Hayot haqida statuslar, aforizmlar, ma’noli gaplar, hikmatli so’zlar va iboralar, hayot haqida eng sara ta’sirli chiroyli statuslar to’plami.
- Hayot haqida eng sara statuslar
- Hayot haqida ma’noli statuslar
- Hayot haqida chiroyli ta’sirli statuslar
- Hayot haqida falsafiy statuslar
- O’zbek adiblaridan hayot haqida eng yaxshi statuslar
- Hayot haqida hikmatli statuslar, fikrlar
- Donolardan hayot haqida statuslar, hikmatli so’zlar
- Hayot haqida eng sara chiroyli maqollar
Hayot haqida eng sara statuslar
Hayotda hech bir narsa biz tasavvur qilgandek bo‘lmaydi.
Lui Aragon
Nahotki men hayotni, bu toza, shafqatsiz va qudratli hayotni yomon ko‘rgan bo‘lsam? Bekor gap. Tushunmovchilik bu. Men uni yenga olmaganim uchun o‘zimni yomon ko‘rganman, xolos.
Tomas Mann
Axloq va hayot bir butundir. Axloq – hayot tirgagi, axloqli odam hayotning chinakam fuqarosidir.
Tomas Mann
Agar o‘rganishni istamasang, hayot hech narsani o‘rgatmaydi.
Bernard Shou
Hayot o‘zingni topishdan emas, o‘zingni yaratishingdan iborat.
Bernard Shou
Hayot og‘ir mehnat va tashvishlarsiz sizga hech narsa hadya etmaydi.
Goratsiy
Hayotdagi eng birinchi va eng muhim narsa o‘zingni o‘zingga bo‘ysundirishga intilishdir.
Vilgelm Humboldt
Hayotdagi eng qayg‘uli hol – hashamatga o‘rganib qolishdir
Charli Chaplin
Hayot repetitsiya qilinmaydigan pesadir. Shu bois parda tushib, spektakl tugamagunicha hech qanday qarsakni kutmay kuylang, yig‘lang, raqsga tushing, kuling va qo‘lingizdan kelganicha yaxshi yashang
Charli Chaplin
Haqiqiy boylik – hayotning o‘zi va qizg‘in faoliyatdir
Jak Iv Kusto
Girdob va hayot bir narsa ekanini unutib qo‘ydik
Jak Iv Kusto
O‘n barobar boyib ketsangda, hayot tarzingni o‘zgartirma.
Lev Tolstoy
— Eh! Mening hayotimga hech kim aralashmagandami! Nimalarga qodir ekanligimni ko‘rsatib qo‘yardim! — dedi xamir.
Viktor Tomilov
Hayot u haqda yozish uchun emas, balki uni yashab o‘tish uchun berilganini men yoddan chiqarmaslikka harakat qildim. Tabiat menga nimani ravo ko‘rgan bo‘lsa, barchasini sinab ko‘rishga urindim. Ijodga esa, o‘zimning birdan-bir maqsadim deb emas, insoniyatga xos boshqa faoliyat turlari bilan uyg‘unlikda olib boriladigan bir soha sifatida qaradim.
Somerset MOEM
Baxtli, saodatli hayot sharoitiga erishganda hatto daho ijodkorning ham faoliyati susayadi, deyishadi. Yo‘q, yaratilgan ko‘plab go‘zal asarlar farovonlik samaralaridir. Masalan, Rable faqat istirohat chog‘larida ijod qilgan bo‘lsa, Rafael Rim xazinasidan bahramand bo‘lgan. Monteske, Byuffon, Volter boy-badavlat edi. Faylasuf Bekon davlatda yuqori lavozimda o‘tirgan.
Onore de Balzak
Kimki hayot va erkinlik uchun har kuni kurashsa, faqat ugina hayot va erkinlikka munosib.
Gyote
Nomdan ulug‘, hayotdan aziz narsa yo‘q. Ularni qadrla!
Rasul Hamzatov
Odam tayyorgarlikni hayotining so‘nggi pog‘onasiga tashlab qo‘yar ekan, u o‘zini o‘zi anglash darajasiga yetmaydi, balki shunday bir keksalikka yetishadiki, bu keksalik ikkinchi, ammo endi achinarli bir bolalik bilan teng bo‘lib, u atrofdagilar uchun malollik keltirishdan boshqa narsaga arzimaydi.
Moxandas Karamchand Gandi
Hayotning buyuk savoli — odamlar orasida qanday yashash.
Alber Kamyu
Hayot barhayotlik uchun kurashdir…
M. M. PRIShVIN
Hayot o‘limni hech qachon pisand qilmaydi. O‘lim ro‘parasida u qahqaha uradi, qo‘shiq aytib, raqsga tushadi, quradi, teradi va sevadi. Faqat o‘limning o‘zini alohida ajkratib qarasak, uning bo‘m-bo‘shligini ko‘rib, xijolat tortamiz.
R. TAGOR
Hayot bilan vidolashayotgan paytda o‘lim dahshati sezilmaydi, faqat qon va tana o‘lim bilan olishishi, unga qarshilik ko‘rsatishi mumkin, aql-idrok esa loqayd va befarq tomoshabin bo‘lib turaveradi.
E. KAPIEV
Hayoti eng qadrli bo‘lgan odamlar o‘limdan shuncha kam qo‘rqishadi.
I. KANT
O‘lim ham xuddi hayotga o‘xshamog‘i lozim, chunki o‘lganimiz bilan biz boshqacha odam bo‘lib qolmaymiz.
M. MONTEN
Hayotdan ko‘z yumish vahimasi bilan yashagan odam hech qachon hayot lazzatini tatiy olmaydi.
I. KANT
Hayot — abadiy, o‘lim esa bir lahzadir.
M. Yu. LERMONTOV
Hayotdan faqat loqaydlik va yalqovlik tufayligina nafratlanish mumkin.
L. N. TOLSTOY
Inson o‘ladi, barhayot bo‘lib qolishning birdan bir imkoniyati o‘zidan keyin o‘lmaydigan nimadir qoldirishdir.
U. FOLKNER
Barhayotlik mangu nimadir ustida ishlashdir.
E. RENAN
Hayotning butun quvonchi ijodda. Ijod qilish o‘limni mahv etishdir.
R. ROLLAN
Keksaygan sayyn hayotga muhabbat ortib, o‘lim dahshati kuchayadi.
J. LABRUER
Hayot haqida ma’noli statuslar
Hayot o‘z qadr-qimmatini yo‘qota boshlagani sayin biz u haqda ko‘proq o‘ylay boshlaymiz; keksalar yoshlarga qaraganda ortiqroq kuyib-pishadilar.
J.-J. RUSSO
Haqiqiy hayot ellik yoshdan keyin boshlanadi. Bu yoshda odam chinakamiga pishib yetiladi, boshqalar o‘rnak olsa arzigulik xislatlarga ega bo‘ladi, birovlarga saboq bo‘ladigan narsa-larni tushunib yetadi.
U. BOK
Hayot shomi o‘zi bilan birga shamchirog‘ini ko‘tarib keladi.
J. JUBER
Hayot har bir kishiga ulkan va bebaho tuhfa in’om etadi, bu kuch-quvvatga to‘la yoshlik, bilim va kurashga chanqoqlik, ishonch va orzu-umidga to‘la o‘spirinlikdir.
N. A. OSTROVSKIY
Hayot juda ajoyib, unda jozibadorlik benihoya ko‘p, lekin yoshlarni ulkan qimmatga ega bo‘lgan hamda insonni har tomonlama kamol toitiradigan narsalarga da’vat etish kerak.
M. I. KALININ
Hayotga xushmanzara daraxtzorga kirgan betashvish maishatparast bo‘lib emas, balki hayot va sirlar to‘la muqaddas o‘rmonga kirganday ehtirom bilan qadam tashlash kerak.
V. V. VERESAEV
Hayotga tetapoya kirib kelayotgan yoshlar tortinchoq yoki hatto uyatchanroq bo‘lishlari kerak: o‘ziga ishonch va bamaylixotirlik odatda surbetlikka olib boradi.
F. LAROShFUKO
Hayotini boy bermaslik tashvishi bilai yashagan odam hech qachon hayot zavqini bilmaydi.
I. KANT
Hayotni saqlashi lozim bo‘lgan ovqat me’yoridan oshsa, u muqarrar o‘limga mahkum etuvchi zaharga aylanadi.
J. LABRUER
Hayot harakatni talab qiladi.
PLUTARX
Harakat hayotdir, harakatning kamayishi hayotiy jarayonlarni susaytiradi.
V. V. GORINEVSKIY
Inson hayotining butun asosi — tabiat har bir kishiga in’om etgan ritmdan, nafas olishdan iborat.
K. S. STANISLAVSKIY
Yovuz odamlarning hayoti doimo notinch.
D, DIDRO
Hayotda shunday holatlar bo‘ladiki, soddalpk va oshkoralik eng nozik ayyorlikka aylanadi.
J. LABRUER
Hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun iste’dodlilikdan ko‘ra kishilar bilan xushmuomalada bo‘lish ko‘proq muhimdir.
J. LEBBOK
O‘zni tuta bilish hayotdagi eng oliy ne’matlarning biridir.
J. PRENTIS
Hayotdagi eng birinchi va eng asosiy fazilat o‘zni tutishga harakat qilishdir.
V. GUMBOLT
Hayot juda og‘ir bo‘lganda ham yashay bil. Uni foydali qil!
N. OSTROVSKIY
Hayot qiyinchiliklarida toblangan odam baxtli va uch karra baxtlidir.
J. FABR
Hayotimiz — yashash davomida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengishga ketgan kuchimizning qiymatiga teng.
F. MORIAK
Insonning hayot tarzi uning xarakteri.
I. GYoTE
Hayotdan to‘la zavqlanish, ya’ni baxtga erishmoq uchun — bolalarda «buyuk muhabbat» uyg‘otish — vatanga, millatga, insoniyatga, tafakkur qudratiga ishonishga, inson qalbining go‘zalliklari oldida hayratlanishga o‘rgatmoqqa qodir bo‘lgan narsa faqatgina insonga, shaxsga nisbatan jonli va hayotbaxsh hurmat hislarini tugdira bilishdir.
M. GORKIY
Tanho odam hayoti, qanchalik ta’minlanganidan qat’i nazar, qashshoqlikdan iboratdir.
A. I. GERSEN
Agar hayotimizning barcha maqsad-mazmuni shaxsiy baxti-mizdan iborat bo‘lganda, shaxsiy baxtimiz esa birgina muhabbatda o‘z ifodasini topganda edi, unda hayot deganlari chindan ham zudmat sahro bo‘lib qolar edi… Ammo abadiy tafakkurga, ma’rifatchilik kasbiga shonu sharaflar! Inson uchun yurakning ma’naviy olamidan tashqari hayotning yana boshqa buyuk olami ham — tarixan mulohaza-mushohada yuritish va ijtimoiy faollik olami ham bor.
V. G. BELINSKIY
Men o‘z hayotimni poralanishi mumkin bo‘lgan yurakka ham, o‘tmaslashib qoladigan his-tuyg‘ularga ham emas, balki hech qachon eskirmaydigan va hamma narsaga bardosh bera oladigan miyaga jamlaganman.
O. BALZAK
Men hayotda muhabbatga shohona o‘rin berilishini inkor etaman va uning mutlaq hukmronligini ham inkor qilaman, mayda havasni ojizona oqlashlariga ham e’tiroz bildiraman.
A. I. GERSEN
Hayotga muhabbat uyg‘otmoq uchun ozgina umidning o‘zi kifoya. Ikki-uch kundan so‘ng esa umid yo‘qolishi mumkinu, ammo o‘rtada muhabbat tug‘ilib qoladi.
STENDAL
Hayotni idrok etish va uni boshqa bir zot siymosida sevish — insonning vazifasi ham, iste’dodi ham mana shundadir: har bir kishi o‘zini boshdan-oxir bitta odamgagina bagishlay olishi mumkin.
A. BARBYuS
O‘z hayot tajribasini har tomonlama boyitmagan odamning tarbiyasi — behuda.
E. TELMAN
Shunday hayot haqiqatlari mavjudki, ularni siyosiy, huquqlar singari ma’lum yoshdan keyingina o‘rgatish mumkin.
A. I. GERSEN
Ma’naviy hayotda ham amaliy hayotdagidek, kimki bilimga tayansagina to‘xtovsiz kamol topadi va yutuqlarga erishaveradi.
U. JEYMS
Hayotning nuqul salbiy jihatlarini tasvirlash tuhmat qilish degan emas, balki faqat biryoqlamalikka tushish deganidir; tuhmat qilish esa hayotda mavjud bo‘lmagan nuqsonlarni, unda yo‘q dog‘larni unga to‘nkashdan iboratdir.
V. G. BELINSKIY
Hayot shu darajada chalkash yaratilganki, nafratlanmay turib chinakamiga sevib bo‘lmaydi.
M. GORKIY
Hayotdagi maqsad inson qadr-qimmati va baxtning asosidir.
K. D. UShINSKIY
Hayotiy kurash belgilangan maqsad sari ongli intilishga aylangan paytdan boshlab kishi o‘zini baxtli hisoblashi mumkin.
D. I. PISAREV
Hayotning ma’nosi orzu-niyatlar sari intilishning go‘zalligi va qudratidadir, shuning uchun tiriklikning har daqiqasi o‘zining yuksak maqsadiga ega bo‘lishi kerak.
M. GORKIY
Hayot mudom harakatda bo‘lmog‘i uchun xohish o‘lmasligi kerak.
S.JONSON
Hayotimiz — sayohat, g‘oya esa — yo‘lchi yulduz. Yo‘lchi yulduz bo‘lmasa hammasi to‘xtaydi-qoladi. Maqsad boy berilsa, kuch go‘yo mutlaqo bo‘lmagandek.
V. GYuGO
Hayot hali mavjud bo‘lmagan, lekin fikrda bor, amalga oshirilishi mumkindek tuyulgan ideal rahnamoligida kamolot sari boraveradi.
M. GORKIY
Hayotini o‘z e’tiqodiga bag‘ishlagan odam yangi metallni ixtiro etgan yoki yangi gazni topgan tadqiqotchiga qaraganda ham insoniyatga ko‘proq xizmat qilgan bo‘ladi.
J. LOUELL
Hayot haqida chiroyli ta’sirli statuslar
Inson uchun eng go‘zal, eng qadrli narsa uning o‘z hayotidir. Hayot esa har tomonlama, muttasil mehnat bilan barqarordir. Inson mehnati to‘xtasa bormi — uning hayoti ham to‘xtaydi.
G. M. KRJIJANOVSKIY
Mehnat hayot chirog‘i yog‘ quyib turadi.
J. VELLERS
Mehnat va rohat inson hayotining ikki muhim sharti — shaxsiy va ijtimoiylikni tashkil etadi.
V. VEYTLING
Hayot bilan faoliyat alanga va yorug‘lik singari o‘zaro chambarchas bog‘langandir.
F. N. GLINKA
Hech narsa qilmaslik yashamaslikdir… Kimki diliga hayot manbai, ya’ni jonli faoliyat manbaini jo etib yurmas ekan, kimki o‘ziga ishonmas ekan,— u doimo hamma narsani tashqaridan va tasodifdan kutadi.
V. G. BELINSKIY
Hech narsa hayotni yagona maqsadga qaratilgan faoliyatdek zavqli qilolmaydi.
F. ShILLER
Mas’uliyat hissidan nur olmagan hayot aslida hech narsaga arzimagan bo‘lur edi.
S. SMAYLS
Hayotdagi eng zo‘r huzur-halovat ado etilgan burchdan zavqlanishdir.
U. GEZLITT
Hayotda hech narsa mashaqqatli mehnatsiz qo‘lga kiritilmaydi.
GORASIY
Hayot kemasi mehnat langariga suyanmasa, hamma shamollaru dovullarga dosh berolmaydi.
STENDAL
Inson hayotida eng ko‘p foyda beradigan narsa — umid.
A. F. VELTMAN
Hayot uzluksiz quvonchga aylanishi kerak va shunday bo‘lishi mumkin.
L. N. TOLSTOY
Agar hayot senga beqiyos baxtiyorlik bo‘lib tuyulmasa, bu faqat aqlning adashganidan dalolat.
L. N. TOLSTOY
Hayotning eng zo‘r huzur-halovati, eng yuksak quvonchi o‘zingni odamlarga kerakli va yaqin deb his qilishingdir!
M. GORKIY
Hayotni quvonchsiz, deyish yolg‘on, unda faqat jarohatu ohu nola, alam va ko‘z yoshidan boshqa narsa yo‘q, deyish ham yolg‘on!.. Hayotda inson istagan hamma narsa bor, insonda esa hayotda yo‘q yaratuvchilik qudrati mavjud.
M. GORKIY
Hayotda baxtli bo‘lishning birdan-bir yo‘li: jahonga va ayniqsa o‘z Vataniga foydali bo‘lishdir.
N. M. KARAMZIN
Hayotda faqat birgina chinakam baxt bor, u ham bo‘lsa boshqalar uchun yashamoqlikdir.
L. N. TOLSTOY
Hayotdagi qariyb hamma baxtsizliklar ishimizning yurishmayotgani xususidagi soxta tasavvurlarimizdan kelib chiqadi. Binobarin, odamlarni yaxshi bilish va voqealar haqida sog‘lom fikr yuritish bizni baxtga yetaklaydi.
STENDAL
Hayotni sevasanmi? Sevsang, vaqtni boy berma, chunki vaqtdan hayot degan mato yaraladi.
B. FRANKLIN
Odamzod hayoti tejalgan vaqtga qarab uzayadi.
F. KOLLIER
Pul aziz, inson hayoti undan ham aziz, vaqt esa hamma narsadan azizdir.
A. V. SUVOROV
Hayotdagi muhim ishlarga har doim shunday shoshilish kerakki, go‘yo bir daqiqa boy berilsa, hamma narsa barbod bo‘ladiganday tuyulsin.
V. G. BELINSKIY
Inson uchun eng qadrli narsa nima? Hayot, chunki bizning barcha quvonchlarimiz, bizning butun baxtimiz, bizning jamiki umidlarimiz faqat hayot bilan bog‘liqdir.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Har bir kishining hayoti — agar u o‘zini inson deb tushunsa, o‘zini tor egoistik manfaatlar yo‘lida emas, balki qandaydir muazzam ishga intilayotgan, ulug‘vor umum ishi uchun kurashayotgal ilg‘or kishilarning ko‘tarinki maqsadlari uni shaxsan ilhomlantirayotganini his etsa — u to‘la ma’nodagi insondir.
M. I. KALININ
Hayot — oliy darajadagi progressiv faoliyatdir va uning taraqqiyotga yo‘l ochajak bosh harakatlantiruvchi prujinalari ezgulikka intiluvchi insonlar, ya’ni naslimizning sog‘lom hamda normal vakillarining tafakkuri va orzu-istaklariga ulangandir.
D. I. PISAREV
Inson hayotining ma’nosi tinib-tinchimaslik va doimiy tashvishdan iboratligini tushungan odam kaltafahmlikdan qutulgan bo‘ladi.
A. BLOK
Inson hayotini jirkanch yo‘nalishga solib yuborishning yo‘li ko‘p, ammo eng ashaddiysi — insonni faqat o‘zini o‘ylash, o‘z shaxsiga sig‘inish, o‘zida ma’-naviyatning har qanday to‘lqinini barbod etish va o‘zining sirli hayotini qorin g‘amida yurilgan barcha vaqt davomida benaf bir kun o‘tkazish darajasiga tushirib qo‘yilganiga uni majburan ko‘ndirishdan iboratdir.
M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRIN
O‘ziga yengil hayot axtargan kishi chindan ham ayanchlidir.
D. JORDAN
Hayot men uchun erib tugayotgan sham emas. U mening qo‘limga bir lahzaga berilgan va men uni kelajak avlodga tutqizishdan oldin mumkin qadar yorug‘roq alanga oldirishga majbur etishim kerak bo‘lgan allaqanday ajib mash’aldir.
B. ShOU
Inson o‘z hayotini yaxshilash ishtiyoqidan hech qachon to‘xtamaydi.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Hayot haqida falsafiy statuslar
Har bir subhi tongni o‘z hayoting ibtidosi deb bil va quyoshning har bir botishini o‘z hayoting intihosi deb tushun. Shu kundalik qisqa hayoting qandaydir xayrli ish bilan, o‘z ustingdan biron-bir g‘alaba qozonishing yoki nimanidir o‘rganishing bilan nishonlansin.
J. RESKIN
Eng yaxshi zavqu safo, hayotning eng katta quvonchi o‘zingni odamlarga yaqin va kerakli deb bilishingdir.
M. GORKIY
Hayotda doimo o‘zing erisha olmagan biron narsaga shaydo bo‘lib yashash kerak. Inson yuksaklikka intilgan sari yanada barkamollashadi.
M. GORKIY
Hayot tomosha ham, bayram ham emas, hayot — mashaqqatli ish.
J. SANTAYaNA
Hayot turli xil holatlarning almashinuvidir, istagan joyda qulay ahvolda qolish uchun ularni o‘rganish, kuzatish kerak.
O. BALZAK
Hayot o‘z holicha hech narsani anglatmaydi: hayotning qimmati unda qanday yashay bilish bilan bog‘liq.
J.J. RUSSO
Hayot o‘z-o‘zicha — yaxshilik ham, yomonlik ham emas: siz uni nimaga aylantira olishingizga qarab yaxshilikning ham, yomonlikning ham uyasi bo‘lishi mumkin.
M. MONTEN
Hayot azob-uqubat ham, orom ham emas, u zimmamizdagi va biz vijdonan oxiriga yetkazishimiz zarur bo‘lgan burchdir.
A. TOKVIL
Hayot mezoni uning davomiyligida emas, balki siz undan qanday foydalana olganligingizdadir.
M. MONTEN
Munosib yashalgan hayotni yillar bilan emas, balki bajarilgan ishlar bilan o‘lchamoq zarur.
R. ShERIDAN
Yillar uzoq yashashlikdan guvohlik berolmaydi. Inson hayoti nima ish qilinganligi va nimani tuyganligi bilan o‘lchanadi.
S. SMAYLS
Hayot faqat yosh bilan o‘lchanmaydi. Yigirma to‘rt yilgina yashaganlar ham bo‘lgan, yuzga chiqqan qariyalar ham bo‘lgan. Vaqt o‘taverishi bilan u qariyalar unutib yuborildi. O‘z xalqi bilan bir tanu bir jon bo‘lgan otashqalb yigirma to‘rt yoshlilar esa unutilmadi, ular xalq yuragida uzoq vaqt yashadi.
M. I. KALININ
Hayot ham masal kabi, u uzunligi bilan emas, balki mazmuni bilan qadrli.
SENEKA
Hayot o‘tgan kunlar emas, balki esda qolganlaridir.
P. A. PAVLENKO
Hayot yashashning o‘zidagina emas, balki yashayotganligingni his etishingdadir.
V. O. KLYuChEVSKIY
Hayot to‘laqonli bo‘lsa uzoqqa cho‘ziladi… Uni vaqt bilan emas, bajargan ishlarimiz bilan o‘lchaymiz.
SENEKA
Ko‘p odamlar hayotliklarida ham yashashmaydi, ular faqat yashamoqqa urinadilar.
V. G. BELINSKIY
Alanga va nur bir-biri bilan qanchalik uyg‘unlashgan bo‘lsa, hayot bilan faoliyat ham bir-biriga shu qadar mustahkam bog‘langan. Nimaiki nur sochsa, shubhasiz, yoritadi, nimaiki yashayotgan ekan so‘zsiz harakatda bo‘ladi.
F. N. GLINKA
Kurashning to‘xtab qolishi hayotning bosh fojiasidir.
N. A. OSTROVSKIY
Hayot uni o‘rganadigan kishilargagina o‘rgatadi.
V. O. KLYuChEVSKIY
Kurash hayot shukuhidir.
L. N. ANDREEV
Kurash hayot shartidir: kurash tugasa, hayot ham mahv bo‘ladi.
V. G. BELINSKIY
Hayot faoliyatdan iborat, faoliyat esa kurash demakdir.
V. G. BELINSKIY
Hayot doimiy mehnatdan iborat. Unga shu nuqtai nazardan qaragan odamgina hayotni insonchasiga to‘la tushunadi.
D.I.PISAREV
Hayot g‘ayratli mehnat tufayli jonli va go‘zaldir, u og‘ir yuk bo‘lmay, balki qanot, ijod va quvonchdir, agar kimdakim uni og‘ir yukka aylantirsa, bunga uning o‘zi aybdor.
V. V. VERESAEV
Hayotda o‘z o‘rningni topishing uchun biron ish qilmagan bo‘lsang, yashash benihoyat mushkuldir.
D. V. VENEVITINOV
Inson shuni tushunishi kerakki, u dunyoning ijodkori va sohibidir, hayotdagi barcha ezguliklarning shon-shuhrati ham, yerdagi hamma baxtsizliklar ham uning zimmasiga tushadi.
R. ROLLAN
Inson hayotida tashqi ko‘rinish ham katta ahamiyatga ega, iflos va irkit kishi o‘z xatti-harakatlarini jilovlay olishini tasavvur qilish qiyin.
A. S. MAKARENKO
Odamning hayoti uning sahovati bilan teppateng.
R. EMERSON
Hayotimining abadiy va oliy maqsadi – ezgulikdir. Yaxshilikni biz qanday tushunmaylik, hayotimizning o‘zi yaxshilikka intilishdan boshqa narsa emas.
L.N.TOLSTOY
Hayotimning eng mushkul damlarida ham, eng og‘ir daqiqalarida ham qalbim: «Yashasin inson!» — degan gimnni kuylagan.
M. GORKIY
Hayotdan uzib olpngan axloq har qanday axloqiy mohiyatni yo‘qotgan hayot yanglig axloqsizdir.
V. G. PLEXANOV
Agar hayot go‘zalligi haqida so‘z boradigan bo‘lsa, vatan uchun kurashda fidokorlik ko‘rsata bilish go‘zal hayotnipg eng yuksak namunasidir.
M. I. KALININ
Hayot og‘ir mehnat va tashvishlarsiz sizga hech narsa hadya etmaydi.
Goratsiy
O’zbek adiblaridan hayot haqida eng yaxshi statuslar
Hayotda turli savollarga to‘g‘ri javob topishdan qiziqarliroq ish bormi?
Ayzek Azimov
Hayot – yo‘qotishlar zanjiridir. Yoshligingni, ota-onangni, do‘stlaringni, sog‘lig‘ingni va oxirida hayotning o‘zini ham yo‘qotasan.
Ayzek Azimov
Hayot, umuman olganda, antiqadir. Antiqalik unga to‘liq mos keluvchi yagona sifatdir.
Ayzek Azimov
Ayni hayotdan qoniqmaslik insoniyatni taraqqiyotga va madaniyat rivojlanishiga undagan. Holatidan qoniqib o‘tiraberish – ortga ketishdir.
Ayzek Azimov
Pulning jozibasi – juda kuchli. Lekin, hayotga jiddiy qaragan odam uchun pulning o‘zi yetarli emas.
Ayzek Azimov
Hayot shunday ajoyib mo‘jizaki, o‘lim uning evaziga berilgan arzimas bojdir.
Asqad Muxtor
Osuda hayot — suvi limmo-lim chelakka o‘xshaydi: ehtiyot bo‘lmasang suvi chayqaladi va to‘kiladi.
Muhammad Toshboltayev
Aslida, hayotda biror maqsad bilan yashashning o‘zi — baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko‘rgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin! Kishida maqsad bo‘lsa, unga erishish yo‘lida kurashish, mashaqqat chekish, ta’na-dashnomlar eshitib kuyib-yonib yurish ham — baxt.
Erkin Vohidov
Insonga bir marta beriladigan hayotda u umridan, o‘tgan kunidan qoniqib yashashi kerak. Vijdoniga xilof ish qilmay yashasa — bundan ulug‘ baxt yo‘q. Har bir aytgan so‘zing, ishing o‘zingning xohishingga muvofiq bo‘lsa — eng katta baxt shu. Aksincha, insonning o‘z ichki intilishlari, qalbi, e’tiqodi, so‘zi bilan ishi o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lsa, vijdoni buyurganini qilolmasa, bu — inson uchun juda katta baxtsizlikdir.
Erkin Vohidov
Teatr sahnasi – inson hayotining tasviriy maketi.
Tilab Mahmudov
Hayot – oqar daryo… dam g‘animat. Hazrati odamni ziyorat qil. Ojizlarga ko‘maklash. Muhtojlarning koriga yara. Ertadan boshlayman, deysanmi? Ertaga kech bo‘lishi mumkin. Agar bugun hali kech bo‘lib qolmagan bo‘lsa…
G‘aybulloh as-Salom
Hayotning har lahzasi go‘zal, Umrning har dami g‘animat.
Anvar Obidjon
Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalq baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak bo‘lsa, biz o‘limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz!
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Hayot haqida hikmatli statuslar, fikrlar
Afsonaviy hayot uchun ham o‘limdan boshqa yakunni o‘ylab topib bo‘lmaydi.
Elektr lampochkasining hayoti hamisha qil ustida.
Hayot – maktab, ammo uni tugatishga oshiqmaslik kerak.
Yer haqiqatan ham aylanadi, ammo shaxsiy hayotda buni hisobga olmasa ham bo‘laveradi.
Hayotdan orqada qolmaslik uchun hamma dafn marosimlarida qatnashardi.
Hayotdan hamma narsani olgach, uni qashshoqlikda ayblama.
Hayotda yangichasiga yashash faqat memuarlarda nasib etadi.
Oilaviy hayot goho odamni shu qadar toblaydiki, oqibatda u narigi dunyodagi hayotdan qo‘rqmay qo‘yadi.
Hayot, shubhasiz, ajoyib muallim, ammo uning saboqlari uchun juda qimmat turadi.
Ibn al-Mutazz aytibdi: “O‘lim senga qarata uzilgan o‘qdir, hayot esa o‘sha o‘q senga yetib kelgunga qadar bo‘lgan lahzalardir”.
Hayotdan va o‘zidan o‘zish uchun odam ideal qidiradi. O‘zishni istamagan odam o‘ziga o‘zi ideal bo‘lib ko‘rinadi.
Donolardan hayot haqida statuslar, hikmatli so’zlar
Pul ezgulikni tug‘dirmaydi, aksincha, ezgulik tufayli odamlar shaxsiy hayotda ham, jamiyatda ham pul va boshqa boyliklarga ega bo‘ladilar.
Suqrot
Yaxshi inson hayotlik chog‘ida ham, o‘limidan so‘ng ham zavol topmaydi.
Aflotun (Platon)
Navqironlarni emas, balki hayotini yaxshi yashab o‘tgan keksa odamlarni baxtli sanamoq lozim.
Epikur
Biz hayotni yashayotganimiz uchun emas, uni anglay olganimiz uchun sevamiz.
Avgustin Avreliy (Saodatli)
Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab in’om etuvchi vositadir.
Abu Ali ibn Sino
Tabiat bugungi kunga va kelajakka ishonch tug‘dirish uchun hayot intihosini noma’lumlik pardasi ostiga yashirdi.
Franchesko Petrarka
Hayot ezgulik ham, yovuzlik ham emas. U ezgulik va yovuzlikni ichiga oluvchi bir ombordir. Uni yo ezgulik, yo yovuzlik omboriga aylantiradilar.
Monten (Mishel Eykem)
Insonning Yerdagi hayoti — urush holatidan o‘zga narsa emas. Chunki u dangasalarning nochorligini yengishi, yuzsizlikni jilovlashi, dushman zarbasidan ogoh bo‘lishi lozim.
Filippo Jordano Bruno
Kimning qo‘lida quyidagi besh narsa jilovi bo‘lsa, yaxshi hayotining garovi bo‘lur: birinchisi – tansihatlik, ikkinchisi – omonlik, uchinchisi – rizqining mo‘lligi, to‘rtinchisi – sodiq do‘st va beshinchisi – farog‘at. Kimki shu besh narsadan mahrum etilgan – xush hayot eshigi uning oldida bekilgan.
Abdurahmon Jomiy
Umr o‘tkazishning ikkita usuli bor. Birinchisi, go‘yo hech qanday mo‘jiza yo‘qday yashab o‘tish. Ikkinchisi, hayotdagi hamma narsa mo‘jiza ekaniga ishonib yashab o‘tish.
Albert Eynshteyn
Hayotning qadriga yetmagan odam undan bahramand bo‘lishga ham loyiq emas.
LEONARDO DA VINChI
Harakat — hayot xazinasi.
ARASTU
Hayot qisqa, lekin shuhrat mangu bo‘lishi mumkin.
SISERON
Hayot bilan vidolashuvga sababi ko‘p bo‘lgan odam juda ayanchlidir.
EPIKUR
Hayot uyqudir, o‘limla uyg‘onur inson. Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on.
Mavlono Jaloliddin Rumiy
Bu hayotda har kim bo‘lishing mumkin, ammo eng muhimi INSON bo‘lmog‘ingdir.
Shamsi Tabriziy
Bitta daraxtdan millionta gugurt donasi yasaladi. Bitta gugurt donasi bilan millionlab daraxtlarga o‘t qo‘yiladi. Shuning uchun hayotingdagi millionlab ijobiy ishlaringga ta’sir qilmasligi uchun bitta ham salbiy ish qilma!
Doktor Ibrohim Fiqiy
Agar baxtli hayotga erishmoqchi bo‘lsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bog‘langan bo‘lishingiz kerak
Albert Eynshteyn
Men hamisha shunday fikrdaman: mening ichki va tashqi hayotim olamdan o‘tib ketgan va hozir tirik bo‘lgan boshqa odamlarning fikrlari, ishlariga asoslangan. Men ulardan olgan va olayotgan darajada o‘zimdan ma’naviy meros qoldirishim kerak
Albert Eynshteyn
Muvaffaqiyatga erishish uchun emas, hayoting ma’no kasb etishi uchun intil. Odamning hayoti boshqalar hayotini qay darajada go‘zal va mazmunli etganiga qarab ahamiyatlidir
Albert Eynshteyn
Hayot haqida eng sara chiroyli maqollar
Fozillar fazilati — hayot ziynati.
O’zbek maqoli
Hayot mavjud ekan, umid so‘nmaydi.
Shved maqoli
Janjal va g‘azab halokatga eltadi, tabassum va haqiqat hayot bag‘ishlaydi.
Fin maqoli
Umid bilan hayot go‘zal.
Nemis maqoli
Hayotni sevgan qo‘rquv haqida o‘ylamaydi.
Latish maqoli
Hayot uch so‘zdan iborat: tug‘ilish, to‘y, o‘lim.
Ispan maqoli
Hayot olovga o‘xshaydi: uning boshlanishi — alanga, tugashi — kul.
Gruzin maqoli
Inson hayotining oxiri bor, ilmniki — yo‘q.
Xitoy maqoli
Chap berishni bilmasang, hayotda yashay olmaysan.
Yapon maqoli
Hayot haqida barcha maqollar to’plamini saytimizning Hayot haqida maqollar sahifasida batafsil kuzatishingiz mumkin.