Yomg’ir – tabiatning hayotbaxsh in’omi, tozalash va yangilanish ramzi. Tabiatning bu go’zal hodisasi ko‘plab xalq maqollarida chuqur ma’noda tasvirlangan.
O‘zbek xalq maqollari yomg‘irning tabiatga, hosilga va hayotga bo‘lgan ijobiy ta’sirini ulug‘lagan bo‘lsa, jahon xalqlarining hikmatli so‘zlarida yomg‘irning tozalovchi kuchi va yangilanish ramzi sifatida qabul qilinganligi aks etadi. Quyida yomg’ir haqida eng sara o’zbek va jahon xalq maqollarini taqdim etamiz. Ushbu maqollar yomg’irning tabiat va hayotdagi o’rni haqida chuqur hikmatlarni ochib beradi.
Yomg’ir haqida o’zbek xalq maqollari
O‘zbek xalq ijodida yomg‘ir baraka, hosil va yangilanish ramzi sifatida keng o‘rin olgan. Yomg‘irning hayot uchun naqadar muhimligini xalq maqollarida topish mumkin. Ushbu maqollar orqali xalqimizning yomg’irga bo’lgan hurmati va qadriyatlari aks etadi. Quyida yomg’ir haqida o‘zbek xalqining eng hikmatli maqollari bilan tanishing:
Qor yerning — ko‘rpasi, Yomg‘ir — yerning sho‘rvasi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ko‘p yomg‘ir yerni buzar, Ko‘p gap elni buzar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sekin yoqqan yomg‘irdan qo‘rq, Kulib boqqan — hokimdan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
O‘tgan bulutdan yomg‘ir kutma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Eldan tomgani — yomg‘ir yoqqani.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yomg‘irda ot tanlama, Hayitda — qiz.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Baq-baq etgan takani Yomg‘ir yoqqanda ko‘r.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yomg‘ir o‘zin sel sanar, Ko‘lmak o‘zin — ko‘l.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
O‘tib ketgan yomg‘irning ketidan o‘pkalama.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yomg‘ir bilan yer ko‘karar, Mehnat bilan — el.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yotganga yomg‘ir yog‘mas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Orsizga tupursang, yomg‘ir der.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Jalada qolgan yomg‘irdan qo‘rqmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Haydan kelgan huvga ketar, Yomg‘irdan kelgan suvga ketar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yomg‘irdan o‘t-o‘lan o‘sar, Qo‘shiqdan — ko‘ngil.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Qayg‘u keltirar shodlikdan Yomg‘ir keltirar momaqaldiroq yaxshi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yoz yomg‘iri loy bo‘lmas, O‘g‘ri aslo boy bo‘lmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yomg‘ir yog‘sa, to‘ning ho‘l bo‘lar, Otang o‘lsa, uying cho‘l bo‘lar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yoz yomg‘iri yondan o‘tar, Qish yomg‘iri — jondan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yoz yomg‘iri — ilon bilan chayon.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yozning yomg‘iridan qo‘rq, Qishning — qirovidan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yomg‘ir — ekinning joni.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Javzodagi yomg‘irdan ilon yog‘sa yaxshi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Savalab yoqqan yomg‘ir yomon, Maydalab yoqqan qor yomon.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Er tug‘ilsa — elning baxti, Yomg‘ir yog‘sa — yerning baxti.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Qor yog‘di — don yog‘di, Yomg‘ir yog‘di — osh yog‘di.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yomg’ir haqida jahon xalq maqollari
Yomg’ir dunyo xalqlari uchun tozalovchi va hayotni yangilovchi tabiat hodisasi sifatida qadrlangan. Jahon xalqlari yomg’irni baraka, hosildorlik va yangilanishning belgisi sifatida tasvirlab, o’z donishmandliklarini maqollarda ifoda etishgan. Quyida turli xalqlarning yomg’ir haqida eng chuqur va hikmatli maqollari bilan tanishing:
Yomg‘irdan so‘ng Quyosh chiqadi, yolg‘ondan so‘ng.
🔽
uyat.
Maydalab yoqqan yomg‘ir istalgan shamoldan kuchli.
🔽
Frantsuz maqoli
Xudo qayerga xohlasa, yomg‘ir o‘sha yerga yog‘adi.
🔽
Frantsuz maqoli
Shamol yomg‘ir keltiradi, hazil — janjal.
🔽
Fors maqoli
Yomg‘irdan so‘ng yomg‘irpo‘sh kiymaydilar.
🔽
Fors maqoli
Shamolning oxiri — yomg‘ir, o‘yinning oxiri — janjal.
🔽
Turkman maqoli
Er-xotin da’vosi yoz yomg‘iriga o‘xshaydi.
🔽
Tojik maqoli
Yomg‘ir yog‘sa burgut bolasini asraydi, do‘l yog‘sa, o‘z boshini asraydi.
🔽
No‘g‘ay maqoli
Yomg‘ir yig‘ilib daryo bo‘ladi.
🔽
Nemis maqoli
Davomiy yomg‘irning buluti ham bo‘lmaydi.
🔽
Lezgin maqoli
Momaqaldiroq hali yomg‘ir degani emas.
🔽
Keniya maqoli
O‘z yurtingdagi tosh yomg‘iri o‘zga yurtdagi oltin yomg‘iridlan afzal.
🔽
Indonez maqoli
Kichik yomg‘irdan toshqin yuzaga kelmaydi.
🔽
Indonez maqoli
Dangasaga goh qor yog‘ib qoladi, goh yomg‘ir.
🔽
Gruzin maqoli
May yomg‘iri — oltin, iyunniki — kumush, iyulniki — olov.
🔽
Gruzin maqoli
Shudring yomg‘ir emas, lekin foydali.
🔽
Gruzin maqoli
Bir martalik nutq — olimlik belgisi emas, bir sel — yomg‘irlar mavsumi emas.
🔽
Bengal maqoli
Yomg‘irdan qochib, tarnovga tutildi.
🔽
Afg‘on maqoli
Bo‘ri yomg‘irli kundan xursand.
🔽
Arman maqoli
Suvga yiqilgan yomg‘irdan qo‘rqmaydi.
🔽
Arman maqoli
Yoz yomg‘iriga va qishdagi oftobga ishonma.
🔽
Arman maqoli
Hamma bulutdan ham yomg‘ir yog‘avermaydi.
🔽
Arman maqoli
Sevishganlar jahli bahor yomg‘iriga o‘xshaydi.
🔽
Arab maqoli
Ilmini o‘rgatmaydigan olim yomg‘irsiz bulutga o‘xshaydi.
🔽
Arab maqoli
Bulutsiz yomg‘ir yog‘maydi, kulfatsiz ko‘zga yosh kelmaydi.
🔽
Chechen-ingush maqoli
Yomg‘irdan qochib, sharsharada qoldi.
🔽
Chechen-ingush maqoli
Qurg‘oqchilik keltirgan zararni yomg‘ir yuvadi, yomg‘ir keltirgan zararni qurg‘oqchilik bartaraf etolmaydi.
🔽
Abazin maqoli
Yomg‘irdan qochib, do‘lga tutildim.
🔽
Tatar maqoli
Bahorgi yomg‘ir moydek qimmatli.
🔽
Xitoy maqoli
Yomg‘ir yil bo‘yi yog‘maydi, inson umr bo‘yi kambag‘al bo‘lmaydi.
🔽
Xitoy maqoli
Uying bo‘lsa — sovuq, yomg‘ir va shamoldan qo‘rqma; bolalaring bo‘lsa — qariganingda faqir bo‘lib qolishdan cho‘chima.
🔽
Xitoy maqoli
Bahor shamoli esmasdan yoz yomg‘iri yog‘maydi.
🔽
Xitoy maqoli
Ochilgan yomg‘irpesh oyni to‘sgan bulut bilan tenglasholmaydi; yelpig‘ich o‘zi kelgan shamol bilan barobar emas.
🔽
Xitoy maqoli
Yomg‘irlar mavsumi ertaroq boshlanishi ham mumkin — tomingni ta’mirlab qo‘y.
🔽
Tay maqoli
Yomg‘irdan so‘ng quyosh chiqadi.
🔽
Golland maqoli
Ho‘l bo‘lishdan avval yomg‘irpo‘shni ol.
🔽
Yapon maqoli
Yomg‘ir tomchisi toshni yo‘nadi.
🔽
Yapon maqoli
Yomg‘irli kundan so‘ng quyoshli kun keladi.
🔽
Digor maqoli
Dengiz ham yomg‘irni yaxshi ko‘radi.
🔽
Darg‘in maqoli
Har qanday yomg‘ir bir kun tinadi.
🔽
Kongo maqoli
Yerni chuqur kovlash — yaxshi, o‘g‘it va yomg‘ir — yana yaxshi.
🔽
Vetnam maqoli
Hatto mayin yomg‘ir ham tinmay yog‘aversa toshqinga olib keladi.
🔽
Vetnam maqoli
Yoqqan yomg‘ir tinadi, kelgan mehmon ketadi.
🔽
Buryat maqoli
Qattiq momoqaldiroqdan so‘ng yomg‘ir yog‘maydi.
🔽
Buryat maqoli
Suvga yiqilganga yomg‘ir qo‘rqinchli emas.
🔽
Buryat maqoli
Yirik yomg‘ir tez o‘tib ketadi.
🔽
Adigey xalq maqoli
Yomg‘irdan so‘ng to‘nni olma.
🔽
Adigey xalq maqoli
Kiyimi ho‘l yomg‘irdan qo‘rqmaydi.
🔽
Ozarbayjon maqoli
G‘am kelganda dalda bo‘lish qurg‘oqchilikda yomg‘ir yoqqanga o‘xshaydi.
🔽
Qadimgi Hind maqoli
Guldurak bo‘lgan bilan yomg‘ir yog‘avermaydi.
🔽
Qadimgi Hind maqoli
Yomg‘ir hamma yerga bir xil yog‘adi.
🔽
Ingliz maqoli
Yomg’ir haqidagi eng sara chiroyli statuslar
Yomg’ir – bu tabiatning sokinligi, tozaligi va yangilanishi bilan bog’liq go’zal manzara. Yomg’irli kunlar odamlarni chuqur o’yga chorlaydi, qalblarni sokinlik bilan to’ldiradi. Yomg’ir haqida chiroyli statuslar uning bu ta’sirini yanada yorqin ifodalaydi. Quyida yomg’irga bag’ishlangan eng go’zal va ilhomlantiruvchi statuslar bilan tanishing, ular sizga yomg’irli kunlarning mo‘jizaviy go‘zalligini his qilishga yordam beradi.
Ayrimlar o‘ylaydiki, katta mavzularga qo‘l ursam bas, darhol buyuk bo‘laman, deb. Ammo buyuklikning zamini oddiylikda. Axir, bir tomchi yomg‘irda butun bir selning kuchi bor.
🔽
Rasul Hamzatov
Yomg’ir tabiatning eng go’zal taronasidir, uning ovozi tinchlik va osoyishtalik olib keladi.
🔽
Mark Tven
Yomg’ir — yangilanish va umidning ramzi. Har bir yomg’ir tomchisi yangi imkoniyatlar olib keladi.
🔽
Mahatma Gandi
Yomg’ir to’kilganda, tabiat o’zining asl go’zalligini ko’rsatadi.
🔽
Henri Devid Toro
Yomg’irning sokinligi va tinchligi har bir inson qalbiga kirib, o’z joyini topadi.
🔽
Uilyam Shekspir
Yomg’ir tomchilari har bir daraxt bargida raqsga tushganday tuyuladi. Har bir tomchi tabiatning sevgi bilan sug’orilgan sovg’asi bo’lib, hayotni yangilaydi.
🔽
Rabindranat Tagor
Yomg’ir ostida yurishning o’ziga xos bir mo’jizasi bor. U nafaqat tabiatni tozalaydi, balki insonning ichki dunyosini ham. Yomg’irli kunlar, insonni o’z his-tuyg’ulari bilan yuzma-yuz keltirib, ularni chuqurroq anglashga majbur qiladi.
🔽
Mark Tven
Yomg’ir haqidagi shu va boshqa eng yaxshi statuslarni saytimizning mana bu sahifasida batafsil tanishishingiz mumkin.