Maqsad sari intilish inson hayotining asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir. Buyuk shaxslar va dono kishilar maqsad va muvaffaqiyat haqida aytgan hikmatli so’zlari bilan bizni o’z yo’limizda qat’iyatli bo’lishga undaydi.
Ushbu to’plamda maqsadga erishish va muvaffaqiyat sari ilhom beruvchi eng chuqur hikmatlar va ruhlantiruvchi iboralar bilan tanishasiz. Bu iboralar sizga harakatda davom etishga va o’z orzularingizni amalga oshirishga ishonch bag’ishlaydi.
Maqsad haqida o’zbek adiblari nima deydi?
Maqsadga eltadigan yo‘lning tekis-notekis, tor-keng, uzoq-yaqinligi muhim, lekin uni qoqilmasdan, chalg‘imasdan jadal bosib o‘tish yanada muhimroq.
🔽
Muhammad Toshboltayev
Bir-kishining aniq maqsad sari yo‘naltirilgan qat’iyatli mehnati, ko‘pchilikning faqat istaklargagina asoslangan urinishidan nafliroqdir.
🔽
Muhammad Toshboltayev
Maqsadga ortiqcha intilish undan keyin qolishdir, yetarlikdan ziyodasi uning kam (bo‘lishidir).
🔽
Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Xorazmiy
Aslida, hayotda biror maqsad bilan yashashning o‘zi — baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko‘rgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin! Kishida maqsad bo‘lsa, unga erishish yo‘lida kurashish, mashaqqat chekish, ta’na-dashnomlar eshitib kuyib-yonib yurish ham — baxt.
🔽
Erkin Vohidov
Maqsadning kuchi shundaki, u insonni hayotning eng og‘ir sinovlarida ham yo‘ldan qaytarmaydi.
🔽
Abdulla Oripov
Maqsadni anglagan yurak, charchoqni bilmaydi. Chunki maqsad bilan yashash – bu baxt.
🔽
O‘tkir Hoshimov
Maqsad sari yo‘lda har bir to‘siq bizni yanada yuksakka ko‘taradi, uni e’tibordan qoldirmaslik kerak.
🔽
Shukur Xolmirzayev
Maqsadli inson har bir qiyinchilikni g‘alabaga aylantiradi, chunki maqsad unga kuch bag‘ishlaydi.
🔽
Muhammad Yusuf
Maqsad bilan yashash – har bir kunni mazmunli va quvonchli qilishdir.
🔽
Halima Xudoyberdiyeva
Maqsad qilgan inson uchun hech qanday masofa uzoq emas, chunki u har bir qadamda o‘z orzusiga yaqinlashadi.
🔽
Usmon Azim
Maqsad qilgan kishi tog‘larni ham oshadi, faqat yo‘ldan qaytmasligi kerak.
🔽
Ma’ruf Jalil
Maqsad sari intilgan kishi o‘zining haqiqiy qudratini kashf etadi.
🔽
Xurshid Do‘stmuhammad
Maqsad bilan yashash hayotni anglashdir, chunki har bir qadam hayotga mazmun olib keladi.
🔽
Nodira Qosimova
Maqsadni unutgan yurak yashashni unutadi, chunki maqsad hayotning o‘zidir.
🔽
Murod Muhammad Do‘st
Inson maqsad sari intilganida eng kuchli bo‘ladi, chunki u bilan yuragidagi eng oliy tuyg‘ularni uyg‘otadi.
🔽
Oydin Hojieva
Maqsadli inson yo‘lini ham o‘zi yaratar, u uchun cheklovlar yo‘q.
🔽
Zulfiya
Maqsadlar bizni hayotga bog‘laydi, ularni anglash bilan biz o‘zimizni anglaymiz.
🔽
Dilfuza Ahmadaliyeva
Maqsad haqida eng yaxshi motivatsion statuslar va hikmatli so’zlar
Oliy maqsad sari yetaklamaydigan mukammallikka hech qachon hojat ham yo‘q.
🔽
P. A. PAVLENKO
Yaxshi gap bilan maqsadiga erisholmagan odam qattiqqo‘llik bilan ham erisha olmaydi.
🔽
A. P. ChEXOV
O‘zi harakat qilmasa, hech kim hech qachon maqsadiga erisholmaydi. Birov ko‘rsatgan har qanday yordam ham sen qilgan urinishlarning o‘rnini bosolmaydi.
🔽
N. A. RUBAKIN
Hayotdagi maqsad inson qadr-qimmati va baxtning asosidir.
🔽
K. D. UShINSKIY
Insonning barcha istaklarini qondiringu, lekin undan yashash maqsadini olib qo‘yingchi, qarabsizki, u naqadar baxtsiz va ojiz kimsaga aylanib qoladi.
🔽
K. D. UShINSKIY
Hayotiy kurash belgilangan maqsad sari ongli intilishga aylangan paytdan boshlab kishi o‘zini baxtli hisoblashi mumkin.
🔽
D. I. PISAREV
Maqsad baxtga erishishdan iborat bo‘lmog‘i lozim, aks holda, gulxan yetarli darajada gurillab yonmaydi, harakatlantiruvchi kuch yetarli darajada qudratli bo‘lmaydi — binobarin, muvaffaqiyatga ham to‘la erishilmaydi.
🔽
T. DRAYZER
Mening nazarimda, o‘z oldiga maqsad qo‘ygan va shu maqsadi uchun bor kuchini fido etgan kishigina baxtli bo‘lmog‘i mumkin.
🔽
M. I. KALININ
Odamning o‘z jonini tikishga ham tayyor turgan biron maqsadi bo‘lmasa yomon.
🔽
L. N. TOLSTOY
Bir jihatdan, mohiyat-e’tibori bilan o‘z oldiga mazmundor maqsad qo‘yib, ikkinchi bir tomondan, shu maqsadga qattiq amal qilgan odam chinakam xarakterli insondir, chunki u shu maqsadlardan voz kechsa, uning o‘ziga xosligi yo‘qolgan bo‘lur edi.
🔽
G. GEGEL
Sira shoshilmaydigan odam ham mabodo u o‘z maqsadidan chalg‘ib ketmagan bo‘lsa, maqsadsiz tentirab yurgan odamga qaraganda jadalroq yuradi.
🔽
G. LESSING
Qanday maqsad bo‘lishidan qat’iy nazar, unga g‘oyat jiddiyat bilan intilish o‘sha maqsadga erishish yo‘lidagi yarim yutuqdir.
🔽
V. GUMBOLDT
Shunday odamlar borki, ular suvga tushgan xasdek hech bir maqsadsiz dunyodan o‘tib ketadilar; ular suzishmaydi, oqim ularni olib yuradi.
🔽
SENEKA
Agar maqsadsiz bo‘lsang hech narsa qilolmaysan, maqsading katta bo‘lmasa buyuk ish qilolmaysan.
🔽
D. DIDRO
Inson bor kuchini ishga solishi uchun o‘z oldiga ilhom bag‘ishlaydigan biron-bir olijanob maqsad qo‘ymog‘i lozim.
🔽
E. RENAN
Kishi hayotda o‘z oldiga muayyan bir maqsad qo‘ymog‘i lozim… O‘z kuchiga yarasha maqsad qo‘yish uchun so‘zsiz yetarli darajada aql-farosatli bo‘lish ham kerak.
🔽
N. A. OSTROVSKIY
Maqsadi ulug‘lashgan sari odamning o‘zi ham ulug‘lashib boradi.
🔽
F. ShILLER
Maqsadsiz faoliyat yo‘q, manfaatsiz maqsad yo‘q, faoliyatsiz esa hayot yo‘q. Manfaatlar, maqsadlar va faoliyat manbai — ijtimoiy hayot substantsiyasidir.
🔽
V. G. BELINSKIY
Ulug‘ aql egalari o‘z oldilariga maqsad qo‘yadilar, qolgan odamlar o‘z istaklari orqasidan ergashadilar.
🔽
U. IRVING
Muayyan bir maqsadga yo‘naltirilmagan aql izsiz yo‘qoladi; hamma yerda bo‘lmoq hech yerda bo‘lmaslik degan so‘zdir.
🔽
M. MONTEN
O‘z oldingizga yaxshi maqsadlar qo‘ying. Biz biron-bir narsaga qarshi kurashibgina qolmay, balki eng avvalo biron-bir narsa uchun ham kurashishimiz lozim.
🔽
Ye. I. MARSINOVSKIY
Yuksak maqsadlar yuzaga chiqmay qolgan taqdirda ham biz uchun u amalga oshgan past maqsadlardan ko‘ra qimmatliroqdir.
🔽
I. GYoTE
O‘z tabiatiga ko‘ra turlicha bo‘lgan bosqichlarni qat’iy farqlash, ularning kelib chiqish sharoitini xushyorlik bilan o‘rganish, aslo pirovard maqsadni orqaga surish emas, aslo o‘z yo‘lini sekinlatish emasdir.
🔽
V. I. LENIN
Maqsadga yaqinlashgan sari mashaqqat ortib boradi. Lekin har bir kishi yulduzlarga o‘xshab sokinlik bilan, shoshmasdan, biroq belgilangan maqsad tomon uzluksiz intilgan holda o‘z yo‘llarini bosib o‘tishlari kerak.
🔽
I. GYoTE
Kim buyuk maqsadga intilsa, o‘zini o‘ylamasligi zarur.
🔽
I. S. TURGENEV
Maqsadga olib boradigan yo‘lning uzoq-yaqinligi ahamiyatsiz.
🔽
Ye. I. MARSINOVSKIY
Kam kuch sarflab o‘z maqsadiga yetishishlik eng zo‘r mukammallik bo‘lub tuyuladi menga.
🔽
Sh. MONTESKE
Vositalar xarakteri xuddi maqsad xarakteriga o‘xshagan bo‘lishi kerakki, shundagina vositalar maqsadga olib borishi mumkin. Noo‘rin vositalar faqat noo‘rin maqsadlarga yaraydi.
🔽
N. G. ChERNIShEVSKIY
Olijanob maqsad shu maqsad yo‘lida kishi faoliyatini yanada xushfazilat qiladi.
🔽
K. LIBKNEXT
…Nohalol vositalarni talab qiladigan maqsad halol maqsad emas…
🔽
K. MARKS
Nomunosib vositalarni oqlovchi maqsad hech qachon yuksak maqsad bo‘lolmaydi.
🔽
A. E. EYNShTEYN
Vosita maqsadning jon-taniga singib ketgan taqdirdagina maqsadga erishish mumkin.
🔽
F. LASSAL
Odamlar vositani maqsad deb bilib, o‘zlarini ham, boshqalarni ham yanglishtiradilar, natijada ularning butun urinishlaridan hech narsa chiqmaydi, chiqqanda ham o‘zlari intilgan narsaning aks natijasi chiqadi.
🔽
I. GYoTE
Me’yordan oshirib yuborish — maqsadga yetish emas.
🔽
O. BALZAK
Faqat maqsadga yetolmagannigina emas, balki besh qo‘lni og‘izga tiqqanni ham maqsadsiz deya hisoblash kerak.
🔽
V. O. KLYuChEVSKIY
Hayotimiz — sayohat, g‘oya esa — yo‘lchi yulduz. Yo‘lchi yulduz bo‘lmasa hammasi to‘xtaydi-qoladi. Maqsad boy berilsa, kuch go‘yo mutlaqo bo‘lmagandek.
🔽
V. GYuGO
Insoniyatning butun maqsadlari, butun mehnatlari muhabbatsiz nimaga ham arzirdi?
🔽
M. Yu. LERMONTOV
Ishni uning maqsadi boshqarib turadi, buyuk maqsadga qaratilgan ish buyuk ish deb hisoblanadi.
🔽
A. P. ChEXOV
Hech narsa hayotni yagona maqsadga qaratilgan faoliyatdek zavqli qilolmaydi.
🔽
F. ShILLER
Maqsad aniq bo‘lmasa, hech bir ishni ko‘ngildagidek bajarib bo‘lmaydi.
🔽
A. S. MAKARENKO
Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun bilim qatori o‘sha darajada ishbilarmonlik ham kerak.
🔽
P. BOMARShE
Eng yuksak shaxsiy baxt shaxsiy manfaatlardan ham ahamiyatliroq maqsadlar uchun kurashmoqlikdir.
🔽
V. A. SUXOMLINSKIY
Agar faqat baxtli bo‘lishgina maqsad qilib qo‘yilsa, bunga tezda erishish mumkin. Lekin odamlar ko‘pincha boshqalardan ko‘ra baxtliroq bo‘lishni istay-dilarki, buning deyarli iloji yo‘q, chunki aslida bizga o‘zgalarning baxti hamisha ko‘proq bo‘lib ko‘rinadi.
🔽
Sh. MONTESKE
Hayotimining abadiy va oliy maqsadi – ezgulikdir. Yaxshilikni biz qanday tushunmaylik, hayotimizning o‘zi yaxshilikka intilishdan boshqa narsa emas.
🔽
L.N.TOLSTOY
Kishining haqiqiy inson bo‘lmoqlikdan boshqa maqsadi bo‘lishi mumkin emas.
🔽
L. ShEFER
Maqsadsiz odam hech bir ishdan lazzat topmaydi.
🔽
Jakomo Leopardi
Muvaffaqiyat asosiy maqsadingiz ko‘z oldingizda turganda keladi. Maqsadingiz ko‘zdan nari ketishi bilan muvaffaqiyat ham ketadi.
🔽
Bernard Shou
Odam maqsadlari kattargani sari ulg‘ayib boradi.
🔽
Fridrix Shiller
Faqat qat’iyatgina maqsadga eltadi.
🔽
Fridrix Shiller
Maqsadsiz odam hech bir ishdan lazzat topmaydi.
🔽
Jakomo Leopardi
Muvaffaqiyat asosiy maqsadingiz ko‘z oldingizda turganda keladi. Maqsadingiz ko‘zdan nari ketishi bilan muvaffaqiyat ham ketadi.
🔽
Bernard Shou
Agar baxtli hayotga erishmoqchi bo‘lsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bog‘langan bo‘lishingiz kerak
🔽
Albert Eynshteyn
Meningcha, hozirgi yoshlar maqsadlarini yo‘qotmagan, ular maqsadlarini parchalab yuborganlar. Fikrimcha, bugungi dunyoda bu muqarrar holat. Men qadriyatlarga e’tibor susaygan sharoitda noaniq maqsad ketidan yurgan odamlar haqidagi voqealarni yozaman. Ehtimol, kitobxonlarim orasida yoshlarning ko‘pligi shundandir.
🔽
Mukammal matn deganlari, aslida, yo‘q narsa. Xuddi butkul umidsizlik bo‘lmaganidek.
Ish maqsadga to‘la erishilgandagina bitgan hisoblanadi.
🔽
Paulo Koeloning “Alkimyogar” romanidan
Vijdonimiz oldida o‘zimizni oqlamoqlik uchun ko‘pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmadi deb, o‘zimizni ishontirmoqchi bo‘lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz.
🔽
Laroshfuko
Olamda erishish mumkin bo‘lmagan narsalar juda kam. Agar bizda qat’iyat ko‘proq bo‘lganida istagan maqsad sari eltadigan yo‘lni topa olardik.
🔽
Laroshfuko
Maqsad haqida faylasuflardan bir shingil hikmatlar
Aytish mumkinki, har bir ayrim kishida va umuman hammada ham ma’lum maqsad bo‘ladi, shu maqsadga intila turib, ular bir yo‘llarni e’tirof etadilar, ba’zilarini esa rad qiladilar.
🔽
ARASTU
Olijanoblik qanday bo‘lishini bilish uchun emas, balki yaxshi inson bo‘lish maqsadida fikr yuritishimiz lozim.
🔽
ARASTU
Tilning vazifasi shuki, unda kishi bir narsani aytganda boshqasi haligining maqsadini darhol anglashi kerak.
🔽
Abu Rayhon Beruniy
Agar inson yo‘lga maqsadsiz chiqsa, qadam bosar-bosmasdanoq falokatga yo‘liqur
🔽
Konfutsiy.
Yaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo‘lmaganda edi, har kim o‘z istagan yoki orzu qilgan va yoki o‘zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan bo‘lardi.
🔽
Abu Ali ibn Sino
Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir.
🔽
FIRDAVSIY
Aql-idrok va shariatga amal qilib ish tutgan banda asl va ikkinchi darajali maqsadu matlablarini jam qilishi muqarrardir.
🔽
Mahmud az-Zamahshariy
Kimki baxt-iqbolli, solih kishilarning etagiga yopishsa, u albatta murodu maqsadiga erishib, xayru baraka topar.
🔽
Mahmud az-Zamahshariy
Maqsad haqida eng sara chiroyli maqollardan namunalar
Maqsadsiz yo‘l uzoq bo‘lur.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Maqsadga erishgan – baxtga erishgan.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Maqsad yo‘lning boshidir, unga erishish – mehnatning natijasidir.
🔽
O‘zbek xalq maqoli
Ishlab charchamagan odamgina maqsadiga erishadi.
🔽
Portugal maqoli
Maqsadga erishish uchun yo‘l yagona emas.
🔽
Maori maqoli
Adashmasdan maqsadga erishib bo‘lmaydi.
🔽
Ispan maqoli
Ezgu maqsadga ham ba’zida qing‘ir yo‘llar bilan boriladi.
🔽
Yahudiy maqoli
Maqsadga eltuvchi yo‘l hech qachon qisqa bo‘lmaydi.
🔽
Nemis maqoli
Maqsadsiz ish boshlagan odam o‘zini dengizda yo‘qotgan kemaga o‘xshaydi.
🔽
Norvegiya maqoli
Katta maqsadga erishmoq uchun kichik qadamlar zarur.
🔽
Bolgariya maqoli
Maqsad haqidagi shu va boshqa eng yaxshi maqollarni saytimizning mana bu sahifasiga o’tib batafsil ko’rib chiqishingiz mumkin.