Muhabbat — inson qalbining eng ulug‘ va ilhomlantiruvchi tuyg‘ularidan biri. Buyuk shaxslar va donishmandlar sevgi haqida hikmatli so‘zlar, fikrlar va iqtiboslar orqali uning go‘zalligini va hayotdagi ahamiyatini ulug‘lashgan.
Ushbu postda muhabbat haqida eng yaxshi fikrlar, hikmatlar va iqtiboslarni keltiramiz. Bu fikrlar sizga sevgi va insoniy munosabatlarning chuqur mohiyatini anglashga ilhom beradi.
Muhabbat haqida o’zbek ziyolilaridan hikmatlar va dono fikrlar
Muhabbat qalbning ozig‘i, u holda inson o‘zini to‘la anglaydi.
🔽
Abdulla Qodiriy
Muhabbat – qalblar o‘rtasidagi osmondan tushgan ko‘prikdir.
🔽
Erkin Vohidov
Muhabbat – insonni ruhiy poklikka olib boradigan buyuk kuchdir.
🔽
Zulfiya
Muhabbat yurakni poklaydi, insonni yuksaklikka ko‘taradi.
🔽
Hamid Olimjon
🔽
Abdurauf Fitrat
Muhabbatni topgan inson o‘zini topadi.
🔽
Abdulla Avloniy
Muhabbat – bu inson qalbining eng yuksak tuyg‘usidir.
🔽
Shukur Xolmirzayev
Muhabbat – hayotning gulidir, uni parvarish qilmaganlar uning go‘zalligidan mahrum bo‘ladi.
🔽
Cho‘lpon
Muhabbat – bu qalblar uchun sokinlik va o‘zaro anglashuv bog‘idir.
🔽
Ahmad Yassaviy
Muhabbat nafaqat qalbni yoritadi, balki hayotni mazmunga to‘ldiradi.
🔽
Said Ahmad
Muhabbatni o‘zida his qilmagan qalb – hayotning mazmunidan bebahra.
🔽
Erkin Vohidov
Muhabbat dunyoni o‘zgartiruvchi eng yuksak tuyg‘udir.
🔽
Ulug‘bek Hamdam
Muhabbatni his qilmagan insonning qalbida hech qachon tinchlik bo‘lmaydi.
🔽
Muhammad Yusuf
Muhabbat – bu inson qalbining hayotdagi eng buyuk kashfiyoti.
🔽
Asqad Muxtor
Muhabbat – insonning o‘zga qalbga bag‘ishlagan eng yuksak tuhfasi.
🔽
Tohir Malik
Muhabbatni asrab-avaylash – bu o‘zingni asrab-avaylashdir.
🔽
Ozod Sharafiddinov
Muhabbat – insoniylikning eng yorqin ifodasi.
🔽
Ibrohim G‘afurov
Muhabbat qalbni hayot bilan uyg‘unlashtiradi.
🔽
Hamid Olimjon
Muhabbat yo‘qligida, hayot ham o‘z mazmunini yo‘qotadi.
🔽
Shayx Najmiddin Kubro
Muhabbat har qanday qimmat narsaning bahosidir va har qanday yuqori narsaning shotisidir.
🔽
Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Xorazmiy
Muhabbatni hisobga olmasa, so‘zdan kuchli narsa yo‘q
🔽
Mansurxon Toirov
Chin muhabbatda u sizniki emas, siz uniki bo‘lasiz
🔽
Mansurxon Toirov
🔽
Mansurxon Toirov
Hech kim menchalik sevmagan, degan xulosaga kelmaguningcha chin muhabbatga erishmagan bo‘lasiz
🔽
Mansurxon Toirov
Muhabbatga yengil qarashdan ortiq yengiltaklik bo‘lmasa kerak
🔽
Mansurxon Toirov
Muhabbat olami eshigi hech kimga qulflangan emas, lekin ushbu eshikni o‘zingiz ochishingiz kerak bo‘ladi
🔽
Mansurxon Toirov
Barcha yaxshiliklar muhabbatdandir
🔽
Mansurxon Toirov
Muhabbatda tildan ko‘ra qalblar ko‘proq gaplashadi
🔽
Mansurxon Toirov
Muhabbat dutor, ehtiyot qilib tutmasang, tob tashlaydi.
🔽
Abdulla Qahhor
Muhabbat haqida eng sara iqtiboslar va ilhomlantiruvchi statuslar
Qariganda muhabbatsiz yashay olgan odam yoshligida ham sevgan emas, zero muhabbat yosh tanlamaydi.
🔽
JAN POL
ona muhabbatidan muqad dasroq va beg‘arazroq hech narsa yo‘q; har qanday mehr-muhabbat, har qanday ehtiros ham unga nisbatan yo ojiz, yo g‘arazlidir.
🔽
V. G. BELINSKIY
Jahonning butun g‘ururi onalardan. Quyoshsiz gullar ochilmaydi, sevgisiz baxt yo‘q, ayolsiz muhabbat yo‘q, onasiz shoir ham, qahramon ham bo‘lmaydi.
🔽
M. GORKIY
Boshqacha bir ziyrak osoyishta muhabbat ham borki, u bolalarni vijdonli qilib tarbiyalaydi. Haqiqiy otalik muhabbati xuddi shunday bo‘ladi.
🔽
D. DIDRO
oilaviy hayot o‘zaro muhabbat bilan bog‘langan bo‘lsa, katta baxt keltirishi mumkin.
🔽
N. K. KRUPSKAYa
Chin muhabbat barcha qiyinchiliklarga bardosh berishda ko‘maklashadi.
🔽
F. ShILLER
Muhabbat oilaviy mashmashalarni shu qadar yoqtirmaydiki, chinakamiga baxt-saodatli bo‘lmoq uchun bir-birovingda eng olijanob fazilatlarni topa bilmog‘ing kerak.
🔽
O. BALZAK
Muhabbat — o‘z yo‘liga, ammo birga hayot kechirmoq uchun orzu intilishlar bir bo‘lmog‘i kerak. Busiz haqiqiy baxtli oila qurib bo‘lmaydi.
🔽
N. K. KRUPSKAYa
Keksalikdagi muhabbat illatga aylanadi.
🔽
O. BALZAK
Muhabbat, razil kishilar o‘ylaganidek, inson hayotidagi faqat nikoh davrigacha bo‘lgan o‘tkinchi voqea emas. Bu er-xotinning butun hayoti davomida yashab, mustahkamlanib boradigan tuyg‘udir.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
sevgida ikki xil vafodorlik bor: o‘zimiz sevgan odamdan hammavaqt muhabbatimizga loyiq yangi fazilatlarni topganligimiz uchun yoki sevgida vafodorlik — vijdon burchi, deb hisoblaganimiz uchun shunday qilamiz.
🔽
F. LAROShFUKO
Muhabbatni nechog‘li ilohiylashtirmasinlar, ammo tabiat bu go‘zal tuyg‘uii odamlarning baxti uchungina emas, ularning ko‘payishi va unib-o‘sishi uchun ham baxshida etganini ko‘rmaslik mumkin emas.
🔽
V. G. BELINSKIY
O‘zaro muhabbat farzandlar tufayli mustahkamlanadi.
🔽
MENANDR
Minglab tasodiflar sinovidan o‘tadigan er-xotin muhabbati kundalik eng oddiy hodisa bo‘lishiga qaramasdan, eng go‘zal mo‘jizadir.
🔽
F. MARIAK
oilaviy muhabbat odamlar orasida keng tarqalgan, eng mustahkam muhabbatdir, shuning uchun ham u kishilar hayotiga ta’sir ko‘rsatish jihatidan odamning eng muhim va eng hayotbaxsh tuyg‘usidir.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
Muhabbatdan to‘la-to‘kis qoniqib bo‘lmaydi, sevgidan to‘la qoniqish yo‘lini topolgan kishi esa ayanchli bo‘lur edi: bundan kelib chiqadigan yagona xulosa shuki, hech qanday bitta narsa insonning ko‘p istak va matlablarini qondira olmaydi.
🔽
V. G. BELINSKIY
Shunday olijanob muhabbatlar borki, ular rashkka o‘rin qoldirmaydi.
🔽
F. LAROShFUKO
Chinakamiga sevgan odam rashk qilmaydi. Muhabbatning asl mohiyati — ishonch. Bordi-yu, muhabbatdan shu ishonchni tortib olingchi, unda siz uning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi, davomiyligi, jamiki nurafshon tomonlari — binobarin, barcha ulug‘vorligini tortib olgan bo‘lasiz.
🔽
R. STIL
Muhabbatning rashkdan yaqinroq do‘sti bo‘lmaganidek, undan battarroq dushmani ham yo‘q: bu ayni temirning o‘zida paydo bo‘lib, keyin uning qattor dushmaniga aylanadigan zangning o‘zginasidir.
🔽
J. BRUNO
Eng kuchli nafrat — eng kuchli muhabbat mahsulidir.
🔽
T. FULLER
Jazavali sevgidan xuddi nafratdan qo‘rqqanday qo‘rqish kerak. Muhabbatki mustahkammi, u hamisha beg‘ubor va osoyishtadir.
🔽
G. TORO
Kuchli muhabbat bilan yomon shubha murosa qilolmaydi.
🔽
P. ABELYaR
Rashkni muhabbatga xos zarurat deb hisoblash kechirilmas anglashilmovchilikdir.
🔽
V. G. BELINSKIY
Rashkning bir foizi muhabbat, to‘qson to‘qqiz foizi esa shaxsiyatparastlikdan iboratdir.
🔽
F. LAROShFUKO
Rashkchining muhabbati ko‘proq nafratga o‘xshab ketadi.
🔽
J. MOLER
Rashk muhabbatdan ko‘ra g‘arazgo‘ylikka yaqin turadi.
🔽
F. ZANDERS
Ayol muhabbatidan judo bo‘lgan odam bu sevgini saqlab qololmagani uchun faqat o‘zinp ayblashi lozim.
🔽
N. A. DOBROLYuBOV
Muhabbat! Vu barcha ehtiroslarning cho‘qqisi va eng g‘olibidir. Ammo uning adadsiz zabtkorlik kuchi cheksiz-chegarasiz olijanoblik va deyarli tasavvurga sigmaydigan darajadagi beg‘arazlikdan iboratdir.
🔽
G. GEYNE
O‘zini yaxshi ko‘rgan odam chinakam muhabbatga qodir emas. Shaxsiyatparastlik sevgini zaharlaydigan dahshatli illatdir. Bordi-yu, shaxsiyatparast bo‘lsang, yaxshisi, oila qurmay qo‘ya qol.
🔽
V. A. SUXOMLINSKIY
Ishq-muhabbat kasb qilib olinganda u ma’naviy gunohga aylanadi. Bunday vaziyatda u aqlni susaytiradi va yurakni miskinlashtiradi.
🔽
K. GELVESIY
Muhabbatni faqat sog‘lom jinsiy instinktni qoniqtirish sifatida tushunmaslik kerak. insonga ko‘pdan-ko‘p quvonch baxsh etuvchi bu tuyg‘u g‘oyaviy yaqinlik, yagona niyat sari intilish, umumiy ish uchun kurash kabi maqsadlar bilan uyg‘unlashib ketmog‘i zarur.
🔽
N. K. KRUPSKAYa
Oshiq-ma’shuqlar bir-biriga ruhan monand bo‘lganlaridagina muhabbat chinakam ezgu hissiyotga aylanadi, shundagina muhabbat insoniyatning kela-jakdagi taraqqiyotida bizga va’da qilingan ijtimoiy xayrli ishlarning, odamlar orasida birodarlik va shaxslar teng huquqligiping debochasi va garoviga aylanadi.
🔽
N. A, DOBROLYuBOV
Muhabbat benihoya buyuk tuyg‘uligi uchun ham har kimning shaxsiy, pinhona ishi bo‘la olmaydi!
🔽
B. ShOU
Muhabbat hech qachon talab qilmaydi, hamisha in’om etadi. Muhabbat doimo uqubat chekadi, hech vaqt e’tiroz bildirib, o‘zi uchun intiqom olmaydi.
🔽
M. GANDI
Muhabbat — o‘z kuchiga yarasha tuyg‘u uyg‘ota biladigan yagona ehtirosdir.
🔽
STENDAL
Muhabbat bilan do‘stlik shunday bir ahil aks sadodirki, ular olgan narsasinigina bir-biriga qaytaradi.
🔽
A. I. GERSEN
Muhabbat baxt xazinasidir: qancha ko‘p taqdim etgan sari o‘zi ham shuncha boyib boradi.
🔽
I. MYuLLER
Chuqur muhabbat teran idrokdan ayri emas.
🔽
A. I. GONChAROV
Tenglik muhabbatning eng mustahkam asosidir.
🔽
G. LESSING
Muhabbat bor joyda ishonch ham bo‘lmog‘i kerak.
🔽
F. E. DZERJINSKIY
Muhabbatga hayotning shiddatli sinovlari ham, sevgi qanday boshlanganligi xususidagi jonli xotirotlar ham bab-baravar zarurdir.
🔽
A. A. FADEEV
Hurmat-ehtiromsiz muhabbat bebaho va beqaror bo‘lgani kabi, muhabbatsiz izzat-ikrom ham sovuq va zaifdir.
🔽
B. JONSON
Chinakam insoniy muhabbat biror hissiy qaysarlik yoki yurakning biror injiqligigagina emas, balki faqat o‘zaro insoniy qadr-qimmat, hurmat- izzatga asoslangan bo‘lmog‘i kerak.
🔽
V. G. BELINSKIY
Ayol ishonchini suiiste’mol etib, muhabbatini oyoq osti qilgan, ojizgina vujudini qiynab, ko‘zidan alam yoshlarini oqizgan odam, mening nazdimda, ablah va razildir.
🔽
Sh. NODE
Vafodorlik — muhabbatning doimiy orzusi.
🔽
L. VOVENARG
Muhabbat bu oxir-oqibat odam bolasining o‘z qadr-qimmatini boshqa kishilarda aks etishidan o‘zga narsa emas.
🔽
R. EMERSON
Men hayotda muhabbatga shohona o‘rin berilishini inkor etaman va uning mutlaq hukmronligini ham inkor qilaman, mayda havasni ojizona oqlashlariga ham e’tiroz bildiraman.
🔽
A. I. GERSEN
Muhabbat fikrni xiralashtirmay tiniqlashtirishi, qorong‘ilashtirmay ravshanlashtirishi, binobarin, insonning qalbi va aql-idrok go‘shalarida qaror topishi va bachkana ermaklar tug‘diruvchi tashqi hoyu havaslargagina xizmat qilmasigi kerak.
🔽
J. MILTON
Muhabbatning bahosi — muhabbat sinovidan o‘tayotgan odamning bahosi bilan teppa-teng. Sof odamlarda hamma narsa sof bo‘ladi.
🔽
R. ROLLAN
Qat’iy xarakter kishilarni muhabbat tuyg‘ulariga qarshilik ko‘rsatishga majbur etadi, lekin shu qat’iyat ayni vaqtda o‘sha tuyg‘ularga harorat va umr-boqiylik bag‘ishlaydi; ko‘ngilchan odamlar esa, aksincha, ehtiroslarga osongina beriladilaru, lekin hech vaqt bu hislarga chinakamiga to‘lib-toshib yurmaydilar.
🔽
F. LAROShFUKO
aql-idrok ma’qullamagan muhabbat qonunsiz bo‘lib chiqadi: aql-idrokning ovozini o‘chirmoqlik esa hirsga, hayvoniy odatlarga erk bermoq degan gap.
🔽
D. I. PISAREV
Buzuq odamlar muhabbatsiz bo‘ladi. Shu sababdan ularda uyat ham yo‘q. Unday odamlar muhabbatga ehtiyojsiz bo‘lganliklari uchun ham uni tilab olish, o‘zla-rida taqdim etgulik muhabbat bo‘lmagani sababli ham uni hadya etishni uddalab ketaveradilar.
🔽
B. ShOU
Muhabbat sarguzashtlarida sevgining o‘zidan boshqa hamma narsa bor.
🔽
F. LAROShFUKO
Muhabbat hayot oftobi va poyeziyasidir. Biroq bizning davrimizda o‘z baxti koshonasini birgina muhabbat zaminiga qurish va shu asosda yuragidagi barcha xohish-istaklarini to‘la ro‘yobga chiqarishga umid bog‘lagan kishining holiga voy! Bizning zamonamizda bu o‘zining insoniy qadr-qimmatidan yuz o‘girib, erkaklikdan voz kechish degan gap.
🔽
V. G. BELINSKIY
Vafosiz muhabbat ham, do‘stlik ham, himmat ham bo‘lmaydi.
🔽
J. ADDISON
Odamning irodasi qanchalik kuchli bo‘lsa, muhabbatdagi vafosi ham shunchalik kuchli.
🔽
STENDAL
Irodasiz xayolparastlar o‘ylaganidek muhabbatning sevinchi va hasrati insonni, ayniqsa yuragida o‘ti bor, mard odamlarni bo‘lar-bo‘lmasga asir qilavermaydi.
🔽
V. SKOTT
Muhabbat tanlayverish — ojizlik alomati.
🔽
O. BALZAK
…Men har qanday tarkidunyochi majruhlikka nafrat bilan qarayman, muhabbat gunoh qilib qo‘yganda ham uni hech vaqt qoralamayman, ammo chinakam axloqlilikning yo‘qolish xavfi va hirs o‘zini ulug‘lashga intilayotgani ko‘nglimni ezadi.
🔽
F. ENGELS
Qalbim muhabbatda ma’naviy rohatlanishning jismoniy rohatlanish bilan teppa-teng bo‘lishini orzu qilgan odamnigina haqiqiy inson deb tan olamiz.
🔽
O. BALZAK
Faqat ma’naviylikni ko‘zlagan muhabbat soyaga aylanadi; lekin agar u ma’naviylikdan boshlanmasa, razillikning xuddi o‘zginasidir.
🔽
G. SENKEVICh
Ayol kishi o‘zidan past tuyulgan erkakni sevolmaydi. Behuzur, zavq-shavqsiz muhabbat — bor-yo‘g‘i do‘stlikdan iboratdir.
🔽
J. SAND
Muhabbatdangina muhabbat tug‘iladi.
🔽
V. G. BELINSKIY
Bir boqishda tug‘ilgan muhabbatning davosini topish ayniqsa qiyin.
🔽
J. LABRUER
hayotga muhabbat uyg‘otmoq uchun ozgina umidning o‘zi kifoya. Ikki-uch kundan so‘ng esa umid yo‘qolishi mumkinu, ammo o‘rtada muhabbat tug‘ilib qoladi.
🔽
STENDAL
Boshqa bir odam qalbidagi muhabbatni mahv etishdan ham og‘ir va kechirilmas gunoh yo‘q.
🔽
G. IBSEN
dunyoda dahshatli yovuzliklar ko‘p, ammo hammasidan ham dahshatlirog‘i — muhabbatni bo‘g‘ish.
🔽
B. PRUS
Muhabbat o‘limdek kuchliligini bilamiz, ammo u shishadek mo‘rt hamdir.
🔽
G. MOPASSAN
Muhabbat jarohatlari hammavaqt ham o‘ldirmagani bilan baribir hech qachon bitib ham ketmaydi.
🔽
J. BAYRON
O‘z muhabbati haqida shovqin-suron ko‘tarishni yaxshi ko‘radigan odamgina seva oladi, deyish xato; aqlli odamning his-tuyg‘ulari so‘zida ham, ishida ham aks etib turadi, yana ba’zilarida bu faqat amalda bo‘ladiki, ehtimol, shu indamasligi uchun ham ularnin tuyg‘usi kuchlidir.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
O‘z muhabbatingni chuchmal maqtovlardan ko‘ra, foydali ish bilan izhor etganing ma’qul.
🔽
D. I. PISAREV
Chin muhabbatning tili lol, sababi, haqiqiy his-tuyg‘ular so‘zdan ko‘ra amalda ko‘proq zohir bo‘ladi.
🔽
V. ShEKSPIR
Uncha sevmagan odamgina o‘z muhabbatini izohlab bera oladi.
🔽
PETRARKA
Muhabbat haqida dono gapirgan erkak u qadar sevmaydi.
🔽
J. SAND
Muhabbat haqida hammaga jar solgan odam — ishqsiz odam.
🔽
V. ShEKSPIR
O‘zing his etmagan muhabbatnigina batafsil gapirib berishing mumkin.
🔽
A. KARR
Ilk marta sevib qolgan odamdan bu haqda og‘iz ochmaslikni talab qilib bo‘lmaydi. Ilk muhabbatga shu qadar toshqin quvonch hamroh bo‘ladiki, u bo‘shalib turishi kerak, aks holda, oshiqni bo‘g‘ib qo‘yadi.
🔽
A. DYuMA
Muhabbatda ham xuddi san’atdagiga o‘xshab boshqalar tomonidan aytilgan gapni takrorlamaslik kerak; o‘zing his etgannigina so‘zlashing lozim; bo‘lmasa-yu, gapirishga shoshilsa, o‘zi uchun bir umr gapirolmay o‘tish xavfini tug‘diradi.
🔽
R. ROLLAN
do‘stlik va muhabbatda biz o‘zimiz bilgan narsalardan ko‘ra bilmagan narsalarimizdan ko‘proq baxtiyorlikka erishamiz.
🔽
F. LAROShFUKO
Muhabbat — shunday bir soxta tanga yasovchiki, u tinim bilmay misni oltinga aylantiruvchigina bo‘lib qolmay, vaqti-vaqti bilan oltinni misga aylantirib turuvchi hamdir.
🔽
O. BALZAK
Muhabbat sevikli kishida unda yo‘q fazilatpi ko‘rib ko‘pincha yanglishadi, lekin ba’zan shu muhabbatning o‘zi unda aql va ko‘z ilg‘ay olmaydigan go‘zallik yoki buyuklikni ham kashf etadi.
🔽
V. G. BELINSKIY
Yuraklar muhabbat bilan limmo-lim bo‘lsa va visol onlaridan hijron chog‘larigacha gupillab ursa, odam bir-birining dilidagini shunchaki bir ishora bilan ham anglay ola biladi.
🔽
R. TAGOR
Hech bir narsa muhabbatni qattiq monelikdek alangalata olmaydi.
🔽
LOPE DE VEGA
Ayriliq muhabbat uchun baayni olovga tekkan shamolday gap: u kuchsiz olovni o‘chiradi, kattasini esa guvillatib yuboradi.
🔽
R. BUSSI
Ko‘ngil bog‘lash uchun o‘ta sinchkovlik shart emas, muhabbat esa oshirib ko‘rsatadigan ko‘zgu yordamida paydo bo‘ladi.
🔽
T.BRAUN
Savdoyi qizni sevib qolgan odam unga benihoya qizg‘in, kuchli ehtiros bilan talpinadi, bu xil muhabbatning sababi — yo oshiq tabiatidagi g‘alati tantiqlik, yo bo‘lmasa ma’shuqada husn sehru jodusidan ko‘ra qudratliroq bo‘lgan sirli sehru joduning mavjudligidir.
🔽
J. LABRUER
G‘ayrat belgilangan maqsadga muhabbat kuchidir.
🔽
P. A. PAVLENKO
Faqat tetik qaynoq shijoatdan, ona yurtga otashin muhabbatdan, jasurlik va g‘ayratdangina g‘alaba tug‘iladi. Gap unda-bunda ko‘rsatib qo‘yiladigan shijoatda ham emas, balki bor kuchlarni qat’iyat bilan safarbar qilishdadir, tog‘larni ham asta-sekin va to‘xtovsiz qo‘zg‘atadigan, noma’lum teranliklarni ochadigan va ularni quyosh tiniqligiga olib chiqadigan doimiy jo‘shib yonish haqida gap boryapti.
🔽
M. V. LOMONOSOV
Idealga muhabbat faol va o‘ta fidoyilikka moyil tuyg‘udir.
🔽
M. GORKIY
insoniyatning butun maqsadlari, butun mehnatlari muhabbatsiz nimaga ham arzirdi?
🔽
M. Yu. LERMONTOV
Ulug‘ muhabbat teran aql bilan uzviy bog‘langan; aqlning kengligi qalbning teranligiga teng. Shuning uchun ham insonparvarlik cho‘qqisini buyuk qalb egalari zabt etadilar: chunki ular — buyuk aql egalari hamdirlar.
🔽
I. A. GONChAROV
Muhabbat baxt berishi kerak. baxt yo‘qmi, demak, adashibsan.
🔽
Gyustav Flober
Muhabbat bu – o‘zingni boshqa odamda yo‘qotishdir.
🔽
Chingiz Aytmatov
ayollarning nafrati ham muhabbat – faqat yo‘nalishi o‘zgargan.
🔽
Heynrix Heyne
Muhabbat! U barcha tuyg‘ularning ulug‘i va viqorlisidir. Lekin uning qudrati hadsiz himmat va g‘ayrishuuriy xolislik bilangina namoyon bo‘ladi.
🔽
Heynrix Heyne
Muhabbat qalbdagi tishog‘rig‘idir.
🔽
Heynrix Heyne
Muhabbatning haqiqiy go‘zalligini faqat sadoqatli ayolgina his qiladi.
🔽
Rabindranat Tagor
Hammani birday yaxshi ko‘r, bu muhabbatdan o‘zing ham chetda qolma.
🔽
Lev Tolstoy
Muhabbat umrda bir marta keladi. Yoqtirish esa, bir necha marta. Sen bularning orasini aralashtirma, tag‘in nadomat qilib yurmagin
🔽
Mark Tven
Muhabbat haqida chiroyli va chuqur ma’noli maqollar
Muhabbat — bir so‘z, ma’nosi — dunyo.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Qalb muhabbat bilan yashasa, dunyo chiroyli ko‘rinadi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Muhabbat – bitta shamdan minglab sham yoqadigan olovdir.
🔽
Xitoy maqoli
Muhabbat – dunyodagi eng kuchli quroldir.
🔽
Fransuz maqoli
Muhabbat ochiq ko‘zlar bilan boshlangan, lekin ko‘r bo‘lib davom etadigan tuyg‘udir.
🔽
Italiya maqoli
Haqiqiy muhabbat hech qachon tugamaydi, faqat vaqt o‘tishi bilan kuchayadi.
🔽
Ingliz maqoli
Muhabbat dunyodagi barcha tillardan tushunarliroqdir.
🔽
Rus maqoli
Muhabbat eng chiroyli og‘riqdir.
🔽
Yunon maqoli
Muhabbatsiz bosh — naslsiz oshqovoq.
🔽
Fors maqoli
Muhabbat haqida shu va boshqa eng yaxshi saralangan maqollarni alohida jamlangan sahifada ko’rib chiqishingiz mumkin.