Ona – hayotning eng ulug‘ va mehribon figuralaridan biridir. Har bir xalq ona mehrini, uning ulug‘vorligini, cheksiz sabrini va qadrini maqollarida aks ettirgan. Ona sevgisi barcha ma’noli qadriyatlarning negizida turadi.
O’zbek va jahon xalqlari ona mehrini ulug’laydigan chuqur hikmatli maqollar yaratib kelgan. Quyida ona haqida eng yaxshi va ma’noli maqollar bilan tanishing. Bu maqollar ona sevgisi va hurmatining hayotdagi eng yuksak qadriyat ekanligini yana bir bor yodga soladi.
Eslatib o’taman, ota-ona haqidagi jamlangan maqollar saytimizning mana bu sahifasida to’liq berildi.
Ona haqida jamlangan eng sara o’zbek xalq maqollari
O‘zbek xalq ijodiyotida ona obrazi doimo ulug‘lanib kelingan. Ona mehri, sabr-toqati va farzandiga bo‘lgan cheksiz sevgisi xalqimizning donishmand maqollarida chuqur ifodalangan. Ona mehrining ulug‘vorligini qadrlagan o‘zbek xalqi o‘z maqollarida onaning hayotdagi o‘rnini yuksak baholaydi. Quyida ona haqida eng sara o‘zbek xalq maqollari bilan tanishing:
Bolasini maqtagan onadan qo‘rq.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ona bilan bola — gul bilan lola.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ona — daraxt, bola — meva.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Onali kelin — qarqara, Onasiz kelin — tasqara.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Onaning ko‘ngli bolada, Bolaning ko‘ngli dalada.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Onasi qimizak yesa, Qizining tishi qamashar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Onasiz kelin — yuvvosh, Onali kelin — bebosh.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Manmanlik tuqqan onangga ham yoqmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Onasi maqtagan qizni olma, Yangasi maqtagan qizdan qolma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshi ko‘rsang bolasin, Izzat qilgin onasin.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Qaynona qo‘lidan yog‘lik cho‘zma yegandan Ona qo‘lidan quloq cho‘zma yegan yaxshi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Qizginamning bolasi — Qandak o‘rik donasi. O‘g‘ilginamning bolasi — Hay-hay uning onasi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Tamizlisi ona bo‘lay deb qayg‘urar, Oliftasi oq sochini kunda bo‘yar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Hayolisi bola ko‘rsa, onaman der, Tannozlari o‘z bolasini ukam der.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ona — olam faxridir.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Onangni kaftingda tutsang, Singlingni boshingda tut.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Onangni sirtda saqlasang, Singlingni kaftda saqla.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Uzoqdagi onadan Yaqindagi qaynona yaxshi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Xolam bildi — onam bildi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Bola yig‘lamasa, ona sut bermas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Arqog‘ini ko‘rib bo‘zini ol, Onasini ko‘rib — qizini.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Bola — loy, ona — kulol.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ona suti bilan kirmagan Tana suti bilan kirmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ona qilsa zo‘rlikni, Bola tortar xo‘rlikni.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Semiz qo‘zining go‘shti yaxshi, Oqil onaning — qizi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Terakka qarab, tol o‘sar. Onaga qarab, qiz o‘sar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Charxni buzgan — parrasi, Qizni buzgan — onasi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Erka tutsa onasi, Taltayadi bolasi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
To‘g‘ri tutsa onasi, Yurtga ega bolasi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Eshigi yomonning uyiga borma, Onasi yomonning qizini olma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Bola sog‘ligi — ona boyligi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ko‘cha bezori — ona bezori.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ona haqida jahon xalq maqollari durdonalari
Har bir xalq ona mehrini, uning beqiyos sabrini va farzandlari uchun qilgan fidoyiligini o‘z maqollarida ulug‘lagan. Ona – insoniyatning qalbi va jamiyatning tayanchi sifatida qadrlanadi. Quyida ona haqida turli xalqlarning eng hikmatli va chuqur ma’noli maqollari bilan tanishing:
Yig‘lasa onam yig‘lar, qolganlar yolg‘on yig‘lar.
🔽
Qirg‘iz maqoli
Mingta xola bitta ona bo‘lolmaydi.
🔽
Qirg‘iz maqoli
Egizak bir onadan, ikkovining fe’li har xil.
🔽
Qirg‘iz maqoli
Onaning ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli dashtda.
🔽
Qirg‘iz maqoli
Bola yig‘lamasa ona ko‘krak tutmaydi.
🔽
Qalmoq maqoli
Onaning o‘yi bolada, bolaning o‘yi dashtda.
🔽
Qalmoq maqoli
Ona bolaga sut bilan qo‘shib o‘z aqlini bera olmaydi.
🔽
Fin maqoli
Onaning odatlari qiziga o‘tadi.
🔽
Fin maqoli
Onasi telba qizga uylanma.
🔽
Oltoy maqoli
Onasi maqtaganni olma, qo‘shnisi hurmat qilgandan qolma.
🔽
No‘g‘ay maqoli
Onani yig‘latgandan bolani yig‘latgan afzal.
🔽
Nemis maqoli
Bolaning qo‘li shilinsa, onaning yuragi shilinadi.
🔽
Mordva maqoli
O‘z onangdan ko‘ra yaxshi do‘st yo‘q.
🔽
Mordva maqoli
Onasiga tarbiya bermaganni hayot tarbiyalaydi.
🔽
Keniya maqoli
O‘gay ona sovuq qorga o‘xshaydi.
🔽
Kabardin maqoli
Ona yo‘q bo‘lsa, o‘gay ona ham yaxshi.
🔽
Gruzin maqoli
Buyuk insonlarning ortida buyuk onalar turadi.
🔽
Brazil maqoli
Bolaning barmog‘i og‘risa onaning yuragi og‘riydi.
🔽
Belorus maqoli
Onang tuqqan joy — sening vataning.
🔽
Belorus maqoli
Yer — bizning onamiz: ham yediradi, ham kiydiradi.
🔽
Belorus maqoli
Onaga olib boruvchi yo‘l ham aziz.
🔽
Belorus maqoli
Farzand onasi uchun kaftida tuxum pishirib bersa-da, volidasining haqini ado etolmaydi.
🔽
Arman maqoli
Onaning bitta duosi yettita popning la’natini kesadi.
🔽
Arman maqoli
Onaning g‘azabi qorga o‘xshaydi: ko‘pgina yog‘ib, tezda eriydi.
🔽
Chechen-ingush maqoli
Onasi maqtagan qizning qadri past.
🔽
Chechen-ingush maqoli
Onasi qayerga sakrasa, echkicha ham o‘sha yerga sakraydi.
🔽
Chechen-ingush maqoli
Yer insonni boqqaniday ona bolani boqadi.
🔽
Chechen-ingush maqoli
onaning beli egildi, qizini chiqardi.
🔽
Bola uylandi.
🔽
beli to‘g‘rilandi.
Ona qiziga o‘rgatsa, qizi pashsha sanaydi.
🔽
Abazin maqoli
Bola ko‘r bo‘lsa ham onasiga ko‘zi o‘tkirdek tuyuladi.
🔽
Abazin maqoli
Bag‘doddan yaxshi shahar yo‘q, onadan yaxshi do‘st yo‘q.
🔽
Tatar maqoli
Chetiga qarab mato tanla, onasini ko‘rib, qizini ol.
🔽
Tatar maqoli
Amaldorning onasi o‘lsa butun shahar oq kiyadi, amaldor o‘ldi — tobut ko‘targani odam yo‘q (Xitoyda motam rangi — oq).
🔽
Xitoy maqoli
Boyvachcha bolakay kambag‘al onaning tizzasida o‘tiradi (ya’ni, ona farzandiga hamma narsasini beradi).
🔽
Daniya maqoli
Qizni bilish uchun uning onasini ko‘r, yaxshiroq bilish uchun buvisini ko‘r.
🔽
Tay maqoli
Bolalar onalariga taqlid qiladilar.
🔽
Zulu maqoli
Yig‘lamaydigan bola onasining belida nobud bo‘ladi.
🔽
Zulu maqoli
Onang maqtaganga uylanma, qo‘shnilaring hurmat qilganga uylan.
🔽
Avar maqoli
Ona bolani boqqanda — dengizdan ham, ummondan ham saxiy, bola onani boqqanda — har bir kunni sanaydi.
🔽
Vetnam maqoli
Bir ona o‘n bolani boqadi, o‘n bola bir onani boqolmaydi.
🔽
Vetnam maqoli
Galasidan ayrilgan qush, onasidan ayrilgan uloqcha yirtqichlarga yem bo‘ladi.
🔽
Buryat maqoli
Kim bolani boqsa, o‘sha unga ona.
🔽
Adigey xalq maqoli
Onaning odatlari qiz uchun andoza.
🔽
Adigey xalq maqoli
Terisi onasiga yugan bo‘lgan toychoqlar qancha.
🔽
Yahudiy maqoli
Mingta xola bir ona bo‘lolmas.
🔽
Ozarbayjon maqoli
Kim onasini hurmat qilsa, boshqani so‘kmaydi.
🔽
Ozarbayjon maqoli
Har ona g‘ozchasini oqqush deb ataydi.
🔽
Ingliz maqoli
Ona o‘z sevgisi bilan ba’zida bolani buzishi mumkin.
🔽
Ingliz maqoli
Ona haqida eng yaxshi statuslar va hikmatli so’zlar
Ona – mehr va sabrning tuganmas manbai, inson hayotida eng yuksak va muqaddas zotdir. Onaning farzandlariga qilgan fidoyiligi, mehr-muhabbati har bir insonning hayotida o‘chmas iz qoldiradi. Quyida ona haqida eng yaxshi statuslar va hikmatli so‘zlar bilan tanishing. Ushbu so‘zlar onaning qadrini, hayotdagi o‘rnini yuksak qadrlashga undaydi.
Biz hamisha qarzdor bo‘lgan eng ulug‘ zot onadir.
🔽
N. A. OSTROVSKIY
Ona muhabbatidan muqad dasroq va beg‘arazroq hech narsa yo‘q; har qanday mehr-muhabbat, har qanday ehtiros ham unga nisbatan yo ojiz, yo g‘arazlidir.
🔽
V. G. BELINSKIY
Ona qalbi bitmas-tuganmas mo‘jizalar manbaidir.
🔽
P. BERANJE
Odamzodning birinchi tarbiyachilari onalardir.
🔽
O. GOLDSMIT
Millatning kelajagi onalar qo‘lidadir.
🔽
O. BALZAK
Onam bilan boshqalarning orasidagi farq shuki, boshqalar meni mahzun holda ko‘rmaslikni orzu qiladilar. Ammo onam mendan mahzunlikni o‘ziga olishni orzu qiladi
🔽
Mahmud Darvesh
Hamisha onalar go‘zal, onalar aytgan qo‘shiqlar go‘zal.
🔽
Rasul Hamzatov
Onalar allasi — odamzod yaratgan qo‘shiqlarning ibtidosi.
🔽
Rasul Hamzatov
Ona haqidagi shu va boshqa eng sara statuslar to’plamini saytimizning mana bu sahifasida batafsil tanishishingiz mumkin.