O’lim haqida eng sara o’zbek va jahon xalqlari maqollari

O'lim haqida eng sara o'zbek va jahon xalqlari maqollari Barcha maqollar

O‘lim — hayotning ajralmas qismi, va har bir xalq uning ma’nosi, hayotdagi o‘rni haqida chuqur mulohazalar qilgan.

O‘zbek va jahon xalqlarining hikmatli maqollarida o‘limning muqarrarligi, hayotning o‘tkinchiligi va insonning bu jarayonga bo‘lgan munosabati yoritiladi. Ushbu maqollar insonlarni hayotning har bir onini qadrlashga, o‘lim oldida sodiq va samimiy bo‘lishga chorlaydi.
Quyida o‘lim haqida eng chuqur va hikmatli o‘zbek va jahon xalqlari maqollari bilan tanishishingiz mumkin.

O’lim haqida ma’noga boy o’zbek xalq maqollari

O‘zbek xalqining donishmandligi o‘lim va hayotning o‘tkinchiligi haqida chuqur hikmatlarga boy. O‘limning muqarrarligi va hayotning qisqaligi haqidagi maqollar, insonni har bir onning qadriga yetishga, sodiq va to‘g‘ri bo‘lishga undaydi. Bu maqollar orqali xalqimiz hayot va o‘lim haqidagi falsafiy mulohazalarini avloddan-avlodga yetkazib kelgan.

Bir boshga — bir o‘lim.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Botirdan o‘lim ham qo‘rqar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Qo‘rquv o‘limdan qutqarmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dushmaningning o‘limini tilaguncha, Joningning sog‘ligini tila.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Urishganga bir o‘lim, Orachiga — ikki.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Asirlikdan o‘lim yaxshi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Nomus — yarim o‘lim.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Uyqu o‘lim bilan teng.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Itga it o‘limi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ovchining o‘limi — ovda, Suvchining o‘limi — suvda.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otning o‘limi — itning bayrami.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Mushukning o‘limi — sichqonga to‘y.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘limdan achchiq narsa yo‘q, Shodlikdan ortiq boylik yo‘q.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bugun bo‘lsa ham shu o‘lim, Erta bo‘lsa ham shu o‘lim.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Sichqonga — o‘lim, Mushukka — o‘yin.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ikki chin so‘z — bir yolg‘onning yelimi, Ikki yolg‘on — bir yigitning o‘limi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ikki qasam — bir o‘lim.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

To‘g‘rilikka o‘lim yo‘q.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Uyquning tinchi yaxshi, O‘limning — kechi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘zakli jonda o‘lim bor.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘lim borning molini sochar, Yo‘qning sirini ochar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘lim shoh-u gadoga barobar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘lim qosh bilan qovoqning orasida.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘lim — haq, meros — halol.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘limdan achchiq narsa yo‘q, Shodlikdan ortiq boylik yo‘q.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘limdan qochib bo‘lmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘tgusiz daryo bo‘lmas, O‘limsiz dunyo bo‘lmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Isitmani yashirsang, O‘lim oshkor qilar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘limni o‘ylagan uy qurmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bu sizga qiziq bo‘lishi mumkin:  Bayroq haqida eng sara o'zbek va jahon xalqlari maqollari

O’lim haqida jahon xalqlari maqollari eng yaxshi to’plam

Har bir xalqning madaniy merosida o‘lim va hayot haqida chuqur hikmatlar mujassam. Jahon xalqlari o‘limni hayotning ajralmas qismi deb bilib, bu haqda ma’noga boy maqollar yaratgan. Ushbu maqollarda o‘limning o‘ziga xosligi, hayotning muqarrarligi va insonning bu jarayonga bo‘lgan munosabati yoritiladi. Bu maqollar insonlarni hayotning o‘tkinchiligi haqida chuqur mulohaza yuritishga va har bir onni qadrlashga undaydi.

Barcha tirik jonzotlar o‘limga mahkum.

🔽
Qirg‘iz maqoli

G‘ozning o‘limi — qarg‘alar uchun bayram.

🔽
Qirg‘iz maqoli

O‘limga mahkum sichqon mushukning dumi bilan o‘ynashadi.

🔽
Qalmoq maqoli

O‘limdan boshqa har ishning tez bitgani yaxshi.

🔽
Qalmoq maqoli

Boyning bazmida kambag‘alga o‘lim keladi.

🔽
Qalmoq maqoli

Kimningdir o‘limi — boshqaning noni.

🔽
Shved maqoli

O‘lim sevgini qo‘rqitmaydi.

🔽
Frantsuz maqoli

Sevgi va o‘lim to‘siq bilmaydi.

🔽
Frantsuz maqoli

O‘lim yoshu qarini tanlamaydi.

🔽
Fors maqoli

O‘lim — devor, o‘lmaguncha devor ortidagi haqiqatni anglolmaysan.

🔽
Fors maqoli

Hech kim o‘limdan qutulgan emas.

🔽
Udmurt maqoli

Yovuzlik urug‘ini ekkan o‘z o‘limi uchun eshik ochadi.

🔽
Tojik maqoli

O‘lim eshiklari hamma uchun ochiq.

🔽
Osetin maqoli

Munosib o‘lim sharafli.

🔽
Osetin maqoli

Bo‘rining o‘limi hech kimga kulfat emas.

🔽
Osetin maqoli

Ilonning o‘limi boshida.

🔽
Osetin maqoli

Kalxatlar o‘limtik bor joyda yig‘iladi.

🔽
Oltoy maqoli

O‘limdan oldin raqsga tushilmaydi.

🔽
Nemis maqoli

O‘lim seni unutgan bo‘lsa, Moranga bor (Moran — Nepaldagi pasttekislik.

🔽
Nepal maqoli

O‘lim bir marta keladi.

🔽
Mordva maqoli

O‘lim kelib qolganda chumolining ham qanoti o‘sadi.

🔽
Lak maqoli

sichqonga o‘lim.

🔽
Mushukka to‘y.

🔽
Lak maqoli

O‘lim nimaligini bilmasang, mozorga boq.

🔽
Keniya maqoli

Hayot uch so‘zdan iborat: tug‘ilish, to‘y, o‘lim.

🔽
Ispan maqoli

O‘limdan qo‘rqqan odamga asal ham achchiq totadi.

🔽
Ispan maqoli

Odamning tug‘ilishi — birinchi kun, uylanishi — ikkinchi kun, o‘lim — uchinchi kun.

🔽
Gruzin maqoli

Johilning hayoti o‘limdan yomon.

🔽
Gruzin maqoli

Har bir soat bizga dard olib keladi, oxirgisi — o‘lim.

🔽
Gruzin maqoli

O‘lim uyatdan afzal, u ikkisi — do‘zax.

🔽
Gruzin maqoli

Sharafli o‘lim — mardning orzusi.

🔽
Gruzin maqoli

O‘limtik bor yerda o‘laksaxo‘r ham bo‘ladi.

🔽
Brazil maqoli

Ayiqdan qo‘rqib, bo‘riga duch keldi, dushmandan qo‘rqib o‘limni kutdi.

🔽
Boshqird maqoli

G‘alaba kuni vayronkorliklar unutiladi, o‘lim oni dorilar eslanmaydi.

🔽
Bengal maqoli

O‘limga qonun yo‘q.

🔽
Bengal maqoli

O‘limni izlash kerak emas, o‘zi keladi.

🔽
Belorus maqoli

Sababsiz o‘lim bo‘lmaydi.

🔽
Belorus maqoli

Chumolining o‘limi yaqinlashsa, qanoti o‘sadi.

🔽
Afg‘on maqoli

O‘limidan keyin odamning qadriga yetadilar.

🔽
Afg‘on maqoli

O‘limdan doim qo‘rqib yuradigan tiriklar orasida o‘likdir.

🔽
Arman maqoli

O‘lim quloqning uchida turadi.

🔽
Arman maqoli

Vaqtida kelgan o‘lim ham — ne’mat.

🔽
Arab maqoli

Ilmsizlik — tiriklar o‘limi.

🔽
Arab maqoli

O‘lim ikki marta kelmaydi.

🔽
Tatar maqoli

Ajdaho choponini yirtish — o‘lim, shahzodani o‘ldirish ham — o‘lim (Ajdaho choponi — ajdaho tasviri tushirilgan imperator choponi).

🔽
Xitoy maqoli

Yaqinlar o‘limi va ayriliq — dunyodagi ma’yus va qayg‘uli o‘n ming holatning eng yomonidir.

🔽
Xitoy maqoli

Mingta o‘limni yerga qo‘yish mumkin, bitta ochlikka chidash qiyin.

🔽
Xitoy maqoli

Amaldor pulni sevmasligi kerak, qo‘mondon o‘limdan qo‘rqmasligi lozim.

🔽
Xitoy maqoli

Uyqu o‘lim bilan teng.

🔽
Qirg‘iz maqoli

O‘lim yaqinlashganda it ham ibodatxonaga boradi.

🔽
Hind maqoli

O‘limdan emas, kasal bo‘lib qolishdan qo‘rq.

🔽
Koreys maqoli

Sehrni o‘rganish bilan yaqinlaringni o‘limdan asrolmaysan.

🔽
Tay maqoli

Kimgadir o‘lim — kimgadir non.

🔽
Golland maqoli

Botirning o‘limi ham qahramonlarcha bo‘ladi.

🔽
Zulu maqoli

O‘lim noma’lum burchakda pusib yotadi.

🔽
Zulu maqoli

O‘limga chora topilmas.

🔽
Gagauz maqoli

O‘limga olib boruvchi kasallik bildirmay boshlanadi.

🔽
Buryat maqoli

O‘lim kelmasidan avval o‘lma.

🔽
Kuba maqoli

Kim o‘limdan qo‘rqsa, uni asal ham o‘ldiradi.

🔽
Kuba maqoli

O‘limda ham mardlik bor.

🔽
Adigey xalq maqoli

O‘lim kelganda uni qaytarolmaysan.

🔽
Ingliz maqoli

Sharafli o‘lim uyatli hayotdan afzal.

🔽
Ingliz maqoli

Bu sizga qiziq bo‘lishi mumkin:  Hayvonlar haqida sara ibratli o‘zbek va jahon maqollari

O’lim haqida statuslar va eng to’g’ri fikrlar

O'lim haqida eng ibratli fikrlar, statuslar va hikmatlar
O‘lim haqida chuqur fikrlar va statuslar insonni hayotning mohiyati haqida o‘ylashga undaydi. Ko‘plab donishmandlar va yozuvchilar o‘limning inson hayotidagi o‘rnini falsafiy tarzda tasvirlab berganlar. Ushbu statuslar o‘limning muqarrarligini, hayotning o‘tkinchiligi va har bir onning qadri haqida chuqur mulohazalarni o‘z ichiga oladi. Ular bizni hayotga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga va vaqtimizni samara bilan o‘tkazishga chorlaydi.

O‘limdan qo‘rqish emas, o‘limdan oldin yashab olish qo‘rqinchli.

🔽
— Abdulla Qodiriy

O‘lim bilan yashash o‘rtasida faqat bir nafaslik farq bor, shu nafasni to‘g‘ri yashash muhim.

🔽
— Erkin Vohidov

O‘lim muqarrarligini hammamiz yodda tutishimiz va binobarin, mangu barhayot bo‘lib qolish ishonchi bilan yashashimiz kerak.

🔽
F. GVIChChARDINI

Agar bizga o‘limni yoki hech qachon o‘lmaslikni tanlash zarur bo‘lib qolsa, hech birimiz aniq bir qarorga kelolmasdik. Tabiat o‘limni muqarrar qilib, bizni bu mushkulotdan xalos etgan.

🔽
J. LABRUER

O‘lim dahshati yaxshi turmushga teskari proportsionaldir.

🔽
L. N. TOLSTOY

O‘lim dahshatidan o‘lish ahmoqlikdir.

🔽
SENEKA

Inson ezgulik va muhabbat yo‘lida o‘limni xayoliga keltirmasligi kerak.

🔽
T. MANN

Keksaygan sayyn hayotga muhabbat ortib, o‘lim dahshati kuchayadi.

🔽
J. LABRUER

Benaf yashashdan bevaqt o‘lim afzal.

🔽
I.GYoTE

Tug‘ilish — o‘limga qo‘yilgan birinchi qadamdir. O‘limdan qo‘rqish ham, qo‘rqmaslik ham mumkin — u muqarrardir.

🔽
Iogann Gyote

O’lim haqida shu va boshqa barcha statuslarni batafsil saytimizning mana bu sahifasiga o’tib o’qishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( No ratings yet )
Fikr bildirish