Dunyo haqida eng sara statuslar va hikmatlar to’plami

Dunyo haqida eng sara statuslar va hikmatlar to'plami Barcha statuslar

Dunyo o‘z murakkabligi va go‘zalligi bilan insonlarni chuqur o‘yga soladi. Hayotning har bir bosqichida dunyo va undagi hodisalarga bo‘lgan qarashlarimiz o‘zgaradi, bu esa donishmandlar va yetuk shaxslar tomonidan bildirilgan ibratli fikrlar va statuslarda o‘z ifodasini topgan.

Ular insonlarga motivatsiya, ilhom va chuqur ma’nolarni anglashga yordam beradi.
Quyidagi statuslar dunyo haqida chuqur o‘ylangan fikrlarni ifodalaydi va sizni hayotga yangicha qarashga undaydi. Ularni ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishishingiz yoki shunchaki kundalik hayotingizda ilhom manbai sifatida foydalanishingiz mumkin.

Dunyo haqida ayrim o’zbek ziyolilaridan statuslar

Tor xonada o‘tirsang ham dunyoqarashing keng bo‘lishi mumkin.

🔽
Xurshid Do‘stmuhammad

Dunyo — sovchisi ko‘p kelin, podshohlik—xaridorga serob bir mol.

🔽
Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Xorazmiy

Bu o‘tkinchi dunyoda adib degani shaxs bo‘lib qolishi kerak.

🔽
Shukur Xolmirzayev

Ilmli odam bilan badavlat odam tabiatida mushtaraklik bor – olimning ilmga, boyning molu dunyoga to‘ymasligidir.

🔽
Tilab Mahmudov

Faylasuflar ruhoniylar bilan dunyoviylar orasida ming yillardan buyon sovchilik qilib keladilar.

🔽
 Tilab Mahmudov

Bu dunyo misoli jannat hamda do‘zax o‘rtasidagi qilko‘prik, goho unisiga, goho bunisiga tushib ketay deysiz

🔽
Mansurxon Toirov

Ehtimol, sen dunyoni kaftingga olgandirsan. Lekin o‘zingni qayerga qo‘yishni bilmay turibsan-ku.

🔽
Qo‘chqor Norqobil

…har bir asar ayricha bir dunyo bo‘lganidek, unga kirish yo‘llari ham o‘ziga xos bo‘ladi.

🔽
Shukur Xolmirzayev

…uslubda hamma narsa mujassam: dunyoqarashdan tortib, nuqta qo‘yishgacha…

🔽
Shukur Xolmirzayev

Dunyo haqida mashhur kishilarning eng ibratli fikrlari

Yashab turib, dunyoda o‘zining borligini bildira olmaslik — menga dahshat bo‘lib tuyuladi.

🔽
N. V. GOGOL

Dunyodagi barcha ne’matlardan faqat yaxshi nom qoladi, hatto shuni ham qoldirolmagan odam baxtsizdir.

🔽
SA’DIY

Dunyoda hech narsa kishini o‘soirinlik yillariday musaffo va olijanob qilolmaydi, kuchli ijtimoiy manfaat ularni asrab-avaylaydi.

🔽
A. I. GERSEN

Tugilishdanots narvozga shay bo‘lish dunyodagi eng oliy baxtdir.

🔽
ARISTOFAN

Dunyodagi barcha tirik mavjudotlar ichida faqat insongina o‘ziga foydali narsani bilmaslitiga iqror bo‘lishdan uyaladi.

🔽
KATTA PLINIY

Harakat ta’sir jihatdan har qanday dorining o‘rnini bosishi mumkin, lekin dunyodagi jamiki dori-darmon harakatchalik ta’sir ko‘rsatolmaydi.

🔽
T. TASSO

Saxovat iiqobi ostida yovuzlik qilinmaganda edi, dunyoda bu qadar yovuzlik bo‘lmasdi.

🔽
M. EBNER-EShENBAX

Senga ishonib aytilgan sirni, senga ishonib toishirgan molu-dunyodan ham afzalroq ehtiyot qilib saqla, negaki, halol kishilarda qasamdan ham kuchli xarakter bo‘lishi kerak.

🔽
ISOKRAT

Agar biz haqiqiy g‘ururli bo‘lganimizda dunyoni bu qadar razilliklar bosmas edi.

🔽
I. ZEYME

Sen dunyoda ko‘rnamak odamlar borligidan ranjib yuribsan. Vijdoningdan so‘rachi, senga yaxshilik qilgan odamlarning bari ham o‘zingdan ro‘shnolik ko‘rganmi.

🔽
SENEKA

Samoviy olam bilan kishining ichki dunyosi o‘rtasidagi tafovut kuchayib ketgan taqdirda biz o‘ylab ko‘rishimiz va o‘z-o‘zimizdan: ayrim narsalar hatto o‘zingga iqror bo‘lishdan uyalsang, qanday odamsan? — deb so‘rashimiz lozim.

🔽
N. A. OSTROVSKIY

Dunyo — bir ko‘zgu, u har kimning qiyofasini aks ettirib beradi.

🔽
U. TEKKEREY

Dunyoda hech kim baxtsizlikka mardona bardosh beradigan kishidek hurmatga sazovor bo‘lolmaydi.

🔽
SENEKA

Iechog‘li metin bo‘lmasin, dunyoda inson irodasi va tafakkuriga qarshi tura oladigan devor yo‘q.

🔽
J. AMADU

Inson ko‘pgina moyilliklar va xarakter xususiyatlari bilan dunyoga keladi, ularning rivojlanishi juda ko‘p darajada tevarak-atrofdagi sharoitga bog‘liq.

🔽
A. BEBEL

Inson xarakterini to‘g‘ri topishga intilish — dunyodagi eng og‘ir ish. Har bir ayrim shaxs, ayniqsa, iste’dodli shaxs qarama-qarshiliklar tugunidir.

🔽
T. DRAYZER

Mehri cheksiz, butun dunyoni ko‘kragi bilan boqqan ayolni — Onani sharaflaylik! Insondagi butun go‘zallik quyosh nurlari-yu, Ona mehridan.

🔽
M. GORKIY

Dunyoda go‘dakning tilidan ko‘ra tantanaliroq gimn yo‘q.

🔽
V.GYuGO

Dunyoda inson yuragini jirkanch manzaralar bilan to‘ldirib, rashk kabi xo‘rlovchi kulfat bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman.

🔽
A. FRANS

…Men har qanday tarkidunyochi majruhlikka nafrat bilan qarayman, muhabbat gunoh qilib qo‘yganda ham uni hech vaqt qoralamayman, ammo chinakam axloqlilikning yo‘qolish xavfi va hirs o‘zini ulug‘lashga intilayotgani ko‘nglimni ezadi.

🔽
F. ENGELS

Dunyoda dahshatli yovuzliklar ko‘p, ammo hammasidan ham dahshatlirog‘i — muhabbatni bo‘g‘ish.

🔽
B. PRUS

Dunyoda kurtak paytidanoq mukammallikka erishadigan hech bir narsa yo‘q, aksincha, har qanday hodisada ham avvalo — oddiygina xadikli umidlar, so‘ngra esa shak-shubhasiz to‘la qiyofa namoyon bo‘ladi.

🔽
APULEY

Bilimli odam, uni qurshab turgan hayotning barcha tomonlari va jabhalari bo‘yicha o‘z dunyoqarashi, o‘z mushohadasiga ega bo‘lgan kishidir.

🔽
N. A. RUBAKIN

Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydn.

🔽
I. GYoTE

Dunyodagi hech bir ulug‘ ish ehtirossiz sodir bo‘lmaydi.

🔽
G. GEGEL

Dunyoni ko‘pdan beri ummonli okean deyishadi, lekin unda kompas bilan suzgan odam baxtlidir.

🔽
N. M. KARAMZIN

Bu dunyoning eng birinchi oqilona printsipi mehnatdir. Odamning butun a’zolari ishlashi kerak.

🔽
A. A. BOGOMOLETS

Dunyoda harakatsizlikdan ham ortiqroq halokatli va toqat qilib bo‘lmaydigan narsa yo‘q.

🔽
A. I. GERSEN

Dunyodagi hamma shodlik, hamma ezguliklarning manbai mehnatdir.

🔽
M. GORKIY

Dunyoda o‘zi uchun munosib ish topolmagan odam eng baxtsiz odamdir.

🔽
T. KARLEYL

Dunyoda hali hech bir yuksaklik yo‘qki, uning cho‘qqisini oxir-oqibatda qat’iyat zabt et magan bo‘lsin.

🔽
Ch. DIKKENS

Biz yashayotgan dunyo so‘z bilan emas, balki faoliyat, mehnat bilan yaralgan.

🔽
M. GORKIY

Har bir odam nimadir bajarmoq uchun dunyoga keladi. Yer yuzida yashab yurgan har bir insonning hayotda o‘z vazifasi bor.

🔽
E. XEMINGUEY

Dunyoda faqat go‘zalgina bo‘lgan ayol hayotidan ham qayg‘uliroq hayot yo‘q.

🔽
V. FONTENEL

Dunyoda qoraygan muskul va silliq badandan ham ko‘rkamroq libos bo‘lishi mumkinmi.

🔽
V. V. MAYaKOVSKIY

Bu dunyonint bir kamligini pesh qilib, o‘z kamchiliklaringizga bu qadar yopishib olmang.

🔽
J. RENAR

Dunyodagi barcha xalqlar har jihatdan ham teppa-teng: biri ikkinchisidan ortiq emas.

🔽
G. LESSING

Dunyo inson uchun kerak – odam uning asl mohiyatini tushunib olish uchun yaratilgan, shu bois ham dunyo turibdi.

🔽
Chingiz Aytmatov

Dunyo yolg‘onchi guvohlarga to‘la.

🔽
Lui Aragon

Odamlar ko‘pincha o‘zlarining vaqtinchalik baxtsizliklarini dunyodagi eng muhim narsa deb hisoblaydilar.

🔽
Lui Aragon

Har bir odam – bir olam. Bu olam u bilan tug‘iladi va o‘ladi. Har bir qabrda butun bir dunyo tarixi yotibdi.

🔽
Heynrix Heyne

Agar dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lsang, bu ishni uylanishdan oldin qil! Uylangandan keyin televizordagi kanalni o‘zgartira olsang, shuning o‘zi dahshatli g‘alaba hisoblanadi

🔽
Doktor Ibrohim Sharqoviy

Agar yoqtirmaslik, nafrat degan narsalarning elektrga aylanishi mumkin bo‘lganda, butun dunyoning yorug‘ bo‘lishiga kifoya qilgan bo‘lardi

🔽
Nikola Tesla

Har bir avlod o‘zini dunyoni qayta qurishga mas’ul, deb hisoblaydi. Men mansub bo‘lgan avlod esa bunday qilolmasligini biladi. Biroq uning vazifasi, ehtimol, undan-da kattaroqdir. Bu vazifa yer kurrasi yo‘q bo‘lib ketishiga xalal berishdan iborat.

🔽
Alber KAMYu

Poeziya nafaqat dunyoni bilish, balki u hayotning o‘zi hamdir, butun borlig‘i bilan hayotning o‘zi. Shoirlik qabilachilik zamonida yerto‘lalarda yashagan odamning qalbida ham bor edi, u atom asri odamining ruhida ham yashaydi… Borki mavjudotga sadoqati bilan shoir bizga bizning dunyomizning boqiyligi va birligini his etishimizga yordam beradi… Va agar shoir o‘z davrining xastalangan vijdonini gavdalantira olsa, unga boshqa talab yo‘q.

🔽
Sen-Jon Pers

Quyosh dunyoni nurafshon qiladi, so‘zlar esa xalqni.

🔽
Jemil Merich

Dunyoni raqamlar boshqarmaydi.

🔽
Gyote

Dunyoda bir-biriga o‘xshash ikkita iste’dod bo‘lmaydi, agar bir-biriga o‘xshasa iste’dod atalmaydi.

🔽
Rasul Hamzatov

Bu dunyoning mavjudligining o‘zi—boshqa, bundanda mukammal dunyo borligining kafolatidir.

🔽
Paulo Koeloning “Alkimyogar” romanidan

Dunyodagi eng sergap odamlar bekorchilardir.

🔽
Pavlenko

Dunyo tuzoqdir, doni hoyu-xavasdir.

🔽
Mavlono Jaloliddin Rumiy

Hammasi qalbingga bog‘liq: qalbingni o‘zgartir, dunyoing ham o‘zgarsin.

🔽
Shamsi Tabriziy

Dunyo haqida eng yaxshi maqollardan namunalar

Dunyo haqida eng sara o'zbek va jahon maqollari to'plami

Torga — tor dunyo, Kengga — keng dunyo.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dunyo yorug‘ bo‘lsin desang, Uyingga chiroq yoq.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dunyo senga boqmasa, sen dunyoga boq.

🔽
Tojik maqoli

Dunyo — sening o‘zing.

🔽
Maori maqoli

Dunyo yonsa, sen unga kerosin sepasan.

🔽
Gruzin maqoli

Bu dunyo — ko‘prik.

🔽
Arab maqoli

Och qolsang — dunyoni tushunasan.

🔽
Koreys maqoli

Kulsang butun dunyo sen bilan kulsin, yig‘lasang yolg‘iz yig‘la.

🔽
Ingliz maqoli

Dunyo haqidagi shu va boshqa eng yaxshi maqollarni saytimizning Dunyo haqida maqollar sahifasida alohida o’qishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( Пока оценок нет )
Post haqida fikringizni bildiring, sizningcha bu mavzu qanchalik dolzarb?