Bilim haqida statuslar, eng sara va chiroyli statuslar to‘plami

Bilim haqida statuslar, eng sara va chiroyli statuslar to‘plami Barcha statuslar

Bilim insonning hayot yo‘lini yorituvchi nurdir. Hayotda muvaffaqiyatga erishish, to‘g‘ri yo‘l topish va o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga solish uchun bilimning o‘rni beqiyosdir. Ko‘p donishmandlar va olimlar bilimning ahamiyatini hikmatli so‘zlar, aforizmlar va statuslar orqali ifoda etishgan. Quyida bilimning inson hayotidagi o‘rnini ochib beruvchi eng sara va chiroyli statuslar bilan tanishing.

Bilim haqida statuslar, o’zbek ziyolilaridan hikmatli so’zlar

Bilimsizlikdan faqat bilimlilar aziyat chekadilar.

🔽
Xurshid Do‘stmuhammad

Bilimim misoli gugurt bo‘lsaydi,
Odamlar ko‘nglida chiroq yoqsaydi.

🔽
Xurshid Do‘stmuhammad

Bilimdon odamlar elga egilar.

🔽
Mevasi mo‘l daraxt yerga egilar,

🔽
Tilab Mahmudov

Shogird ustoz tanlaganda emas, ustoz shogird tanlaganda haqiqiy olim voyaga yetadi. Ko‘pincha, shogirdlar ustoz obro‘si, mansabini ko‘zda tutib, nomi chiqqan ustoz etagiga yopishadi. Aslida, bilim yo‘nalishi haqiqiy ustoz- shogird aloqadorligini belgilashi kerak.

🔽
Tilab Mahmudov

Qancha ko‘p o‘qiganim sari bilim daryosiga sho‘ng‘ib, undan suzib chiqish mushkulligidan  shunchalik azoblanaman.

🔽
Tilab Mahmudov

Odamzod bilim egallashda ishni hayratdan boshlab, g‘ayratga yetib kelgan.

🔽
Tilab Mahmudov

Ba’zan bilim ojiz bo‘lgan hollarda o‘qituvchilarimni eslab qo‘yaman

🔽
Mansurxon Toirov

Insonni cheksiz ilm ummoni o‘rab turadi. Uni ko‘ra bilish kera, buning uchun uni bilimga aylantirish kerak

🔽
Mansurxon Toirov

Bilim haqida statuslar, mashhur kishilarning bilim haqida aytgan gaplari

Faqat yuzaki bilim va mavhum fikrlargina ezmalikka olib keladi.

🔽
B. GALDOS

Suhbatni shunday olib borish kerakki, suhbatdoshlarning har biri undan naf olsin, bilimi yanada boyisin.

🔽
GERAKLIT

Odatda farzandlarimizga bilimlarimizni berish o‘zimizning ixtiyorimizda, orzu-intilishlarimizni esa undan ham ko‘proq berishimiz kerak.

🔽
Sh. MONTESKE

Bolaga munosabat masalasida o‘zi axloqan toza bo‘lishi uchun ham ona zarur bilimlarga ega bo‘lmog‘i kerak. Nodon ona esa mehru muhabbati qanchalik kuchliligidan qat’i nazar, yomon tarbiyachi bo‘lib qolaveradi.

🔽
N. I. MECHNIKOV

Ilm berish faqat maktabning ishi emas. Maktab shu bilimga kalit beradi xolos. Maktabdap tashqari o‘qish hayotni to‘laligicha qamrab oladi! Inson bir umr ilmini oshira borishi lozim.

🔽
A. V. LUNAChARSKIY

Inson hayot ekan, garchi sochi oqargan bo‘lsa ham bilim olishi mumkin, bilim olishni istaydi va bilim olishi shart. Binobarin, maktabdan tashqari olinadigan har qanday bilim, chupik hayot butun borligi bilai maktab doirasiga sig‘maydi, mustaqil o‘qish jarayonidir.

🔽
A. V. LUNAChARSKIY

Har qanday chuqur bilim faqat mustaqil o‘qish yo‘li bilangina orttiriladi.

🔽
N. A. RUBAKIN

O‘z fikrini yaxshi ifodalay olmaslik — illat; lekin mustaqil fikrga ega bo‘lmaslik esa undan ham battarroq illat; mustaqil fikrlar, mustaqil orttirilgan bilimlardangina tug‘iladi.

🔽
K. D. UShINSKIY

Birovdan eshitib olingan bilimlar bilan qanoatlanishni sira tasavvur etolayman; o‘zgalarning bilimi garchand bizni u-bu narsaga o‘rgatsa ham, ammo faqat o‘z aqling bilan aqlli bo‘la olasan.

🔽
M. MONTEN

Fan cho‘qqilariga chiqishga urinishdan avval fan asoslarini egallang. Boshlagan ishingizni oxiriga yetkazmay turib, keyingisiga qo‘l urmang. Olgan bilimingizdagi kemtiklarni hatto eng dadil taxmin va farazlar bilan ham ifodalashga urinmang. Fanda qora ishdan qochmaslikka o‘rganing.

🔽
I. P. PAVLOV

Kamolot va bilimga hech bir odam o‘z-o‘zidan erisholmaydi. Kimki bilimdon bo‘lishni istar ekan, unga o‘z faoliyati, o‘z kuchi, o‘z tirishqoqligi bilan erishmog‘i lozim.

🔽
A. DISTERVEG

Agar chindan ham farzandlarimiz bilimli odam bo‘lishni istasalar, ular bilimni mustaqil mashqlar orqali egallamoqlari kerak.

🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY

Mehnat jarayoniga asoslangan bilimdan o‘tkirroq qurol yo‘q.

🔽
M. GORKIY

Odamlarni hamma narsaga o‘rgatishadi-yu, ammo andishaga o‘rgatishmaydi, holbuki ular bilimdonlik bilan emas, o‘zlari hech qachon o‘rganmagan o‘sha andishalilik bilan ajralib turishga ko‘proq intiladilar.

🔽
B. PASKAL

Agar o‘quvchilarda tashabbuskorlik va faollik rivojlanmas ekan, har qanday bilim jonsizdir; o‘quvchilarni faqat fikrlashga emas, istakka ham o‘rgatmoq kerak.

🔽
N. A. UMOV

O‘quvchilar va o‘qituvchilarning muvaffaqiyatn uchun bilimning har bir sohasida darsni izohlashda iloji boricha kelgusida o‘quvchilar oladigan bilimlarning umumiy va juz’iy ahamiyatini ishonarli asoslash bag‘oyat foydalidir.

🔽
J. PEYO

Bilimni singdirib olmoq uchun uni ishtaha bilan simirmoq lozim.

🔽
A. FRANS

Bilimni o‘z kuching bilan egalla, sherigingning mehnat natijalarini o‘zlashtirishing noinsoflik. Dars vazifalarini mustaqil bajarmaslik — tekinxo‘rlikka qo‘yilgan birinchi qadam.

🔽
V. A. SUXOMLINSKIY

Tarbiya — vijdon ishi; ta’lim esa fanning vazifasi. Keyinchalik, inson voyag‘a yetgach, bilimning bu ikki turi biri birini to‘ldiradi.

🔽
V. GYuGO

Bilim odamiing ijodiy maqsadlariga xizmat etmog‘i lozim. Vilim orttirishning o‘zi kifoya emas, uni iloji boricha keng yonmoq va hayotga tatbiq etmoq zarur.

🔽
N. A. RUBAKIN

Tarbiyaga jamiyat a’zolari o‘rtasida qaror topgan munosabatlarni saqlab turish uchun juda zarur bo‘lgan bilimlarni uzluksiz egallash, deb qarash mumkin.

🔽
A. SEN-SIMON

Bilimli odam, uni qurshab turgan hayotning barcha tomonlari va jabhalari bo‘yicha o‘z dunyoqarashi, o‘z mushohadasiga ega bo‘lgan kishidir.

🔽
N. A. RUBAKIN

Inson tom ma’noda ma’lumotli bo‘lmog‘i uchun unga uch xislat — chuqur bilim, fikrlash ko‘nikmasi va olijanob tuyg‘ular zarur. Kimdaki bilim sayoz ekan, u nazokatsiz bo‘ladi; kimki mulohaza yuritish odatidan mahrum ekan, u dag‘al yoki befarosatdir; kimdaki olijanoblik tuyg‘usi bo‘lmasa, u bema’ni odamdir.

🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY

Ilmsiz odam ko‘rolmagan, ko‘rganda ham uning biror tomonini ko‘rib shu haqda mulohaza yuritgan joyda bilimli odam uning barcha qirralarini ko‘ra oladi.

🔽
N. A. RUBAKIN

Bilimdan qudratliroq kuch yo‘q; bilim bilan qurollangan odam yengilmasdir.

🔽
M. GORKIY

Bilimga intilish tuyg‘usidan ko‘ra tabiiyroq tuyg‘u bo‘lmasa kerak….

🔽
M. MONTEN

Ma’naviy hayotda ham amaliy hayotdagidek, kimki bilimga tayansagina to‘xtovsiz kamol topadi va yutuqlarga erishaveradi.

🔽
U. JEYMS

Bilim, faqat bilimgina insonni ozod va ulug‘vor qiladi.

🔽
D. I. PISAREV

Bizning ishimiz — o‘qish va o‘qish, imkoni boricha ko‘proq bilimga ega bo‘lish uchun intilishdir, chunki jiddiy ijtimoiy yo‘nalishlar — bilim bor yerda, insoniyatning istiqbol baxti ham faqat bilimdadir.

🔽
A. P. ChEXOV

Aqlli, bilimli odamlar kerak; insoniyat porloq hayotga yaqinlasha borgan sayin, bunday odamlar aksariyatni tashkil etmaguniga qadar, ularning soni ko‘payib boraveradi.

🔽
A. P. ChEXOV

Bilim — kuch, kuch esa bilimdadir.

🔽
F. BEKON

Bilim va qudrat — ikkovi egizak.

🔽
F. BEKON

Bilim — barcha kulfatlarga qalqon.

🔽
A. RUDAKIY

Bilim shunday kuchki, bu kuchga bizni qurshab turgan tabiat inerniyasi qarshi turolmaganidek, eng tosh qotgan yanglishishlar ham dosh berolmaydi.

🔽
A. I. GERSEN

Odamlar mehnati bilan yaratilgan, fanda jamlangan bilim tobora o‘sib, teranlashib, beqiyos tig‘nz bo‘lib bormoqda va bizning bilish qobiliyatimiz, njodiy quvvatimizning benihoya yuksalishi uchun tayanch xizmatini o‘tamoqda.

🔽
M. GORKIY

Insonga bilimning zarurligini uqtirish, unga ko‘rishning ahamiyatini uqtirish bilan baravardir.

🔽
M. GORKIY

Bilim — biz yashayotgan dunyoning mutlaq qimmatli boyligi. O‘qimoq zarur, bilmoq zarur. Bilib bo‘lmaydigan narsa yo‘q, biz bilib olinmagan narsalar xususidagina gap yuritishimiz mumkin.

🔽
M. GORKIY

Bilim manbai behad: insoniyat bu yo‘lda qanchalik yutuqlarga erishmasin, barcha odamlarning izlanishi, kashfi va bilimi uchun o‘rin topiladi.

🔽
I. A. GONChAROV

Bilimsizlikdan hech qachon maqtanmaslik kerak: bilimsizlik — ojizlik.

🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY

Bilimsizlik — kulfatdan qutulishning yomon vositasi.

🔽
SENEKA

Bilim insonga hamma yo‘lida hamrohdir.

🔽
D. GURAMIShVILI

Bilimga eltuvchi yagona yo‘l, bu — faoliyatdir.

🔽
B. ShOU

Inson bilimga intiladi va qachonki unda bilimga tashnalik so‘nsa, u insoniylikdan mahrum bo‘ladi.

🔽
F. NANSEN

Har qanday bilim bizni g‘ayratga undagan taqdirdagina qimmatlidir.

🔽
I. ETVES

Har qanday qat’iy e’tiqodlarimiz ham bilimlarning yanada yuksalishi tufayli uloqtirib tashlanishi yoki juda bo‘lmaganda o‘zgartirilishi mumkin.

🔽
T. GEKSLI

Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun bilim qatori o‘sha darajada ishbilarmonlik ham kerak.

🔽
P. BOMARShE

Faoliyat bilimlarga olib boradigan yagona yo‘ldir.

🔽
B. ShOU

Ayniqsa vaqtni boy berish bilimdon odam uchun qimmatga tushadi.

🔽
I. GYoTE

O‘zingdan keyingilarga avvalgidan ko‘proq bilim va baxt qoldirishga intil, bizga meros qolgan narsalarni takomillashtirish va ko‘paytirish, tinmay mehnat qilmog‘imiz zarur bo‘lgan soha mana shudir.

🔽
D. DIDRO

Vaqt, mehnat, halollik, bilim, o‘zni qo‘lga ola bilish, kishining jismoniy, aqliy va axloqiy qudrati — har qanday boylikning sababchisi mana shulardir.

🔽
K. D. UShINSKIY

Vatanga muhabbat butun dunyoga muhabbat bilan uyg‘unlashib ketadi. Bilim nuridan bahramand bo‘lgai xalq, bu bilan yonberidagi qo‘shnilariga ziyon keltirmaydi. Aksincha, davlatlar qanchalik ma’rifatli bo‘lishsa, bir-birlari bilan til topishib, yanada qudratliroq kuchga aylanadilar, olamshumul tafakkur yanada ravnaq topadi.

🔽
K. GELVESIN

Ko‘chirmalar, nodir fikrlar va shu singarilar serqirra shishaga qiyos — ular yozuvchilarning asarlarida sochilib yotgan aql, bilim yog‘dularini bir yerga jamlaydi va bu yog‘dularni o‘quvchi ongida o‘zgacha kuch va jonli tarzda mujassamlashtirib beradi.

🔽
J. SVIFT

Tugal nasriy asar yozish uchun she’r ilmining ham bilimdoni bo‘lish zarur.

🔽
Heynrix Heyne

Faoliyat – bilimga yagona yo‘l.

🔽
Bernard Shou

Bilim insonga salmoq, obro‘ berishi mumkin. Shukuh, ma’naviy go‘zallik esa faqat tarbiyadan.

🔽
Filip Chesterfild

Tasavvur bilimdan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Bilim biz hozir biladigan va tushunadigan narsalargagina tayanadi. Tasavvur esa butun olamni va biz qachonlardir tushanadigan, bilib oladigan narsarni ham qamraydi

🔽
Albert Eynshteyn

Bilimni o‘zlashtirish qobiliyatimdan ko‘ra fantaziya qobiliyatim men uchun qadrliroq

🔽
Albert Eynshteyn

Bilim bu – maktabda o‘rgatilgan hamma narsa esingdan chiqib ketgandan keyin o‘zingda qolgan narsalardir. Savol berishdan to‘xtamaslik juda muhim. Qiziquvchanlik odamga bejiz berilmagan. Chegaralarini bir marta kengaytirgan idrok hech qachon eski joyiga qaytmaydi

🔽
Albert Eynshteyn

Din – tashnalik, abadiyat sog‘inchi… Bilim emas, ishq…

🔽
Jemil Merich

Xayol bilimdan muhimroq.

🔽
Eynshteyn

Bilim — kuch. Kuch esa bilimdadir.

🔽
Frensis Bekon

Buyuk faylasuflarning bilim haqida aytgan fikrlari

Bizga nimadir bilim beradigan so‘zlar, ayniqsa, hamma narsadan azizdir.

🔽
ARASTU

Masala bilimning butunligida emas, aqlning butunligida.

🔽
Demokrit

Mutanosiblikni saqlash, go‘zal va soglom bo‘lish uchun faqat fan va san’at sohasidagi bilimlarning o‘zi kifoya qilmaydi, buniig uchun umr bo‘yi badantarbiya va gimnastika bilan shugullanish talab etiladi.

🔽
AFLOTUN

Men bilimdon bo‘lib yaralgan emasman, shu bois bilimni o‘tmishdan olishga jiddu jahd qildim

🔽
Konfutsiy.

Haqiqiy bilim – kimningdir bilimsizligidan saqlanmakdir

🔽
Konfutsiy.

Fikrlamay ilm olmoq – behudalik; bilim bilan sug‘orilmagan tafakkur esa xatardir

🔽
Konfutsiy.

Bilimsizlik – insoniyat uchun eng qorong‘u tundir

🔽
Konfutsiy.

Bilim deb, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo‘ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo‘ladigan narsadir. Bordiyu bu dalillar ochiq-oydin bo‘lsayu, isbotlar chinakamiga bo‘lsa, u holda bunga hikmat — donishmandlik deyiladi.

🔽
Abu Ali ibn Sino

Bilim haqida eng sara chiroyli maqollar to’plami

Bilim haqida maqollar, eng sara chiroyli ma'noli maqollar to‘plami

Do‘st do‘stlikda toblanar, Bilim — tortishuvda.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Oltin yerda qolsa ham, Bilimli yo‘lda qolmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bilim — boshdagi toj.

🔽
Fors maqoli

Bilim qaytarish bilan tirik, yer — mehnat bilan.

🔽
Nepal maqoli

O‘rganish — bilimning urug‘i, bilim — baxtning urug‘i.

🔽
Gruzin maqoli

Hech narsa bilmasligini bilgan kishi bilimlidir.

🔽
Yahudiy maqoli

Bilimga oson yo‘l yo‘q.

🔽
Ingliz maqoli

Bilim haqidagi boshqa barcha maqollarni batafsil saytimizning ushbu manzilida tanishishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( No ratings yet )
Fikr bildirish