O’lim haqida eng ibratli fikrlar, statuslar va hikmatlar

O'lim haqida eng ibratli fikrlar, statuslar va hikmatlar Barcha statuslar

O‘lim — inson hayotining eng chuqur va falsafiy tushunchalaridan biri. U haqda turli xalqlar va donishmandlar asrlar davomida mulohaza yuritgan, o‘z fikrlarini hikmatli so‘zlar va maqollar orqali ifoda etganlar.

O‘limning muqarrarligi hayotning o‘tkinchiligi haqida chuqur ma’noli xulosalar chiqarishga undaydi. Ushbu fikrlar va statuslar insonni o‘lim va hayot haqidagi dono so‘zlar bilan tanishtirib, har bir onning qadriga yetishga chorlaydi.
Quyida o‘lim haqida eng ibratli hikmatlar va statuslar bilan tanishishingiz mumkin.

O’lim haqida o’zbek adiblaridan dono va ibratli fikrlar

O‘limdan qo‘rqish emas, o‘limdan oldin yashab olish qo‘rqinchli.

🔽
— Abdulla Qodiriy

O‘lim insonni yengishi mumkin, ammo uning izlari, qoldirgan asarlari abadiydir.

🔽
— Abdulla Oripov

O‘lim — bu faqatgina boshqa dunyoga eshik ochishdir, lekin hayotning oxiri emas.

🔽
— Muhammad Yusuf

Har kimning o‘z o‘limi bor, uni qabul qilish esa yurakning matonatidadir.

🔽
— Erkin Vohidov

O‘lim bizni bu dunyo bilan xayrlashtirsa-da, asarlaringiz abadiyatda yashaydi.

🔽
— Mirtemir

O‘limga qarshi emas, uni tushunib yashash haqiqiy kuchdir.

🔽
— Shayxzoda

O‘lim inson uchun tabiat qonuni, lekin bizning izlarimiz, xotiralarimiz hayotda qoladi.

🔽
— Said Ahmad

Har kunning bir o‘limi bor, ammo har kunning bir yangi tug‘ilishi ham bor.

🔽
— O‘tkir Hoshimov

O‘lim bilan yashash o‘rtasida faqat bir nafaslik farq bor, shu nafasni to‘g‘ri yashash muhim.

🔽
— Erkin Vohidov

O‘lim insonni yo‘q qilishi mumkin, ammo uning orzularini va qilgan ishlarini hech narsa o‘chira olmaydi.

🔽
— Muhammad Ali

O‘lim o‘zini unutganlar uchun qo‘rqinchli, ammo har kuni hayotni to‘la yashaganlar uchun u faqat bir lahza.

🔽
— Abdulla Oripov

O‘limga boqish — hayotning mazmunini anglash demakdir.

🔽
— Xurshid Davron

O’lim haqida eng yaxshi hikmatlar va statuslar to’plami

O‘lim inson uchun hech narsa emas, chunki biz bor paytimizda o‘lim bo‘lmaydi, o‘lim bor joyda esa biz bo‘lmaymiz.

🔽
EPIKUR

Odam faqat men mavjudman, deb bilganda edi, o‘lim haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasdi.

🔽
E. KONDILYaK

Donishmand odam umrining oxiriga borib o‘limning faqat chetdan qaraganda, yaqin kishilari uchungina dahshatli ekanini, o‘zi uchun esa hech narsa emasligini, qanday tug‘ilgan bo‘lsa xuddi o‘shanday ketishini tushunadi…

🔽
M.M.PRIShVIN

Hayot bilan vidolashayotgan paytda o‘lim dahshati sezilmaydi, faqat qon va tana o‘lim bilan olishishi, unga qarshilik ko‘rsatishi mumkin, aql-idrok esa loqayd va befarq tomoshabin bo‘lib turaveradi.

🔽
E. KAPIEV

Odamlarning o‘lim degan narsani bilishi aslida ularning o‘limdan bexabarligi vajidap unchalik qo‘rqinchli tuyulmaydi; qazo vaqtining noaniqligi abadiyatga o‘xshab ketadi.

🔽
J. LABRUER

Tabiat bizga o‘lim haqida o‘ylamaslik salohiyatini ato etgan, aks holda, olam harakatdan to‘xtab qolgan bo‘lardi.

🔽
F. GVIChChARDINI

O‘lim muqarrarligini hammamiz yodda tutishimiz va binobarin, mangu barhayot bo‘lib qolish ishonchi bilan yashashimiz kerak.

🔽
F. GVIChChARDINI

Agar bizga o‘limni yoki hech qachon o‘lmaslikni tanlash zarur bo‘lib qolsa, hech birimiz aniq bir qarorga kelolmasdik. Tabiat o‘limni muqarrar qilib, bizni bu mushkulotdan xalos etgan.

🔽
J. LABRUER

Donishmandning o‘limi o‘lim-ni pisand qilmaydigan o‘limdir.

🔽
SENEKA

Hayoti eng qadrli bo‘lgan odamlar o‘limdan shuncha kam qo‘rqishadi.

🔽
I. KANT

Odam yaxshi bo‘lgan sari o‘limdan kamroq qo‘rqadigan bo‘ladi.

🔽
L. N. TOLSTOY

O‘lim dahshati yaxshi turmushga teskari proportsionaldir.

🔽
L. N. TOLSTOY

Matonatli kishilarga o‘limning yaqinlashuvi unchalik ta’-sir qilmaydi, chunki ularning har biri so‘nggi daqiqagacha irodasini saqlab qoladi.

🔽
F. BEKON

O‘limga tik qarash, o‘z-o‘zini aldashga urinmasdan uning yaqinlashayotganini oldindan sezish, so‘nggi daqiqaga qadar dadil turish, bo‘shashmaslik va qo‘rqmaslik irodali kishilarga xos xislatdir.

🔽
D. I. PISAREV

O‘lim ham xuddi hayotga o‘xshamog‘i lozim, chunki o‘lganimiz bilan biz boshqacha odam bo‘lib qolmaymiz.

🔽
M. MONTEN

Inson qalbiga xudbinlik qancha chuqur ildiz otgani sayin unda o‘lim dahshati shuncha mustahkam o‘rnasha boshlaydi.

🔽
V. G. PLEXANOV

Tirik odamning o‘lim haqida o‘ylashi bema’nilikdir.

🔽
M. GORKIY

O‘lim haqidagi o‘ylar bizni chalg‘itadi, chunki bunday xayollar bizni yashashni unutishga majbur qiladi.

🔽
L. VOVENARG

O‘limdan qo‘rqqan odamning hayoti ham tugaydi.

🔽
I. ZEYME

O‘lim dahshatidan o‘lish ahmoqlikdir.

🔽
SENEKA

O‘lim — jiddiy hodisa, u hayotning bir qismi. Mardona o‘lish kerak.

🔽
A. V. LUNAChARSKIY

Shafqat nuqtai nazaridan qaraganda, o‘lim shuning uchun ham yaxshiki, u qarilikka chek qo‘yadi. Yaroqsizlikning oldini oluvchi o‘lim yaroqsiz holga keltiruvchi o‘limdan ko‘ra afzaroqdir.

🔽
J. LABRUER

O‘lmoq tug‘ilmoqday tabiiydir. Muhim ish ustida o‘lgan odam og‘ir jangda yaralangan, ammo avvaliga og‘riqni sezmaydigan yaradorga o‘xshaydi. Zero olijanob fikrlar bilan yashovchi odam o‘lim azobini mutlaqo sezmaydi.

🔽
F. BEKON

Umr uzun, o‘lim qisqa, shuning uchun ham undan qo‘rqish kerak emas.

🔽
F. E. DZERJINSKIY

Hayot — abadiy, o‘lim esa bir lahzadir.

🔽
M. Yu. LERMONTOV

O‘limdan qo‘rqmasdan va uni xohlamasdan yashash kerak.

🔽
L. N. TOLSTOY

Yashab turib o‘ziga o‘lim tilash qazo vaqti yetganda tirik qolishga urinishday bema’nilikdir.

🔽
A. FRANS

O‘limni orqavorotdan bilgan odamlargina o‘ziga o‘lim tilaydi.

🔽
U. MIZNER

Eng botir va eng oqil odamlar har qanday sharoitda ham o‘lim haqida o‘ylamaydigan odamlardir.

🔽
F. LAROShFUKO

Inson ezgulik va muhabbat yo‘lida o‘limni xayoliga keltirmasligi kerak.

🔽
T. MANN

Inson o‘limdan keyin faqat yerda yashashi mumkin.

🔽
A. BARBYuS

O‘limdan qo‘rqqan odam biron-bir ezgu ish qilolmaydi, buyrak toshi, bod, tutqanog‘i yoki shunga o‘xshash boshqa bir sabab bilan o‘lib ketgandan ko‘ra, ezgu ish uchun jonni fido qilgan ma’qul.

🔽
D. DIDRO

Abadiyat yo‘lida yashovchi in-son uchun o‘lim qo‘rqinchli emas.

🔽
U. PENN

Hech kim o‘limga chap berolmaydi, lekin odamlar o‘zlarining buyuk ishlari bilan o‘zlariga shunday haykal quradilarki, bu haykal quyosh turguncha turadi.

🔽
G. FABRISIUS

O‘limdan qo‘rqmayman. Yo‘q, aslo! Izsiz yo‘qolishdan qo‘rqaman.

🔽
M. Yu. LERMONTOV

Xotirasi o‘zi sevgan odamlar qalbida muqaddas saqlanadigan odam, menimcha, o‘limdan keyin ham barhayot bo‘lib qolish uchun zarur ishni qilib qo‘ygan odamdir.

🔽
G. EBERS

Hech qanday texnika insonni o‘limdan saqlab qololmaydi. Ammo-lekin ma’naviy qudratning bu bilan ishi yo‘q. U hayotda shunday bir umumiy yo‘nalish yasashi kerakki, bu yo‘nalish vijdon va nomus talablarini qondirish bilan birga kishiga muqarrar o‘limni qo‘rquv bilmay, xijolat va ta’nalarsiz, xotirjam qarshi olish imkonini bersin.

🔽
N. K. MIXAYLOVSKIY

Adbiyot olamida o‘lim yo‘q, bunda marhumlar ham xuddi tiriklar kabi ishlarimizga aralashib, o‘zimiz bilan yonma-yon yuradilar.

🔽
N. V. GOGOL

Hayotning butun quvonchi ijodda. Ijod qilish o‘limni mahv etishdir.

🔽
R. ROLLAN

O‘lim dahshati bizni mehnat qilishga undaydi, zero butun hayot mehnatdadir.

🔽
J. RENAR

Burchni ado etganlik tuyg‘usi o‘lim dahshatini yakson etadi, halol kechirilgan umr esa xotirjam ko‘z yumish imkonini beradi.

🔽
M. GORKIY

Kurashishga qurbim yetmay qolgan ondan boshlab o‘limimg‘a roziman.

🔽
F. ENGELS

Keksaygan sayyn hayotga muhabbat ortib, o‘lim dahshati kuchayadi.

🔽
J. LABRUER

Qarilik shuiday bir hukmronki, u bizga o‘limni ro‘kach qilib, yoshlikning butun huzur-halovatini man qilib qo‘yadi.

🔽
F. LAROShFUKO

Jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lishning eng muhim sharti ruhiy tetiklikdir. Ruhiy tushkunlik o‘lim bilan chatishtan. Ruhiy tetiklik organizmimizga yangidan hayot baxsh etib, modda almashuvini yaxshilaydi.

🔽
U. GODVIN

Hayotni saqlashi lozim bo‘lgan ovqat me’yoridan oshsa, u muqarrar o‘limga mahkum etuvchi zaharga aylanadi.

🔽
J. LABRUER

Gigiyena inson rivojini yanada takomillashtirishi, tanazzulini sekinlashtirishi, hayotinp mustahkamlab, o‘limipi orqaga surishi lozim.

🔽
M. PETENKOFER

Inson boshida uchta kulfat bor: o‘lim, qarilik va yomon farzandlar. Qarilik va o‘limga hech kim o‘z eshigini yopolmaydi, biroq yomon farzandlardan uyni farzandlarning o‘zlari asrashi mumkin.

🔽
V. A. SUXOMLINSKIY

Bolalar mehnatga shodlik bag‘ishlaydilar, ammo muvaffaqiyatsizliklar ular tufayli yana ham ko‘proq ranj keltiradi; bolalarning sharofati bilan hayot yanada shirin, o‘lim esa u qadar dahshat solmaydigandek tuyuladi.

🔽
F. BEKON

Muhabbat o‘limdek kuchliligini bilamiz, ammo u shishadek mo‘rt hamdir.

🔽
G. MOPASSAN

Mehnat ijodga aylangan joyda, tabiiyki, o‘lim dahshati hatto fiziologik jihatdan ham yo‘q bo‘lib ketadi.

🔽
A. N. TOLSTOY

Inson o‘z kuchini qayta tiklamoq maqsadidagina tungi hordiq uchun to‘xtamog‘i darkor. To‘xtab qolgan hayot esa o‘lim bilan barobar.

🔽
R. ROLLAN

Umr bo‘yi bizga hamroh bo‘lgan umid hatto o‘lim to‘shagida ham bizni tark etmaydi.

🔽
A. POP

Ba’zan sustkashlik o‘limga teng bo‘ladi.

🔽
M.V.LOMONOSOV

Benaf yashashdan bevaqt o‘lim afzal.

🔽
I.GYoTE

Inson tabiatining mohiyati — harakatda. Tek turmoqlik o‘lim demakdir.

🔽
P. PASKAL

Yashamoq — his etish va mulohaza yuritish, dard chekish va rohatlanishdir. Bulardan boshqa har qanday hayot o‘limdir.

🔽
V. G. BELINSKIY

Boshqalarga yorqin nur bo‘lish, o‘zingga ham nur taratishing — inson erishishi mumkin bo‘lgan oliy baxt shudir. Shundagina inson azobdan ham, og‘riqdan ham, g‘amdan ham, muhtojlikdan ham qo‘rqmaydi. Shundagina u hayotni chinakamiga sevishni endigina o‘rgangan bo‘lishiga qaramay, o‘limdan ham qo‘rqmaydi.

🔽
F. E. DZERJINSKIY

Ko‘rdimki, umr va dunyodan ko‘ra tez shoshilib, yo‘q bo‘lib ketadiganroq, o‘lim va oxiratdan ko‘ra yaqinroq, orzudan ko‘ra uzoqroq, xotirjamlikdan ko‘ra go‘zalroq narsa yo‘q ekan.

🔽
Najmiddin Kubro

Tug‘ilish — o‘limga qo‘yilgan birinchi qadamdir. O‘limdan qo‘rqish ham, qo‘rqmaslik ham mumkin — u muqarrardir.

🔽
Iogann Gyote

Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalq baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak bo‘lsa, biz o‘limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz!

🔽
Mahmudxo‘ja Behbudiy

Ish vaqtida ayyor, osh vaqtida tayyor bo‘lib, sirting yaltirab, iching qaltirab yurib, tirikman degandan ko‘ra, Xudo yuborgan halol o‘lim ming marta afzal.

🔽
Abay

Hayotga muhabbat o‘lim qo‘rquvidan ayro emas.

🔽
Romen Rollan

Faqat o‘limgina azob-uqubatlarni hurmatlashga o‘rgata oladi.

🔽
Tomas Mann

O‘limda o‘yin va qahramonlik o‘zining haqiqiy ma’nosiga ega bo‘ladi.

🔽
Alber Kamyu

O’lim haqida chuqur ma’noli maqollardan namunalar

O'lim haqida eng sara o'zbek va jahon xalqlari maqollari

Bir boshga — bir o‘lim.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bugun bo‘lsa ham shu o‘lim, Erta bo‘lsa ham shu o‘lim.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘lim borning molini sochar, Yo‘qning sirini ochar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Kimningdir o‘limi — boshqaning noni.

🔽
Shved maqoli

O‘lim — devor, o‘lmaguncha devor ortidagi haqiqatni anglolmaysan.

🔽
Fors maqoli

Hayot uch so‘zdan iborat: tug‘ilish, to‘y, o‘lim.

🔽
Ispan maqoli

Sharafli o‘lim — mardning orzusi.

🔽
Gruzin maqoli

O‘limga qonun yo‘q.

🔽
Bengal maqoli

O‘limidan keyin odamning qadriga yetadilar.

🔽
Afg‘on maqoli

Vaqtida kelgan o‘lim ham — ne’mat.

🔽
Arab maqoli

O‘lim yaqinlashganda it ham ibodatxonaga boradi.

🔽
Hind maqoli

Kim o‘limdan qo‘rqsa, uni asal ham o‘ldiradi.

🔽
Kuba maqoli

O’lim haqida shu va boshqa eng yaxshi maqollarni saytimizning O‘lim haqida maqollar sahifasida batafsil tanishishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( Пока оценок нет )
Post haqida fikringizni bildiring, sizningcha bu mavzu qanchalik dolzarb?