Umid – inson qalbini yorituvchi va qiyinchiliklarga bardosh berishga undovchi eng buyuk hislardan biridir. O‘zbek va jahon xalqlari umidning qudratini ifoda etuvchi ko‘plab hikmatli maqollar yaratganlar.
Ushbu maqollarda umidning kuchi va insonni oldinga yetaklovchi roli yoritilgan. Quyida umid haqida eng sara o‘zbek va jahon xalqlari maqollaridan namunalarni keltiramiz. Ular sizni yangi kuch bilan ilhomlantirishi va hayotga yangicha nazar bilan qarashga yordam berishi mumkin.
Umid haqida eng chiroyli o’zbek xalq maqollari
O’zbek xalqining umid haqida aytgan hikmatli maqollari inson ruhiyatini ko’tarishga va yangi maqsadlar sari dadil intilishga undaydi. Bu maqollar xalqimizning hayotga bo‘lgan ijobiy qarashini va qiyinchiliklarga bardosh berishga bo‘lgan ishonchini aks ettiradi. Quyida umidning kuchini va inson qalbida yaratadigan ilhomni yorituvchi eng chiroyli o‘zbek maqollarini topishingiz mumkin.
Ishonish bilan kasal bo‘lsang, Umid bilan tuzalasan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umid o‘lmas, rizq kamimas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Jumadan umiding bo‘lsa, Payshanbadan harakat qil.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yotib qolguncha, otib qol. Joni borning umidi bor.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umid o‘rga tortar, Umidsizlik — go‘rga.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umid qildim — yetdim, Noumid bo‘ldim — yiqildim.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umidi yo‘qning imoni yo‘q.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umidingni uzma, Ko‘nglingni buzma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umidli — dunyo, Umidsiz — shayton.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umidli ish umidsiz bo‘lmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umidsizlik uyin buzsang, Umidingga yetarsan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Chiqmagan jondan umid.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yaxshilik qil, umidvor bo‘l, Yomonlik qil, xabardor bo‘l.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umid – yo‘l ko‘rsatuvchi yulduz.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umid bilan yashagan – baxtga erishgan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umid – baxtning kaliti.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umidsiz odam – ildizsiz daraxt.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umid daraxti qurimaydi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umid qilgan yutqazmaydi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umid bilan o‘ralgan dilda qorong‘ulik bo‘lmaydi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umid qilgan tuproqdan g‘unchalar o‘sadi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umid – inson ruhining ovunchog‘i.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Umid haqida eng sara jahon xalqlari maqollari to’plami
Har bir xalq o’z madaniyatida umid va ishonchning ahamiyatini yuksak qadrlaydi. Turli xalqlarning umid haqida aytgan maqollari insonlarni hayotdagi qiyinchiliklarga bardosh berishga va kelajakka ijobiy qarashga undaydi. Quyida umid va bardoshlilikni tarannum etuvchi jahon xalqlarining eng sara maqollari to’plamini taqdim etamiz. Bu hikmatli so’zlar sizga ilhom va kuch bag’ishlaydi.
Umid — faqirlarning nonidir.
🔽
Makedon maqoli
Umid eng so‘nggida o‘ladi.
🔽
Shved maqoli
Qo‘shnisining tushligiga umid qilgan och qoladi.
🔽
Fors maqoli
Nafas bor ekan, umid so‘nmaydi.
🔽
Fors maqoli
Sabr — umidning singlisi.
🔽
Fin maqoli
Traktordan umid qilib, otdan yuz o‘girma.
🔽
Uyg‘ur maqoli
Badguzumonlikdan kasallanadilar, umiddan tuzaladilar.
🔽
Tuva maqoli
Umid — qo‘rg‘on.
🔽
Osetin maqoli
Xudodan umid qilib, harakat qilmasang, och qolasan.
🔽
No‘g‘ay maqoli
Umid bilan hayot go‘zal.
🔽
Nemis maqoli
Kutib va umid qilib maqsadga erishiladi.
🔽
Nemis maqoli
Umid qil, lekin to‘la ishonib qolma.
🔽
Nepal maqoli
Qancha yashasang, shuncha umid qilasan.
🔽
Nepal maqoli
Xudodan umid qilib, bekor yotma.
🔽
Mordva maqoli
Begona xotindan umid qilib o‘rin yozma.
🔽
Gruzin maqoli
Orzu-istakning mo‘lligi — umidsizlikning ko‘pligi.
🔽
Bengal maqoli
Harakat qilmay faqat umid qilaversang ochlikdan o‘lasan.
🔽
Arman maqoli
Harakatsiz umid — mevasiz daraxt.
🔽
Arab maqoli
Qalb omon bo‘lsa, umid qilsa bo‘ladi.
🔽
Tatar maqoli
Harakat qilmay Xudodan umid qilgan hech narsasiz qoladi.
🔽
Tatar maqoli
Kichik baliq o‘lgunga qadar katta baliq bo‘lishni umid qiladi.
🔽
Daniya maqoli
Toki hayot ekanman — umid qilaman.
🔽
Yapon maqoli
Qush qafasdan chiqdimi, uning qaytishidan umid qilma.
🔽
Vetnam maqoli
Qo‘shnisidan umid qilgan ovqatsiz qoladi, boshqalardan umid qilgan — pulsiz.
🔽
Buryat maqoli
O‘g‘rining umidi boshqalarning bilib qolmasligida.
🔽
Adigey xalq maqoli
Umidsiz yurak yorilib o‘lardi.
🔽
Ingliz maqoli
Umid cho‘kmaydi.
🔽
Ingliz maqoli
Yaxshilikka umid qil, lekin yomonlikka ham tayyor tur.
🔽
Ingliz maqoli
Umid haqida chuqur ma’noli hikmatlar va statuslardan namunalar
Umid insonni kelajakka ishonch bilan boqishga undaydigan eng kuchli tuyg’ulardan biridir. Buyuk shaxslar va dono kishilar umid haqida ko’plab chuqur hikmatli so’zlar qoldirganlar, ular inson ruhiyatini mustahkamlashga va qiyin vaziyatlarda bardoshli bo’lishga ilhom beradi. Quyida umid va ishonch haqidagi chuqur ma’noli hikmatlar va statuslardan eng yaxshilarini topishingiz mumkin.
Insonning umidi qancha kuchli bo‘lsa, uning yengilmas kuchi shuncha katta bo‘ladi.
🔽
Ibrohim Haqqul
Umid qilgan qalbning qorong‘uligi yo‘q, u yorug‘likda yashaydi.
🔽
Muhammad Yusuf
Hammamiz uchun nima mushtarak? — Umid; chunki odamning hech narsasi bo‘lmasa ham umidi bor.
🔽
FALES
Umid bilan istak o‘zaro bir-birini ta’qib qilib yuradi, biri soviganda ikkinchisi ham soviydi, biri alanga olgan paytda, keyingisi qaynab ketadi.
🔽
F. PETRARKA
Umidsiz kishi langarsiz kema kabidir.
🔽
E. TELMAN
Umid, garchi aldoqchi bo‘lsa ham, harqalay, hayotimizni risoladagidek yakunlashimizga xizmat qiladi.
🔽
F. LAROFUShKO
Umid hech qachon odam to‘ymaydigan boylikdir.
🔽
L. VOVENARG
Hatto qabr yoqasida ham umid yashaydi.
🔽
I. GYoTE
Inson uchun eng qadrli narsa nima? Hayot, chunki bizning barcha quvonchlarimiz, bizning butun baxtimiz, bizning jamiki umidlarimiz faqat hayot bilan bog‘liqdir.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
Umid haqida jamlangan barcha statuslarni saytimizning mana bu sahifasida batafsil ko’rib chiqishingiz mumkin.
juda zo’r