Huquq haqida aforizmlar, statuslar, mashhur kishilarning huquq va burch haqida, qonun haqida aytgan fikrlari, haq va huquq to’g’risida eng sara chiroyli ma’noli statuslar to’plami.
Huquq haqida eng yaxshi statuslar, iborlar
Qomus millatning nomusidir.
Jemil Merich
San’atning birinchi qonuni: agar aytadigan gaping bo‘lmasa, sukut qil; aytadigan gaping bo‘lsa, yolg‘on aralashtirmay gapir.
Romen Rollan
Odamlar burchlarini unutishga, huquqlarini eslashga moyil bo‘ladilar
Indira Gandi
Zo‘ravonlikning ikki tinch turi bor: huquq va odob.
Gyote
Erkinlik, bu — yolg‘on gapirmaslik huquqidir.
Alber Kamyu
Insonning eng birinchi burchi aslidagiday bo‘lishi, “bu – yaxshi, bu – yomon” degan gapni mardona ayta olishidir.
Romen Rollan
O‘z haqiqatini o‘z so‘zlari bilan anglatmoq har bir nomusli qalamkashning vijdoniy burchidir.
Jemil Merich
Ilmiy haqiqat qonuniy yoki noqonuniy kabi tushunchalardan tashqaridadir.
Ayzek Azimov
Yaxshilar mas’uliyat bilan ish qilishlari uchun qonunlarga muhtoj bo‘lmaydilar. Yomonlar qonunlarga chap berish uchun yo‘l topadilar
Aflotun
Qonunni yaxshi bilgan odamning do‘sti — qonun.
Xurshid Do‘stmuhammad
Agar kimda-kim barcha qonunlarni o‘rganishni xohlasa, uning qonunlarni buzishga vaqti bo‘lmaydi.
Gyote
Qonun qudratli, biroq ehtiyoj yanada kuchliroq.
Gyote
Huquqimiz va qonun haqida chiroyli ma’noli statuslar
Keksalar o‘rgatish, maslahat berish huquqiga egadirlar. Ana shu ma’naviy huquqni hurmat qila bil.
V. A. SUXOMLINSKIY
Biz huquqlarimiz to‘g‘risida gapirgan odamlarni mamnuniyat bilan eshitamizu, ammo burch-majburiyatlarimizni eslatgan-larni esa uncha xush ko‘rmaymiz.
E. BORKHamma ham o‘zini-o‘zi sevish huquqiga ega emasmi? Nahotki, ishtiyoq bilan qilgan ishimiz noo‘rin bo‘lib tuyulsa?
L. VOVENARG
Albatta o‘g‘il xotin tanlash huquqiga ega, biroq o‘zining butun baxtini munosib naslida qoldirib ketayotgan ota ham bu ishda loaqal maslahati bilan ishtirok etishga haqlidir.
V. ShEKSPIR
Ota-onalar o‘z huquqlaridan foydalanib, bolalariga e’tiqod va dunyoqarashlarini zo‘rlab singdirishga o‘rinish bilan ularga qanchalik ziyon yetkazishlarini bilmaydilar.
F. E. DZERJINSKIY
Uylanish o‘z huquqingni ikki baravar kamaytirib, zimmangga tushadigan majburiyatni esa ikki hissa oshirishing demakdir.
A. ShOPENGAUER
Kimki ayol huquqini himoya qilsa, bola huquqini ham himoya qilgan bo‘ladi, boshqacharoq aytganda — u kelajakni ham himoya qiladi.
V. GYuGO
Qachonki erkak kishi ayolning o‘zi bilan teng huquqligini tan olsa, unga xususiy mulk sifatida qarashdan voz kechadi.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Shunday hayot haqiqatlari mavjudki, ularni siyosiy, huquqlar singari ma’lum yoshdan keyingina o‘rgatish mumkin.
A. I. GERSEN
Tanqid qilish huquqiga ega bo‘lish uchun biror-bir haqiqatga ishonish kerak.
M. GORKIY
Faqat sevgan odamgina koyish, pand berish huquqiga ega.
I. S. TURGENEV
Faqat mehnatgina hayot safosini suring huquqini beradi.
N. A. DOBROLYuBOV
Burchdan voz kechib va o‘z vazifasini tan olmagan holda, yana o‘zi uchun hamma huquqlarni talab qilish to‘ng‘izlikdan boshqa narsa emas.
F. M. DOSTOEVSKIY
Mehnat bizning zamonda buyuk huquq va buyuk burchdir.
V. GYuGO
Har bir kishi baxtli bo‘lgisi keladi, u baxtli bo‘lishi kerak va baxtli bo‘lishga huquqlidir.
N. V. ShELGUNOV
Yashamoq va baxtiyor bo‘lmoq huquqiga qurbi yetmaydigai odam shunchaki bir sharpadir.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Huquq va burch haqida hikmatli so’zlar, statuslar
Qo‘rqib emas, burch tuyg‘u haqqi bema’ni ishlardan tiyilish lozim.
DEMOKRIT
Haqqoniylik hamma joyda, ayniqsa, tarbiya masalasida eng muhim omildir.
L. N. TOLSTOY
Insonga baxt kerak, uning bunga haqqi bor, nechog‘li qiyin bo‘lmasin, inson baxtga erishishi darkor.
N. A. DOBROLYuBOV
O‘z burchini chuqur his qilish xarakterning gultojidir.
N. V. ShELGUNOV
Baxti uchun sevikli kishisi oldida burchdorligini tan olmaslik kechirilmas mag‘rurlikdir.
G. LESSING
Ayolni hurmatlash — har bir sofdil kishi tug‘ilishidan bosh-lab rioya qiladigan burch.
LOPE DE VEGA
Burchingni ado etishga harakat qil, shunda darhol o‘zingning kimligingni bilib olasan.
L. N. TOLSTOY
Burchingni unutma, u birdan-bir dil navosidir. Burchsiz hayot ham, ehtiros ham yo‘q.
A. BLOK
O‘z burchini bajarishdan mamnun odamgina erkin yashaydi.
SISERON
Insonni o‘z majburiyatlariga bog‘lab turgan burch hissi,— mayda manfaatlar ustidan g‘olib chiquvchi yuksak manfaatlarni anglab yetganidan boshqa narsa emas.
N. BENTAM
Burch! Sen avj pardadagi buyuk so‘zsan… Bu shunday buyuklikki, chindan ham insonni o‘zidan ham yuksaklikka ko‘taruvchi buyuklikdir.
I. KANT
Burchga sodiqlik shaxsiy manfaatlardan voz kechishni talab qiladi.
V.GYuGO
Kichik bo‘lsa ham har kuni biron-bir burchni ado etish — ajoyib ish.
E. DELAKRUA
Ado etilgan burch ulug‘vorligidan ko‘ra zo‘rroq ulug‘vorlik yo‘q, undan zo‘rroq quvonch qam yo‘q.
E. RENAN
Inson o‘z burchini bajarar ekan, o‘zi majburan qilayotgan ishiga muhabbat bilan qaraydi.
I. GYoTE
Burchini sevmay turib, uni bajarib bo‘lmaydi.
I. A. GONChAROV
Hayotdagi eng zo‘r huzur-halovat ado etilgan burchdan zavqlanishdir.
U. GEZLITT
Umumaxloq qoidalariga nisbatan hurmatimiz ayni shu burch tuyg‘usining o‘zidir.
A. SMIT
Burch va nomus yo‘lini hech vaqt tark etmang, bu bizni baxtga erishtiradigan yagona yo‘ldir.
J. BUFFON
Har doim o‘z burchingizni ado etishga intiling, shunday qilsangiz, muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdiringizda ham insoniyat sizni kechiradi.
T. JEFFERSON
O‘z burchini sidqidildan ado etgan odam o‘z quvonchi bilan o‘zini mukofotlaydi va birovlarning maqtovi, izzat-ikromi, minnatdorchiligiga ham zor bo‘lib o‘tirmaydi.
J. LABRUER
Odamlar, insonparvar bo‘ling! Bu sizning birinchi burchingiz.
J.J. RUSSO
Vatan oldidagi burch inson uchun muqaddasdir.
V. A. SUXOMLINSKIY
Savodli har bir kishi kitob yordamida aql-zakovat koshonasiga kirish huquqi va imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Jasorat qolgan barcha ezgu fazilatlarning posboni va tayanchidir. Kimki bu sifatdan mahrum ekan, o‘z burchini qat’iylik bilan bajarish hamda chin insonga xos barcha yaxshi fazilatlarni namoyish etishdan ojiz qoladi.
Jon Lokk
Biz xalqning insoniy huquqlari uchun emas, ilohiy huquqlari uchun kurashamiz.
Heynrix Heyne
Har kim ahmoq bo‘lish huquqiga ega.
Heynrix Heyne
Huquq haqida maqollar, eng sara qiziqarli maqollar
Haq joyda qaror topar.
O’zbek maqoli
Haq o’tar, haqlik yutar.
O’zbek maqoli
Xalq hukmi — haq hukmi.
O’zbek maqoli
Tazyiq bor joyda adolat bo‘lmaydi.
Makedon maqoli
Adolat ishi — haqiqatni topish.
Osetin maqoli
Haq gap — sherdan kuchli, adolatli inson — oltindan qimmat.
Buryat maqoli
Adolatdan ortiq ezgulik yo‘q, yolg‘ondan ortiq nuqson yo‘q.
Qadimgi Hind maqoli
Haq gap ko‘p baqirganniki emas.
Belorus maqoli
Sen haq bo‘lsang kuchlisan.
Adigey xalq maqoli
Huquq haqidagi barcha maqollar to’plamini saytimizning mana bu sahifasida batafsil kuzatishingiz mumkin.