Ustoz haqida eng sara o’zbek va jahon xalqlari maqollari

Ustoz haqida eng sara o'zbek va jahon xalqlari maqollari Barcha maqollar

Ustoz – bu nafaqat bilim beruvchi, balki hayot yo‘limizni ko‘rsatadigan nurdir. Ularning saboq va ko‘rsatmalari umr bo‘yi biz bilan birga qoladi. Ustozlarni qadrlash va ularning mehnatini e’zozlash barcha madaniyatlar va xalqlar uchun muhim qadriyatdir. Shu sababli, dunyo xalqlari orasida ustoz haqida ko‘plab chuqur ma’noli maqollar yaratilgan.
Ushbu maqolada siz o‘zbek xalqining ustoz haqidagi maqollari bilan birga, jahonning turli xalqlariga mansub hikmatli so‘zlar bilan ham tanishasiz. Har bir maqol ustozning hayotimizdagi beqiyos o‘rnini va ilmning qadrini yuksak darajada ta’kidlaydi.

Ustoz haqida maqollar – o’zbek maqollari

O‘zbek xalq maqollari asrlar davomida ustozning bilim berishdagi o‘rni va ularga bo‘lgan chuqur hurmatni aks ettirib kelgan. Har bir maqolda ustozning saboq va ko‘rsatmalari yuksak qadrlanadi. Quyida ustozni e’zozlash va ularning bizga bergan ta’limini ulug‘laydigan eng sara o‘zbek maqollarini keltiramiz:

Otaning duosidan ustozning faxri yaxshi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ustoz mehri — ota mehri.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Usta bo‘lsang, ustozingni unutma.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ustozingga tik qarasang, to‘zasan, Hurmat qilsang, asta-asta o‘zasan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ustoz — otangday ulug‘.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ustoz bilimli — shogird ilmli.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ustozsiz shogird – mo’ljalsiz o’q.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ustozning ko’ngli – shogirdning boyligi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ustozsiz ish boshlagan – yarim yo’lda qoladi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ustozni taniydigan odamdan ilm o’rgan.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ustozning bir kuni – shogirdning butun umriga teng.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ustoz oldida egilgan bosh – hech qachon xoru zor bo’lmas.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ustozni e’zozlagan – ilmni e’zozlar.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ustozga egilgan bosh – hech qachon yerga qaramaydi.

🔽
O‘zbek xalq maqoli

Ustoz haqida maqollar – jahon maqollari

Dunyo xalqlari ham ustozga bo‘lgan hurmatni yuksak qadrlaydi. Turli madaniyatlarda ustozlarning bilim va tarbiyadagi roli haqida chuqur ma’noli maqollar mavjud. Ushbu maqollar insoniyatning har bir burchagida ustozni qadrlash va ularning ta’lim-tarbiyadagi beqiyos ahamiyatini aks ettiradi. Quyida ustoz haqida turli xalqlarning eng sara va hikmatli maqollari bilan tanishasiz:

Ustozning so‘kishi otaning erkalatishidan afzal.

🔽
Fors maqoli

Tarbiyasiz ustozini yomon ko‘radi.

🔽
Gruzin maqoli

Vaqt — eng yaxshi ustoz.

🔽
Arab maqoli

Sevimli xotin qaynonasini hurmat qiladi, yaxshi farzand — ustozini.

🔽
Xitoy maqoli

Ming rohib bitta ustozni tanishi oson, bir ustoz ming rohibni eslab qolishi qiyin.

🔽
Xitoy maqoli

Ustozni — yuziga, do‘stni — o‘zi yo‘qligida, xizmatchini ishdan keyin maqtaydilar.

🔽
Tay maqoli

Ustozni hurmat qilsanggina sen ham ustoz bo‘lasan.

🔽
Vetnam maqoli

Ustoz shamga o‘xshaydi – boshqalarni yoritish uchun o‘zini eritadi.

🔽
Grek maqoli

O’rganganing ustozing bo‘ladi.

🔽
Arab maqoli

Yaxshi ustoz – shogirdining qanotini bog’lab uchiradi.

🔽
Turk maqoli

Bir yaxshi ustoz ming yomon kitobdan yaxshi.

🔽
Hind maqoli

Ustozning sabri – shogirdning peshonasida ziyo bo‘ladi.

🔽
Gruziya maqoli

Ustozni tinglagan inson bilim orttiradi.

🔽
Ispaniya maqoli

Ustozning qo’lida odam javohir kabi porlaydi.

🔽
Hind maqoli

Yaxshi ustoz – yurakka o’rganish muhabbatini ekkan bog’bon.

🔽
Fransiya maqoli

Ustozga bo’lgan hurmat yuksak darajadagi madaniyatdir.

🔽
Grek maqoli

Yaxshi ustozning sabog‘i ming qoida bilan tengdir.

🔽
Yapon maqoli

Ustozning bergani oltin emas, umr bo‘yi yodda qoladigan ilm.

🔽
Misr maqoli

Ustoz haqida eng sara statuslar ma’noli gaplar to’plami

Ustoz haqida eng chiroyli va mazmunli statuslar to‘plami
Ustoz – hayotimizda muhim o‘rin tutadigan, bizga bilim, hikmat va hayot saboqlarini o‘rgatadigan inson. Ustozga bo‘lgan minnatdorlik va hurmatni statuslar orqali ifoda etish, ularning mehr va sabrini e’tirof qilishning yaxshi yo‘lidir. Quyida ustozga bag‘ishlangan eng chiroyli va ma’noli statuslarni topishingiz mumkin:

Shogird ustoz tanlaganda emas, ustoz shogird tanlaganda haqiqiy olim voyaga yetadi. Ko‘pincha, shogirdlar ustoz obro‘si, mansabini ko‘zda tutib, nomi chiqqan ustoz etagiga yopishadi. Aslida, bilim yo‘nalishi haqiqiy ustoz- shogird aloqadorligini belgilashi kerak.

🔽
Tilab Mahmudov

Yaxshi kitob – beg‘araz ustoz

🔽
Mansurxon Toirov

Chinakam shogird bor narsalar negizida mavhum narsalar rivojini o‘rganadi va shu yo‘l bilan ustoziga yaqinlashib boradi.

🔽
GYoTE

Ustoz haqidagi boshqa statuslarni saytimizning ushbu manzili orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( 6 assessment, average 4.5 from 5 )
Fikr bildirish