Insoniyat tarixi davomida yaxshilik, mehr-oqibat, insoniylik va ezgulik doimo ulug‘langan. Har bir xalqning hikmatli so‘zlarida, maqollarida yaxshilikning qadri, uning hayotimizdagi ahamiyati o‘z ifodasini topgan.
O‘zbek maqollari ham milliy ruhiyat va madaniyatimizning muhim qismi bo‘lib, yaxshilikning ulug‘ligini tarannum etadi.
Bu maqolada, biz sizga o‘zbek xalqining donishmandligi bilan bir qatorda jahon madaniyatidan ham yaxshilikni madh etuvchi eng yaxshi maqollarni taqdim etamiz. Yaxshi so‘z va hikmatlar inson qalbini boyitadi, ruhiyatni ko‘taradi va hayotiy tajribalarni boyitadi.
Yaxshilik haqida eng sara o’zbek xalq maqollari
O‘zbek xalqining boy madaniy merosida yaxshilik alohida o‘rin tutadi. Maqollar esa asrlar davomida xalq donishmandligi, tajribasi va turmush tarzi ifodasi bo‘lib kelgan. Yaxshilik va ezgulikni ulug‘lovchi maqollar o‘zbek xalqining hayot falsafasini, bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishni ta’kidlaydi.
O‘zbeklar «Yaxshilik qil – daryoqqa tashla, baliq ko‘rmasa, Xudo ko‘radi» degan maqol bilan ezgu amallarni hech qanday mukofot kutmasdan bajarishga undaydi. Shu kabi maqollar milliy qadriyatlarimiz va insoniylikka asoslangan tarbiya vositalaridir.
Yaxshilikka yaxshilik — Har kishining ishidir.Yomonlikka yaxshilik — Mard kishining ishidir.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Oltin yerda qolmas, Yaxshilik — yo‘lda.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilik — yog‘och boshida, Yomonlik — oyoq ostida.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilikni unutma, Yomonlikni ko‘zda tutma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshi-yaxshi desa, Kunda tariqday yaxshilik qo‘shilar emish.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Daryoga yaxshilik qilsang, Ajrini biyobondan topasan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yovdan yaxshilik chiqmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yovdan yaxshilik yuqmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshi bilan sirdosh bo‘lsang, Yaxshilik bilan unasan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yomonlikni oldingda tut, Yaxshilik kelsa — iqboling.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Otangni o‘ldirganga yaxshilik qil.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ey til, yaxshilikni bil. El yaxshilikni unutmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilik ikki jahonni orttirar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilik ko‘zga ko‘rinmas, Yomonlik ko‘mib qo‘yilmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilik nur keltirar, Yomonlik — zulmat.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilik to‘iga eltar, Yomonlik — go‘iga.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilik eksa, esonlik o‘rar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilik — yuzda, Yomonlik — ko‘zda.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilik qil, daryoga tashla, Baliq bilar, Baliq bilmasa, xoliq bilar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilik qil, uyingga aytma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilik qil, umidvor bo‘l, Yomonlik qil, xabardor bo‘l.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilik qilmasang, yomonlik ham qilma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilik qilsang, yashir, Yaxshilik ko‘rsang, oshir.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilikni daryoga qil, biyobondan top.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilikni erdan so‘ra, Er bilmasa, eldan so‘ra.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilik haqida jahon xalq maqollari to’plami
Yaxshilik va insonparvarlik haqida hikmatli so‘zlar nafaqat o‘zbek xalqida, balki dunyoning ko‘plab xalqlarida ham qadimdan ulug‘langan. Har bir millatning madaniyati va urf-odatlarida yaxshilik, mehr va ezgulikning ahamiyati alohida o‘rin egallagan. Jahon xalqlari maqollarida ham insoniylikning umumiy qadriyatlari, ezgu niyatlar va saxovat bilan bog‘liq chuqur hayotiy tajribalar aks etadi.
Misol uchun, yapon xalqida «Bitta yaxshilik mingta yovuzlikni yuvadi» maqoli bor bo‘lsa, lotin tilida «Yaxshilik hech qachon zoye ketmaydi» deyilgan. Bunday maqollar har bir xalqning ezgulik va yaxshilikni qadrlashini ko‘rsatadi.
Yaxshilik urug‘ini ekaver, mevasini sen yemasang bolalaring yeydi.
🔽
Bambara maqoli
Yaxshi odam barchaga yaxshilik qiladi, hech kimga maqtanmaydi.
🔽
Makedon maqoli
Ortiqcha yaxshilik boshni yormaydi.
🔽
Qirg‘iz maqoli
Yomon odamga yaxshilik qilsang — mensimaydi, yaxshi odamga yomonlik qilsang — unutmaydi.
🔽
Qirg‘iz maqoli
Shamning yorug‘i o‘ziga tushmaydi, odamning yaxshiligini yaqinlari bilmaydi.
🔽
Qirg‘iz maqoli
Tuhmatda haqiqat yo‘q, yolg‘onda yaxshilik yo‘q.
🔽
Qalmoq maqoli
Qaltis o‘yin yaxshilik bilan tugamaydi.
🔽
Fors maqoli
Yaxshilik doim sekin keladi.
🔽
Fin maqoli
Zulm ko‘rmasdan yaxshilikning qadriga yetmaysan.
🔽
Uyg‘ur maqoli
Yaxshilik qilsang, oxirigacha qil.
🔽
Turkman maqoli
Yaxshilikka xayr bilan javob qaytarish — barchaning ishi, yomonlikka yaxshilik — mardning ishi.
🔽
Turkman maqoli
Yaxshilik qilsang, oxiriga yetkaz.
🔽
Turkman maqoli
Yaxshilik qiluvchilarni hamma xaloyiq do‘st tutar.
🔽
Tojik maqoli
Yaxshi xotin erning tinchligi, uyning obodligi va yaxshilik qilishga yordamlashuvchidir.
🔽
Tojik maqoli
Yaxshilikni it ham unutmaydi.
🔽
Osetin maqoli
Yomonligim ham, yaxshiligim ham o‘zimniki.
🔽
Osetin maqoli
Haddan tashqari yaxshilik ham yomonlikdir.
🔽
Osetin maqoli
Menga yaxshilik qilmoqchimisan — uni qora kunimda qil.
🔽
Osetin maqoli
Yaxshi odam yomonlikni, yomon odam yaxshilikni unutadi.
🔽
Oltoy maqoli
Yomonlik toshga yoziladi, yaxshilik — qumga.
🔽
Nemis maqoli
Haqsiz erishilgan yaxshilik tez barbod bo‘ladi.
🔽
Nemis maqoli
Yomonlik yaxshilikka olib bormaydi.
🔽
Mordva maqoli
Yaxshilik qilish qiyin, yomonlik qilish oson (moksha).
🔽
Mordva maqoli
Odamning yaxshiligi ko‘zidan bilinadi (moksha).
🔽
Mordva maqoli
Buyuklik va sharaf — xudoga, tinchlik va yaxshiliklar — insoniyatga.
🔽
Maori maqoli
Hasad yaxshilikka olib kelmaydi.
🔽
Lezgin maqoli
Hamma ham yaxshilikka yaxshilik bilan javob qilmaydi.
🔽
Lezgin maqoli
Yomon kun yaxshilik bilan yakun topadi, ammo yomon odamni to‘g‘rilab bo‘lmaydi.
🔽
Lak maqoli
Hatto ignayam odamga yaxshilik ham keltirishi mumkin, yomonlik ham.
🔽
Kabardin maqoli
Yomonlik qilgandan yaxshilik kutma.
🔽
Kabardin maqoli
Yomon odam qarzdor bo‘lib qolmaydi: unga yaxshilik qilgan odamning uyini yoqadi.
🔽
Dog‘iston maqoli
Yaxshilikni faqat o‘ziga qiladigan odam ham yomon bilan barobar.
🔽
Gruzin maqoli
Yaxshilik qilsang, uni tuzlab ham ber (ya’ni, yaxshilikni oxirigacha qil).
🔽
Gruzin maqoli
Yaxshini yaxshilik bilan xotirlaydilar.
🔽
Belorus maqoli
Nodonning barcha yaxshiligini bitta tuyaga yuklasa bo‘ladi.
🔽
Arman maqoli
Yaxshilik qilib daryoga ot, odam bilmasa baliq bilardi.
🔽
Arman maqoli
Sen yaxshilik qilgan odam senga zulm qilishidan qo‘rq.
🔽
Arab maqoli
Sen yaxshilik qilsang — yashir, senga yaxshilik qilishsa — gapir.
🔽
Arab maqoli
Yaxshilik tilash uni qilish bilan baravar.
🔽
Arab maqoli
Ahil bo‘lmagan oilada yaxshilik bo‘lmaydi.
🔽
Chechen-ingush maqoli
Birovning yomonligidan qo‘rqmagan o‘zining yaxshiligidan ham quvonmaydi.
🔽
Chechen-ingush maqoli
Yaxshilik — qumga bitilgan yozuv, yomonlik — toshga o‘yilgan bitik.
🔽
Italyan maqoli
Yaxshilikniyam yomonlikniyam bilmagan hamma narsani bilaman deb o‘ylaydi.
🔽
Abazin maqoli
Yaxshilik darvozadan u yog‘iga chiqmaydi, yomonlik ming chaqirimga yetadi.
🔽
Xitoy maqoli
Yaxshilikka yaxshilik — har kimning ishi, yomonlikka yaxshilik — qahramonlar ishi.
🔽
Qirg‘iz maqoli
Yaxshilik qilish hech qachon kech emas.
🔽
Qirg‘iz maqoli
Kimda kim yaxshilik qilsa — soqoli oqarsin, kimda kim yomonlik qilsa — suyagi qurisin.
🔽
Qirg‘iz maqoli
Abadiy yaxshilikka intilmovchi va faqat xudbinlik qiluvchi kishi afsusga sazovordir.
🔽
Hind maqoli
Umr qisqa — yaxshilik qilishga shoshil.
🔽
Yapon maqoli
Takabburlik yaxshilik keltirmaydi.
🔽
Yapon maqoli
Hatto it va mushukni uch yil boqsang, ular ham yaxshiligingni unutmaydi.
🔽
Yapon maqoli
Bo‘riga yaxshilik qilsang, seni g‘ajib tashlaydi.
🔽
Digor maqoli
Birovga yaxshilik qilsang, u senga tosh otmaydi.
🔽
Digor maqoli
yaxshilik.
🔽
yomonlik, yomonlik oldida.🔽
Yaxshi narsaning oldida.🔽
Avar maqoli
Yomonlik qilib, yaxshilik kutma.
🔽
Adigey xalq maqoli
Agar ezgulikning chegarasi bo‘lsa, u endi yaxshilik emas.
🔽
Yahudiy maqoli
Yaxshilik uchun doim harakatda bo‘l, yomonlik o‘zi keladi.
🔽
Yahudiy maqoli
Har yaxshilikning oxiri bor.
🔽
Ingliz maqoli
Oxiri yaxshilik bilan tugagan ishgina ezgudir.
🔽
rozilik alomati🔽
Sukut.🔽
Ingliz maqoli
Yomonlikka yaxshilik bilan javob ber.
🔽
Ingliz maqoli
Yaxshilikka umid qil, lekin yomonlikka ham tayyor tur.
🔽
Ingliz maqoli
Yaxshilik haqida eng ajoyib statuslar va dono gaplar
Hayotimizda kichik bir yaxshilik ham katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘plab donishmandlar va atoqli shaxslar ezgulik, mehr-oqibat va saxovat haqida chuqur fikrlar qoldirganlar. Bu dono gaplar va statuslar insonlarga ilhom berib, yaxshilikning o‘lchovsiz kuchini eslatadi.
Yaxshi so‘z, samimiy tabassum yoki oddiy bir yordam ham dunyoni yaxshiroq qilish yo‘lida muhim qadamdir. Quyidagi statuslar va dono gaplar sizga va yaqinlaringizga ilhom bag‘ishlaydi:
Kichkina bir yaxshilik qilish uchun ham odam (balki buyuk odam) bo‘lish kerak; katta yomonlik qilishga kichik odam ham qodir.
🔽
Asqad Muxtor
Yaxshilik urug‘ining mingdan biri nihol bersa, yomonlik urug‘ining har biri minglab nihol beradi
🔽
Mansurxon Toirov
Kishi har qanday alamga chidaydi, ammo yaxshilik evaziga o‘sha odamdan yomonlik ko‘rganida dod deb yuboradi. Bunday nohaq alamning zahmi juda yomon bo‘ladi.
🔽
G‘aybulloh as-Salom
O‘z yaxshiliklari bilan maqtangan odamdan qo‘rqaver.
🔽
M. EBNER-EShINBAX
Mardlik haqida ko‘proq qo‘rqoqlar, yaxshilik haqida esa ichiqoralar gapirishadi.
🔽
A. N. TOLSTOY
Hammaga va har kimga gapirib yuriladigan yaxshilikni yaxshi ish deb bo‘lmaydi.
🔽
D. MUKERJI
Yaxshilikning foydasi shu qadar ravshanki, hatto yaramas odamlar ham naf ko‘rib qolishni ko‘zlab yaxshilik qiladilar.
🔽
L. VOVENARG
Yaxshilik yomonlik bilan, haqiqat yolg‘on bilan, taraqqiyot tanazzul bilan hech qachon kelishmagan va kelishishi mumkin emas.
🔽
J. MADZINI
Yaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo‘lmaganda edi, har kim o‘z istagan yoki orzu qilgan va yoki o‘zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan bo‘lardi.
🔽
Abu Ali ibn Sino
Yaxshilik qila olmasang, bori yomonliq ham qilma.
🔽
A. NAVOIY
Yaxshilik haqidagi shu va boshqa eng yaxshi statuslarni saytimizning Yaxshilik haqida statuslar sahifasida batafsil o’qishingiz mumkin.