Vatan haqida maqol, eng sara chiroyli ma’noli maqollar to’plami

Vatan haqida maqol, eng sara chiroyli ma’noli maqollar to’plami Barcha maqollar

Vatan haqida maqollar, eng sara chiroyli hayotiy maqollar, vatan haqidagi o’zbek maqollari va jahon maqollari to’plami.

Vatan haqida maqollar, o’zbek maqollari

Vatan haqida maqollar, o'zbek maqollari

Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.

Vatan gadosi — kafan gadosi.

Vatan uchun o’lmoq ham sharaf.

vVatanga kelgan — imonga kelar.

Vatanga falokat — o’zingga halokat.

Vatangado bo’lguncha,
Kafangado bo’l.

Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o’lar.

Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti.

Vataning tinch — sen tinch.

Vatanni sotgan er bo’lmas.

Vatanning vayronasi — Umrning g’amxonasi.
Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.

Vatansiz inson — kuysiz bulbul.

Dushmanga nafrati bo’lmaganning Vatanga muhabbati bo’lmas.

Tug’ilgan yering — Vataning,

Vataning — nomusing.

El qudrati — chin qudrat,
Vatan tuprog’i — qimmat.

O’lsang o’l,
Vataningda bo’l.

Vatan haqida maqollar, jahon maqollari

Vatan haqida maqollar, jahon maqollari

Ko‘zsiz yashash mumkin, Vatansiz yashab bo‘lmaydi.

Qirg‘iz maqoli

Nodon o‘z vatanida ham asir tushadi

Qirg‘iz maqoli

Sevimli do‘stingni yo‘qotsang yetti yil eslaysan, Vataningdan ayrilsang bir umr.

Qalmoq maqoli

Istalgan yo‘lni tanla, lekin Vataningni unutma.

Turkman maqoli

Vatandan kechganda ko‘ra jondan kechgan afzal.

Turkman maqoli

Vataning ona, o‘zga yurt o‘gay.

Lak maqoli

Daraxtning ham vatani bor.

Gruzin maqoli

Onang tuqqan joy — sening vataning.

Belorus maqoli

Hammaga o‘z vatani Kashmirdek go‘zal.

Afg‘on maqoli

O‘zga yurtda inson uchun eng qimmatli narsa — Vatan.

Arab maqoli

Vatanga qaytish behayolik emas.

Tatar maqoli

Mix taqani asraydi, taqa otni, ot mardni, mard Vatanni.

Ozarbayjon maqoli

O‘zga yurtdagi atirguldan, Vatandagi tikan afzal.

Ozarbayjon maqoli

Yaxshi do‘st — ona, yaxshi mamlakat — Vatan.

Ozarbayjon maqoli

Vatan haqida eng sara statuslar

Vatan haqida status, eng sara chiroyli hayotiy statuslar to'plami

Vatanning shodligi va qayg‘usini ko‘ngliga yaqin olgan kishi har qanaday odamning qayg‘u va shodligiga ham befarq qaray olmaydi.

V. A. SUXOMLINSKIY

Vatanini sevuvchi har bir kishi o‘z yuragida soxtagarchilik emas — chinakam sevgi degan shiorni olib yurmog‘i kerak. Ham ilmiy jihatdan, ham ax-loqiy jihatdan haqiqatga xizmat qilmoq darkor. Inson bo‘lmoq darkor.

N. I. PIROGOV

Vatanparvarlik — yolgiz o‘z vataniga mehr qo‘yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his… Bu — vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir.

A. N. TOLSTOY

Vatanparvarlik tantanavor xitoblar va umumiy gaplardan iborat emas, balki u vatanga qizgin muhabbat hissi bilan ortiqcha dabdabalarsiz o‘z fikrini bildirish, faqat ezgulikda hayratlanmay, balki muqarrar har qayerda, har qanday vatanda ham bo‘ladigan yovuzlikni jinidan battar yomon ko‘rish demakdir.

V. G. BELINSKIY

Vatan uchun chala ish qilish, uning uchun hech nima qilmaslikdir.

M. ROBESPVER

Vatanga muhabbat mavhum tushuncha bo‘lmay, tashkilotchilikni, taraqqiyot va madaniyatni talab qiladigan real ruhiy qudratdir.

A. N. TOLSTOY

Vatan haqida boshqa barcha qiziqarli statuslarni saytimizning mana bu sahifasida batafsil kuzatishingiz mumkin.

Statuslarni baholang
( 33 assessment, average 4.36 from 5 )
Fikr bildirish

  1. Juda ham zoʻr

    Zoʻr,,👍👍👍👍

    Javob berish
  2. ❤❤❤❤

    ❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤

    Javob berish
  3. Mushtariy

    Juda ham zo‘r ❤❤

    Javob berish
  4. zari

    zòr

    Javob berish
  5. Er

    Fjv

    Javob berish
  6. Anonim

    ZO’R

    Javob berish
  7. Anonim

    Bu maqollar juda ham zo’r ekan🤩

    Javob berish
  8. 😝

    👎👎🏿

    Javob berish
  9. Mahdiya

    Zoʻr rahmar

    Javob berish