hayotning mazmunidir.
🔽
Lev Tolstoy
Kasb-hunar haqida eng yaxshi sara maqollar to’plami
Kasbing bo‘lsa, noning bor.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Hunarli qo‘l — oltin qo‘l.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Hunarli odam — baxtli odam.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
O‘n ming kasb ichida eng qadrlisi — olimlik.
🔽
Xitoy maqoli
Hunar o‘rganish uchun qarilik yo‘q.
🔽
Qalmoq maqoli
Hurish ham hunar.
🔽
Arman maqoli
Jek ko‘p hunarlarni biladi, lekin birontasidan usta emas.
🔽
Ingliz maqoli
Kasb-hunar haqidagi shu va boshqa eng yaxshi maqollarni saytimizning Kasb-hunar haqida maqollar sahifasida o’qishingiz mumkin.
O‘xshash maqolalar: Ustalar haqida jiddiy hikmatli so‘zlar va sara statuslar Ro‘zg‘or haqida eng sara foydali hikmatlar va statuslar Ta‘lim, bilim, dars va fanlar haqida status va hikmatlar Abituriyentlar haqida eng ma’noli hikmatlar va statuslar Hunarmandchilik haqida eng yaxshi hikmatlar va statuslar Sevgi, ehtiros, sog‘inch, yurak, nafrat haqida statuslar









Yaxshii lekin maqollar kamroq ekan shuni kupaytirishni iloji bulsa yaxshi bulardi
Rahmat, saytimizni tez-tez kuzatib turing, albatta shu va boshqa mavzularda yanada ko‘proq maqollar chiqaramiz.