Huquq haqida maqollar, huquq va burch haqida eng sara chiroyli maqollar to’plami

Huquq haqida maqollar, huquq va burch haqida eng sara chiroyli maqollar Barcha maqollar

Huquq va burch haqida maqollar, huquq va qonun haqida o’zbek va jahon maqollari, eng sara chiroyli maqollar to’plami.

Haq va huquq haqida maqollar, o’zbek maqollari

Haq va huquq haqida maqollar, o'zbek maqollari

Nohaq qon yerda yotmas.

Haq joyda qaror topar.

Haq ishni xalq qo’llar.

Haq nohaq bo’lmas.

Haq egilar, nohaq sinar.

Haq egilsa ham, sinmaydi.

Haq o’z do’ppisining tagida.

Haq o’tar, haqlik yutar.

Haq — hamisha g’olib.

Haq haqqa chiqar,
Nohaqning bo’yni sinar.

Nohaq ishga rivoj yo’q.

To’ni yomonni it qopar,
Ko’ngli yomonni haq topar.

Haqni nohaq etma,
Nohaqni haq etma.

Xalq aytgani — haq aytgani.

Xalq aytsa, elab aytar,
Haq so’zni bilib aytar.

Xalq hukmi — haq hukmi.

Haq haqqa chiqar,
Nohaqning bo’yni sinar.

Huquq va adolat haqida maqollar, jahon maqollari

Huquq va adolat haqida maqollar, jahon maqollari

Huquq bor, qonun yo‘q.

Arman maqoli

Agar haqqa rioya qilib yashasang har musibat o‘tadi.

Vetnam maqoli

Haqqoniy so‘z doim achchiq.

Ozarbayjon maqoli

Tazyiq bor joyda adolat bo‘lmaydi.

Makedon maqoli

Adolat qolmagan yerda pul hukmronlik qiladi.

Shved maqoli

Adolat ishi — haqiqatni topish.

Osetin maqoli

Adolatliga Xudo beradi.

Lezgin maqoli

Kishilar adolat bilan harakat qilganlarida edi, qozilar dam olgan bo‘lar edilar.

Arab maqoli

vHatto adolatli amaldor ham uy idorasida murosa qilolmasligi mumkin.

Xitoy maqoli

Pul — axlat, adolat — oltin.

Vetnam maqoli

Haq gap — sherdan kuchli, adolatli inson — oltindan qimmat.

Buryat maqoli

Adolatdan ortiq ezgulik yo‘q, yolg‘ondan ortiq nuqson yo‘q.

Qadimgi Hind maqoli

Xalq ovozi – Haq ovozi.

Frantsuz maqoli

Ba’zan jinni ham haq so‘zni gapirib qoladi.

Fors maqoli

Haq gap achchiq.

Lezgin maqoli

Nohaq gapni gapirgandan jim turgan afzal.

Dog‘iston maqoli

Haq gap ko‘p baqirganniki emas.

Belorus maqoli

Ba’zida ashaddiy yolg‘onchi ham haq so‘zni gapirishi mumkin.

Arab maqoli

Sen haq bo‘lsang kuchlisan.

Adigey xalq maqoli

Bu sizga qiziq bo‘lishi mumkin:  Yaxshilik haqida eng yaxshi o'zbek va jahon maqollari

Huquq va burch haqida eng sara statuslar

Huquq va burch haqida statuslar, qonun haqida hikmatli so'zlar

Qomus millatning nomusidir.

Jemil Merich

San’atning birinchi qonuni: agar aytadigan gaping bo‘lmasa, sukut qil; aytadigan gaping bo‘lsa, yolg‘on aralashtirmay gapir.

Romen Rollan

Odamlar burchlarini unutishga, huquqlarini eslashga moyil bo‘ladilar

Indira Gandi

Yaxshilar mas’uliyat bilan ish qilishlari uchun qonunlarga muhtoj bo‘lmaydilar. Yomonlar qonunlarga chap berish uchun yo‘l topadilar

Aflotun

Qonunni yaxshi bilgan odamning do‘sti — qonun.

Xurshid Do‘stmuhammad

Agar kimda-kim barcha qonunlarni o‘rganishni xohlasa, uning qonunlarni buzishga vaqti bo‘lmaydi.

Gyote

Kimki ayol huquqini himoya qilsa, bola huquqini ham himoya qilgan bo‘ladi, boshqacharoq aytganda — u kelajakni ham himoya qiladi.

V. GYuGO

Mehnat bizning zamonda buyuk huquq va buyuk burchdir.

V. GYuGO

Huquq va burch haqidagi barcha statuslar to’plamini saytimizning mana bu sahifasida batafsil kuzatishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( 7 assessment, average 4.29 from 5 )
Fikr bildirish

  1. Malika

    Bu juda yomon

    Javob berish
    1. Sayt admini author

      Fikringizni hurmat qilaman.

      Javob berish
  2. liliya

    katta rahmat ✨ juda yordam berdi maqollar🕊️

    Javob berish
    1. Sayt admini author

      Iliq fikrlar uchun sizga ham rahmat, bu bizga yanada ilhom bag‘ishlaydi.

      Javob berish
  3. liliya

    katta rahmat ✨

    Javob berish
    1. Sayt admini author

      Foydasi tekkan bo‘lsa biz ham xursandmiz.

      Javob berish
  4. Anonim

    Judayam zor 😍

    Javob berish
    1. Sayt admini author

      Rahmat, manzur bo‘lgan bo‘lsa xursandman.

      Javob berish