Dunyo haqida eng sara o’zbek va jahon maqollari to’plami

Dunyo haqida eng sara o'zbek va jahon maqollari to'plami Barcha maqollar

Dunyo keng va murakkab, unda har bir insonning hayotga, tabiatga va odamlar bilan munosabatlarga bo‘lgan qarashlari turlicha. Har bir xalq bu hayotiy tajribalarni asrlar davomida donishmandlikka boy maqollar orqali ifodalab kelgan.

O‘zbek xalq maqollari ham, jahon xalqlarining hikmatli so‘zlari ham inson ruhiyatining chuqur qatlamlarini ochib beruvchi bir manba hisoblanadi.
Mazkur maqolada dunyo haqida o‘zbek va jahon xalqlarining eng mashhur, chuqur ma’noli va ibratli maqollari bilan tanishasiz. Ular hayotga bo‘lgan qarashlaringizni boyitishi va sizga yangi ilhom bag‘ishlashi aniq.

Dunyo haqida eng sara o’zbek xalq maqollari

O‘zbek xalqining boy ma’naviy merosida dunyo va hayot haqida ko‘plab ibratli maqollar mavjud. Ushbu maqollar asrlar davomida avlodlardan-avlodlarga o‘tib, xalqimizning hayotga bo‘lgan qarashlarini ifodalab kelmoqda. Ular inson tabiatining murakkabligini, hayotning o‘zgaruvchanligini va dunyoning kengligiga ta’rif beradi.
Masalan, «Dunyo qanchalik katta bo‘lmasin, odamning ko‘ngli undan ham keng», degan maqol hayotning go‘zalligini va inson qalbining ulug‘vorligini ta’kidlaydi. Shuningdek, o‘zbek xalq maqollarida dunyoning o‘tkinchiligi va qadrini bilish haqidagi chuqur fikrlar ham aks etgan.

Dunyo, moli bo‘lmasa, Tomni teshgan o‘g‘ri shul.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Torga — tor dunyo, Kengga — keng dunyo.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dunyo yig‘ib netarsan, Bir kun tashlab ketarsan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dunyo moli dunyoda qolar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Oting yaxshi bo‘lsa, Bu dunyoning farog‘i.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Xotining yaxshi bo‘lsa, Bu dunyoning charog‘i.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Tuyali boy — dunyoli boy.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dunyoning kerakligini bozorda bildim, Oxiratning kerakligini — mozorda.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Devonaga ikki dunyo barobar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dunyo — bevafo, mol-dunyo — bebaqo.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Borga — bor dunyo, Yo‘qqa — tor dunyo.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bu dunyoning xo‘rligi — Kissangda pulning yo‘qligi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dunyoning ishi — miri kam ikki.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bog‘ ko‘rki — bodom, Dunyo ko‘rki — odam.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dunyoni suv bossa, O‘rdakka ne g‘am.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Oyoqda edging tor bo‘lsa, Dunyo kengligidan ne foyda.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Kamtar kerilmaydi, Mol-dunyoga berilmaydi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dunyoda bir ko‘ngilchak o‘lar, Bir — erinchak.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Muhabbat — bir so‘z, ma’nosi — dunyo.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Uying tor bo‘lsa, Dunyoning kengligi bilinmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dunyo moli — qo‘lning kiri.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Mol-dunyo topilar, odam topilmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Otangning mol-dunyosi bilan qolguncha, Onangning pilta-savati bilan qol.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Shabnamga quduq toʼlmas, Dunyoga baxil toʼymas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Kengashganga — keng dunyo, Talashganga — tor dunyo.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ichi torga — dunyo tor.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Qorni ochga non bo‘lsa bas, Ko‘zi ochga dunyo yetmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Til kichik bo‘lsa ham dunyoni buzar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

O‘tgusiz daryo bo‘lmas, O‘limsiz dunyo bo‘lmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Umidli — dunyo, Umidsiz — shayton.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

El senga etsa nadomat, Dunyoda turolmassan salomat.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dunyoni yel buzar, Odamni — so‘z.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bu dunyo o‘tar-ketar, Yuzi qoralik qolar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Dunyo yorug‘ bo‘lsin desang, Uyingga chiroq yoq.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ikki yomon qo‘shilsa, Keng dunyoga siy(g‘)ishmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Odamning g‘alamisiga dunyo bir pul.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Bu sizga qiziq bo‘lishi mumkin:  Qarindoshlar haqida ta’sirchan o‘zbek va jahon maqollari

Dunyo haqida jahon xalq maqollari to’plami

Dunyo va hayotning mohiyati haqida ko‘plab jahon xalqlarining maqollarida chuqur hikmatlar aks etgan. Har bir xalqning tarixiy tajribasi, madaniyati va urf-odatlari ushbu maqollarda o‘z ifodasini topgan. Ushbu maqollar insoniyatning dunyoni qanday qabul qilishini, hayotning mazmunini va o‘tkinchiligini tushuntiradi.
Masalan, xitoy maqolida: «Dunyo bir oyna, sen qanday bo‘lsang, u ham shunday aks etadi» degan hikmat bor. Shuningdek, fransuzlar «Dunyo katta bo‘lsa ham, ko‘ngil undan kengroq» deb, inson ruhiyatining buyukligini ulug‘laydi.

Dunyo qancha o‘zgarsa ham sher tuxum qo‘ymaydi.

🔽
Bambara maqoli

Dunyodagi hech qaysi zot o‘z onangdek bo‘lolmaydi.

🔽
Bambara maqoli

Dunyoda aqldan ustun hech narsa yo‘q.

🔽
Bambara maqoli

Bir asr joyida yonboshlab yotgan qariyadan emas, dunyo kezgan yoshdan so‘ra.

🔽
Qalmoq maqoli

Dunyodagi eng shirin va eng achchiq narsa — so‘z.

🔽
Turkman maqoli

Dunyo senga boqmasa, sen dunyoga boq.

🔽
Tojik maqoli

Dunyo uchun Quyosh ham kam.

🔽
Osetin maqoli

U dunyoga kech qolishdan hech kim qo‘rqmaydi.

🔽
Osetin maqoli

Dunyoni egallashga emas, uning ilmini olishga intil.

🔽
Osetin maqoli

O‘z qo‘ling — dunyolar hokimi.

🔽
Nepal maqoli

Sevging sabab dunyoning u chetiga ham borasan.

🔽
Mordva maqoli

Dunyoda kim eng aziz? Inson, inson, inson.

🔽
Maori maqoli

Dunyo — sening o‘zing.

🔽
Maori maqoli

O‘g‘ri dunyodagi hammani o‘g‘ri deb o‘ylaydi.

🔽
Lezgin maqoli

Dunyoning to‘rt tarafi bor.

🔽
Lak maqoli

Jinnilar va bolalar dunyodagi eng haqso‘z odamlardir.

🔽
Ispan maqoli

Qurbaqa kokos yong‘og‘i po‘chog‘ida o‘tirib, u yerda butun dunyoni tasavvur qiladi.

🔽
Indonez maqoli

Ochdan so‘rashdi: “Dunyodagi eng og‘ir narsa nima?”.

🔽
Gruzin maqoli

Dunyo yonsa, sen unga kerosin sepasan.

🔽
Gruzin maqoli

Agar oyna bo‘lmasa, dunyo oyna bo‘lib xizmat qiladi.

🔽
Gruzin maqoli

Bu dunyoda faqat bir narsa tilsiz gapiradi — to‘g‘rilik.

🔽
Gruzin maqoli

Sir — ikki kishi orasida, uchinchi odam bilsa butun dunyo biladi.

🔽
Gruzin maqoli

Dunyodagi eng qiyin narsa — yaxshi nom qozonish.

🔽
Gruzin maqoli

Oliyhimmat inson uchun butun dunyo qarindosh.

🔽
Bengal maqoli

O‘g‘ri butun dunyoni o‘g‘irlangan deb o‘ylaydi.

🔽
Arman maqoli

Agar ho‘kiz o‘zi ishlaganining hammasini yeganida, dunyo kambag‘allashib qolardi.

🔽
Arman maqoli

Dunyo Sulaymonga ham vafo qilmadi.

🔽
Arman maqoli

Dunyoda Quyosh bitta, uyda boshliq bitta.

🔽
Arman maqoli

Olimning adashgani — dunyoning buzilgani.

🔽
Arab maqoli

Bu dunyo — ko‘prik.

🔽
Arab maqoli

Dunyo moliga haris bo‘lmagan kishi himmatlidir.

🔽
Arab maqoli

Yaxshi do‘st bilan dunyoning narigi chetiga ham ketsang arziydi.

🔽
Chechen-ingush maqoli

Dunyoda hamma o‘z navbati bilan ketadi.

🔽
Italyan maqoli

So‘zning qanoti yo‘q, lekin butun dunyoni aylanib chiqadi.

🔽
Tatar maqoli

Uch yil tinmay saxovat qilsang — kamchilik biladi, qachondir bir yomon ish qilib qo‘ysang — butun dunyo biladi.

🔽
Xitoy maqoli

Dunyo shunday kengki, unda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q.

🔽
Xitoy maqoli

Dunyoda hech kimga keraksiz inson yo‘q; yerda ildizi bo‘lmagan o‘simlik yo‘q.

🔽
Xitoy maqoli

Yaqinlar o‘limi va ayriliq — dunyodagi ma’yus va qayg‘uli o‘n ming holatning eng yomonidir.

🔽
Xitoy maqoli

Och qolsang — dunyoni tushunasan.

🔽
Koreys maqoli

Qirol uchun ham, hokim uchun ham narigi dunyoga alohida yo‘l mavjud emas.

🔽
Yapon maqoli

Mol-dunyo va mashhurlik begonani ham jalb etadi, kambag‘allik yaqinlarni ham uzoqlashtiradi.

🔽
Yapon maqoli

Harom yo‘l bilan qozonilgan mol-dunyo va mashhurlik bulut kabi tez tarqaydi.

🔽
Yapon maqoli

Dunyoni bir odam boshqarolmaydi, dunyo — barchaniki.

🔽
Yapon maqoli

Pul butun dunyo bo‘ylab kezadi.

🔽
Yapon maqoli

Dunyo bir narvondir: biri chiqar, biri tushar.

🔽
Gagauz maqoli

Dunyodagi eng tez narsalar uchta: inson fikri, otilgan o‘q va nigoh.

🔽
Buryat maqoli

Koyish bilan ham, kulish bilan ham dunyoni o‘zgartirib bo‘lmaydi.

🔽
Yahudiy maqoli

Haqiqat bilan hali hech kim dunyoni olgan emas.

🔽
Yahudiy maqoli

Yaxshi do‘st har joyda hamdam, bu dunyoda ham, u dunyoda ham.

🔽
Yahudiy maqoli

Ikki pakanaga dunyo torlik qilibdi.

🔽
Abxaz maqoli

Kulsang butun dunyo sen bilan kulsin, yig‘lasang yolg‘iz yig‘la.

🔽
Ingliz maqoli

Qancha tutilgan bo‘lmasin, dunyoda hali ko‘pgina yaxshi baliqlar bor.

🔽
Ingliz maqoli

Dunyo ko‘pchilikdan tuzilgan.

🔽
Ingliz maqoli

Bu sizga qiziq bo‘lishi mumkin:  Sayohat haqida eng qiziqarli o‘zbek va jahon maqollari

Dunyo haqida eng sara statuslar va ibratli fikrlar

Dunyo haqida eng sara statuslar va hikmatlar to'plami
Dunyo, o‘z murakkabligi va go‘zalligi bilan insonlar ongida chuqur ta’sir qoldiradi. Turli donishmandlar, yozuvchilar va zamonaviy shaxslar hayotning mazmuni, dunyoning o‘zgaruvchanligi va insonning undagi o‘rni haqida chuqur ma’noli fikrlarni qoldirganlar. Ushbu statuslar va ibratli fikrlar insonni dunyoni chuqurroq anglashga, hayotning qadriyatlarini his etishga undaydi.
Quyidagi statuslar orqali dunyo haqidagi o‘z falsafiy qarashlaringizni boshqalar bilan baham ko‘rishingiz yoki ulardan ilhom olishingiz mumkin.

Bu dunyo misoli jannat hamda do‘zax o‘rtasidagi qilko‘prik, goho unisiga, goho bunisiga tushib ketay deysiz

🔽
Mansurxon Toirov

Dunyoda hech narsa kishini o‘soirinlik yillariday musaffo va olijanob qilolmaydi, kuchli ijtimoiy manfaat ularni asrab-avaylaydi.

🔽
A. I. GERSEN

Sen dunyoda ko‘rnamak odamlar borligidan ranjib yuribsan. Vijdoningdan so‘rachi, senga yaxshilik qilgan odamlarning bari ham o‘zingdan ro‘shnolik ko‘rganmi.

🔽
SENEKA

Dunyo — bir ko‘zgu, u har kimning qiyofasini aks ettirib beradi.

🔽
U. TEKKEREY

Dunyoda dahshatli yovuzliklar ko‘p, ammo hammasidan ham dahshatlirog‘i — muhabbatni bo‘g‘ish.

🔽
B. PRUS

Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydn.

🔽
I. GYoTE

Dunyoda harakatsizlikdan ham ortiqroq halokatli va toqat qilib bo‘lmaydigan narsa yo‘q.

🔽
A. I. GERSEN

Dunyoda o‘zi uchun munosib ish topolmagan odam eng baxtsiz odamdir.

🔽
T. KARLEYL

Biz yashayotgan dunyo so‘z bilan emas, balki faoliyat, mehnat bilan yaralgan.

🔽
M. GORKIY

Odamlar ko‘pincha o‘zlarining vaqtinchalik baxtsizliklarini dunyodagi eng muhim narsa deb hisoblaydilar.

🔽
Lui Aragon

Bu dunyoning mavjudligining o‘zi—boshqa, bundanda mukammal dunyo borligining kafolatidir.

🔽
Paulo Koeloning “Alkimyogar” romanidan

Dunyo haqidagi shu va boshqa eng yaxshi statuslar to’plamini saytimizning mana bu sahifasida batafsil tanishishingiz mumkin.

Bu sizga qiziq bo‘lishi mumkin:  Biologiya haqida qiziqarli o‘zbek va jahon maqollari
Statuslarni baholang
( No ratings yet )
Fikr bildirish