Vatan haqida status, eng sara chiroyli hayotiy statuslar to’plami

Vatan haqida status, eng sara chiroyli hayotiy statuslar to'plami Barcha statuslar

Vatan haqida statuslar, aforizmlar, hikmatli so’zlar, dono gaplar va iboralar. Vatan haqidagi eng sara qiziqarli chiroyli statuslar to’plami.

Vatan haqida eng sara statuslar

Vatan haqida eng sara statuslar

Vatanning qiymati – sen u yerda boshqa joylardagiga nisbatan adolat ko‘proqligini ko‘rishingdir. Vatanning qiymati – sen u yerda boshqa joylardagiga nisbatan muhabbat ko‘proqligini ko‘rishingdir. Agar Vatan himoya, adolat va muhabbatdan xoli bo‘lsa, fuqarolar musofirga aylanib qoladi

Mustafo Amiyn

Biz Vatanni tanlamaymiz, chunki Vatan bizni allaqachon tanlab bo‘lgan.

Rasul Hamzatov

Bola tug‘ilayotganda o‘ziga Vatan tanlamaydi — peshonasiga yozilgan joyda dunyoga keladi.

Rasul Hamzatov

Hozirgi ota onalar farzandlarga tarbiya bera turib. Vatanimizning istiqbol tarixini, demakki, jahon tarixini tarbiyalaydilar.

A. S. MAKARENKO

Hayotdan to‘la zavqlanish, ya’ni baxtga erishmoq uchun — bolalarda «buyuk muhabbat» uyg‘otish — vatanga, millatga, insoniyatga, tafakkur qudratiga ishonishga, inson qalbining go‘zalliklari oldida hayratlanishga o‘rgatmoqqa qodir bo‘lgan narsa faqatgina insonga, shaxsga nisbatan jonli va hayotbaxsh hurmat hislarini tugdira bilishdir.

M. GORKIY

Har bir jasoratli, har bir adolatli shaxs Vatanga shon-sharaf olib keladi.

Romen Rollan

Hayotda baxtli bo‘lishning birdan-bir yo‘li: jahonga va ayniqsa o‘z Vataniga foydali bo‘lishdir.

N. M. KARAMZIN

Vatanning shodligi va qayg‘usini ko‘ngliga yaqin olgan kishi har qanaday odamning qayg‘u va shodligiga ham befarq qaray olmaydi.

V. A. SUXOMLINSKIY

Vatanini sevuvchi har bir kishi o‘z yuragida soxtagarchilik emas — chinakam sevgi degan shiorni olib yurmog‘i kerak. Ham ilmiy jihatdan, ham ax-loqiy jihatdan haqiqatga xizmat qilmoq darkor. Inson bo‘lmoq darkor.

N. I. PIROGOV

Vatanparvarlik — yolgiz o‘z vataniga mehr qo‘yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his… Bu — vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir.

A. N. TOLSTOY

Kimki umumiy falokat daqiqalarida vatan xaloskorligidan boshqa biron-bir xayolga borsa, — ozod davlatda yashagaga haqlga emas.

F. KLINGER

Inson hammadan avval o‘z mamlakatining farzandi, vatan manfaatlarini diliga jo qilgan grajdanindir.

V. G. VELINSKIY

Saxovatning eng buyuk jasurliklari vatanga muhabbat tufayli yuzaga kelgan.

J.J. RUSSO

Vatanparvar — o‘z vatani kamoloti yo‘lida, o‘z xalqiga muhabbati tufayli ezguliklari tugul, jonini ham ayamaydigan insondir, xalqqa va vatani ozodligi, farovonligi uchun o‘zini qurbon qiluvchi insondir.

M. OXUNDOV

Vatanparvarlikning tarbiyaviy ahamiyati juda katta, bu kishini bashariyat haqidagi g‘oyalar bilagt ulg‘aytiradigan maktabdir.

M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRIN

Vatan g‘oyasi hamma uchun bir xil manfaatlidir. U halol kishilarda jasorat haqida fggkr uyg‘otadi, nopok kishilarni esa, agar vatan g‘oyasi bo‘lmaganda qplishlari aniq bo‘lgan ko‘pgina qabihliklardan saqlaydi.

M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRIN

Vatan haqida aforizmlar, dono gaplar

Vatan haqida aforizmlar, dono gaplar

Vatan g‘oyasi shonli yillarda ham, kundalik hayotda ham uning farzandlariga birdek xos bo‘lmog‘i zarur, binobarin, bu g‘oyani chinakam his etgandagina kishi o‘zini grajdan deya hisoblashga haqlidir.

M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRIN

Vatanparvarlik tantanavor xitoblar va umumiy gaplardan iborat emas, balki u vatanga qizgin muhabbat hissi bilan ortiqcha dabdabalarsiz o‘z fikrini bildirish, faqat ezgulikda hayratlanmay, balki muqarrar har qayerda, har qanday vatanda ham bo‘ladigan yovuzlikni jinidan battar yomon ko‘rish demakdir.

V. G. BELINSKIY

Kim bo‘lishdan qat’iy nazar, uning vatanparvarligi so‘zi bilan emas, ishi bilan isbot qilinadi.

V. G. BELINSKIY

Vatan oldidagi burch inson uchun muqaddasdir.

V. A. SUXOMLINSKIY

Vatanga nafi yo‘q yashalgan har kun, inson hayotida qolur bemazmun.

M. SALMON

Vatan uchun chala ish qilish, uning uchun hech nima qilmaslikdir.

M. ROBESPVER

Olimaqom vatanparvarlik — vatan farovonligi yo‘lida benihoya jonbozlikdir.

N. G. ChERNIShEVSKIY

Vatanga muhabbat mavhum tushuncha bo‘lmay, tashkilotchilikni, taraqqiyot va madaniyatni talab qiladigan real ruhiy qudratdir.

A. N. TOLSTOY

Sof vijdonli kishida vatanparvarlik o‘z vatatti foydasiga mehnat qilish inttiyoqidan bosh-qanarsa bo‘lmasligi kerak va bu boshqa biron narsadan emas, balki iloji boricha ko‘p va xo‘b ezgu ishlar qilish istagidan kelib chiqadi.

N. A. DOBROLYuBOV

Vatanga muhabbat, avvalo, unga samimiyat, qizg‘inlik bilan, samarali istak bilan ezgulik va ma’rifat tilashdan iboratdir, uning mehrobiga hamma narsani, shirin jonni ham fido etish, undagi barcha yaxshi narsalarga qizgin hamdardlik bildirish hamda uning kamolot yo‘liga g‘ov tushayotgan narsalarga qahrltg bo‘lmoqlikdir.

N. A. NEKRASOV

Vatanparvar — vatanga xizmat qilayotgan kishidir, vatan esa bu avvalambor xalqdir.

N. G. ChERNIShEVSKIY

Vatanparvarlik — nomusli va nazokatli tuyg‘udir… Muqaddas so‘zlarni ehtiyot qil, vatanga muhabbat xususida duch kelgan joyda og‘iz ko‘pirtirma. Yaxshisi — uning farovonligi va qudrati yo‘lida indamaygina mehnat qil.

V. A. SUXOMLINSKIY

Yaqin-yaqinlarda ham vatanparvarlik vatandagi barcha yaxshi narsalarni madh etishdan iborat edi; vatanparvar bo‘lmoq uchun endi bu narsalar kifoya qilmaydi. Chunonchi, barcha yaxshi narsalarni madh etishga hali bizda mavjud bo‘lgan bema’niliklarni ayovsiz fosh qilish va ta’qib etish ham qo‘shilgan.

Ya. A. DOBROLYuBOV

Xalq farovonligi yo‘lida har turli usullarni axtarmoq va iloji boricha vatanga zarar yetkazadigan illatlarga barham bermoq kerak.

I. A. KRILOV

Vatanparvarlik bizni mahliyo qilib qo‘ymasligi kerak; vatanga muhabbat ko‘r-ko‘rona ehtiros emas, balki dono aql faoliyatidir.

M. KARAMZIN

Har kimning hayoti vatanga tegishlidir, binobarin, abjirlik emas, balki rasmana dovtoraklik unga foyda keltiradi.

NAXIMOV

Eng yoqimli va dolzarb ishlar ham vatanga xavf soluvchi xatar oldida nari surib qo‘yiladi.

L. M. LEONOV

Ma’rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati vatan yo‘lida qurbon bo‘lishga hozir ekanliklarida aks etadi.

G. GEGEL

Eng maqbul fazilat — vatanga va odamzodga ko‘rsatilgan xizmatda.

J. DELIL

Vatan haqida hikmatli so’zlar, fikrlar, statuslar

Vatan haqida hikmatli so'zlar, fikrlar, statuslar

Vatandan tashqarida baxt yo‘q, har kim jonajon yerida ildiz otsin.

I. S. TURGENEV

Begona yurt vatan bo‘la olmaydi.

I. GYoTE

O‘zingni vatanga qanchalar yaqin his etsang, uni shu qadar jonli vujud kabi aniqroq va sevibroq tasavvur qilasan.

BLOK

Harqalay, eng muhimi vatanga muhabbating, muhabbating va yana muhabbatingdir! Binobarin, shu muhabbat senga kuch-quvvat beradi qolgan hammasini ham osongina hal qilasan.

M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRIN

Vatan sog‘inchi hammaga bir xilda ta’sir qiladi: u o‘tmish manzaralarini ideallashtirilgan holda jilolantiradi, uning fazilatlari oshaveradi, kamchiliklari esa vaqt va masofa taqozosi bilan xiralashib boraveradi, oxiri tasavvurimizdan butkul o‘chib yo‘qoladi.

J. SAND

Faqat hamiyatsiz odamlargina vatan tuyg‘usining go‘zal va yuksakligini his etolmaydilar.

I. P. PAVLOV

Kim o‘z vataniga daxldor bo‘lmasa, u insoniyatga ham daxldor emas.

V. G. BELINSKIY

Kim vatanni xor qilsa — u oilasidan ham ayriladi.

KORNEL

O‘z vataniga dog‘ tushirish — uni sotttsh degan so‘z.

V. GYuGO

Shunday jinoyat borki, uni oqlab bo‘lmaydi,— bu vatanga xiyonatdir.

BUAST

Vatanga xiyonat qilmoq uchun qalban g‘oyatda tuban bo‘lmoq kerak.

N. G. ChERNIShEVSKIY

Haqiqiy sof vijdonli kishi o‘zidan — oilani, oiladan — vatanni, vatandan — insoniyatni ustun qo‘ymog‘i kerak.

J. DALAMBER

Vatanga muhabbat butun dunyoga muhabbat bilan uyg‘unlashib ketadi. Bilim nuridan bahramand bo‘lgai xalq, bu bilan yonberidagi qo‘shnilariga ziyon keltirmaydi. Aksincha, davlatlar qanchalik ma’rifatli bo‘lishsa, bir-birlari bilan til topishib, yanada qudratliroq kuchga aylanadilar, olamshumul tafakkur yanada ravnaq topadi.

K. GELVESIN

Vatanga bo‘lgan muhabbatim meni xorijiylar yutug‘idan ko‘z yumishga majbur qplmaydi. Aksincha, vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo‘lsa, vatanimni jahondagi g‘aznalar bilan yana-da shunchalik boyitgim keladi.

F. VOLTER

Buyuk kishilardan Vatan haqida statuslar

Buyuk kishilardan Vatan haqida statuslar

Vatan tarkin bir nafas aylama,
Yana ranji g‘urbat havas aylama.

A. NAVOIY

Axloqli kishi hatto o‘z hayotidan ayrilgan taqdirida ham do‘stlari va vatani uchun ko‘p ishlarni qiladi.

ARASTU

Oliyjanob odam xavfsizlikda ham xatarni, to‘qlikda ham yo‘qlikni unutmaydi. Tartib hukm surgan paytda tartibsizliklar bo‘lishini nazardan qochirmaydi. Bunday odam zinhor xavf ostida qolmaydi, demakki, uning vatani ham, xalqi ham bexatar

Konfutsiy.

Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrabolar qimmatlidirlar; lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina «Vatan» otli so‘zda mujassamlashgandir. Vatanga nafi tekkudek bo‘lsa, —axir qaysi vijdonli odam uning uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan?

SISERON

Insonning qalbi va aqli ham xuddi ona tili kabi Vatan timsolidir.

Fransua de Laroshfuko

Vatan haqida maqollar, eng sara chiroyli maqollar

Vatan haqida maqol, eng sara chiroyli ma’noli maqollar to’plami

Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.

O’zbek maqoli

Vatan uchun o’lmoq ham sharaf.

O’zbek maqoli

Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti.

O’zbek maqoli

Vataning ona, o‘zga yurt o‘gay.

Lak maqoli

Daraxtning ham vatani bor.

Gruzin maqoli

Hammaga o‘z vatani Kashmirdek go‘zal.

Afg‘on maqoli

O‘zga yurtda inson uchun eng qimmatli narsa — Vatan.

Arab maqoli

Mix taqani asraydi, taqa otni, ot mardni, mard Vatanni.

Ozarbayjon maqoli

Vatan haqida boshqa barcha qiziqarli maqollarni saytimizning mana bu sahifasida batafsil kuzatishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( 15 assessment, average 3.87 from 5 )
Fikr bildirish