Yaxshilik haqida eng sara statuslar va ibratli fikrlar

Yaxshilik haqida eng sara statuslar va ibratli fikrlar Barcha statuslar

Hayotda inson qanchalik ko‘p yaxshilik qilsa, uning qalbi shunchalik tozalanadi va ruhiyati yuksaladi. Yaxshilik nafaqat boshqalar uchun, balki o‘zimiz uchun ham katta foyda keltiradi.

Dono kishilar va zamonaviy yozuvchilar yaxshilik va ezgulik haqida chuqur ma’noli gaplarni qoldirganlar. Bu ibratli fikrlar va statuslar insonlarni yaxshilik qilishga undaydi va kundalik hayotda motivatsiya beradi.
Quyida yaxshilik haqida eng ajoyib va chuqur fikrlar bilan tanishing, ularni ijtimoiy tarmoqlarda status sifatida ishlatib, atrofingizdagilarga ham ilhom bag‘ishlang.

Yaxshilik haqida o’zbek ziyolilaridan eng qaynoq statuslar to’plami

Kichkina bir yaxshilik qilish uchun ham odam (balki buyuk odam) bo‘lish kerak; katta yomonlik qilishga kichik odam ham qodir.

🔽
Asqad Muxtor

Tabiat — yaxshilik va go‘zallikning bevosita ifodasi.

🔽
Asqad Muxtor

Muhabbat (suvidagi) xas-xashaklarga bardosh berilmasa va uning loyqa suvlarini ichilmasa, unda yaxshilik bo‘lmaydi.

🔽
Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Xorazmiy

Yaxshilik urug‘ini ko‘p sepdim, lekin onda-sonda bitta-yarimtasigina meva bergandek bo‘ldi

🔽
Mansurxon Toirov

Yaxshilik urug‘ining mingdan biri nihol bersa, yomonlik urug‘ining har biri minglab nihol beradi

🔽
Mansurxon Toirov

Barcha yaxshiliklar muhabbatdandir

🔽
Mansurxon Toirov

Butun olamning yaxshiligiyu yomonligi kichkina bir qalbga joy bo‘lganiga hayron qolasiz

🔽
Mansurxon Toirov

Odamlarga o‘rinli yo‘talib bo‘lsa ham yaxshilik qil

🔽
Mansurxon Toirov

Ko‘rishni istasang, har qanday kimsada ham istagancha yaxshiliklarni ko‘rishing mumkin. Buning uchun nekbin ko‘z bo‘lishi kerak.

🔽
G‘aybulloh as-Salom

* Yomonning yomonligini gapirgandan ko‘ra, yaxshining yaxshiligini gapirgan yaxshi.

🔽
G‘aybulloh as-Salom

Kishi har qanday alamga chidaydi, ammo yaxshilik evaziga o‘sha odamdan yomonlik ko‘rganida dod deb yuboradi. Bunday nohaq alamning zahmi juda yomon bo‘ladi.

🔽
G‘aybulloh as-Salom

Yaxshilik haqida mashhur insonlardan hikmatli so’zlar va dono fikrlar

Hech narsa hammavaqt bir xilda yaxgai bo‘lolmaydi, chunkn o‘gaa yaxshi ham o‘zining cheksiz yaxshiligidan adoyi tamom bo‘ladi.

🔽
V. ShEKSPIR

Yaxshilik niqobiga o‘ranmagan yoki uning ko‘magiga suyanmagan bironta ham illat yo‘q.

🔽
J. LABRUER

Garchi g‘urur yaxshilik hisoblanmasa-da, lekin ko‘p yaxshiliklarning boshidir.

🔽
J.KOLLINZ

O‘z yaxshiliklari bilan maqtangan odamdan qo‘rqaver.

🔽
M. EBNER-EShINBAX

Mardlik haqida ko‘proq qo‘rqoqlar, yaxshilik haqida esa ichiqoralar gapirishadi.

🔽
A. N. TOLSTOY

Sizning yaxshiligingizga odamlar ishonishini istaysizmi? Unda o‘sha yaxshiligingizni maqtamang.

🔽
B. PASKAL

Dono odam o‘zi qilgan ishning yaxshiligiga ishonish uchungina e’tirof etishlarini istaydi; shuhratparast esa maqtov talab etadi.

🔽
P. BUAST

Minnatdorchilik barcha yaxshiliklar ichida eng oddiysi bo‘lgani holda, ko‘rnamaklik esa barcha illatlar ichidagi eng yomon illatdir.

🔽
T. FULLER

Minnatdorchilik — eng katta yaxshiliklarning biri. Ammo minnatdorchilik talab qilishdagi me’yor esa undan ham katta yaxshilikdir.

🔽
F. GEBBEL

Senga qilingan yaxshilikni unutma, lekin o‘zing qilgan yaxshilikni unut.

🔽
PUBLILIY SIR

Agar kishi o‘zi yaxshi ko‘rgan odamiga yaxshilik qilgan bo‘lsa, keyin bu ishini har qanday sharoitda ham eslab yurmasligi kerak.

🔽
J. LABRUER

Hammaga va har kimga gapirib yuriladigan yaxshilikni yaxshi ish deb bo‘lmaydi.

🔽
D. MUKERJI

Yaxshilik qilgan emas, yaxshilik ko‘rgan gapirsin.

🔽
SENEKA

Sen dunyoda ko‘rnamak odamlar borligidan ranjib yuribsan. Vijdoningdan so‘rachi, senga yaxshilik qilgan odamlarning bari ham o‘zingdan ro‘shnolik ko‘rganmi.

🔽
SENEKA

Bizdan nimadir yaxshilik ko‘rgan odamimizni uchratsak, darhol uning minnatdorchilik bildirishini eslab qolamiz. Vaholanki, o‘zimiz minnatdorchilik bildirishimiz zarur bo‘lgan kishilarni ko‘rganimizda esa bu narsa xayolimizga ham kelmaydi.

🔽
I. GYoTE

Hammadan ham yaxshilikni tez unutadilar.

🔽
F. ShILLER

Deyarli hamma odamlar mayda-chuyda yaxshiliklarga shukrona bildiradilar, ko‘pchilik esa uncha arzimaydigan yaxshiliklardan minnatdor bo‘ladi, ammo hech haqiqiy yaxshilikning qadriga yetmaydi.

🔽
F. LAROShFUKO

Ko‘rnamaklikning birinchi odimi — yaxshilik qilgan odamning niyatipi sinchiklashdir.

🔽
P. BUAST

O‘ylamay qilingan gunoh uchun so‘kmaganlaridek, majbur bo‘lib qilingan yaxshilik uchun ham maqtash kerak emas.

🔽
YeVRIPID

Yaxshilikni darrov qaytaraman deyishning o‘zi ham ko‘rnamaklikdir.

🔽
F. LAROShFUKO

Yaxshilikka yarasha tashakkur bildira olish ham oson emas, buning uchun ko‘p kuch sarflash kerak.

🔽
J. LABRUER

Nodon uchun sukut saqlashdan yaxshisi yo‘q; biroq u o‘zi uchun nima yaxshiligini bilganda nodon bo‘lmas edi.

🔽
SA’DIY

Shuichaki yaxshi bo‘lmay, nimadir yaxshilik qiling.

🔽
G. TORO

…Har qanday oshirib yuborishlar nomaqbuldir; har qanday yaxshilik va foydali narsa ham oshirib yuborilsa, ma’lum chegaradan o‘tgach, yomonlik va ziyonga aylanishi mumkin va albatta aylanadi.

🔽
V.I. LENIN

Yaxshilikning foydasi shu qadar ravshanki, hatto yaramas odamlar ham naf ko‘rib qolishni ko‘zlab yaxshilik qiladilar.

🔽
L. VOVENARG

Ko‘p yaxshiliklarni yo‘qqa chiqarish uchun ozgina nuqson yetarlidir.

🔽
PLUTARX

Bolalaringizga yaxshilikni singdirib o‘stiring, unga baxtni faqatgina shu beradi.

🔽
L. BETXOVEN

Ota-onalar o‘z bolalarini sertashvish va saxovatli qalb bilan sevadilarki, bu hol bola tarbiyasiga zarar yetkazadi.illat bo‘lmaydi. Yomonlik yo‘q qilib tashlansa-yu, o‘rni yaxshilik bilan to‘ldirilmasa, buning samarasi bo‘lmaydi: bu narsa bo‘shliqni vujudga keltiradi, bu bo‘shliq esa to‘xtovsiz ravishda boshqa bo‘shliq bilan to‘lib boradi; birini quvsangiz, ikkinchisi paydo bo‘ladi.

🔽
V.G.BELINSKIY

Nasihatgo‘ylik bilan yaxshilikka yetishish qiyin, o‘rnak ko‘rsatish orqali esa oson.

🔽
SENEKA

Sevish odamning senga faqat ezgulr tilashi, yaxshilik qilishidir.

🔽
P. A. PAVLENKO

Odam bolalikdanoq yaxshilik va go‘zallik kurtaklarisiz hayotga qadam qo‘ymasligi kerak, avlodlarni ham yaxshilik va go‘zallik kurtaklarisiz hayotga yo‘llab bo‘lmaydi.

🔽
F. M. DOSTOEVSKIY

Yaxshilik yomonlik bilan, haqiqat yolg‘on bilan, taraqqiyot tanazzul bilan hech qachon kelishmagan va kelishishi mumkin emas.

🔽
J. MADZINI

Yomonlikni butun vujudi bilan astoydil nafratlay bilgan odamgina yaxshilikni yurakdan seva oladi.

🔽
F. ShILLER

Yomonlikni chinakam yomon ko‘rmagan odam yaxshilikni ham chinakam yaxshi ko‘rmaydi.

🔽
R. ROLLAN

Yomonlikka shafqat ko‘rsatish yaxshilikka sovuqqon bo‘lish bilan qo‘shilishib ketadi.

🔽
N. S. LESKOV

Yaxshi ishni qiyinchilik bilan bo‘lsa ham bajarsang, qiyinchilik o‘tib ketadi, yaxshilik qoladi, zavq bilan bo‘lsa ham yomon ish qilsang, zavqi o‘tib ketadi-yu, yomoni qoladi.

🔽
M. V. LOMONOSOV

Kishi o‘ziga qanchalik kam talab qilib, odamlarga shunchalik ko‘proq foyda yetkazsa, uning yaxshiligi shu qadar ulug‘dir; boshqalarga qanchalik kam foyda yetkaza turib, o‘ziga ko‘pni talab qilsa, yomonligi ham shu qadar ortiqdir.

🔽
L. N. TOLSTOY

Nima adolatli ekanini tushunish, go‘zallikni his etish, faqat yaxshilikni ravo ko‘rish — oqilona yo‘l-yo‘riq mana shudir.

🔽
A. PLATEN

Hayot o‘z-o‘zicha — yaxshilik ham, yomonlik ham emas: siz uni nimaga aylantira olishingizga qarab yaxshilikning ham, yomonlikning ham uyasi bo‘lishi mumkin.

🔽
M. MONTEN

Hayotimining abadiy va oliy maqsadi – ezgulikdir. Yaxshilikni biz qanday tushunmaylik, hayotimizning o‘zi yaxshilikka intilishdan boshqa narsa emas.

🔽
L.N.TOLSTOY

Inson qanchalik dono va saxovatli bo‘lsa, u kishilardagi yaxshilikni shunchalik ko‘proq payqaydi.

🔽
B. PASKAL

Baxtli onlarimizda biz hamisha saxovatlimiz, lekin yaxshilik qilganimizda hamisha ham baxtiyor bo‘lavermaymiz.

🔽
O. UAYLD

Yaxshilik — ko‘p bo‘lsa ham zarar keltirmaydigan fazilatdir.

🔽
J. GOLSUORSI

Yaxshilik qilgan chog‘ingda ko‘ksing qandaydir tog‘dek ko‘tarilib, qonuniy g‘ururlanasan, sof vijdonli odamdagina shunday bo‘ladi.

🔽
M. MONTEN

Birovga qilingan yaxshilik kishinn shunisi bilan rom etadiki, u shafaqqa o‘xshab oxiri o‘chib ketmaydi, qaytaga yanada yorqinlashib o‘zimizga qaytib keladi.

🔽
V. GYuGO

Yaxshilik qilish har qanday yuksaklik sari tashlangan qadamdir; ezgulik qilmasang, bir kunmas-bir kun tubanlik seni o‘z qa’riga tortadi, yaxshilik o‘rniga yomonlik qilasan.

🔽
J.RESKIN.

Yaxshilik qilishni biladigan odam emas, birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan kishi saxovat egasidir.

🔽
V. O. KLYuChEVSKIY

O‘ylagan ishing yaxshilikka olib kelmasa, barcha ezgu orzularing behudadir.

🔽
J. JUBER

Ko‘rsatma bo‘yicha qilingan yaxshilik — yaxshilik emas.

🔽
I. S. TURGENEV

Majburan qilingan yaxshilikning qimmati yo‘q.

🔽
D. I. PISAREV

Kimki yaxshilik qilaman deb haddan tashqari uzoq muhokama yuritsa, yaxshilik qilishga vaqti qolmaydi.

🔽
R. TAGOR

Hech qachon kishiga yaxshiligidan ko‘ra yomonligi ko‘p deya yondashmang.

🔽
M. GORKIY

Inson axloqsizlikdan huzur-halovat topishi mumkin emas; faqat axloq va yaxshilik bilangina u oliy huzur-halovatga yetishadi.

🔽
A. I. GERSEN

Mardlik haqida ko‘pincha qo‘rqoqlar, yaxshilik haqida esa ichiqoralar to‘lqinlanib gapiradilar.

🔽
Hammaga ham ishonaverma!🔽
Ehtiyot bo‘l!🔽
Lev Tolstoy

Yaxshilikni bilganga qayish, noshukurga qayishmoq qadrni yerga urmoqdir.

🔽
Abay

Tabiatga qarshi bo‘lgan narsa hech qachon yaxshilikka olib bormaydi.

🔽
Fridrix Shiller

Yaxshilik qilishga imkon izla.

🔽
Lev Tolstoy

Kimning ko‘ziga faqat o‘z yaxshiliklari ko‘rinsa, u odamlar nafratiga ­mubtalo bo‘ladi, agar faqat o‘z yomonliklari ko‘rinsa, odamlar nafratidan emin bo‘ladi

🔽
Mahfuz Muhammad

Barcha yaxshiliklar uyning ichkarisida, uning kaliti tavozedir. Barcha yomonliklar ham uy ichkarisida, uning ­kaliti esa takabburlikdir

🔽
Yusuf Husayn Roziy

Yaxshi ish qilmagan bo‘lsang ham — yaxshilik qilish niyating bo‘lgani uchun tashakkur!

🔽
Rasul Hamzatov

Yaxshilik haqida buyuk mutafakkirlardan ibratomuz fikrlar

Kishi o‘zini yaxshilik haqidagi va’zga emas, ezgu ishlar va fazilalarga o‘rgatmog‘i kerak.

🔽
DEMOKRIT

Biror-bir kimsaga yaxshilik qilsang, shuni bilki, sening saxovatingdan u behad shod bo‘lgani kabi, senga ham shunchalik zavq nasib etadi.

🔽
QOBUS

Moddiyotning ortida ezgulik nish urmog‘i uchun besh narsa kifoya: ko‘ngil kengligi, samimiyat, shiddat, yaxshilik va jiddiylik

🔽
Konfutsiy.

Jarohatlarni unut, lek zinhor yaxshilikni yodingdan chiqarma

🔽
Konfutsiy.

Ezgulik hech vaqt yolg‘iz qolmagan. Uni sinab ko‘rgan inson o‘zini yaxshilikka qo‘shni, deb hisoblayversin

🔽
Konfutsiy.

Ezgulik uzoq-uzoqlarda, olisdami? Men oqko‘ngil, yaxshilik ulashguvchi inson bo‘lmoqchiman. Bas, yaxshilik o‘z qo‘lingda!

🔽
Konfutsiy.

Yaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo‘lmaganda edi, har kim o‘z istagan yoki orzu qilgan va yoki o‘zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan bo‘lardi.

🔽
Abu Ali ibn Sino

Yaxshilik qila olmasang, bori yomonliq ham qilma.

🔽
A. NAVOIY

Yaxshilikni bilmasang, bori yaxshilarga qo‘shul.

🔽
A. NAVOIY

Yaxshilik tegrasida uyrula olmasang, yaxshilar tegrasida uyrul.

🔽
A. NAVOIY

Yaxshilik haqida eng sara maqollardan namunalar

Yaxshilik haqida eng yaxshi o'zbek va jahon maqollari
🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yaxshi-yaxshi desa, Kunda tariqday yaxshilik qo‘shilar emish.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otangni o‘ldirganga yaxshilik qil.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Yaxshilik urug‘ini ekaver, mevasini sen yemasang bolalaring yeydi.

🔽
Bambara maqoli

Haddan tashqari yaxshilik ham yomonlikdir.

🔽
Osetin maqoli

Yaxshilikni faqat o‘ziga qiladigan odam ham yomon bilan barobar.

🔽
Gruzin maqoli

Nodonning barcha yaxshiligini bitta tuyaga yuklasa bo‘ladi.

🔽
Arman maqoli

Sen yaxshilik qilsang — yashir, senga yaxshilik qilishsa — gapir.

🔽
Arab maqoli

Yaxshilik qilish hech qachon kech emas.

🔽
Qirg‘iz maqoli

Yaxshilik haqidagi shu va boshqa eng yaxshi maqollarniYaxshilik haqida maqollar saytimizning sahifasida alohida batafsil o’qishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( No ratings yet )
Post haqida fikringizni bildiring, sizningcha bu mavzu qanchalik dolzarb?