Sabr – insonning hayotidagi eng katta boyliklardan biridir. Har bir xalqning donishmandligi sabr-toqatning qadrini ulug’lab, hayotning qiyinchiliklariga bardosh berishning muhimligini ta’kidlagan.
O’zbek va jahon xalq maqollarida sabrning kuchi, uning mehnat va natijadagi ahamiyati chuqur ifoda etilgan. Quyida sabr haqida eng sara o’zbek va jahon xalq maqollarini taqdim etamiz. Ushbu maqollar sizga hayotda sabrli bo’lishning naqadar muhim ekanligini eslatadi.
Sabr haqida eng yaxshi o’zbek xalq maqollari
O‘zbek xalq maqollarida sabr-toqat har doim yuksak qadrlangan. Xalqimizning donishmandligi sabrni mehnat, bardosh va muvaffaqiyat kaliti deb biladi. Sabrli bo‘lgan kishi oxir-oqibat o‘z maqsadiga yetadi. Quyida sabr haqida o‘zbek xalqining eng hikmatli va chuqur ma’noli maqollari bilan tanishing:
Kamtar kamolga yetar, Besabr oyoqdan yitar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Bardoshliga yog‘lik osh, Sabrsizga osh ham tosh.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Besabrning nafsi shoshar, Tusagani kuzda pishar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Jabrga sabr yo‘q.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Jahl dushmani — sabr.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Kashta qimmat, sabr arzon.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Odob bilan baxt topilar, Sabr bilan — taxt.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Poklik sog‘liqni, aql sabrni saqlar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr — achchiq, mevasi — shirin.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr bilan mehnat qilgan boy bo‘lar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr bilan xor guliston bo‘lar, Sho‘r zamin bog‘ bilan bo‘ston bo‘lar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr so‘nggi — so‘m oltin.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr — yutuq kaliti.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr tagi — rahmon, Shoshgan ishi — shayton.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr tagi — sari oltin, Sabr bilan chiqar oting.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr tog‘ni yiqitar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr — umr xazinasi.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr — shodlik kaliti.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr etgan yetar murodga, Besabr qolar uyatga.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr etgan — murodga yetgan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr qilgan moy oshar, Olqish olgan ko‘p yashar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr qilsang, tuyaning yukini bo‘ta ko‘tarar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr qilsang, g‘o‘radan holva bitar, Besabrlar o‘z oyog‘idan yitar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabrli bo‘lsang, o‘zarsan, Sabrsiz bo‘lsang, to‘zarsan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabrli kishining ishi soz.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabrli ming yashar, Sabrsiz oz yashar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabrli chidar, Sabrsiz yonar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabrli qui murodiga yetar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabrlining boshiga olma bitar, Sabrsizning boshiga — g‘avg‘o.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabrsiz baliq sog‘asidan ilinar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabrsizning bir ko‘zi jirtlash bo‘lar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sovun kirni ochar, Sabrsiz — sirni.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Toqat qilsang, tog‘ egilar, Sabr qilsang, bog‘ egilar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr qilgan moy oshar, Olqish olgan ko‘p yashar.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Sabr haqida jahon xalq maqollari durdonalari
Har bir xalqning donishmandligi sabr-toqatning ahamiyatini yuksak baholaydi. Jahon xalqlari sabrni muvaffaqiyat va baxt kaliti deb bilib, o‘z maqollarida bu tushunchani ulug‘lab kelishgan. Quyida sabr haqida turli xalqlarning eng hikmatli va chuqur ma’noli maqollarini taqdim etamiz:
Sabrlilar bepul erishadigan narsani sabrsizlar doim qimmatga olishadi.
🔽
Frantsuz maqoli
Mag‘lubiyatga sabr qilib, hammasini boshidan boshla.
🔽
Frantsuz maqoli
Binoning asosi sabr bo‘lsa, unga zilzila qo‘rqinchli emas.
🔽
Fors maqoli
Sabr — achchiq, lekin shirin mevalar beradi.
🔽
Fors maqoli
Sabr — umidning singlisi.
🔽
Fin maqoli
Sabr bilan zafar eski do‘stdir, sabrdan keyin zafar keladi.
🔽
Tojik maqoli
Sabrda oltin yashirin.
🔽
Osetin maqoli
Kuch sabr bog‘ida ko‘karadi.
🔽
Nemis maqoli
Sabr va g‘ayrat har qanday muzni yoradi.
🔽
Nemis maqoli
Ko‘p sabr qilsang ko‘p narsani o‘rganasan.
🔽
Lezgin maqoli
Sabr qilgan hamma narsaga erishadi.
🔽
Gruzin maqoli
Sabr — jannat kaliti.
🔽
Gruzin maqoli
Sabr — yengillik kaliti.
🔽
Arab maqoli
G‘oliblik toti sabr achchig‘ini yuvadi.
🔽
Arab maqoli
Sabr — barcha muvaffaqiyatlar asosi.
🔽
Xitoy maqoli
Sabr — umrbod xazina.
🔽
Yapon maqoli
Uch yil tosh ustida o‘tirsang, tosh ham qiziydi (sabr bilan maqsadga erishish haqida).
🔽
Yapon maqoli
Sabr — achchiq, mevasi — shirin.
🔽
Gagauz maqoli
Vaqt va sabr tutni ipakka aylantiradi.
🔽
Ingliz maqoli
Sabr haqidagi eng ysara ma’noli statuslar to’plami
Sabr – bu hayotning qiyinchiliklariga bardosh berish, natijaga ishonch bilan intilishdir. Inson sabr bilan har qanday to‘siqni yengib, muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Quyida sabrning kuchi va ahamiyatini aks ettiruvchi eng sara ma’noli statuslar to‘plami bilan tanishing. Ushbu fikrlar sizga sabrli bo‘lishning naqadar muhimligini yana bir bor eslatadi.
Hamma odamlar ham buyuk ish qilishlari shart emas. Ko‘pincha oddiy sabr-qanoatning o‘zi ham kuch-qudratning buyuk ramziga aylanishi mumkin.
🔽
G. BUShNELL
Sabr-toqatli odamning istagan narsaga erishishga ham sabr-toqati yetadi.
🔽
B. FRANKLIN
Nima hodisa yuz bermasin, biz sabr va iroda bilan hammasini yengamiz.
🔽
VERGILIY
Sabr va vaqt kuch yoki ehtirosga qaraganda ko‘proq samara keltiradi.
🔽
J. LAFONTEN
Sabr bilan yumush bitar, sabrsizlar o‘z oyog‘idan ketar.
🔽
SA’DIY
Sabr deb, inson boshiga tushgan alam va chidab bo‘lmaydigan og‘riqni to yengunga qadar ushlab turishga aytiladi.
🔽
Abu Ali ibn Sino
Sabr haqidagi boshqa eng yaxshi statuslar saytimizning mana bu sahifasida alohida berilgan.