Suv – hayot manbai va tabiatning bebaho ne’mati. O‘zbek xalq maqollari va jahon xalqlari hikmatli so‘zlarida suvning qadrini, uni asrash va ardoqlash zarurligini chuqur ifodalaydi.
Bu maqollar bizni tabiatni qadrlashga, suvning ahamiyatini anglashga undaydi. Quyida suv haqida eng sara o‘zbek va jahon xalqlarining hikmatli maqollarini topishingiz mumkin.
Suv haqida eng sara o’zbek maqollari to’plami
O‘zbek xalq maqollari suvning ahamiyati, uning hayot uchun zarurligi va tabiatdagi o‘rnini chuqur ifodalaydi. Suv haqida aytilgan hikmatli maqollar xalqimizning tabiat va suvga bo‘lgan hurmatini aks ettiradi. Quyida suvning qadr-qimmati va uni asrash haqidagi eng sara o‘zbek maqollaridan namunalarni topishingiz mumkin.
Zarb bilan suv bo‘linmas, O‘t bilan suv kelishmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv birlashsa daryo bo‘lar, El birlashsa — olomon.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Boy boyga boqar, Suv soyga oqar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yer — boyniki, Suv — soyniki.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yer og‘asi — xudo, Suv og‘asi — sulton.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvni ming qaynatsa ham quyulmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Qizning puli — qorning suvi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Birov suv topolmaydi ichgani, Birov suv topolmaydi kechgani.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Bo‘ridan qo‘rqqan ovga chiqmas, Ilondan qo‘rqqan suvga tushmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yer-suv — bitmas kon.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yer — xazina, suv — gavhar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yerni buzadigan ham suv, Tuzadigan ham suv.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv — zar, suvchi — zargar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv keldi — nur keldi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv qatrasi — dur qatrasi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv — g‘o‘zaning joni, O‘g‘it — uning darmoni.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvning ko‘rinishi muloyim, Bag‘ri — tosh.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvning ozi ham bir balo, Ko‘pi ham bir balo.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvsiz yer — jonsiz jasad.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ekin ekmoq oson, Suv keltirmoq qiyin.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Qirq kun yoqqan yog‘indan, Yelib o‘tgan suv yaxshi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Hosilning otasi — suv, Onasi — yer.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
🔽
O‘zbek xalq maqoli
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Loysiz suv, qurbaqasiz ko‘l bo‘lmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Oshning ta’mi tuz bilan, Suvning t’a’mi muz bilan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Er boshiga ish tushsa, Etik bilan suv kechar. Ot boshiga ish tushsa, Suvliq bilan suv ichar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Qulunli biyadan quduq suvi ortmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Pismiq, telba farq qilar, Tinch oqqan suv g‘arq qilar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv kelmay, band tashla.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvga suyanma, yovga sig‘inma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvdan ilgari — to‘g‘on, Balodan ilgari — sadaqa.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvning sekin oqqanidan qo‘rq, Odamning yerga boqqanidan qo‘rq.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Folga inonma, suvga suyanma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Buloqning suvi tiniq, Dononing — suhbati.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Dono bilan nodon bir buloqdan suv ichmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Totli suv toshdan chiqar, Yaxshi aql — boshdan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Og‘asiz el bo‘lmas, Sog‘asiz — suv.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvga tushgan quruq chiqmas, Mozorga tushgan tirik chiqmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Dala-tuzni suv olsa, Qo‘ng‘ir g‘ozning to‘shidan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yoriq ko‘za bilan suvga borma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv ichadigan qudug‘ingga tupurma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv ichganda, ariq qaziganni unutma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvni ich, chashmani bulg‘ama.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvni sep singar yerga, So‘zni qu sig‘ar yerga.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
O‘tning quyug‘i — suvning tinig‘i.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Qanotsiz qush uchmas, Suvsiz tegirmon yurmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Tuz asrama, suv bo‘lar, Qiz asrama, quv bo‘lar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Oqar suvning haromi yo‘q.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Baliqning tirikligi suv bilan, Odamning tirikligi odam bilan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Daraxt tomiridan suv ichar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
dunyoni suv bossa, O‘rdakka ne g‘am.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv yo‘g‘ida tayammum.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv tilasang, Sulaymondan tila.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvga solsang, suv ko‘tarmas misqol temirni, Oltin bilan olib bo‘lmas qolgan ko‘ngilni.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvga tomgan yog‘ botmas. Suvdagi kemaning izi bilinmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvsiz yer — yetim, Molsiz er — yetim.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvsiz yer — mozor, Suvli yer — gulzor.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Tomchi suvda tol ko‘karar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Toshni siqqan bilan suv chiqmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yangi ko‘za suvi sovuq, Eski ko‘za bo‘yni siniq.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Katta suv ko‘priksiz bo‘lmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yerni suv buzar, Odamni — pul.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Baliq suvning chuqurini, Mard ishning qiyinini izlar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv keltirar mard kishi, Ekin ekar har kishi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv keltirgan mard, Suv bermagan nomard.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ariq qazimasang, otizga suv chiqmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
🔽
O‘zbek xalq maqoli
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv bir joyda turaversa, sasir.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv o‘jar, inson undan ham o‘jar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvdan kechgan ho‘l bo‘lar, mehnat chekkan zo‘r bo‘lar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Mol egasining ko‘zidan suv ichar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sigir suv ichganda, Buzoq muz yalar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Bir tomchi suv chumoliga daryo ko‘rinar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv ko‘paysa, daryo toshar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv — muzdan, ariq — seldan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Toshqin suvning kechigi ham bo‘lar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ko‘ngil gulini sevgi suvi sug‘orar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Osh kattadan, suv kichikdan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvga tupurgan — koski, Quduqqa tupurgan — kofir.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Tegirmonni suv buzar, Odamni odam buzar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kelin bilan qaynona — o‘t bilan suv.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
It iskagan suvni yo‘lbars ichmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ko‘lmak suvning qadri yo‘q.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Odam — odam bilan, Yer — suv bilan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
El qadrini el bilar, Suv qadrini — yer.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ariqni kimlar qazir, Suvini kimlar ichar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ot aylanib qozig‘ini topar, Suv aylanib — yorig‘ini.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv oqqan soyga yana suv oqar. Suvga yaqin — rizqqa yaqin.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Tushda suv ichgan bilan tashnalik qonmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv ko‘rmay, etik yechma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvdan ilgari bug‘ot solma.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Yiroqdagi suv bilan suvsoqlik qonmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kulol mo‘ndida suv ichar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
O‘lmagan qui oltin kosada suv ichar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Haydan kelgan huvga ketar, yomg‘irdan kelgan suvga ketar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Baxilning koʼzasidagi suvdan na foyda.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
saxiy bilan baxil bir buloqdan suv ichmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv ichirmasga sut ichir.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvsiz yerda tol boʼlmas, Qovoqarida bol boʼlmas.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Gapning onasi — quloq, Suvning onasi — buloq.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Daryo suvi oqa-oqa tozarar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Otang mirob bo‘lsa ham, Ariqni tozalab suv ich.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv ko‘zasi suvda sinar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvni bog‘laguncha, ariq och.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvda oqqan xasga yopishar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvsaganga sarob suv bo‘lib ko‘rinar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvsoqning o‘yi — suvda.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
vaqt tog‘ni yemirar, Suv toshni kemirar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
🔽
O‘zbek xalq maqoli
umr — ariqdan oqqan suv.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Baliq suv bilan tirik, Odam — el bilan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvni bersang elga, Yasharsan ming yilga.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvning oqishiga qara, Xalqning xohishiga qara.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Xalq — tosh, amaldor — suv.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Muzdan suv tomar, So‘zamoldan — bol.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv o‘z yo‘lini topar, So‘z — o‘z egasini.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suvni sevgan suv keltirar, So‘zni sevgan so‘z keltirar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Toza suvni yer olar, Yaxshi so‘zni el olar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Bir kishi ariq qazar, Ming kishi suv ichar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Asad suvi — asal suvi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sumbulaning suvi tiniq, o‘zi sovuq.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Qora bulutdan tiniq suv tomar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Suv haqida jahon xalqlari maqollari to’plami
Suv – butun insoniyat uchun bebaho manba va hayot asosi. dunyoning turli xalqlari suvning ahamiyati va uni asrash zarurligi haqida hikmatli maqollar yaratganlar. Bu maqollar suvning qadrini anglash va uni qadrlashga chaqiradi. Quyida suv haqida turli jahon xalqlarining eng hikmatli maqollarini topishingiz mumkin.
To‘kilgan suvni yig‘ib bo‘lmaydi.
🔽
Bambara maqoli
Ko‘z yoshi to‘kib ariq qazisang, kulib-kulib suv ichasan.
🔽
Qirg‘iz maqoli
Suvdan va jangdan qochgan omon qoladi.
🔽
Qalmoq maqoli
Dengizga bir stakan suv quyganing bilan uning suvi ko‘payib qolmaydi.
🔽
Frantsuz maqoli
It daryodan suv ichgani bilan undagi suv harom bo‘lib qolmaydi.
🔽
Fors maqoli
Uy va suving bo‘lsa, ovqat topiladi.
🔽
Fin maqoli
Quduqqa olib kelingan suv uzoq turmaydi.
🔽
Fin maqoli
Suvning qadri quduq quriganda bilinadi.
🔽
Fin maqoli
Sigir suv ichib sut beradi, ilon — zahar.
🔽
Turkman maqoli
Cho‘lning ko‘rki — suv, suvning ko‘rki — oqqush.
🔽
Turkman maqoli
Toshgan suvda baliq bo‘lmaydi, maqolda yolg‘on bo‘lmaydi.
🔽
Tuva maqoli
Suv burnigacha yetsa, buzoqcha ham suzib yuboradi.
🔽
Tuva maqoli
Suvsiz charxpalak aylanmaydi.
🔽
Osetin maqoli
Suvsiz yer ham qimirlaydi.
🔽
Osetin maqoli
Suv ketar, toshlar qolar.
🔽
Osetin maqoli
Bulutning suvini yerdan bilib bo‘lmaydi.
🔽
Osetin maqoli
Kim suvda yashasa unga toshqin yangilik emas.
🔽
Osetin maqoli
Suvga tushmasdan suzishni o‘rganolmaysan.
🔽
Osetin maqoli
Suvni qancha ko‘pirtirma, tugab qolmaydi.
🔽
Osetin maqoli
To‘lmaydigan idishga suv quyma.
🔽
No‘g‘ay maqoli
Gapirsang — haqiqatni gapir, ichsang — toza suv ich, yesang — pishgan ovqatni ye.
🔽
Nemis maqoli
Qarg‘aning qora patini hech qaysi suv oqartirolmaydi.
🔽
Nemis maqoli
Quduqdan qancha ko‘p foydalanilsa, u shuncha ko‘p suv beradi.
🔽
Nemis maqoli
bahorga erta yetgan toza suv ichadi.
🔽
Keniya maqoli
Katta baliq katta suvda yashaydi.
🔽
Ispan maqoli
Suv chuqur joyda sokin bo‘ladi.
🔽
Ispan maqoli
Tinch suvda Xudo meni asrasin, dovulda o‘zim bilaman.
🔽
Ispan maqoli
Qarg‘ani atirgul suvi bilan yuvsang ham oqarib qolmaydi.
🔽
Indonez maqoli
Suv sokin bo‘lsa ham unda timsoh yo‘q deb o‘ylama.
🔽
Indonez maqoli
Baliq ham suv oqqan tarafga suzadi.
🔽
Indonez maqoli
Usti loyqa suvning ichi ham loyqa bo‘ladi.
🔽
Indonez maqoli
Toza ko‘ldan kir suv oqarmidi?
🔽
Itning hurishidan tog‘ qularmidi?
🔽
Xo‘roz qichqirmasa, tong otarmidi?
Suvda daraxt ildizi qurib qolmaydi.
🔽
Gruzin maqoli
Suvga tushsang quruq chiqmaysan.
🔽
Gruzin maqoli
Sharob kattalarga, suv kichiklarga.
🔽
Gruzin maqoli
Suv bilan vijdondan boshqa hamma narsa yuviladi.
🔽
Gruzin maqoli
Suvni qancha silkisang ham suvligicha qoladi.
🔽
Gruzin maqoli
Suv oqar, qumlar qolar.
🔽
Gruzin maqoli
Dushmanga — qilich, savdogarga — pul, tegirmonga — suv, omochga — buqa.
🔽
Gruzin maqoli
Suv toshqinidan, yong‘indan va ayol makridan Xudo asrasin.
🔽
Gruzin maqoli
Agar suv sen tomon kelmasa, sen suv tomon bor.
🔽
Gruzin maqoli
Sutdan kuygan suvni ham puflab ichadi.
🔽
Brazil maqoli
Toshni teshgan suvning quvvati emas, tomchilarning davomiyligi.
🔽
Brazil maqoli
Ortiqcha suv ham ekinni o‘ldiradi.
🔽
Brazil maqoli
Suvda yashayapsanmi, timsoh bilan muomalangni o‘ngla.
🔽
Bengal maqoli
pul suv kabi: bo‘lmasa ham musibat, ko‘p bo‘lsa ham musibat.
🔽
Belorus maqoli
Qon suv emas, yurak tosh emas.
🔽
Belorus maqoli
Chanqagan odamning tushiga suv kiradi.
🔽
Afg‘on maqoli
Shovqinsiz va shildiramagan suvdan qo‘rq.
🔽
Arman maqoli
Suv doim o‘ziga chuqur joy topib oladi.
🔽
Arman maqoli
Suv tashqarini tozalaydi, yosh ichkarini.
🔽
Arman maqoli
Suvni boshidan to‘xtatiladi.
🔽
Arman maqoli
Suv yoqasida daraxt tez o‘sadi va tez nobud bo‘ladi.
🔽
Arman maqoli
Suvdan foyda katta, zarar ham katta.
🔽
Arman maqoli
Kambag‘alga buloq ham suv bermaydi.
🔽
Arman maqoli
Tuz yegan suv ham ichadi.
🔽
Chechen-ingush maqoli
Suv yuvadi, quyosh quritadi.
🔽
Italyan maqoli
Toza suv uchun buloqqa borish kerak.
🔽
Italyan maqoli
Dengiz suvi ko‘p bo‘lsa-da, lekin sho‘r.
🔽
Italyan maqoli
Yong‘in paytida suvning farqi yo‘q.
🔽
Italyan maqoli
Qattiq chanqasang har qanday suvni ichasan.
🔽
Italyan maqoli
Bo‘sh piyoladan suv to‘kilmaydi.
🔽
Abazin maqoli
G‘alvirda suv turmas.
🔽
Tatar maqoli
Sulton — qayiq, xalq suv: xohlasa suzdiradi, istasa cho‘ktiradi.
🔽
Xitoy maqoli
Sayoz suvda katta baliq yetishtirolmaysan.
🔽
Xitoy maqoli
Suv pastga qarab oqadi, odam esa yuqoriga intiladi.
🔽
Xitoy maqoli
Haqiqiy do‘stlik — suvdek zilol, qalbaki do‘stlik — tuz qo‘shilgan asal.
🔽
Xitoy maqoli
Suv ichganda quduq qazigan kishini unutma.
🔽
Xitoy maqoli
Suv yo‘qligida to‘g‘onni qurib ol.
🔽
Xitoy maqoli
Dengiz to‘lib-toshsa ham daryo suviga muhtojdir.
🔽
Hind maqoli
Suv tishni sindirmaydi.
🔽
Koreys maqoli
Suvning usti shaffof bo‘lsa, osti ham toza bo‘ladi.
🔽
Koreys maqoli
Dengiz suvi sho‘rligini bilish uchun undan ichish shart emas.
🔽
Koreys maqoli
Chanqagan odam suv tanlamaydi.
🔽
Yapon maqoli
O‘g‘irlangan suv ichgandan tashnalikka chidash afzal.
🔽
Yapon maqoli
Shaffof suvda baliq yashamaydi.
🔽
Yapon maqoli
Katta tegirmon kichik suv bilan aylanmaydi.
🔽
Digor maqoli
Suv oqa-oqa yo‘lini topar.
🔽
Gagauz maqoli
Suv kichikdan, so‘z kattadan.
🔽
Gagauz maqoli
Soydagi suv loyqa bo‘lmaydi.
🔽
Vetnam maqoli
Uzoqdagi suv yong‘indan asramaydi.
🔽
Vetnam maqoli
Suv bo‘lsa baliq ham bo‘ladi.
🔽
Vetnam maqoli
Suvga yiqilganga yomg‘ir qo‘rqinchli emas.
🔽
Buryat maqoli
Suvda ikkita tosh bo‘ldimi, to‘qnashadi.
🔽
Adigey xalq maqoli
Suvda timsoh bilan olishma.
🔽
Qadimgi Hind maqoli
Suv haqida eng yaxshi hikmatli so’zlar va statuslar
Suv hayotning eng zaruriy ne’matlaridan biri bo‘lib, uning qadri haqida ko‘plab hikmatli so‘zlar va chuqur ma’noli fikrlar aytilgan. Buyuk shaxslar va dono kishilar tomonidan qoldirilgan hikmatli so‘zlar suvning insoniyat va tabiatdagi o‘rnini yanada anglashga yordam beradi. Quyida suv haqida eng yaxshi hikmatli so‘zlar va ilhomlantiruvchi statuslarni topishingiz mumkin.
Suv – hayotning tomirida oqadigan qudratli quvvat, uning qadriga yetgan xalq yashnaydi.
🔽
Erkin Vohidov
Suvni qadrlash – tabiatni sevish bilan teng.
🔽
Ma’ruf Jalil
Suv – hayotning eng ulug‘ marvaridi, uni qadrlash esa insoniylikning belgisidir.
🔽
Gabriel Garcia Marquez
inson suv kabi bo‘lishi kerak: sokin, lekin kuchli va qudratli.
🔽
Lao Tzu
Suv – shunchaki suyuqlik emas, u hayotning manbai va davomidir.
🔽
Albert Szent-Gyorgyi
Suv o‘z yo‘lida hech qachon to‘xtamaydi, uning kuchi sabr va davomiylikdadir.
🔽
Lao Tzu
Suv – bu kelajak uchun o‘zimizdan keyin qoldiradigan eng katta merosdir.
🔽
Sylvia Earle
vaqt va suv toshqini hech qachon kutib turmaydi.
🔽
V. SKOTT
Suv haqida shu va boshqa eng yaxshi hikmatli so’zlarni saytimizning mana bu sahifasida batafsil o’qishingiz mumkin.