Oila haqida statuslar, eng sara statuslar to’plami

Oila haqida eng sara va ma'noli statuslar to'plami Barcha statuslar

Har bir kishi oila atalmish muqaddas goʻshani qurar ekan, yori bilan bir umr baxtli hayot kechirishni, shirindan-shakar farzandlarni ulgʻaytirib, ularning yaxshi kunlarini koʻrishni, hayot soʻqmoqlarida jufti bilan birga qadam tashlashni istaydi. Har bir oilaning oʻz baxt sirlari bor. Quyida oila haqida eng yaxshi statuslar, oilaviy hayot, oilaviy munosabatlar haqida maqollar va qiziqarli aforizmlardan namunalar taqdim etmoqdamiz.

Oila haqida eng yaxshi statuslar

Oila haqida eng yaxshi statuslar

Tartib-intizomning eng zo‘r maktabi — oila.

S. SMAYLS

Yangi oilaning bosh vazifasi — inson va grajdanni tarbiyalash vazifasi bo‘lmog‘i kerak.

A. GRAMShI

Oila hayotining bosh muddao va maqsadi bolalar tarbiyasidir. Bolalar tarbiyasining bosh maktabi esa eru xotin, ota-onaning o‘zaro munosabatidir.

V. A. SUXOMLINSKIY

Oilaviy tartibotning tashqi ko‘rinishi — o‘zboshimchalik bilan ish tutish ham, g‘azab ham, baqiriq-chaqiriq ham, iltijo ham yalinib-yolvorishlar ham emas, balki osoyishtalik, jiddiylik va ishbilarmonlik bilan qilingan farmoyishdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Bunday farmoyish berish huquqi oila a’zolarining yoshi ulug‘ vakili sifatida ayni sizga berilganligi xususida o‘zingizda va na bolalaringizda hech bir shubha qolmasligi kerak.

A. S. MAKARENKO

Oilaviy tarbiya ota-onalar uchun avvalo o‘z-o‘zini tarbiyalash demakdir.

N. K. KRUPSKAYa

Oilaviy hayot o‘zaro muhabbat bilan bog‘langan bo‘lsa, katta baxt keltirishi mumkin.

N. K. KRUPSKAYa

Oilaviy hayotda ro‘y berib turadigan mayda-chuyda kemtiklarni faqat kuchli muhabbatgina tekislab ketishi mumkin.

T. DRAYZER

O‘z uyida baxtli bo‘lgan kishigina baxtlidir.

L. N. TOLSTOY

Oilaviy hayot, ehtimolki, hech qachon sidirg‘a quvonchdan iborat bo‘lolmaydi. Faqat shodu xurramlikkagina emas, g‘amu anduhga ham, tashvishu baxtsizlikka ham sherik bo‘la bil.

V. A. SUXOMLINSKIY

Agar faqat o‘zim bo‘lay desang, yaxshisi oila qurma. Baxtli muhabbatning asl mazmuni o‘zini bag‘ishlovdir. O‘zini o‘ylagan kimsa hech narsa hadya etolmaydi, faqat o‘ziga olishni biladi va shu tariqa muhabbat deb atalgan tuyg‘uning barcha fazilatlarini zaharlaydi. Shaxsiyatparastlik bu o‘rinda xuddi jismoniy illatdek xalaqit beradi.

V. A. SUXOMLINSKIY

Sevgilim yonimda bo‘lsa, yer-to‘la ham jannat, degan ba-landparvoz gaplar bilan o‘zingni ovutma. Nikoh faqat ma’naviy emas, moddiy qovushuv hamdir. Oila qurmoqchi ekansan, moddiy jihatdan nechog‘li mustaqilliging haqida, turmush o‘rtog‘ingni boqib kiyintirib boshpana topib bera olasanmi, mana shular haqida o‘ylab ko‘r.

V. A. SUXOMLINSKIY

Oilaviy muhabbat — inson zotini ko‘paytiradi, do‘stona muhabbat uni takomillashtiradi, g‘ayriaxloqiy muhabbat esa barbod etib, yerga uradi.

F. BEKON

Muhabbat oilaviy mashmashalarni shu qadar yoqtirmaydiki, chinakamiga baxt-saodatli bo‘lmoq uchun bir-birovingda eng olijanob fazilatlarni topa bilmog‘ing kerak.

O. BALZAK

Muhabbat — o‘z yo‘liga, ammo birga hayot kechirmoq uchun orzu intilishlar bir bo‘lmog‘i kerak. Busiz haqiqiy baxtli oila qurib bo‘lmaydi.

N. K. KRUPSKAYa

Er-xotinlik oilaviy hayotda bo‘lganidek, umuman, hayotda ham faqat muvaqqat huzur-halovatdangina iborat emas, u teppa-teng moyillik, o‘zaro qizg‘in ehtiros, xarakterlar o‘xshashligini ham taqozo qiladiki,jamiyatga zarur bo‘lgan bu aqida abadiy muammo bo‘lib qolaveradi.

O. BALZAK

Dildagi ishonchdan kelib chiqadigan, ishtirok etayotgan kishilarning ixtiyoriy, oqilona inoqliklariga asoslangan oilaviy va ijtimoiy munosabatlargina mustahkam bo‘lishi mumkin.

N. A. DOBROLYuBOV

Ajralishning erkinligi oilaviy aloqalarning «emirilishi»ni ko‘rsatmaydi, aksincha, rivojlangan jamiyatda yagona mumkin bo‘lgan va barqaror demokratik asoslarda mustahkamlanishini ko‘rsatadi.

V. I. LENIN

Bir tomonlama o‘zini qurbon berish — oilaviy hayotda noo‘rin narsa, chunki u ikkinchi tomonni haqoratlaydi.

J.GOLSUORSI

Oila farzandlardan boshlanadi.

A. I. GERSEN

Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir.

J. SANTAYaNA

Oilani buzishga mo‘ljallangan har qanday ijtimoiy nazariyalar yaroqsiz, shu bilan birga nomaqbuldir. Oila — jamiyatning durru gavhari.

V. GYuGO

Oila mo‘jazgina bir jamiyatchadir, butun insoniyat jamiyatining daxlsizligi ham uning jipsligiga bog‘liq.

F. ADLER

Oilaviy muhabbat odamlar orasida keng tarqalgan, eng mustahkam muhabbatdir, shuning uchun ham u kishilar hayotiga ta’sir ko‘rsatish jihatidan odamning eng muhim va eng hayotbaxsh tuyg‘usidir.

N. G. ChERNIShEVSKIY

Oila inson hayotiga to‘kislik bag‘ishlaydi, oila baxt keltiradi, lekin har bir oila, ayniqsa jamiyatdagi oila, eng avvalo, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan qutlug‘ ishdir.

A. S. MAKARENKO

Faqatgina oila g‘amini yeb yashash hayvoniy ochko‘zlikdir, bir kishi uchun yashash — tubanlik, faqat o‘zi uchun yashamoqlik esa sharmandalikdir.

N. A. OSTROVSKIY

Birgina qalb xoxishicha uy solaman degan odam uni bamisoli vulqon otilib turgan tog‘ ustiga qurayotganday. O‘z baxtu saodatini faqat oilaviy hayotdan kutgan kishi esa bu uyni qum ustiga quradi.

A.I. GERSEN

Oilaviy manfaatlar deyarli hammavaqt ijtimoiy manfaatlarni xarob etadi.

F. BEKON

Oilaviy hayot inqilobchining g‘ayrat-shijoatini susaytiradi.

M. GORKIY

O‘zini yaxshi ko‘rgan odam chinakam muhabbatga qodir emas. Shaxsiyatparastlik sevgini zaharlaydigan dahshatli illatdir. Bordi-yu, shaxsiyatparast bo‘lsang, yaxshisi, oila qurmay qo‘ya qol.

V. A. SUXOMLINSKIY

Haqiqiy sof vijdonli kishi o‘zidan — oilani, oiladan — vatanni, vatandan — insoniyatni ustun qo‘ymog‘i kerak.

J. DALAMBER

Insonning oyog‘i o‘z yurti zaminiga tomir otishi kerak, lekin uning nigohi butun dunyoni kuzatsin.

J. SANTAYaNA

Oilada hamma bir-birini himoya qilishi kerak, aks holda, ko‘rgiliklar eshik qoqib keladi.

Tomas Mann

Oilada sevgi qancha kuchli bo‘lsa, sog‘lom bola tug‘ilish ehtimoli shuncha ko‘p.

Rasul Hamzatov

Oila haqida eng sara maqollar

Oila haqida eng sara maqollar

Qishloqdagi xabarlarni yoshi ulug‘dan so‘ra, begonaning oilasini — kichikdan.

Lezgin maqoli

Ayol oilaning uch ustuni, er — to‘rtinchisi.

Belorus maqoli

Uzilgan bargni shoxga yopishtirib bo‘lmaydi, singan oynada yuzing aks etmaydi (ajralishgan oilalar haqida).

Yapon maqoli

Bola uchga kirganda unga butun oila gapirishni o‘rgatadi.

Vetnam maqoli

Oila ahil bo’lsa, Omad o’z oyog’i bilan kelar.

O’zbek maqoli

Suvsiz hayot bo’lmas, Vafosiz — oila.

O’zbek maqoli

Oila haqidagi barcha qiziqarli va sara maqollarni saytimizning mana bu sahifasida batafsil kuzatishingiz mumkin.

Oila haqida qiziqarli aforizmlar

Oila haqida qiziqarli aforizmlar

    Oilaviy hayotni hech narsa shaxsiy kotibachalik barbod qila olmaydi.

    Suqrot oila haqidagi qarashlarini mana bu hikmatga jo etgandi: «Uylanasanmi, uylanmaysanmi — baribir pushaymon yeysan».

    Aql-idroki erta to‘lishgan odam o‘zini faqat oilaviy hayotga bag‘ishlay olmaydi, umum manfaatlari yo‘lida undan voz ham kecholmaydi.

    Oiladagi eng kenja farzand — doimo bola.

    Xatoni bir kishi qiladi, kasrini oila tortadi.

Statuslarni baholang
( 7 assessment, average 2.71 from 5 )
Fikr bildirish