Ayollar haqida maqollar, ayollar haqida eng sara chiroyli ta’sirli maqollar to’plami.
Ayollar haqida maqollar, o’zbek maqollari
Ayolning nozidan qo’rq,
Ahmoqning — so’zidan.
Ayolning husni pardozda emas, aqlida.
Elakka borgan ayolning
Ellik og’iz gapi bor.
Ayol tilini ayol bilar.
Ayolning sarishtasi —
Ro’zg’orning farishtasi.
Ayolning sunbuli — yigitning dili.
O’g’ri do’qi bilan qo’rqitar,
Yomon ayol — yig’isi bilan.
Erta turgan yigitning bir rizqi ortiq,
Erta turgan ayolning bir ishi ortiq.
Ayol degan palaxmon toshi,
Qayerga otsa, shu yerga tushar.
taqdirli ayol — tadbirli ayol.
Ayol so’m qilar, erkak — chaqa.
Ayolning sarishtasi —
Ro’zg’orning farishtasi.
Ayolning o’ttizga kirgani —
O’tin bo’lgani.
Ayollar haqida maqollar, jahon maqollari
Agar bir ayolni baxtli deyishsa, bilki, uning eri — jasoratli.
Bambara maqoli
oilali ayol qancha nozlanmasin, qizdek bo‘lolmaydi
Qirg‘iz maqoli
Olti ayol azaga borib o‘z dardini aytib yig‘lar
Qirg‘iz maqoli
Ayolning yuragi o‘nta erkakning ko‘zidan yaxshi ko‘radi.
Shved maqoli
Erkak aqli bilan sevadi, ayol qalbi bilan o‘ylaydi.
Shved maqoli
Kar ayol va gung erkak kam so‘kinadilar.
Shved maqoli
Oltin olov bilan, ayol oltin bilan, erkak ayol bilan sinaladi.
Shved maqoli
Oqsoch ayolga uylangan oxir oqibat xizmatkorga aylanadi.
Shved maqoli
Ayolini avaylagan o‘zini ham avaylaydi.
Shved maqoli
Er bosh bo‘lsa, ayol — qalpoq.
Shved maqoli
Ayol – xudoning go‘zal ne’mati, agar uni shayton totib qo‘ymagan bo‘lsa.
Frantsuz maqoli
Ayol qaysi ishni o‘ylab topmasin, uni erkak odam bajaradi.
Frantsuz maqoli
Nozsiz ayol — tuzsiz ovqat.
Frantsuz maqoli
Ayol muhabbatini qirq yil sir tutishi mumkin, nafratini bir daqiqa ham yashirolmaydi.
Frantsuz maqoli
Erkakni aqli bilan, ayolni ko‘rki bilan baholaydilar.
Frantsuz maqoli
Erkakning sochi tushadi, ayolniki oqaradi.
Fin maqoli
Kulib gapirgan erkakdan, ko‘z yosh bilan so‘zlovchi ayoldan qo‘rq.
Turkman maqoli
Ersiz ayol — yugansiz ot.
Turkman maqoli
Ayol — bo‘yin, erkak — bosh.
Turkman maqoli
Ayolning ko‘z yoshlari hech narsaga arzimasdir, lekin u ko‘p narsalarni ifodalaydi.
Portugal maqoli
Ayolsiz er — boshsiz tana.
Nemis maqoli
Erkakni ayollar va yer halok qiladi (ya’ni, ayollar va yer sabab urushlar kelib chiqadi).
Maori maqoli
Ayolni muloyimlik bezaydi.
Lezgin maqoli
Ayolning aqli tovonida bo‘ladi.
Lezgin maqoli
Kemaga langar qanchalik kerak bo‘lsa, erkakka ham ayol shunchalik zarur.
Latish maqoli
Otga ham, ayolga ham e’tibor zarur.
Ispan maqoli
Ayollar yo‘q yurtda urg‘ochi eshakni Quyoshxon deb erkalatishadi.
Gruzin maqoli
suv toshqinidan, yong‘indan va ayol makridan Xudo asrasin.
Gruzin maqoli
Ayol kishi soyaga o‘xshaydi: uni quvisang — qochadi, undan qochsang — quviydi.
Gruzin maqoli
Ayol aytarkan: “Mening erimdan qo‘rqmagan — haqiqiy erkak”.
Gruzin maqoli
Ayol aqllidan kamchilik qidiradi, nodondan — fazilat.
Gruzin maqoli
Erkak uy qurdi — ayol buzdi, ayol qurdi — uni shayton ham buza olmadi.
Gruzin maqoli
Ayol kishiga it ham hurimaydi.
Gruzin maqoli
Qush qanoti bilan faxrlanadi, ayol — eri bilan.
Gruzin maqoli
Qush qanoti bilan go‘zal, ayol — sochi bilan.
Gruzin maqoli
Janjalkash ayol itni bog‘lab qo‘yib, o‘zi hurishni boshladi.
Gruzin maqoli
Ayolning kuchi ko‘z yoshida.
Bengal maqoli
Ayol oilaning uch ustuni, er — to‘rtinchisi.
Belorus maqoli
Ayolsiz uy – suvsiz bulut.
Arman maqoli
Ayolning makrini aravaga yuklashgan edi, u ham ko‘tarolmadi.
Arman maqoli
Uyatsiz ayol — tuzsiz taom.
Arab maqoli
Ayolning aqli — uning go‘zalligida, erkakning go‘zalligi — aqlida.
Arab maqoli
Eng yoqimsiz ozg‘inlik otda va ayolda bo‘ladi.
Arab maqoli
Ayolning aqli qurbaqaning dumidan qisqa.
Chechen-ingush maqoli
Badhazm ayol badhazm bola tug‘adi.
Abazin maqoli
Agar ayolning biron iste’dodi bo‘lmasa — bu ham yaxshi fazilat.
Xitoy maqoli
Darvozada uch kishiga yo‘l bo‘shat: qariyalarga, bolalarga va ayollarga.
Xitoy maqoli
Eng yomon narsa — ayol yuragi.
Xitoy maqoli
O‘tin sotuvchi ayol qamish qalpog‘ini yoqarkan.
Xitoy maqoli
Qarg‘a qancha g‘aqillamasan g‘oz bo‘lolmaydi, qari ayol qancha nozlanmasin qiz bo‘lolmaydi.
Qirg‘iz maqoli
Ayolning so‘zi qat’iy bo‘lmaydi.
Hind maqoli
suvning qa’rini o‘rganish mumkin, ayol qalbining esa cheki yo‘q.
Koreys maqoli
Eri bor ayolni yo‘lbars ham tishlamaydi.
Koreys maqoli
Ayol sovg‘ani paypastlab, uning tuxum ekanlinini anglagach, xursand bo‘lib yeyishni boshlabdi-yu, keyin xafsalasi pir bo‘libdi.
Tay maqoli
Erkak — qarag‘ay, ayol — pechakgul (pechakgul qarag‘ay atrofida o‘sadi).
Yapon maqoli
Ayol senga yettita tug‘ib bergan bo‘lsa ham unga qalbingning tubini ochma.
Yapon maqoli
Uch ayol yig‘ilsa — bozor.
Yapon maqoli
Erkakning boshi bor, ayolning — yuragi.
Yapon maqoli
Ayol soya kabidir.
Kongo maqoli
Erkaksiz uy yetim, ayolsiz — oshxona.
Vetnam maqoli
Ersiz ayol — eshkaksiz qayiq, xotinsiz yigit — yugansiz ot.
Vetnam maqoli
Ahmoq ayol ham aqlli bola tug‘ishi mumkin.
Vetnam maqoli
Askarning qandayligini qo‘mondoni biladi, ayolning qandayligini — eri.
Vetnam maqoli
Sigirga egar yarashmaydi, ayolga — vino.
Buryat maqoli
vaqt ayol kabidir: ko‘p va’da berib, kam bajaradi.
Kuba maqoli
Yengiltak ayoldan og‘irroq dard yo‘q.
Kuba maqoli
Ajrashmoqchi bo‘lgan ayolingni badnom qilma.
Adigey xalq maqoli
Itni aybsiz o‘ldirma, aybsiz ayol bilan ajrashma.
Adigey xalq maqoli
Ayol kishi o‘z xonadonida ham beka, ham xizmatkor.
Ozarbayjon maqoli
Tabibda burgutning ko‘zi, sherning yuragi, ayolning qo‘li bo‘lishi kerak.
Qadimgi Hind maqoli
Lablar, qo‘llar, ko‘kraklar hamma ayolda bir, ammo har birining o‘z yuragi bor.
Qadimgi Hind maqoli
Ayol, shamol va omad doimiy turmaydi.
Qadimgi Hind maqoli
Hamma ayollar yaxshi.
Ingliz maqoli
Erkakning yoshi o‘zi his qilganicha, ayolning yoshi ko‘rinishida.
Ingliz maqoli
erkaklar uyni barpo qiladi, ayollar o‘choqni.
Ingliz maqoli
Ayollar haqida statuslar, eng sara ma’noli chiroyli statuslar
Ayollar erkaklarni buyuk ishlarga ilhomlantiradilar, biroq ularni amalga oshirgani vaqt qoldirmaydilar.
Gyustav Flober
Ayollarning nafrati ham muhabbat – faqat yo‘nalishi o‘zgargan.
Heynrix Heyne
“Ayolning dudog‘i, yosh qizning ko‘ksi, go‘dakning duosi, qurbonlik olovi hamisha pokiza”.
Alber Kamyu
Ayol erkak zotining buyuk murabbiysidir.
A. FRANS
Ayol kishini iztiroblarga qo‘ygan holda erkakni baxtli qilish qiyin.
V.GYuGO
Kimki ayol huquqini himoya qilsa, bola huquqini ham himoya qilgan bo‘ladi, boshqacharoq aytganda — u kelajakni ham himoya qiladi.
V. GYuGO
To‘g‘rilik va samimiyat erkak-larning ham, ayollarning ham eng yaxshi bezagidir.
O. GENRI
Faqat yaramas odamgina ayollar bilan tortinmay munosabatda bo‘ladi.
M. RUSINEK
Hamma ovozlar ichida eng yoqimlisi — bu biz sevgan ayolning ovozidir.
J. LABRUER
Ayollar haqidagi barcha qiziqarli statuslar to’plamini saytimizning mana bu sahifasida batafsil kuzatishingiz mumkin.